Научная статья на тему 'BАRQАROR RIVOJLАNISH MАQSАDLАRIGА ERISHISH VА INSON KАMOLOTI INDEKSIDА MАMLАKАTIMIZ OʼRNINI YAXSHILАSH STRАTEGIYASI'

BАRQАROR RIVOJLАNISH MАQSАDLАRIGА ERISHISH VА INSON KАMOLOTI INDEKSIDА MАMLАKАTIMIZ OʼRNINI YAXSHILАSH STRАTEGIYASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
12
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xalqaro reytinglar / inson kamoloti indeksi / ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi indekslar / siyosiy-huquqiy sohadagi indekslar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Joʼraev Lazizbek, Kubaeva Sevinchoy, Sherov Maʼruf Boltaevich

Mazkur maqolada barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson kamoloti indeksida mamlakatimiz oʼrnini yaxshilash strategiyasidagi inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi koʼrsatkichlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Bundan tashqari maqolada Oʼzbekistonning xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BАRQАROR RIVOJLАNISH MАQSАDLАRIGА ERISHISH VА INSON KАMOLOTI INDEKSIDА MАMLАKАTIMIZ OʼRNINI YAXSHILАSH STRАTEGIYASI»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARIGA ERISHISH VA INSON KAMOLOTI

INDEKSIDA MAMLAKATIMIZ O'RNINI YAXSHILASH STRATEGIYASI Jo'raev Lazizbek, 2Kubaeva Sevinchoy, 3Sherov Ma'ruf Boltaevich

1,2Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti ijtimoiy ish ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabalari, 3Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo. 10144129

Annotatsiya. Mazkur maqolada barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson kamoloti indeksida mamlakatimiz o'rnini yaxshilash strategiyasidagi inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizningxalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Bundan tashqari maqolada O 'zbekistonning xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'z va iboralar: xalqaro reytinglar, inson kamoloti indeksi, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi indekslar, siyosiy-huquqiy sohadagi indekslar.

Аннотация. В данной статье рассмотрены реформы, направленные на достижение целей устойчивого развития и улучшение позиций страны в индексе человеческого развития, гарантирования защиты прав человека, повышения уровня жизни населения, а также показатели нашей страны в международном рейтинге и индексы анализируются теоретически и практически. Кроме того, в статье разработаны научно -практические предложения, направленные на дальнейшее повышение международного авторитета Узбекистана.

Ключевые слова: международные рейтинги, индекс человеческого развития, социально-экономические индексы, политико-правовые индексы.

Annotation. In this article, the reforms aimed at achieving the goals of sustainable development and improving the country's position in the human development index, guaranteeing the protection of human rights, improving the living standards of the population, and the indicators of our country in the international rating and indices are analyzed theoretically and practically. In addition, the article developed scientific and practical proposals aimed at further increasing the international prestige of Uzbekistan.

Keywords: international ratings, human development index, socio-economic indices, political-legal indices.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev olib borayotgan uzoq istiqbolni ko'zlovchi pragmatik siyosat natijasida qisqa davr mobaynida mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro'-e'tibori mustahkamlanib bormoqda. Izchil islohotlar, kreativ yondashuvlar va shiddatli odimlar tufayli O'zbekistonning tashqi siyosati jahon hamjamiyatining e'tirofiga sazovor bo'lmoqda. Xorijiy davlatlar bilan o'zaro manfaatli aloqalarimiz kengayib, yurtimizning dunyo miqyosidagi ijobiy imiji shakllanib bormoqda.

Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan islohotlar mamlakatimizning xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlari oshishiga sabab bo'lmoqda.

O'zbekistonda xalqaro reyting va indekslarda mamlakat o'rnini yaxshilashga qaratilgan bir qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Natijada O'zbekistonning xalqaro reyting va indekslarda egallab turgan o'rni yaxshilanib bormoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

indekslardagi o'rnini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risidaMgi PQ-4210-son qarori, 2020 yil 2-iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida"gi PF-6003 sonli farmonining qabul qilinishi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18-maydagi "Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risidagi" PQ-246-son qarori qabul qilindi. Qabul qilingan ushbu huquqiy hujjatlardan asosiy maqsad bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o'rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimi yaratildi. Milliy monitoring tizimini tashkil etishning dastlabki bosqichi sifatida tadqiqot institutlariga xalqaro reytinglar biriktirilib, ular zimmasiga xalqaro reytinglarning metodologik va boshqa tarkibiy qismlarini aniqlash, ularni amaldagi qonunchilikka implementatsiya qilish, O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi past ko'rsatkichlariga sabab bo'layotgan asosiy omillarni aniqlash vazifasi yuklatildi.

Davlatimiz rahbarining o'tgan yil oxirida Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida ham tashqi siyosat borasida erishilgan yutuqlar ta'kidlanib, bu borada galdagi vazifalar sifatida dunyo hamjamiyatida O'zbekistonga bo'lgan qiziqishni oshirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlash masalasiga alohida urg'u berildi. Shu o'rinda O'zbekistonning xalqaro reyting va indekslarda yuqori o'rinlarni egallashiga erishish muhim ahamiyat ka sb etadi. Chunki xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholash - iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida dunyoda umum qabul qilingan vosita hisoblanadi.

Bugunga kelib bu kabi reyting va indekslar nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va iqtisodiy siyosatning muvaffaqiyati mezonlari sifatida qo'llanila boshlandi. BMTning Inson kamoloti indeksi (Human Development Index), Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index), Jahon bankining biznes yuritish reytingi (Doing Business) va shu singari boshqa qator omillar bo'yicha natijalar mamlakatimizda turli darajadagi dasturlar ishlab chiqilishida maqsadli yo'nalish sifatida xizmat qilmoqda.

№ Indeksni nomlanishi Joriy holat 2020 yil 2022 yil 2030 yil

1. Inson kamoloti indeksi (Human Development Index) 0,710 (108-o'rin) 0,720 0,740 0,820

Inson kamoloti indeksi bo'yicha 2020 yilda 0,720 dan 2030 yilda 0,820 gacha ko'tarilish belgilangan. Belgilangan ko'rsatkichlarga erishish uchun amaliy choralar ko'rilmoqda va bu amaliyotda o'z natijalarini ko'rsatmoqda. Jumladan, so'nggi to'rt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamg'armasining «Iqtisodiy erkinlik» indeksida 52 pog'onaga, Jahon bankining «Logistika samaradorligi» indeksida 19 pog'onaga, «Biznes yuritish» indeksida 18 pog'onaga ko'tarildi.

NOVEMBER 17

2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining «Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash» tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga ko'tarildi.

Inson kamoloti indeksi (ing. Human Development Index) - davlatning iqtisodiy va siyosiy o'sish inson kapitalining (uzoq umr, ta'lim, farovon hayot ko'rsatkichlari orqali) rivojlanishiga ta'sirini hamda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tahlil qiladi.

Inson kamoloti indeksi 3 ta ko'rsatkich orqali hisoblanadi:

1. Umr ko'rish davomiyligi indeksi;

2. Ta'lim indeksi;

3. Aholi jon boshiga YaMD (xarid qobiliyati pariteti hisobida AQSh dollarida) indeksi.

Inson kamoloti indeksi aholining barcha toifalariga birinchi darajali ahamiyat berilishini,

ular imkoniyatlarini kengaytirishni, ularning o'z turmushlariga ta'sir ko'rsatadigan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etishlarini ta'minlashni nazarda tutadi. Bunday rivojlanish insonlar manfaatini ko'zlaydi, ular uchun ish joylarni ko'paytirishga, jamiyat farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda xalqaro reyting va indekslarda yuqori o'rinlarni egallash maqsadida, ushbu reyting va indekslar doirasidagi indikatorlar bilan cheklanib qolmay, balki parallel ravishda Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan barcha sohalardagi vazifalarni amalga oshirish bo'yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholi farovonligini oshirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq qilinib kelinmoqda. Ayniqsa, aholini ehtiyojmand toifalari muammolarini hal etishda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar aholi talabidan kelib chiqib, joylarda amalga oshirilayotgani, buning uchun mahallalarga ko'plab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani mahallabay ishlash tizimining davlat faoliyatida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatimizda ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo'yicha o'rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish rejasida barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va inson kamoloti indeksida mamlakatimiz o'rnini yaxshilash strategiyasida qo'yidagi dasturlar doirasida ishlar olib borilishi belgilangan:

> oziq-ovqat xavfsizligi hamda ovqatlanishning son va sifat ko'rsatkichlarini oshirish;

> sog'lik va farovonlikni ta'minlash mexanizmlarini kuchaytirish;

> gender tenglikni ta'minlash ko'lamini kengaytirish;

> ichimlik suv ta'minoti va sanitariya madaniyatini oshirish;

> barqaror va ishonchli energiya ta'minoti manbalarini kengaytirish;

> munosib mehnat va iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlarini ta'minlash;

> sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilmani rivojlantirish;

> tengsizlikni qisqartirish;

> quruqlikdagi ekotizimlarini asrash;

> barqaror taraqqiyot yo'lidagi hamkorlikni kengaytirish.

O'zbekistonni dunyoga ko'rsatish, xalqaro reytinglar va indekslardagi o'rnini yuksaltirish xalqimiz farovonligi, mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti hamda davlatimiz kuch-qudratining mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

REFERENCES

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 iyundagi "O'zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida"gi PF-6003-sonli Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yi 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60 sonli Farmoni.

4. Человеческое развития: учебник // Коллектив авторов. - 2-е издание. - Т.: УМЭД, ПРООН, 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.