O n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY. PRACTICE, AND STRATEGY
O'ZBEKISTONNING XALQARO REYTING VA INDEKSLARDAGI O'RNINI
YAXSHILASH Umurzaqova Shahzoda Azamatovna
O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10144891
Annotatsiya. Xalqaro reyting va indekslar mamlakatning jahon hamjamiyatidagi o'rni va mavqeini belgilab berishga xizmat qiladi. Jahondagi har bir mamlakat xalqaro reyting va indekslarda yuqori o'rin egallashga, mamlakatda olib borilayotgan turli jabhalardagi islohotlarni jadallashtirishga harakat qiladi. Bir so'z bilan aytganda xalqaro reyting va indekslar mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga xolis baho berishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: milliy iqtisodiyot, raqobatbardoshlik, jahon xo'jaligi, iqtisodiy erkinlik, iqtisodiy siyosat, barqaror rivojlanish, xalqaro reyting va indekslar.
Аннотация. Международные рейтинги и индексы служат для определения места страны в мировом сообществе. Каждая страна в мире старается занять высокое место в международных рейтингах и индексах, ускорить реформы в различных аспектах, которые проводятся в стране. Одним словом, международные рейтинги и индексы служат для того, чтобы дать объективную оценку проводимым в стране реформам.
Ключевые слова: национальная экономика, конкурентоспособность, мировая экономика, экономическая свобода, экономическая политика, устойчивое развитие, международные рейтинги и индексы.
Abstract. International ratings and indexes serve to determine a country's place in the world community. Every country in the world is trying to take a high place in international rankings and indices, accelerate reforms in various aspects that are being carried out in the country. In a word, international ratings and indices serve to give an objective assessment of the reforms carried out in the country.
Keywords: national economy, competitiveness, world economy, economic freedom, economic policy, sustainable development, international ratings and indices.
Keyingi yillarda qabul qilingan strategik hujjatlar doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obro'sini shakllantirish, O'zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o'rnini xolis va haqqoniy baholashni ta'minlash bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlar amalga oshirildi. Ko'rilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yo'nalishlar bo'yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas deb, ta'kidlanadi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o'rnini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2019 yil 25 fevraldagi PQ-4210-sonli qarorida. Ko'rilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda tegishli yo'nalishlar bo'yicha milliy reytinglarni yuritishga yordam beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro mezonlar va standartlarga muvofiqligini baholashning yaxlit tizimi mavjud emas-deb, ta'kidlanadi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o'rnini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2019 yil 25 fevraldagi PQ-4210-sonli Qarorida. Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini jadal amalga oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlarini yaxshilashga
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö AND INDEXES: THEORY. PRACTICE, AND STRATEGY
yo'naltirilgan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga mamlakat ilmiy salohiyatini keng jalb etish va loyihaviy boshqaruvning xalqaro standartlaridan foydalanish, davlat xizmatchilarining sohadagi bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida "Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg'unligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 maydagi PQ-246 sonli Qarorida mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi o'rnini yaxshilash bo'yicha ishlarni tizimli tashkil qilish, xalqaro reytinglar va indekslar borasida davlat xizmatchilarining bilim va ko'nikmalarini oshirish borasida alohida topshiriq va vazifalar belgilab berilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar xalqaro tashkilotlar tomonidan keng e'tirof etilmoqda. Jahon banki 2022 yil yanvar oyi uchun "Jahon iqtisodiyoti istiqbollari" hisobotini taqdim etdi. Unda ta'kidlanishicha, jahon iqtisodiyoti tiklanishda davom etmoqda, lekin bir vaqtning o'zida ba'zi xavflarga ham duch kelmoqda. 2022 yilning aprel oyida Jahon banki tomonidan O'zbekistonning ikkinchi tizimli diagnostikasi (The Second Systematic Country Diagnostic for Uzbekistan) e'lon qilindi. Mazkur nashrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga xolis baho berib o'tilgan. Xususan, tizimli diagnostikada: "O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Shavkat Miromonovich Mirziyoev saylanganidan bir necha oy o'tib, O'zbekistonni o'zgartirishga qaratilgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar dasturi e'lon qilindi. Statizm va nisbiy yopiqlik siyosatidan voz kechgani holda, mamlakat va uning xalqi ochiqlik va xalqaro hamkorlikning yangi davriga kirdi. Islohotlarning dastlabki bosqichida aksariyat narxlar erkinlashtirildi, biznes va savdoni qat'iy tartibga solish bartaraf qilindi, shaxsiy tanlov va iqtisodiy erkinlikni cheklaydigan siyosat yumshatildi. Bir so'z bilan aytganda,fuqarolar iqtisodiy imkoniyatlari va erkinliklari kengayganini amalda his qila boshladilar. Kelgusi besh yilga nazar tashlaydigan bo'lsak, hukumat 2030-yilga kelib qashshoqlikni ikki baravar kamaytirish va O'zbekistonni o'rtachadan yuqori daromadli mamlakatlar safiga olib chiqishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Bu aholi jon boshiga real milliy daromadni yiliga 9-10 foizga o'sishini talab qiladigan ulkan reja ekanligini ta'kidlab o'tish lozim.
So'nggi 30 yil ichida O'zbekistonda iqtisodiy o'zgarishlar sekin-asta rivojlandi. Rejali iqtisodiyot davrida mavjud bo'lgan institutlardan atigi bir necha institutlar o'zgarishga uchragan. Iqtisodiy faoliyatning muhim qismi hali ham markazlashgan davlat muassasalari tomonidan boshqariladi. Iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish hali ham o'zining dastlabki bosqichida. Mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo'jaligining ulushi 2020 yilda YaIMning 26 foizini tashkil etgani holda, bu ko'rsatkich Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng katta ko'rsatkichni tashkil qiladi. Ko'pgina rivojlangan iqtisodiyotlarda farovonlik vositasi bo'lgan xizmatlarning ulushi dunyodagi eng past ko'rsatkichlardan biri va mintaqadagi boshqa barcha mamlakatlarning ko'rsatkichlaridan ham pastroqdir. O'zbekiston shaharlari boshqa mamlakatlardagi o'xshash shaharlarga nisbatan, ichki mehnat harakatchanligi sur'atlarining dunyo ko'rsatkichlaridan pastligi, urbanizatsiya darajasining sekinlashishi sababli aholi soni va mahsuldorlik jihatdan maqbullik talablariga javob bermaydi. Umuman olganda, O'zbekistonning to'laqonli bozorga o'tishi, mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan o'zgartirishning yakunlanishi haqida gapirishga hali juda erta" deb ta'kidlanadi.
Jahon banki yuqoridagi holatdan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda xususiy sektorning bozor o'zgarishlariga ta'sirini qo'llab-quvvatlash, bozorlarni rivojlantirish, inson kapitaliga investitsiya kiritish va barqaror kelajak va farovonlikni ta'minlash borasida davlatning o'rni va ahamiyatini kuchaytirishga qaratilgan islohotlarni jadallashtirishni tavsiya qiladi.
Hozirda dunyo iqtisodiyoti vaznsizlik holatida rivojlanayotgan bir sharoitda, har qanday mamlakat milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda taraqqiy etishni, dunyo hamjamiyatida
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY
munosib o'rniga ega bo'lish uchun bor kuchi bilan harakat qiladi. Mazkur vaziyatda har qanday mamlakat uchun xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini mustahkamlash muhim axamiyat kasb etadi. Quyida ba'zi bir muhim xalqaro indeks va reytinglar to'g'risida to'xtalib o'tamiz.
Index of Economic Freedom (Iqtisodiy erkinlik indeksi) - mamlakatlarda iqtisodiy erkinlik darajasini baholashga yo'naltirilgan bir qator ko'rsatkichlardan tashkil topgan reyting hisoblanadi. Amerikaning The Heritage Foundation ilmiy-tadqiqot markazi va The Wall Street Journal gazetasi tomonidan reyting ko'rsatkichlari e'lon qilib boriladi.
Index of Economic Freedom (Iqtisodiy erkinlik indeksi) - 10 ta nazorat ko'rsatkichlarining o'rtacha arifmetik qiymatini aniqlash orqali hisoblab topiladi: 1. Mulk huquqi; 2. Korruptsiyadan holilik; 3. Fiskal erkinlik; 4. Hukumat aralashuvi; 5. Tadbirkorlik erkinligi; 6. Mehnat erkinligi; 7. Monetar erkinlik; 8. Savdo erkinligi; 9. Investitsiyalar erkinligi; 10. Moliyaviy erkinlik.
Har bir ko'rsatkich bo'yicha 0 dan 100 gacha bo'lgan ballar qo'yib bori-ladi va umumiy natija jamlanadi. O'z-o'zidan ayonki mutloq erkin iqtisodiyotda bu indeks 100 ga teng bo'lgani holda, erkinlik darajasi past bo'lgan mamlakatlarda bu indeks qiymati 0 ga yaqinlashib boradi.
Index of Economic Freedom (Iqtisodiy erkinlik indeksi)ning yakuniy hisobotida reytingga kiritilgan barcha davlatlar to'plagan reyting ballariga ko'ra shartli ravishda beshta guruhga ajratiladi:
1. 80 baldan 100 balgacha to'plagan mamlakatlar-erkin iqtisodiyotga ega bo'lgan davlatlar;
2. 70 baldan 80 balgacha jamg'argan mamlakatlar- iqtisodiyoti nisbatan erkin bo'lgan davlatlar;
3. 60 baldan 70 balgacha to'plagan mamlakatlar-iqtisodiy erkinligi mo''tadil bo'lgan davlatlar;
4. 50 baldan 60 balgacha to'plagan mamlakatlar- nisbatan iqtisodiy erkinligi past bo'lgan davlatlar;
5. 50 baldan past to'plagan mamlakatlar- mutloq iqtisodiy erkin bo'lmagan davlatlar.
O'zbekiston 2022 yil uchun e'lon qilingan mazkur reytingda 177 ta dunyo mamlakatlari
55,7 bal jamg'argan holda 117 -o'rinda qayd etilgan. Bugungi kunda O'zbekiston iqtisodiyoti erkin bo'lmagan mamlakatlar qatorida qolmoqda.
The Global competitiveness index (Global raqobatbardoshlik indeksi)- Butunjahon Iqtisodiy Forumi (World Economic Forum) versiyasi bo'yicha mamlakatlarning iqtisodiy raqobatbardoshlik darajasi bo'yicha tadqiqot-lar olib borish va shu asosda ularning reytingini aniqlashni ko'zda tutadi.
Butun jahon iqtisodiy forumi milliy raqobatbardoshlikni o'rta va uzoq muddatli istiqbolda mamlakat va mavjud institutlarning barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlash olish layoqati sifatida tushuntiradi. Tadqiqot mualliflari milliy raqobatbardoshlikning yuqori ko'rsatkichlariga ega mamlakatlar o'z fuqarolarining yuksak turmush darajasini ta'min eta oladilar, deb ta'kilaydilar. Iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish va raqobatni har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida mavjud to'siqlarni bartaraf qilish, uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga qaratilgan iqtisodiy siyosatini ishlab chiqishda mamlakatlar Global raqobatbardoshlik indeksidan foydalanishlari tavsiya qilinadi.
Global raqobatbardoshlik indeksi 113 ta ko'rsatkichdan tashkil topgan bo'lib, iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida bo'lgan mamlakatlarning raqobatbardoshlik darajasini tavsiflaydi. Jami ma'lumotlarning uchdan ikki qismi korxona rahbarlari bilan o'tkazilgan so'rovlar asosida shakllantirilsa, ma'lumotlarning uchdan bir qismi esa statistik ma'lumotlar va
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY
xalqaro tashkilotlar tomonidan o'tkaziluvchi tadqiqotlar natijalari asosida shakllantiriladi. Barcha ko'rsatkichlar milliy raqobatbardoshlik darajasini belgilab beruvchi 12 ta nazorat ko'rsatkichlari guruhiga birlashtiriladi: 1. Institutlar sifati; 2. Infratuzilma; 3. Makroiqtisodiy barqarorlik; 4. Sog'liqni saqlash va boshlang'ich ta'lim; 5. Oliy ta'lim va kasbiy tayyorgarlik; 6. Tovar va xizmatlar bozori samaradorligi; 7. Mehnat bozori samaradorligi; 8. Moliya bozorining rivojlanganlik darajasi; 9. Texnologik taraqqiyot darajasi; 10. Ichki bozor ko'lami; 11. Kompaniyalarning raqobatbardoshligi; 12. Innovatsion salohiyat.
World Economic Forum: The Global Competitiveness Report 2022da O'zbekiston mazkur reytingda 154 ta mamlakat orasida 89-o'rinda qayd qilingan.
The Rule of law index (Huquq ustuvorligi indeksi)-dunyo mamlakatlarida huquqiy mezonlarga tayanilgan holda barpo etilgan huquqiy muhitning qay darajada inson huquqlari va erkinliklarining kafolat-lanishiga xizmat qilishini ko'rsatib beradi. Mazkur indeks The World Justice Project, nodavlat tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan uslubiyot bo'yicha hisoblanadi va bunda statistik ma'lumotlar va global miqyosda ekspertlik so'rovlari natijalariga tayaniladi. The Rule of law index 2010 yilda ishlab chiqilgan va u mamlakatlarning huquq ustuvorligini ta'minlash borasida erishgan natijalarini baholash imkonini beradi. The Rule of law index (Huquq ustuvorligi indeksi) 47 ta ko'rsatkichdan tashkil topgan bo'lib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning turli darajalarida bo'lgan mamlakatlarda xalqaro huquq normalariga rioya qilinishini ko'rsatib beradi. Barcha ko'rsatkichlar 8 ta nazorat ko'rsatkichlari guruhiga birlashtirilgan:
1. Hokimiyat institutlari vakolatining cheklanganligi;
2. Korrupsiyaning mavjud emasligi;
3. Jamoat tartibi va xavfsizlik;
4. Asosiy huquqlarning himoya qilinishi;
5. Hokimiyat institutlarining shaffofligi;
6. Qonunlarga rioya qilish;
7. Fuqarolik sudlovi;
8. Jinoyatlarni odil sudlov qilish.
O'zbekiston Huquq ustuvorligi indeksi bo'yicha reytingda 2022 yilda dunyo mamlakatlari orasida 78-o'rinda qayd etilgan.
Korruptsiyani qabul qilish indeksi (The Corruption Perceptions Index) — bu davlat sektorida korruptsiyaning tarqalganlik ko'rsatkichini o'rganish bo'yicha global miqyosda amalga oshiriluvchi taqdqiqot va shu asosda tuzilgan mamlakatlar reytingi hamdir. Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan taklif etilgan uslubiyot asosida statistik ma'lumotlar va global ko'lamda o'tkazilgan so'rovlarga tayanilib mazkur indeks hisoblanadi va mamlakatning global reytingdagi o'rni aniqlanadi. Mazkur indeks qiymati 0 va 100 oralig'ida joylashgan bo'lib, indeks qanchalik 0 ga yaqinlashsa, bu mamlakatda korruptsiyaning haddan tashqari kuchayganligini ko'rsatadi. Indeksning 100 ga yaqinlashib borishi mamlakatda korruptsiya darajasi kamayib borayotganligidan dalolat beradi.
2022 yilda O'zbekiston ushbu indeksda dunyo mamlakatlari orasida 126 -o'rinni egallagan.
Inson taraqqiyoti indeksi (Human Development Index)- bu dunyo mamlakatlarida inson taraqqiyotini aks ettiruvchi ko'p qirrali ko'rsatkich hisoblanadi. Mazkur indeks har yili BMTning Tarraqiyot dasturi ekspertlari va mustaqil xalqaro ekspertlar ko'magida hisoblab chiqiladi. Tadqiqotlar natijasi har yili BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan turli maxsus ma'ruzalar ko'rinishida chop etib boriladi. Insonning baxtli va uzoq umr kechirishi, tabiat va jamiyat yaratgan
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY
moddiy, nomoddiy va ijtimoiy ne'matlardan bahramand bo'lib yashashi Inson taraqqiyoti kontseptsiyasining asosini tashkil etadi. Inson taraqqiyoti indeksi- bu u yoki mamlakat aholisining insoniy taraqqiy etish darajasini ko'rsatadi, shuning uchun ham ko'pchilik holatlarda uni «turmush sifati» yoki «turmush darajasi» kabi ko'rsatkichlar bilan bir qatorda qo'llashga harakat qiladilar. ITI mamlakat aholisining sog'liq darajasi, ta'lim olish imkoniyatlari va amaldagi daromadlari nuqtai nazaridan mazkur mamlakat erishgan natijalarni o'lchash imkonini beradi va bunda quyidagi uchta indeksdan foydalaniladi:
1. Kutilayotgan umr ko'rish davomiyligi indeksi;
2. Savodxonlik darajasi indeksi;
3. Yalpi milliy daromad indeksi.
Inson taraqqiyoti indeksi (ITI) Human development index (HDI) ni hisoblash natijalariga ko'ra- ITI o'ta yuqori bo'lgan, ITI yuqori, ITI o'rtacha va ITI past bo'lgan mamlakatlar farqlanadi. 2022 yilda O'zbekiston ITI bo'yicha 191 ta mamlakat orasida 0,727 koeffitsient bilan 101-o'rinda qayd qilingan.
The Democracy index (Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi) — dunyo mamlakatlarida demokratik islohotlarning amalga oshirilishi va bu borada erishilgan natijalarni aks ettiruvchi reyting ko'rsatkichi hisoblanadi. Mazkur indeks Buyuk Britaniyaning The Economist Intelligence Unit. xalqaro tadqiqot markazi-ning uslubiyoti bo'yicha hisob-kitob qilinadi.
Jahon mamlakatlarining demokratiyasi indeksi 60 ta asosiy ko'rsatkichlardan tashkil topgan bo'lib, mazkur ko'rsatkichlar beshta asosiy guruhga birlashtirilgan. Bu ko'rsatkichlar mamlakat ichidagi demokratik jarayon-larni, xususan: Saylovlar jarayoni va plyuralizm; Hukumat faoliyati; Siyosiy jarayonlarda fuqarolarning ishtiroki; Siyosiy madaniyat; Fuqarolarning huquq va erkinliklarini baholashga xizmat qiladi.
Worldwide Press Freedom Index G' Butunjahon matbuot erkinligi indeksi - dunyo mamlakatlarida matbuot erkinligining holati borasidagi vaziyat va uni aks ettiruvchi o'ziga xos reyting hisoblanadi. Matbuot erkinligi va jurnalistlarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi Chegara bilmas reportyorlar xalqaro nodavlat tashkiloti (Reporters Without Borders) mazkur reytingni yuritadi. Mazkur xalqaro nodavlat tashkiloti so'z erkinligi va o'zini namoyon qilish borasida muammolarga duch keluvchi jurnalistlar, yozuvchilar va shunga o'xshash shaxslarning huquqlarini himoya qilish va bu borada huquqbuzarliklarni qayd qiluvchi So'z erkinligining ta'minlanganlik holati bo'yicha axborotlar almashishning Xalqaro tarmog'i (Freedom of Expression Exchange Network, IFEX) ning a'zosi hisoblanadi.
Erkin matbuot indeksi barcha turdagi ommaviy axborot vositalari va tashkilotlari jurnalistlarining erkinlik darajasini baholaydi. Bunda u yoki bu mamlakat hukumatining ommaviy axborot vositalari va nashrlariga bo'lgan munosabati, ularning matbuot erkinligini ta'minlashga bo'lgan hatti-harakatlariga alohida e'tibor qaratiladi. Ushbu indeks dastlab 2002 yilda 139 ta mamlakatni qamrab olgan holda tuzilgan va dunyo hamjamiyatiga taqdim etilgan. Tadqiqotlar ekspert baholashlariga asoslangan bo'lib, tashkilot mutaxassislari 43 ta asosiy ko'rsatkichlar asosida u yoki bu mam-lakatda matbuot erkinligining ta'minlanganlik holatiga baho beradilar. Indeks davlatlarni to'plagan ballariga qarab reyting ro'yxatiga kiritadi. Bunda 0 ball-eng yaxshi ko'rsatkich sifatida baholansa va u mamlakatda matbuot erkinligi mutloq ta'min etilganligini ko'rsatsa, reyting ballarining 0 dan ortib borishi mazkur mamlakatda matubot erkinligi buzilayotganligidan dalolat beradi. Tashkilot ekspertlari mazkur indeks har bir mamlakatdagi
O n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY
matbuot va so'z erkinligini to'liq va aniq aks ettiradi, deb hisoblaydilar. O'zbekiston 2021 yil 180 mamlakat o'rtasida 50,74 ball to'plagan holda 157 o'rinda qayd etildi.
Logistika samaradorligi indeksi (Logistics performance index)ning maqsadi logistika tizimining qulayligini aniqlash yo'li bilan mamlakatlarga savdo logistikasi samara-dorligiga ta'sir ko'rsatuvchi muammolarni aniqlash va ularni hal etish imkoniyatlarini izlab topishda ko'maklashishdan iborat. Mahalliy va xalqaro ekspeditorlik kompa-niyalari operattorlari o'rtasida so'rovga o'tkazishga asoslangan holda, logistika samaradorligi indeksi dunyoning 155 ta mamlakati logistika tizimlarining qulayligini baholaydi. Indeksni aniqlashda ham miqdor va ham sifat ko'rsatkichlaridan foydalaniladi. Mazkur indeks mamlakatlar logistika tizimlari o'rtasida o'zaro yaqinlik aloqalarini yo'lga qo'yishga xizmat qiladi. Mazkur indeks logistika xizmatlari zanjirining barcha bo'g'inlari bo'yicha mamlakat logistika tizimiga ham milliy va ham xalqaro darajada baho beradi.
Logistika samaradorligi indeksi- bu oltita asosiy tashkil etuvchilarni o'z ichiga olgan yaxlit ko'rsatkich logistika sektori faoliyati samaradorligining jamlanma ko'rsatkichidir. Bu ko'rsatkichlar sirasiga quyidagilar kiradi: l.bojxona organlari ishining samaradorligi; 2.infratuzilma sifati; 3.xalqaro yuk tashishlarni tashkil etishning osonligi; 4.logistika xizmatlarining sifati va kompitentligi; 5.yuklarni kuzatib borish imkoniyati; 6.etkazib berish muddatlariga rioya etilishi.
The UN Global E-Government Development Index (Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ikki yilda bir marta mamlakat fuqarolarining davlat xizmatlaridan qay tariqa samarali foydalana olish imkoniyatiga ega ekanliklarini aniqlash maqsadida tuzib chiqiladi. Bunda asosiy urg'u davlat xizmatlarini taqdim etish va ulardan foydalanishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasiga beriladi. Mazkur indeksni hisoblashda davlat idoralari tomonidan AKTdan keng foydalanilishiga asosiy e'tibor qaratilgani holda quyidagi uchta tashkil etuvchi indeksni hisoblashning asosini tashkil etadi: 1.Internet xizmatlari bilan qamrab olish va ularning sifati; 2.AKT-infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi; 3.Inson kapitali.
O'zbekiston mazkur reytingda asta-sekinlik bilan bo'lsada o'z o'rnini yaxshilashga harakat qilib kelmoqda.
Statistik salohiyat- bu mamlakatning o'z aholisi va iqtisodiyoti to'g'risida yuqori sifatli ma'lumotlarni jamlay olish, tahlil qila olish va tarqata olish salohiyatini ifoda etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlarni monitoring qilish, davlat resurslari va vakolatlarini taqsimlash, xalqaro hamjamiyatni mamlakatda amalga oshirilayotgan dasturlar va siyosat to'g'risida xabardor qilish kabi aniq ma'lumotlarga asoslangan holda, boshqaruv jarayonlarining har bir bosqichida qarorlar qabul qilishda statistik ko'rsatkichlarning sifati alohida ahamiyat kasb etadi. Jahon bankining statistik salohiyat ko'rsatkichi mamlakat statistika tizimi salohiyatini baholovchi jamlanma ko'rsatkich hisoblanadi. U uslubiyot, ma'lumotlar manbai, ma'lumotlarni o'z vaqtida taqdim etilishi va ularning davriyligi kabi sohalarni baholashning diagnostik tuzilmasiga asoslanadi. Mamlakatlar mazkur sohalarga mansub bo'lgan 25 ta mezon bo'yicha tegishli ma'lumotlar asosida baholanadilar. Baholash 0 va 100 oralig'ida amalga oshiriladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti (UNIDO) tomonidan hisoblanuvchi Sanoat raqobatbardoshligi indeksi (Competitive Industrial Performance Index (CIP) dunyo mamlakatlarining raqobatbardoshlik darajasini belgilab beruvchi jamlanma indekslar orasida eng yoshi hisoblanadi. CIP mamlakatlarning raqobatlasha oladigan darajada qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qila olish
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY
layoqatlarini ko'rsatib beradi. UNDP mutaxassislarining fikricha raqobatbardoshlik ko'p qirrali tushuncha va jarayon bo'lganligi sababli u iqtisodiy o'sishga nisbatan iqtisodiyotda bo'layotgan jarayonlarni to'la-to'kis tavsiflab beradi. Raqobatbardoshlik o'rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotning ma'lum bir rivojlanish sur'atlarini ta'min eta olish imkoniyatlarini ko'rsatadi. Shu sababli ham sanoat raqobatbardoshligi indeksi asosiy e'tiborni qayta ishlovchi sanoat tarmog'iga qaratadi. O'zbekiston 2021 yilda mazkur reytingda dunyo mamlakatlari orasida 94-o'rinda qayd etilgan.
Investitsiyalarning tartibga solinishini cheklanganligi indeksi dastlab 2003 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan hisoblab chiqilgan bo'lib, u milliy iqtisodiyotning soha va tarmoqlariga investitsiya kiritayotgan xorijiy investorlar uchun milliy qonunchilikda u yoki bu ko'rinishdagi cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligini baholash imkonini beradi.
Baholash 4 ta guruh bo'yicha amalga oshiriladi: 1.Tarmoq korxonalarida ulushli ishtirok etishga cheklovlar; 2.Tekshirish va ruxsat berishlarning zarurati; 3.Asosiy personal (rahbar va zaruriy mutaxassislar)ni yollashga cheklovlar; 4.Xorijiy korxonalar uchun boshqa cheklovlar (yer, kapital, daromad va foydani taqsimlash va shu kabilar).
Cheklovlar darajasi va ularning ko'lamidan kelib chiqqan holda baholashlar amalga oshiriladi. Tarmoqlar bo'yicha baholashlar o'tkazilib bo'lingandan so'ng, mamlakat iqtisodiyoti bo'yicha o'rtacha ball chiqariladi. Bugungi kunda mazkur indeks Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashki-lotining 68 ta a'zo davlatlari uchun ishlab chiqilgan.
Innovatsiyalar global indeksi (The Global Innovation Index)-innovatsiyalarning rivojlanganlik darajasi ko'rsatkichi bo'yicha mamlakatlarni tadqiq qilish va tadqiqot natijalari asosida mamlakatlar reytingini tuzishni ko'zda tutadi. Mazkur indeks 2007 yildan buyon INSEAD xalqaro biznes maktabi, Kornell universiteti (Cornell University) va Butun jahon intellektual mulk tashkiloti (World Intellectual Property Organization, WIPO) tomonidan tavsiya etilgan uslubiyot asosida hisoblab kelinmoqda va u bugungi kunda mamlakatlarning innovatsion taraqqiyot darajasini to'laligicha baholash imkonini beradi. Innovatsiyalar global indeksi (The Global Innovation Index) 82 ta o'zaro bog'liq bo'lgan ko'rsatkichlardan tashkil topgan bo'lib, iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlarida bo'lgan mamlakatlarning innovatsion taraqqiyotni ta'minlash borasida erishgan natijalarini baholash imkonini beradi. Tadqiqot mualliflari mamlakatda qanchalik innovatsion taraqqiyotga intilish kuchli bo'lsa, mamlakat shunchalik iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanadi, deb hisoblaydilar.
Governance Matters (Davlat boshqaruvining sifati) -bu davlat boshqaruvining samaradorligi va sifati borasida mamlakatlar ko'rsatkichini o'zida jamlagan tadqiqot va mazkur tadqiqot natijalari asosida tuzilgan reyting hisoblanadi. Davlat boshqa-ruvi sifati indikatori Jahon banki (The World Bank) uslubiyoti asosida turli manbalardan olinadigan yuzlab ma'lumotlarni tahlil qilish asosida mazkur indikator hisoblanadi.
Davlat boshqaruvi sifati (Worldwide Governance Indicators)ni tadqiq qilishda davlat boshqaruvining turli jihatlarini o'zida aks ettiruvchi oltita turli xil indekslardan foydalaniladi:
1. Aholi fikrini inobatga olish va davlta idoralarining hisobdorligi (Voice and Accountability) indeksi turli siyosiy jarayonlar, fuqarolarning erkinliklari va siyosiy huquqlarining turli jihatlarini o'lchaydi.
2. Siyosiy barqarorlik va tazyiqlarning yo'qligi (Political Stability and Absence of Violence) indeksi davlat boshqaruvi institutlarining va siyosiy tuzumning barqarorligi, davlat hokimiyatini konstitututsiyada ko'zda tutilmagan yo'llar bilan ag'darishga va mamlakatdagi siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga bo'lgan intilishlarning ehtimollik darajasini o'lchaydi.
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY
3. Hukumat faoliyatining samaradorligi (Government Effectiveness) indeksi davlat xizmatlarining sifati, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan ichki siyosatga aholining ishonchi, davlat apparatining samarali faoliyat ko'rsatishi, davlat xizmatchilarining kompitent-siyalari, ularning turli siyosiy tazyiqlardan holi ekanliklarini baholaydi.
4. Qonunchilik sifati (Regulatory Quality) — xususiy sektorning jadal rivojlanishiga imkon beruvchi qonun hujjatlarini ishlab chiqish borasida hukumatning qay darajada layoqatli ekanligini baholash imkonini beradi.
5. Qonun ustuvorligi (Rule of Law) indeksi turli sub'yektlarning o'rnatilgan qonunchilik normalariga nisbatan ishonch bildirishi va shuningdek ularning mazkur me'yorlarga rioya qilishlarini, jinoyatchilik darajasini, jamiyatning jinoyatchilikka bo'lgan munosabatini, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatining samaradorligini baholaydi.
6. Korrupsiyani jilovlash (Control of Corruption) indeksi hukumat idoralari va keng jamoatchilikning korruptsiyaga bo'lgan munosabatlari, jamiyatda kooruptsiyaga qarshi olib borilayotgan tadbirlarning samaradorligini o'lchashga xizmat qiladi.
Budjet ochiqligi indeksi (Open budget index) 1990 yilda asos solingan bugungi kunda shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan nufuzli xalqaro nodavlat tashkiloti (International Budget Partnership)tomonidan e'lon qilib boriladi. Bu boradagi tadqiqotlar doimiylik tavsifiga ega bo'lib, har ikki yilda bir marta e'lon qilib boriladi. Budjet ochiqligi indeksini tuzishda uchta asosiy omil: budjetga tegishli ma'lumotlardan keng jamoatchilikning xabardorligi; budjet jarayonlarida keng jamoatchilikning ishtiroki va budjet jarayonlarini nazorat qilishda rasmiy nazorat idoralari, shu jumladan qonunchilik institutlari va davlat taftish va nazorat idoralari faoliyatining samaradorligiga alohida e'tibor qaratiladi. Budjet ochiqligiga doir ma'lumotlarni jamlashda 145 ta savolni o'z ichiga olgan anketa so'rovnomasidan foydalaniladi.
O'zbekistonning xalqaro indeks va reytinglardagi bugungi kundagi o'rnini tahlil qilish shuni ko'rsatmoqdaki, qayerda aql va ilm talab qilinsa, o'sha joyda mamlakatimizning o'rni juda past darajada, yurtimizga ato etilgan bebaho resurslar bo'yicha esa mamlakatimiz dunyo reytinglarida yuqori pog'onalarni egallaydi. Shu bois, barcha ishlarimizni aql va ilmga tayanib amalga oshirsak, mamlakatimizning dunyo reytinglaridagi o'rnini yaxshilashga erishishimizga shubha yo'q.
REFERENCES
1. Akramovich N. A. The priority of using innovative technologies in the agricultural education system //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1.
- №. 10. - С. 185-191.
2. Akramovich N. A. HISTORY, SUBJECT AND OBJECT OF FORMATION OF" MACROECONOMICS" //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2022. -Т. 10. - №. 1. - С. 209-210.
3. Nizametdinov A. A. OLIY TA'LIM TIZIMIDA AGRAR SOHANING USTUVORLIGI UNDA INNOVATSIYALARNING QULLANISHI //INTERNATIONAL CONFERENCES.
- 2022. - Т. 1. - №. 6. - С. 96-98.
4. Baxrom X., Alijon N., Aziz Z. THE ROLE OF THE PRIVATE SECTOR IN THE DEVELOPMENT OF TOURISM //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 12. - С. 130-136.
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY
5. Xolmuradovich X. B. et al. BUSINESS ETHICS AND CULTURE, RULES FOR ITS WORK //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 12.
- С. 184-191.
6. Akramovich N. A., Azamatovna U. Sh. TA'LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH: DOLZARB TENDENTSIYALAR VA STRATEGIK YONALISHLAR //INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE. -2023. - Т. 1. - №. 9. - С. 36-40.
7. Худояров Р., Низаметдинов А. МАЛЫЙ И СРЕДНИЙ БИЗНЕС В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ МИРОВОЙ ЭКОНОМИКИ //Центральноазиатский журнал образования и инноваций. - 2023. - Т. 2. - №. 6 Part 2. - С. 188-193.
8. Raipovna V. S., Akramovich N. A., Durdona A. CONTENT AND FUNCTIONING OF THE MARKET ECONOMY //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences.
- 2022. - Т. 1. - №. 12. - С. 105-110.
9. Raipovna V. S., Akramovich N. A., Sherzod Y. THE ORIGINS OF CRISES AND THEIR IMPACT ON THE ECONOMIC SYSTEM //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 12. - С. 89-94.
10. Akramovich N. A. et al. IMPACT OF HIDDEN ECONOMY ON SOCIETY IN UZBEKISTAN, WAYS TO REDUCE IT //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 12. - С. 142-147.
11. Raipovna V. S., Akramovich N. A., Shonazarovich B. S. MONOPOLY ORGANIZATIONS, THEIR BENEFIT AND HARM TO SOCIETY //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 12. - С. 111-114.
12. Sojida D., Bahrom H., Ali N. THE ROLE OF THE ECONOMY IN SOCIETY //PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS. - 2022. - Т. 2. - №. 18. - С. 309-315.
13. Raipovna V. S., Akramovich N. A., Dildora F. DEVELOPMENT OF INNOVATIVE POLICY IN THE SPHERE OF EMPLOYMENT //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 12. - С. 201-209.
14. Alijon N., Sirojiddin S., Azizbek A. FRANCHISE SYSTEM IN BUSINESS AND ENTREPRENEURSHIP //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 12. - С. 250-257.
15. Susanna V., Ali N., Asliddin T. INNOVATIVE AND DEVELOPMENTAL ECONOMY OF UZBEKISTAN //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022.
- Т. 1. - №. 12. - С. 304-310.
16. Xolmuradovich X. B. et al. IMPORTANCE OF BANKING SYSTEM IN UZBEKISTAN //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 12.
- С. 218-224.
17. Raipovna V. S., Akramovich N. A., Matlab I. SEMANTIC MODULES IN THE LEXICAL SYSTEM OF THE LANGUAGE //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 12. - С. 230-237.
18. Xolmuradovich X. B. et al. THE DEVELOPMENT OF THE SPORTS SYSTEM IN UZBEKISTAN, THE GUARANTEE OF THE HEALTHY AND WELL-ROUNDED YOUTH //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1.
- №. 12. - С. 266-269.
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö ANO INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY
19. Raipovna V. S., Akramovich N. A., Sevinch K. PRODUCTION CAPACITY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES AND WAYS TO INCREASE IT //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 12. - С. 238-241.
20. Худояров Р., Низаметдинов А. МАЛЫЙ И СРЕДНИЙ БИЗНЕС В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ МИРОВОЙ ЭКОНОМИКИ //Центральноазиатский журнал образования и инноваций. - 2023. - Т. 2. - №. 6 Part 2. - С. 188-193.
21. Норбеков Х. Методики анализа и оценка взаимный преимуществ предприятия //Scienceweb academic papers collection. - 2022.
22. Norbekov X. Формирование конкурентных преимуществ АО «Тандер» //Scienceweb academic papers collection. - 2022.
23. G'aybullayev S. The place of the digital economy today //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 11. - С. 116-126.
24. G'Aybullayev Sarvar O. et al. O 'zbekistonda iste'mol savatchasi hozirgi holatini va uni shakillantirish yo 'nalishlari //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali. - 2022. - Т. 1. - №. 4. - С. 119-125.
25. Uchkun S., Dilshod N. PROCESS OF IDENTIFYING THE SIGNIFICANT ACCOUNTS IN THE REVENUE CYCLE //Journal of marketing, business and management. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 32-36.
26. Нажмиддинов Д., Абдурахимов М. Yashirin iqtisodiyotning jamiyatga ta'siri //Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 193-196.
27. Alijon N., Sirojiddin S., Azizbek A. FRANCHISE SYSTEM IN BUSINESS AND ENTREPRENEURSHIP //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. - 2022. - Т. 1. - №. 12. - С. 250-257.