Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSATNING ASOSIY
TAMOYILLARI
B. E. Yuldashev
dotsent, tarix fanlari nomzodi
J. A. Boynazarov, B. Q. Qahhorov
Iqtisodiyot fakulteti MI - 2 guruh talabalari: boynazarovj asur796@gmail .com qahhorovboburj on03 @gmail .com
1991 yil 31 avgustda o'z ishini boshlagan O'zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi 17 moddadan iborat bo'lgan "O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonunni qabul qildi. Bunday Qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo'lga kiritilgan yutuqlarimizning natijasi hisoblanadi. Ushbu qonun mamlakatimizning ichki va tashqi munosabatlarida mustaqil siyosat yuritishni belgilab beruvchi eng muhim, aytish mumkin bo'lsa, mustaqil davlatchilik asoslarini barpo etgan huquqiy hujjat hisoblanadi. Shuning uchun ham ushbu Qonunga O'zbekiston SSR Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentyabrida bo'lib o'tgan VII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan Konstitutsiyaviy qonun maqomi berildi va shu qonunda belgilab qo'yilgan barcha tamoyil va g'oyalar "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi"da o'z aksini topdi. [1]
Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasi 1-qismida "O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli sub'ektidir" degan konstitutsiyaviy qoida O'zbekiston Respublikasining hozirgi dunyodagi o'rnini bildiribgina qolmay, mamlakatimizni haqiqatdan ham xalqaro hamjamiyatning ajralmas qismi ekanligini ko'rsatadi. [2] Bu quyidagilarnini anglatadi, xususan, birinchidan, O'zbekiston suveren davlat sifatida zamonaviy xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari va o'zi qo'shilgan xalqaro shartnomalar bilan bog'liq bo'lib, davlatimizning roziligisiz boshqa majburiyatlar zimmmamizga yuklatilishi mumkin emas, ikkinchidan, O'zbekiston hududida davlat hokimiyati chenaralanmaydi va xalqaro huquqning hech qaysi bir sub'ekti bunga aralashish huquqiga ega emas, o'zining hududidan tashqarida u o'z hokimiyatini faqat boshqa manfaatdor davlat roziligi bo'lgandagina amalga oshirish mumkin, uchinchidan, O'zbekiston xalqaro huquqning boshqa sub'ektlari bilan diplomatik aloqalarni
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
amalga oshirib, ikki tomonlama va ko'p tomonlama xalqaro shartnomalarni tuzib, davlatlararo munosabatlarda bevosita qatnashadi. [3]
O'zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan bo'lgan munosabatlari "...davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi". [4] Ushbu prinsip va normalarning Konstitutsiyada mustahkamlanganligi ularning O'zbekiston hududida ichki qonun sifatida qabul qilinishi hamda ichki qonunchilikni to'liq xalqaro qonunchilikka moslashtirilishini, ularning davlat hokimiyati organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan to'liq hurmat qilinishini bildiradi. Konstitutsiyada mustahkamlangan suveren tenglik prinsipi boshqa davlatlarning o'ziga xosligini, ularning mustaqilligini, huquq va erkinliklarini hurmat qilishni, o'zining siyosiy, iqtisodiy va madaniy tizimini erkin tanlashni, o'zining qonunlari va ma'muriy qoidalarini mustaqil ravishda o'rnatishni tan olishni bildiradi. [5] Kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid solmaslik konstitutsiyaviy prinsipi boshqa davlatga nisbatan bevosita va bilvosita kuch ishlatishga qaratilgan turli harakatlardan o'zlarini tiyishilarini bildiradi. Chegaralarning daxlsizligi prinsipi barcha davlatlarning hududiy ustunligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilishni bildiradi. Bu prinsipga muvofiq, umumiy chegaralarni, shuningdek boshqa davlatlarning chegaralarini daxlsiz deb qabul qilinishidir. Ular har qanday davlatning butun hududi yoki hududining bir qismini bosib olish yoxud zo'rlik bilan egallashga qaratilgan har qanday talablar va harakatlardan o'zlarini tiyib turish majburiyatini oladilar. [6] Chegaralarga oid masalalar muzokaralar va xalqaro huquqga mos keladigan boshqa vositalar orqali hal qilinishi kerak. O'zbekiston Konstitutsiyasida belgilab qo'yilgan nizolarni tinch yo'l bilan hal etish prinsipi, barcha nizoli masalalar faqat tinch yo'l bilan va xalqaro huquqga mos ravishda, ya'ni - xalqlarning qonuniy manfaatlari, tinchligi va xavfsizligini xavf ostida qoldirmasdan hal qilinishi kerakligini nazarda tutadi. O'zbekiston tashqi siyosatining boshqa davlatlar va xalqlarning ichki ishlariga aralashmaslik to'g'risidagi konstitutsiyaviy prinsipi xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsipiga asoslanadi. Mazkur prinsip BMT Nizomida davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va ularning mustaqilligi hamda suverenitetini himoya qilish to'g'risidagi Deklaratsiyada qayd etilgan. Yuqorida sanab o'tilgan va qisqacha ta'rif berilgan beshta qoida - prinsip mustaqil O'zbekistonning xalqaro maydondagi tashqi siyosati mohiyatini belgilaydi. Bu qoida -prinsiplar xalqaro huquqning barcha mamlakatlar e'tirof etgan
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conférence
Tashkent State Technical University
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
qoidalar va o'lchovlarga mosdir, xususan, inson huquqlarini, hududiy yaxlitlik, xalqlar va millatlarning o'z taqdirini o'zlari belgilash huquqini har tomonlama hurmat qilish, hamkorlik, xalqaro majburiyatlarni sidqidildan bajarish. [7]
O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasining 1-qismida o'zining qonuniy asosini topgan. Mazkur moddada "O'zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko'p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi", deb ko'rsatilgan. O'zbekiston o'z tashqi siyosatini mafkuraviy qarashlardan qat'i nazar teng huquqlilik, o'zga davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, kuch bilan do'q-po'psa qilmaslik va tinchliksevarlik tamoyili asosida ikki tomonlama va ko'p tomonlama keng tashqi aloqalar olib borish tarafdoridir. [8]
Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan "O'zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, xamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin," deb belnilab qo'yilgan. O'zbekistonning ittifoqlar tuzishi, hamdo'stlik yoki a'zo bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa shakldagi davlatlararo tuzilmalar (jumladan, MDH turidagi) tuzishga, bu davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligiga zid kelmagandagina yo'l qo'yiladi. Bunda inson huquqlari va erkinliklari, O'zbekistonning yaxlitligi va suvereniteti, hududning yaxlitligi va daxlsizligi hamda hokimiyatning qonuniy saylangan davlat organlari tomonidan amalga oshirilishining ustuvorligini ta'kidlab o'tish lozim. Hozirgi kunda O'zbekiston jahonning ko'plab nufuzli tashkilotlariga a'zo hisoblanadi. O'zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining eng muhim vazifasi BMT, YeXHT va boshqa xalqaro tashkilotlarning ishida faol qatnashish, Yevropa, Osiyo va jahon xavfsizlik tuzilmalariga qo'shilishdir. [9]
Xulosa qilib aytganda xalqaro hamjamiyatning to'la huquqli a'zosi bo'lgan O'zbekistonning bugungi kunda tinchlik, totuvlik, qurolsizlanish, o'z hududini qurol-yarog'lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg'in qurollarni yo'qotish, suveren davlatlar o'rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo'l qo'ymaslik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi tashqi siyosatining asosiy qoidalari xalqaro huquqning e'tirof etilgan qoida va normalariga asoslanadi.
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
https://tstu.uz/
REFERENCES
Republican Scientific and Practical Conference
December 1-7, 2023
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
1. Shavkat Mirziyoev. Milliy tiklanishdan - milliy yuksalishg sari. 4-jild, T., "O'zbekiston", 2020.
2. Shavkat Mirziyoev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T: "O'zbekiston", 2021.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaati. "Xalq so'zi", 2022 yil, 21 dekabr.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar № PF-60 sonli "20222026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni. Lex UZ on-line.
5. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T., "O'zbekiston", 2023.
6. Dadasheva A.A.. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) Инновatsiонные исследования в современном мире: теория и практика 2 (17), 87-90
7. Касимова А.А Рол женщины в современной науке Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234
8. Egamberdieva N.X.. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI
9. Инагамова М.М Аёл хукукларини химоя илишда иччки ишлар органлари иштирокининг хукукий механизларини такомиллаштириш (Scienceweb academic papers collection).
https://tstu.uz/
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
172