0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
O'ZBEKISTONNING XALQARO REYTINGDAGI O'RNINI YAXSHILASHDA TASHQI SIYOSATNING AHAMIYATI 1Feruza Mustafoyeva Xurshid qizi, 2Jaloliddin Yusubov Kadamovich
1O'zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 2-kurs talabasi, 2O'zbekiston Milliy Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10143258
Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi o'rnini yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va bunda tashqi siyosatning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar hamda amaliy takliflar keltirilgan.
Kalit so'zlar: diplomatik aloqa, demokratlashtirish, modernizatsiya, xalqaro munosabatlar, indeks, strategiya, sammit, pozitsiya.
Аннотация. В данной статье представлены мнения и практические предложения о мерах, принимаемых для улучшения позиций Узбекистана в международных рейтингах и значении внешней политики в этом.
Ключевые слова: дипломатические отношения, демократизация, модернизация, международные отношения, индекс, стратегия, саммит, позиция.
Abstract. This article presents opinions and practical proposals on measures taken to improve Uzbekistan's position in international rankings and the importance offoreign policy in this.
Keywords: diplomatic relations, democratization, modernization, international relations, index, strategy, summit, position.
Barchamizga yaxshi ma'lumki, mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so'ng tashqi siyosatda hamkorlik ishlarini olib bora boshladi. Mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko'p jihatdan xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarning yo'lga qo'yilishi bilan bevosita bog'liq edi. Chunki har bir davlatning taraqqiyotida boshqa mamlakatlar bilan do'stlik va hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish muhim hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o'zining "O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li", "O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari", "Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir" va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini belgilab bergan edilar. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 17-moddasida ham quyidagilar qat'iy belgilab qo'yildi: "O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir.
O'zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi". Bundan ko'rinadiki, mamlakatimiz tashqi siyosatda har doim tinchlikparvarlikka va hamkorlikka rioya qiladi.
O'zbekiston Respublikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosi bo'ldi. Bu yurtimizning mustaqillikdan keyingi ilk a'zo bo'lgan tashkiloti edi. Shundan so'ng mustaqil diyorimiz BMTning bir qator ixtisoslashtirilgan muassasalari, jumladan, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon savdo tashkiloti (JST), BMTning Yevropa bo'yicha iqtisodiy komissiyasi (YeIK), BMT savdo va rivojlanish bo'yicha
0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
konferensiyasi guruhi kabilar bilan keng ko'lamli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ydi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar - Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg'armasi (YuNISEF), Xalqaro Olimpiya qo'mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlarning ham a'zosi hisoblanadi.
Har bir davlat tashqi siyosatda boshqa mamlakatlar bilan hamkorlik qilib, taraqqiyotda yuksak natijalarga erishishni xohlaydi. O'zbekiston ham rivojlangan davlatlar bilan o'zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga harakat qilmoqda. Ayniqsa, mustaqillikning dastlabki kunlarida Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya hamda Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlari hisoblangan edi.
O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat etib belgilangan edi: mafkuraviy qarashlardan qat'i nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; nizolarni tinch yo'l bilan hal etish; kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; davlatning xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo'stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko'p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik kabilar. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini dunyodagi 180 dan ortiq davlat rasman tan olgan. 131 mamlakat bilan diplomatik aloqalar o'rnatilgan. Toshkentda 44 mamlakat o'z elchixona va vakolatxonalarini ochgan. 30 dan ortiq mamlakatda O'zbekistonning diplomatik vakolatxonalari ishlayapti. Respublikamizda 80 dan ortiq chet el vakolatxonalari va 20 dan ortiq hukumatlararo muassasalar faoliyat ko'rsatyapti. (2021-yil ma'lumotlariga ko'ra)
Ma'lumki mamlakatlarning xalqaro reyting va indekslardagi o'rni shu mamlakatda olib borilayotgan siyosat, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlarining muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhitning yaratilganligi, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlar bilan belgilanadi. Tashqi siyosatning nechog'liq yaxshi yo'lga qo'yilganligi ham o'sha davlatning xalqaro reyting va indekslardagi o'rniga ta'sir etadi. Shu sababli ham vatanimiz mustaqillikdan to bugungi kunga qadar tashqi siyosat sohasiga katta e'tibor berib kelgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ham bu sohada ancha islohotlarni amalga oshirganlar. Bu islohotlarning natijasi o'laroq, mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida o'z o'rniga ega bo'lgan davlatga aylandi. 2016-yildan beri davlatimizni boshqarib kelayotgan muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ham tashqi siyosat sohasida juda ko'p ishlarni amalga oshirmoqdalar. Fikrimizning isboti sifatida, 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishini keltirishimiz mumkin. Harakatlar strategiyasining beshinchi ustuvor yo'nalishi ''Xavfsizlik, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat'' deb nomlanib, unda quyidagi vazifalar belgilangan edi:
0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
- O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
- fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash;
- davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish;
- davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatidagi o'rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O'zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish;
- O'zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to'g'risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish va b oshqalar. Bu vazifalarning amalga oshirilishi davlatimizning xalqaro reytingdagi o'rnini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Harakatlar strategiyasining davomi sifatida qabul qilingan, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida ham tashqi siyosat sohasiga alohida e'tibor berildi. Strategiyaning yettinchi ustuvor yo'nalishi "Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish" deb nomlandi. Bilamizki, 2023-yil 11-sentabrda butun O'zbekiston xalqi uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan normativ hujjat -"O'zbekiston -2030" strategiyasi qabul qilindi. Ushbu strategiyada belgilab qo'yilgan ustuvor yo'nalishlar va ular doirasidagi maqsadlarning amalga oshirilishi mamlakatimizning xalqaro reytinglarda tutgan o'rnini yanada yaxshilashga ishonchimiz komil.
Davlatimiz rahbari bugungi kunda ko'pgina xorijiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan diplomatik aloqalarni olib bormoqdalar. Joriy yilning 3-noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti Ostona sammiti bo'lib o'tdi. Ushbu sammitda ishtirok etgan yurtboshimiz o'z nutqlari doirasida quyidagilarni keltirib o'tdilar: "Turkiy sivilizatsiyani yuksaltirish g'oyasi texnologik taraqqiyot va ilg'or bilimlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bilan bevosita bog'liqdir. Ijodiy fikrlaydigan, is'tedodli va shijoatli yoshlarimiz istiqbolda turkiy dunyoning yangi Renessansini barpo etishga ishonchim komil. Bu yo'lda ularga buyuk ajdodlarimiz yaratgan ilmiy kashfyotlar va ma'naviy meros mustahkam zamin bo'lib xizmat qiladi". Yurtboshimizning aytgan bu fikrlari davlatimizning jahon maydonida mavqeyi tobora yuksalib borayotganiga bir nishonadir.
Hozirda Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda Uchinchi Renessans barpo etish g'oyasi ilgari surilayotganligi hammamizga ma'lum. Bu jarayonda, hech shubhasiz, yurtimizning xalqaro reyting va indekslarda tutgan o'rni ham asosiy rol o'ynaydi.
Prezidentimizning 'Yangi O'zbekiston strategiyasi" asarlarida quyidagilar ta'kidlab o'tilgan: "So'nggi yillarda mamlakatimizda kechayotgan tub yangilanishlar, izchil va faol tashqi siyosat, ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasidagi yaqin qo'shnichilik muhiti tobora mustahkamlanayotgani yurtimizning xalqaro nufuzini yanada oshirmoqda" Bundan tashqari ushbu asarda mamlakatimiz so'nggi o'n yil ichida ilk bor Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining kredit xavfi reytingidagi pozitsiyasining yaxshilangani, Jahon bankining "Biznes yuritish" reytingida 7ta pozitsiyaga yuqori ko'tarilgani, biznesni ro'yxatdan o'tkazish ko'rsatkichi bo'yicha 190 davlat ichida 8-o'rinni egallagani, Buyuk Britaniyaning mashhur "Economist" jurnalida O'zbekiston yil mamlakati deb e'tirof etilgani va boshqalar keltirilgan. Bu ma'lumotlarning barchasi mustaqil diyorimizning xalqaro reytingdagi o'rni yaxshilanib va yuqorilab borayotganidan dalolat beradi.
Bugun hayotimizning har bir jabhasida yangilanishlar, bunyodkorlik ishlari, islohotlar amalga oshirilyapti. Bu islohotlarni barcha sohalarda ko'rishimiz mumkin. Bu kabi
0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
yangüanishlaming natijasi jamiyatimiz turmush darajasini yaxshilash bilan birga, xalqaro reytinglar va indekslardagi o'rnimizni belgilashda ham muhim hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.06.2020-yilda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida"gi farmoni bu sohaga e'tibor berilayotganligining isbotidir. Mazkur farmondan ko'zda tutilgan asosiy maqsad mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi obro'sini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilishdir.
Xulosa o'rnida aytish joizki, yurtimizda olib borilayotgan jadal islohotlar, bunyodkorlik jarayonlari kelgusida ham o'z samarasini ko'rsatib, mamlakatimizning xalqaro reytinglar va indekslardagi o'rni yaxshilanib boraverishiga sabab bo'ladi.
REFERENCES
1. Sh.Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkent - 2021.
2. Mashhura Karimova. Xalqaro reyting: indeks va indikatorlar. O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro jurnalistika yo'nalishi 2-kurs magistranti. "Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: muammolar va yechimlar" nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya. https://doi.org/10.5281/zenodo.6559943
3. I.Ergashev, M.Atavullayev, A.Xudaynazarov. Globallashuv va g'oyaviy-mafkuraviy tahdidlar. O'quv qo'llanma. Toshkent. "Universitet".2021
4. www.lex.uz
5. https:// dba.uz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruv Akademiyasi