Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TASHKILOTLAR TOMONIDAN TA’SIS ETILGAN IJTIMOIY-IQTISODIY VA INSON HUQUQLARI SOHASIGA TAALLUQLI REYTINGLARDAGI O’RNINI YAXSHILASH'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TASHKILOTLAR TOMONIDAN TA’SIS ETILGAN IJTIMOIY-IQTISODIY VA INSON HUQUQLARI SOHASIGA TAALLUQLI REYTINGLARDAGI O’RNINI YAXSHILASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
296
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Xalqaro reyting va indekslar / davlat organlari / mamlakat imidji / inson huquqlari / Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʼyicha Respublika Kengashi / soʼz erkinligi / nodavlat tashkilotlar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Narimova Nazokat Xikmatulla Qizi

Xalqaro reytinglar mamlakat uchun uning obroʼsini oshirish, taraqqiyot oʼrnini belgilash, rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Maqolada mutaxassislarning fikrlari va Prezident Farmoniga asoslangan holda Oʼzbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar va muammolar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TASHKILOTLAR TOMONIDAN TA’SIS ETILGAN IJTIMOIY-IQTISODIY VA INSON HUQUQLARI SOHASIGA TAALLUQLI REYTINGLARDAGI O’RNINI YAXSHILASH»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TASHKILOTLAR TOMONIDAN TA'SIS ETILGAN IJTIMOIY-IQTISODIY VA INSON HUQUQLARI SOHASIGA TAALLUQLI REYTINGLARDAGI O'RNINI YAXSHILASH Narimova Nazokat Xikmatulla qizi

Siyosatshunoslik bo'yicha mutaxassis, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

amaliyotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10144241

Annotatsiya. Xalqaro reytinglar mamlakat uchun uning obro'sini oshirish, taraqqiyot o'rnini belgilash, rivojlanish jarayonlarini jadallashtirishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Maqolada mutaxassislarning fikrlari va Prezident Farmoniga asoslangan holda O'zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar va muammolar tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Xalqaro reyting va indekslar, davlat organlari, mamlakat imidji, inson huquqlari, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha Respublika Kengashi, so'z erkinligi, nodavlat tashkilotlar.

Аннотация. Международные рейтинги важны для страны, поскольку они повышают ее репутацию, определяют место развития, ускоряют процессы развития. В статье анализируются проводимая работа и проблемы улучшения позиций Узбекистана в международных рейтингах и индексах на основе мнения экспертов и Указа Президента.

Ключевые слова: Международный рейтинги и индексы, государственные органы, имидж страны, права человека, Республиканский совет по международным рейтингам и индексам, свобода слова, неправительственные организации.

Abstract. International ratings are important for the country as they increase its reputation, determine the place of development, and accelerate development processes. The article analyzes the ongoing work and problems of improving Uzbekistan's position in international rankings and indexes based on the opinions of experts and the Presidential Decree.

Keywords: International rating and indixes, state bodies, country's image, human rights, Republican Council for International Rating and Indexes, freedom of speech, non-governmental organizations.

Reyting imtiyoz yoki kuch bermaydi, u mas'uliyat yuklaydi.

Mamlakatning boyligi va muvaffaqiyati orqasida barqaror ishlaydigan va imkoniyatlarni yaratadigan siyosat hamda yurt ravnaqi yo'lida xizmat qiladigan odamlar yotadi. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, hayot sifatini oshirish murakkab vazifadir va taraqqiyotni o'lchash bo'yicha sa'y-harakatlar muvaffaqiyatli jamiyat qanday ko'rinishini yetarli darajada aniq tasavvur etishimiz uchun xizmat qiladi.

Xalqaro tashkilotlar tomonidan tashkil qilinib, muntazam ravishda olib boriladigan turli xil reytinglar vaqt o'tishi bilan jamiyatning biror sohasidagi o'zgarishlarni kuzatib boradigan foydali siyosat vositasiga aylanib ulgurgan.

Har bir o'lchovlar doirasida ko'rsatkichlarni tematik toifalarga ajratadigan tarkibiy qismlar mavjud. Ko'rsatkichlarning xilma-xilligi har bir mamlakatda taraqqiyotning o'ziga xos asoslarini donador tahlil qilishga imkon beradi. Indeks doirasining keng toifalari esa global va mintaqaviy tendentsiyalarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

Global va xalqaro indekslar va reytinglar xalqaro tashkilotlar, jurnallar tomonidan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, ta'lim, siyosiy, huquqiy kabi sohalardagi taraqqiyotini turli

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

ko'rsatkichlar yordamida aniqlab beradi. Reytinglar u yoki bu mamlakatning ma'lum bir davr mobaynida biror aniq sohada qanchalik ijobiy yoki salbiy natijalarga erishganini aniqlaydi, baho beradi, nisbiy ravishda reytinglardagi eng yuqori, o'rta yoki quyi o'rinlarni egallagan davlatlarni qayd etadi.

Mamlakatlarning reytinglarda yuqori o'rinlarni egallashi ular uchun o'ziga xos imidjni shakllantiradi, reytinglardagi pog'onalar uchun vujudga keladigan raqobatdoshlik muhiti esa o'z-o'zidan rivojlanish uchun asos yaratadi. Xalqaro reytinglar va indekslar mamlakatlarning so'nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional islohotlarni kuchaytirishda hamda mamlakat pozitsiyasini jahon arenalarida mustahkamlashda muhim rol o'ynaydi.

Bugun ochiqlik siyosatini olib borayotgan O'zbekistonning xalqaro reytinglarda yuqori o'rinlarda bo'lishi davlatimizning ochiqligi, shaffofligi hamda iqtisodiy salohiyatini namoyon etadi. Zamonaviy dunyoda hamkorlik o'rnatish istagida bo'lgan davlatlar va tashkilotlar ham umume'tirof etilgan reytinglarga e'tibor qaratishi tabiiy.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2020-yil 2-iyun sanasida "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida"gi farmoni imzolandi [2]. Bundan tashqari, 2020-yilning 22-iyun sanasida "Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni tasdiqlanib, bular mamlakatimizning xalqaro tashkilotlar tomonidan ta'sis etilgan ijtimoiy-iqtisodiy va inson huquqlari sohasiga taalluqli reytinglardagi o'rnini yaxshilash yo'lidagi amaliy harakatlarning huquqiy asosini yaratdi.

Xususan, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha Respublika kengashi tuzildi. Bundan ko'zlangan maqsad esa, Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva ta'kidlaganidek, parlament darajasidagi davlat organlari faoliyati ustidan nazorat o'rnatish, vazirlik va idoralar rahbarlarining javobgarligini oshirishdir [4].

Vazirlik va idoralar rahbarlari o'zlari javobgar bo'lgan reyting va indekslardagi ko'rsatkichlarni yaxshilash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, vazifalarning bajarilishi to'g'risida Respublika Kengashida hisobot beradi. Shuningdek, qabul qilingan qonunlarning joylarda amalga oshirilishini yaxshilash, jarayonda yuzaga keladigan muammolarni o'z vaqtida aniqlash va yo'q qilish maqsadida mahalliy hokimlar kengash tarkibiga kiritilgan .

Kengashning asosiy vazifalari etib esa quyidagilar nazarda tutilgan:

- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarning O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimiz o'rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta'minlash, mazkur yo'nalishdagi ishlarning samaradorligiga to'siq bo'layotgan muammolarni bartaraf etish;

- davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg'or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish;

- davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o'rniga ta'siri nuqtai nazaridan yondashish.

Xalqaro reytinglarda mamlakatimiz o'rnini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar uchun davlat organlaridagi mansabdor shaxslar, jumladan, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi ma'sul hisoblanadi.

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Parlament, vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining o'zaro hamkorligi Respublika kengashining faoliyatini muvofiqlashtiradi. Mas'ul davlat organlari tomonidan xalqaro reyting va indekslar metodologiyasini chuqur o'rganish, amaliyotga to'g'ri talqin qilish, xalqaro reyting va indeksni belgilaydigan tashkilot bilan aloqani o'rnatish ham muhim ahamiyatga ega.

Xalqaro reytinglar va indekslar so'nggi yillarda mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional islohotlarni kuchaytirishda va respublikamiz pozitsiyasini mustahkamlashda muhimligini ta'kidlar ekanmiz, Prezident farmonida ustuvor deb belgilangan reytinglarga to'xtalishimiz joiz. Jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy sohada - Suveren kredit reytinglari, Biznes yuritish indeksi, Global raqobatbardoshlik indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi, Logistika samaradorligi indeksi, Byudjet ochiqligi indeksi, Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi, Inson kamoloti indeksi, Barqaror rivojlanish maqsadlari, Global innovatsiyalar indeksi, To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi; siyosiy-huquqiy sohada esa -Boshqaruv sifati indikatorlari, Siyosiy barqarorlik va zo'ravonlik / terrorizmning mavjud emasligi, Hukumat samaradorligi, Huquq ustuvorligi, Korruptsiyani tiyib turish, Matbuot erkinligi indeksi, Korruptsiyani qabul qilish indeksi, Huquq ustuvorligi indeksi, Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi kabi reytinglar alohida qayd etilgan.

O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlarini yaxshilashga yo'naltirilgan islohotlarni jadallashtirish maqsadida 2022-yil 18-mayda O'zbekiston Respiblikasi Prezidentining "Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" Qarori qabul qilindi [1].

WPS indeksiga ko'ra, O'zbekiston ayollar tinchligi va xavfsizligi global indeksida 177 davlat orasida 94-o'rinni egalladi. 2021-yilga nisbatan mamlakat 20 pog'onaga tushib ketdi. Indeks uchta ko'rsatkich asosida tuzilgan: inklyuzivlik, tenglik va xavfsizlik [3].

Iqtisodiy-ijtimoiy yo'nalishlardagi reytinglarga nisbatan mamlakatning xalqaro imidjini belgilovchi siyosiy va inson huquqlariga oid reyting va indekslarda O'zbekiston quyi pog'onalarda qolib kelmoqda. Siyosiy va huquqiy sohalardagi asosiy reytinglarda mamlakatimiz o'rni quyidagi jadvalda aks ettirilgan:

№ Reytinglar nomi O'zbekistonning joriy o'rni

1 Boshqaruv sifati indikatorlari (Worldwide Governance Indicators)

1.1 Siyosiy barqarorlik va zo'ravonlik /terrorizmning mavjud emasligi (Political Stability and Absence of Violence / Terrorism) 136-урин

1.2 Hukumat samaradorligi indeksi (Government Effectiveness) 139-урин

1.3 Tartibga solish sifati (Regulatory Quality) 184-урин

1.4 Aholini fkrini inobatga olish va hisobdorlik (Voice and Accountability) 182-урин

1.5 Huquq ustuvorligi (Rule of Law) 194-урин

1.6 Korrupsiyani tiyib turish indeksi (Control of Corruption) 183-урин

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

2 Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (E-Government Development Index) 69-урин

3 "Korrupsiyani qabul qilish" indeksi (Corruption Perception Index) 158-урин

4 Inson kamoloti indeksi (Human Development Index) 101-урин

5 Huquq ustuvorligi indeksi (Rule of law, World Justice Project) 94-урин

6 Jahon mamlakatlari demokratiya indeksi (Democracy Index) 157-урин

7 Matbuot erkinligi indeksi (World Press Freedom Index) 156-урин

Siyosiy-huquqiy sohalardagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz o'rnini yaxshilash institutsional o'zgarishlar, qonun ijodkorligi, talablarga javob bermaydigan qonunchilik hujjatlarini qayta ishlab chiqish, o'zgartirishlar kiritish va ularning ijrosini ta'minlash bilan bog'liq. So'z erkinligi, ommaviy axborot vositalarining cheklovlarsiz va to'siqlarsiz ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilayotgan bo'lishiga qaramay, reytinglardagi past ko'rsatkichlar hali kamchiliklar mavjudligi, qilinadigan ishlarning dolzarbligidan dalolat beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashda chet el tajribasini amaliyotga qo'llash ham ijobiy natijalarga olib kelishi Senat Raisi Tanzila Narbaeva tomonidan ta'kidlab o'tilgan [4]. Bundan tashqari, xalqaro reyting agentliklari so'rovnomalarining mustaqil fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda olib borilishini inobatga olsak, bunday nodavlat notijorat tashkilotlarning milliy miqyosda ko'payishiga va davlat organlari bilan yaqin hamkorligini yo'lga qo'yishga e'tibor berilishi kerak.

O'zbekiston o'zining ijodiy salohiyatini yo 'naltiradigan faoliyatning muhim yo'nalishlaridan biri mamlakatning jahon miqyosidagi obro'sini yangilash bilan bog'liq bo'lib, bu uning xalqaro reytinglardagi mavqeining yaxshilanib borishida aks etadi. Ma'lumotlarga ko'ra, davlatlar mavqeini belgilab beradigan 100 dan ortiq xalqaro reyting va indekslar bor. Ammo ba'zi bir reytinglarda umuman o'ringa ega emasligimiz yoki quyi pog'onalarda qolib kelayotganimizga sabab esa shu paytgacha bu sohada tizim va faoliyat olib boruvchi organning bo'lmaganligidir. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nodir Jumaev ta'kidlaganidek, aslida o'sha reytinglarda bizning real holatimiz yuqori o'rinni egallashga munosib bo'lishi mumkin [8].

Bu jarayonning samaradorligini oshirishda xalqaro reyting tashkilotlari maslahatchilari va ekspertlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatish, xorijiy nodavlat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro manfaatli kelishuvlarga erishish, vazirlik va idoralarning tashabbuskorligini oshirish, davlat iqtisodiyotida va xususiy sektorlarda raqobatbardoshlikni kuchaytirish, mamlakatning o'ziga xos milliy sayyohlik brendini yaratish kabi ishlar muhim ahamiyatga ega. Bu chora-tadbirlar O'zbekiston hali kiritilmagan Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksi, Xalqaro byudjet hamjamiyatining Moliya ochiqligi indeksi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni tartibga soluvchi cheklovlar indeksi, Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Global innovatsiyalar indekslarida mamlakat o'rnini aks ettirishda ham ahamiyatlidir.

Insoniyat taraqqiyoti, globallashuv jarayonlari nafaqat xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko'taradi, balki har bir mustaqil davlatni oldinga siljishga, rivojlanishga da'vat etadi. Bu rivojlanish tendentsiyalari mamlakatlarning global miqyosdagi mavqei, xalqaro reytinglardagi o'rnida mujassam bo'ladi. Davlat boshqaruvining sifati, aholi turmush farovonligi,

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

inson huquqlarining ustuvorligi, tadbirkorlik faoliyati va investitsiyalar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy taraqqiyot va raqobatbardoshlik mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarning tub mohiyati sanaladi.

Reytinglar maqsad emas, ular yaxshi bajarilgan ishning mukofotidir. Iqtisodiy-ijtimoiy va inson huquqlari sohalarida olib borilayotgan davlat siyosati, erishilayotgan yutuqlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o'rnining yildan yilga ko'tarilayotganida namoyon bo'lmoqda. Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston quyi ko'rsatkichlarni qayd etayotgan reytinglardagi o'rnini oshirishga qaratilgan ishlar mamlakatning xalqaro munosabatlardagi imidjini mustahkamlash va asosiysi, insonlarning farovon turmush tarzi hamda barqaror taraqqiyotning garovi hisoblanadi.

REFERENCES

1. "Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-246-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. https://lex.uz/docs/-6026692

2. "O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida" PF-6003-son 02.06.2020 https://lex.uz/docs/4838762

3. Ayollar, tinchlik, xavfsizlik uchun Jorjtaun Institutining 2023 -yilgi hisoboti. https://giwp s. georgetown.edu/the- index/

4. "Международные рейтинги и индексы поднимают имидж Узбекистана в мировом масштабе, укрепляют его позицию, обеспечивает прозрачность". Senat Raisi Tanzila Narbaeva bilan suhbat. 31.07.2020 https://yuz.uz/ru/news/mejdunarodne-reytingi-i-indeks

5. "Штурмовать "вершины" международных рейтингов". Eldor Tulyakov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Strategik rivojlanish" markazi ijrochi direktori. 04.03.2019 https://strategy.uz/index.php?news=408&lang=ru

6. 'Международные рейтинги формируют и стимулируют дух конкуренции между странами за улучшение показателей". Abror Yusupov, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo'lim boshlig'i. 08.06.2020. https ://podrob no.uz/c at/ obc hestvo/me z hd unarod nye -reytingi- form iruyut- i- stimuliruyut-dukh-konkurentsii-mezhdu-stranami-za-uluchshenie-p/

7. "Xalqaro reyting va indekslarda O'zbekistonning o'rni". Dilshod Xolmurodov, DSQ raisining o'rinbosari; Odiljon Mamadaliev, DSQ boshqarma boshlig'i. "Xalq so'zi" -34-17.02.2021 https://www.stat.uz/images/uploads/docs/xalq sozi 17022021.pdf

8. "O'zbekistonning xalqaro reytinglardagi o'rni nima uchun kerak?" Nodir Jumaev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. https://parliament.gov.uz/uz/events/opinion/31227/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.