Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI HUQUQ VA ERKINLIKLARIMIZ KAFOLATI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI HUQUQ VA ERKINLIKLARIMIZ KAFOLATI Текст научной статьи по специальности «Право»

11
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI HUQUQ VA ERKINLIKLARIMIZ KAFOLATI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI HUQUQ VA ERKINLIKLARIMIZ KAFOLATI

Baxtiyor Ergashevich Yuldashev

"Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi, dotsent

Konstitutsiya mamlakatimizning yaqin va uzoq istiqboldagi barqaror taraqqiyoti, xalqimiz farovon hayotining mustahkam huquqiy asosi va ishonchli kafolatidir. Yangi tahrirdagi Bosh qomusimizda ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etilib, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustahkamlandi. Xususan, Konstitutsiyaning 19-modda 1-bandida "O'zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalarga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e'tirof etiladi va kafolatlanadi" hamda 54-moddaning 2-bandida "Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi" deb belgilab qo'yilgan. Bular insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizligi, hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo'lishi mumkin emasligi, davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo'llanaladigan huquqiy ta'sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun etarli bo'lishi kerakligi, inson bilan davlat organlarining o'zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishida o'z aksini topdi.

Shuningdek, insonning shaxsi huquqlari va erkinliklari kafolatli eng ilg'or xalqaro standartlarga muvofiq kuchaytirildi. Jumladan, Konstitutsiyamizda "Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqa tarzda cheklanishi mumkin emas"ligi, "Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko'ra yo'l qo'yiladi, Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas"ligi qat'iy belgilandi. Bundan tashqari, 27 -moddaning 4-bandida "Shaxsni ushlash chog'ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart"ligi Konstitutsiya doirasida mustahkamlandi. Bu kabi normalar shaxsning erkinligini cheklash bilan bog'liq har qanday harakat faqatgina sud qarori asosida amalga oshirilishi shartligini bildirib, tergov va surishtiruv organlari tomonidan

December 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

insonlarni noqonuniy hibsga va asossiz qamoqqa olish yoki qamoqda saqlashga yo'l qo'yilmaslikka qaratilgandir[1].

Konstitutsiyaning 28-moddasida "Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin" deb belgilab qo'yilgan. Demak sukut saqlash huquqi xalqaro e'tirof etilgan "Miranda qoidasi" fuqarolarning o'z huquqlarini himoya qilishning zamonaviy usuli sifatida Asosiy Qonunimizda o'z ifodasini topdi[2].

28-modda 2-bandida "Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo'lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak"ligi qayd etilgan. Mazkur norma to'g'ridan-to'g'ri amal qiluvchi qoida bo'lib, tergov va sud jarayonida faqat ishonchli va qonuniy dalillardan foydalanishni ta'minlaydi hamda shaxsni asossiz ravishda javobgarlikka tortilishdan himoyalaydi. Qolaversa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi mustahkamlanib, hech kim o'ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emasligi belgilandi (28-modda 2 va 3-bandlar). Bu qoidalar jinoiy ta'qib ostidagi har qanday shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga ruhiy bosim va turli tahdidlar o'tkazish, uning sha'ni va qadr-qimmatini kamsitish kabi boshqa noqonuniy usullar qo'llanishining oldini oladi[3].

Yana bir muhim norma "Agar shaxsning o'z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo'lsa, u aybdor, deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas"ligi Asosiy qomusimizda kafolatlanadi. Bu hol jinoyat bo'yicha haqiqatni aniqlash, shuningdek, aybsiz insonlarning javobgarlikka tortilishining oldini olishga, ayni paytda jinoyat sodir etgan haqiqiy aybdor shaxs yoki shaxslarni aniqlashga xizmat qiladi[4].

Ma'lumki, insonning ajralmas huquqlaridan biri, o'z huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqidir. Bu huquq umume'tirof etilgan xalqaro-huquqiy hujjatlarda ham o'z aksini topgan. Shu norma Konstitutsiyamizning 55-moddasida ham belgilanib, har kim o'z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligi e'tirof etildi. Ushbu qoidaning mazmun-mohiyati shundaki, fuqaro o'z buzilgan huquq va erkinliklarini, o'zgalar huquqlarini buzmagan holda mustaqil himoya qilish huquqiga ega. Bunda fuqaro tomonidan o'zini himoya qilishda qo'llaniladigan usullar yoki choralar qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan bo'lishi lozim. Shuningdek, fuqaro "...O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalardan foydalanib bo'lingan bo'lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli" deb 55-moddaning 4-bandida belgilangan. Bu - fuqarolarning huquq va erkinliklari nafaqat milliy qonunchilikda belgilangan normalar, balki xalqaro huquq asosida ham himoyalanishini ta'minlashning huquqiy kafolatidir. Bu esa shaxsga davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo'lganidan so'ng xalqaro organlarga murojaat etish huquqining berilayotganligi O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasida zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarini samarali bajarishga xizmat qiladi[5].

Xulosa qilib aytganda, yuqorida qayd etilgan qoidalar inson huquqlari ustuvorligini ta'minlaydi, davlat idoralarining o'z vazifalarini inson huquqlariga rioya qilgan holda amalga oshirishga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., "O'zbekiston", 2023.

2. Shavkat Mirziyoev. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalishg sari. 4-jild, T., "O'zbekiston", 2020.

3. Shavkat Mirziyoev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T: "O'zbekiston", 2021.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaati. "Xalq so'zi", 2022 yil, 21 dekabr.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar № PF-60 sonli "20222026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. Lex UZ on-line.

6. Egamberdieva N.X, Egamberdieva X.E, O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YeRLARNI XUSUSIYLAShTIRISh ASOSLARI VA TARTIBI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 65-71 2022.

7. Kasimova A.A. Rol jen^inM v sovremennoy nauke. Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234

8. Dadasheva A.A. Davlat xizmatini isloh qilish sharoitida hokimlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari - Academic research in educational sciences, 2022/

9. Dadasheva A.A. O'zbekiston respublikasi-konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi - Academic research in educational sciences, 2022/

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

29

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

10. Dadasheva A.A. Pravo svobodno poluchat i rasprostranyat informatsiyu-vainbiy faktor neposredstvennogo obmestvennogo kontrolya nad deyatelnostyu organov gosudarstvennoy vlasti i upravleniya - Academic research in educational sciences, 2022/

11. Dadasheva A.A. PUBLIC OPINION AND GOVERNMENT EVALUATION IN NEW UZBEKISTAN - The American Journal of Interdisciplinary Innovations ..., 2022

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

30

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.