Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O’RNINI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O’RNINI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
517
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalqaro reyting / indekslar / strategiya / YIM / statistika / ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish / Taraqqiyot strategiyasi

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Narzullayeva Ozoda Qahramon Qizi, Toshmurodov Tolmas Ashraf O’g’i

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha o’rnini yaxshilashda qo’llanilayotgan chora-tadbirlar, ularning muhimligi, xalqaro reyting mamlakatning qaysi sohalariga qarab belgilanishi va mamlakatimizning rivojlanishi yo’lida qilinayotgan ayrim islohotlar va ko’rsatkichlarni yaxshilash kabi masalalar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O’RNINI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI»

O n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY. PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA O'RNINI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI 1Narzullayeva Ozoda Qahramon qizi, 2Toshmurodov Tolmas Ashraf o'g'i

1,2Samarqand iqtisodiyot va servis institute https://doi.org/10.5281/zenodo.10144906 Annotatsiya, Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo 'lgan xalqaro reyting va indekslar bo'yicha o'rnini yaxshilashda qo'llanilayotgan chora-tadbirlar, ularning muhimligi, xalqaro reyting mamlakatning qaysi sohalariga qarab belgilanishi va mamlakatimizning rivojlanishi yo'lida qilinayotgan ayrim islohotlar va ko 'rsatkichlarni yaxshilash kabi masalalar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: xalqaro reyting, indekslar, strategiya, YIM, statistika, ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish, Taraqqiyot strategiyasi,

Аннотация. В данной статье проанализированы меры, применяемые для улучшения позиции Республики Узбекистан по приоритетным международным рейтингам и индексам, их значимость, в зависимости от того, в каких сферах страны определяется международный рейтинг, а также некоторые реформы и улучшения показателей, проводимые на пути развития страны..

Ключевые слова: международный рейтинг, индексы, стратегия, ВВП, статистика, социально-экономическое развитие, Стратегия Развития

Abstract. This article analyzes the measures used to improve the position of the Republic of Uzbekistan in terms of international rankings and indices, their importance, what areas of the country the international rating should be determined, and some reforms and indicators that are being implemented towards the development of our country.

Keywords: international ranking, indices, strategy, GDP, statistics, socio-economic development, Development strategy

Kirish

Aholi turmush darajasini oshirish, davlat organlarining xalq manfaatlari uchun xizmat qilishida davlat siyosatidagi ustuvorligini ta'minlash hamda mamlakatga kirib kelayotgan investitsiyalar oqimini jadallashtirish va investor mulkini davlat tomonidan himoya qilish kabi mamlakatda turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarni dunyo hamjamiyatiga namoyon etish maqsadida turli sohalar bo'yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan tuziladigan xalqaro reyting va indekslar muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro reyting va indekslarni faoliyat yo'nalishiga qarab ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga ajratish mumkin. Bunda iqtisodiyot, ishbilarmonlik, byudjet, sanoat, investitsiya va barqaror rivojlanish maqsadlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga, huquq, korrupsiya, demokratiya hamda boshqaruv sifatini siyosiy-huquqiy sohalarga kiritish maqsadga muvofiqdirIqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston Respublikasining mavqeini yaxshilash, bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali muvofiqlashtirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish maqsadadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini jadal amalga oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlarini yaxshilashga yo'naltirilgan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga mamlakat ilmiy salohiyatini keng jalb etish va

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö AND INDEXES: THEORY. PRACTICE, AND STRATEGY

loyihaviy boshqaruvning xalqaro standartlaridan foydalanish, davlat xizmatchilarining sohadagi bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida bir qator topshiriq va takliflar kiritilgan. Shu jumladan, O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslar, ularning past ko'rsatkichli indikator va subindikatorlaridagi o'rnini yaxshilash bo'yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartib joriy etish, xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar — har yili 1-yanvarga qadar past ko'rsatkichli indikator va subindikatorlar bo'yicha soha, tarmoq hamda hududlardagi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo'yicha yillik rejalarni ishlab chiqib Respublika kengashining ishchi organlariga kiritish, Respublika kengashining ishchi organlari — xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar tomonidan past ko'rsatkichli indikatorlar bo'yicha amalga oshiriladigan tadqiqotlarning yillik rejalari Respublika kengashining navbatdagi yig'ilishida atroflicha ko'rib chiqilishini tashkil etish, har yili 1-martga qadar xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlarning Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik rejalari hamda xalqaro reyting va indekslar bo'yicha mustaqil izlanuvchilarning qo'shimcha talabi asosida ilmiy loyihalarning mavzulari portfelini shakllantirish, davlat budjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarga ajratilgan mablag'lar haqida har chorakda Respublika kengashiga ma'lumot kiritib borish, dasturlarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqot loyihalarini ekspertizadan o'tkazish va natijalarini qabul qilib olish bo'yicha tegishli ilmiy-texnik kengash tarkibiga Respublika kengashi ishchi organlarining hamda mas'ul davlat organlarining xodimlari tarkibidan vakillarni jalb etish kabi qator vazifalar berilgan.

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslarda o'rnini yaxshilash borasida amalga oshirilgan va oshirilayotgan chora-tadbirlar o'rganildi, mamlakat rivojlanishi uchun bir qator omillar hamda bu ma'lumotlar asosida tahlil xa xulosalar shakllantirildi.

Tahlil va natijalar

Bugungi kunda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarning xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o'rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta'minlashda parlamentning nazorat va qonun ijodkorligi funksiyalarini takomillashtirish lozimligiga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda. Bu borada mamlakatimizda reytinglar bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotganligi va mazkur sohada so'nggi yillarda 10 ga yaqin qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari qabul qilingani, biroq mazkur yo'nalishning ahamiyatini hisobga olgan holda parlamentning shu maqsadlarga yo'naltirilgan faoliyatini sezilarli darajada takomillashtirish lozimligi qayd etildi.

Quyida indekslar bo'yicha strategiyalar va bajarilishi lozim bo'lgan strategiya doirasidagi chora-tadbirlar keltirilgan:

- iqtisodiy erkinlik indeksida respublikamiz o'rnini yaxshilash strategiyasi - biznes erkinligini ta'minlash darajasini oshirish, mehnat bozori erkinligini yanada takomillashtirish, monetar erkinlikni oshirish mexanizmlarini mustahkamlash, investitsiyalar erkinligini ta'minlash mexanizmlarini kuchaytirish, moliyaviy erkinlik kafolatlarini ta'minlash;

- raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksida respublikamiz ko'rsatkichlarini yaxshilash strategiyasi - respublikamizning jahon ishlab chiqarishidagi qo'shilgan qiymat ulushini oshirish, sanoatlashtirish darajasini oshirish, o'rta va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishning umumiy ishlab chiqarish qo'shilgan qiymatdagi ulushini oshirish, ishlab chiqarish qo'shilgan qiymatining

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

YIMdagi ulushini oshirish, sanoat eksporti sifatini oshirish, ishlab chiqarish eksportining yalpi eksportdagi ulushini oshirish "Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi" ma'sulligida, logistika samaradorligi indeksida yuqori ko'rsatkichlarga erishish bo'yicha strategiya, ya'ni bojxona tartibotlarini yanada takomillashtirish, yo'l (avtomobil, temir yo'l) infratuzilmasini rivojlantirish, xalqaro jo'natmalar xizmatidagi son va sifat ko'rsatkichlarini oshirish, logistika xizmatlarining sifatini oshirish, yuklarni kuzatib borish va o'z vaqtida yetkazib berish imkoniyatini yaxshilash;

- global innovatsiyalar indeksida respublikamiz o'rnini yanada yuksaltirish strategiyasi, ya'ni biznesda ishdan bo'shatish xarajatlarini kamaytirish, oliy ta'lim muassasalarida xorijiy talabalar sonini ko'paytirish, tadqiqotlar va ishlanmalar uchun yalpi xarajatlarni oshirish, bozor kapitallashuvi(YIMga nisbatan foizda)ni oshirish, venchur kapital bo'yicha bitimlar sonini (YIMning har bir milliard AQSh dollariga nisbatan) oshirish, biznes-korxonalar tomonidan tadqiqotlar va ishlab chiqishlarga yalpi xarajatlarni oshirish, ilmiy darajaga ega ayollarning bandligini(foizda) oshirish, kompyuter uchun dasturiy ta'minotga sarflangan xarajatlarni(YIMga nisbata foizda) oshirish, intellektual mulkdan keladigan tushumlarni oshirish, yuqori texnologiyali eksportni (savdoning umumiy hajmiga nisbatan foizda) oshirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari eksportini (savdoning umumiy hajmiga nisbatan foizda) oshirish, to'g'ridan to'g'ri investitsiyalarning sof chiqib ketishini (YIMga nisbatan foizda) oshirish, ko'ngilochar va media bozorini (15 — 69 yoshdagi aholi uchun) rivojlantirish, yuqori darajadagi umumiy domenlar (gTLD) sonini oshirish, Vikipediya tahrirlari (15 — 69 yoshdagi aholi o'rtasida) sonini oshirish;

- barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va Inson kamoloti indeksida mamlakatimiz o'rnini yaxshilash strategiyasi - oziq-ovqatlar xavfsizligi hamda ovqatlanishning son va sifat ko'rsatkichlarini oshirish, sog'lik va farovonlikni ta'minlash mexanizmlarini kuchaytirish, gender tenglikni ta'minlash ko'lamini kengaytirish, ichimlik suv ta'minoti va sanitariya madaniyatini oshirish, barqaror va ishonchli energiya ta'minoti manbalarini kengaytirish, munosib mehnat va iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlarini ta'minlash, sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilmani rivojlantirish, tengsizlikni qisqartirish, quruqlikdagi ekotizimlarni asrash, barqaror taraqqiyot yo'lidagi hamkorlikni kengaytirish;

- iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimida respublikamiz o'rnini yaxshilash bo'yicha strategiya. Strategiyada qarz oluvchilar va tashqi savdo ishtirokchilarining kredit tarixi, xususiy sektor tashqi qarzlarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish dasturi nazarda tutiladi;

- elektron hukumatni rivojlantirish reytingida mamlakatimiz o'rnini yuksaltirish strategiyasi: onlayn xizmatlar soni, ko'lami va sifatini keskin oshirish, telekommunikatsiyalar, Internet infratuzilmasini rivojlantirish, jahon axborot tarmog'idan, xususan onlayn xizmatlardan foydalanuvchilar sonini va ularning malakasini oshirib borish mexanizmlarini joriy etish;

- statistik salohiyatni oshirish strategiyasi: xalqaro valyuta jamg'armasini ma'lumotlarini tarqatishning maxsus standartlarini joriy etish, davlat moliyasini hisobga olish tizimini takomillashtirish, import va eksport narxlari indeksi yuritilishini maqbullashtirish, aholini ro'yxatga olish davriyligini oshirish, qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish davriyligini oshirish, qashshoqlikni o'rganish bilan bog'liq so'rovnomalar davriyligini oshirish, salomatlikni o'rganish bilan bog'liq so'rovnomalar davriyligini oshirish, indikatorlar bo'yicha ma'lumotlar bazalarini yaratish va takomillashtirish;

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS ZU Z ü ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

Joriy yilda O'zbekiston ilk bor Mehmondo'stlik indeksiga kiritilib, 195 ta davlat orasida 25-o'rinni egalladi. "Yuksalish" harakati xabariga ko'ra, O'zbekiston Ma'lumotlar ochiqligi reytingida (The Open Data Inventory 2023) 15 pog'onaga ko'tarilgan. Bundan tashqari, Hukumatning sun'iy intellektga tayyorlik indeksida (Government Artificial Intelligence Readiness Index) 14 pog'onaga olg'a siljish kuzatildi. Shuningdek, mamlakat Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksida (SDG Index 2023) 8 pog'onaga ko'tarildi.

ХАЛКАРО РЕИТИНГЛ АРДАГИ УЗБЕК ИСТОН H ИНГ УРНИ

YUKSALISH

ппЛПП

6АРКЛРОР

РИЙОЖЛДМИШ

МАКСАДОДРИ

индекси

МАЪЛ У МОТ ПАР

ОЧМКЛИГИ

РЕЙТИНГИ

ДАШЛАТПАРМИМГ ИКЯИИ ?ЗГАРИШИГА ТАЪСИРЧДМПИ« ДАРАЖАСИ ИНДСКСИ

ЛОГИСТИКА СДМДРАДОРЛИГИ И* «дек СМ

noroMoia кута()илаи

' ПО* ОМСМО куюрмпди

> ГКМОЙОГО >yiO|MWIAK

п(момого «утармлди

<м*гм OAT* iwMKToav

Г»»« МО OAIM COOMTVV *№«»

«СХИГПС* »ЧвГОвИАНСГ IHÇ»*»

г паеАЛ tOMUJOK КУЧ индекс и

ХУК УМА ТМИМf

сумъии нмтеллек?гд

ТАИ£РПИК ИИДехСИ

ИК ТИС ОДИН

эгкимпм« индекс и

г 1 hV-- ио^упиинии у-Ч'Д КАЬУЛ кипиш ГО) индекс и

г nofOMora ■^тоомлди

► ПОГОИО'О •утоО**ПД*«

погонажа куторипди

г пдаомого «утармлд и

■НОЯМ 90ГТ l»ow»l» mot •

со*и»игт«см« PiKcraoMi иоо

fft>

ДСМО* РАТИН ИМДЕКСИ

И1ГТТРМГТГА

кириш тталмги индекс и

сувсрсм кредит РСИТИНГИ

л О ri мгтмомд»<гтлии -икдекси

по*омога яуторилдя

■плоит а кутйрипдм

' (бмрммчи маро(оОа)

Xalqaro reytinglardagi O'zbekistonning o'rni (01.09.2023 holatiga ko'ra) (kun.uz)

Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga oldinga qadam tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. Bu esa o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda tutgan mavqei bilan belgilanadi. Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning hammasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi. Ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori baholangan har qanday xalqaro reytinglar samarasi sifatida ishbilarmonlardan tortib dunyo aholisi barcha qatlamining e'tibori shu mamlakatga qaratiladi: investitsion muhit, turizm, xizmat ko'rsatish sohasi rivojlanadi, buning natijasida aholining turmush darajasi va farovonligi yaxshilanadi.

REFERENCES

1. [Elektron manba] - https://lex.uz/docs/-6026692

2. Isadjanov A.A., Ismailova N.S. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi. O'quv qo'llanma. -T.: «IQTISODIYOT», 2019.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY

3. [Elektron manba] - https://president.uz/oz/lists/view/5209

4. [Elektron manba] - https://invest.gov.uz/uz/investor/uzbekistan-v-mezhdunarodnyh-rejtingah

5. [Elektron manba] - https://isrs.uz - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institute rasmiy sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.