O n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY. PRACTICE, AND STRATEGY
DAVLAT BOSHQARUVIDA XOTIN-QIZLAR SIYOSIY ISHTIROKINING XALQARO
INDEKS VA REYTINGLARDAGI TAHLILI Azizova Mahbuba
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tayanch
doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.10145262
Annotatsiya. Maqolada xalqaro reyting va indekslarning zarurati, yo'nalishlari va sohalari qisqacha o'rganilgan. Xalqaro reyting va indekslarda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi siyosiy ishtiroki, siyosiy partiyalardagi faolligi, gender tenglik tamoyillarining amaliyotdagi holati qiyosiy tahlil qilingan. Xususan, BMT ning Barqaror Rivojlanish maqsadlari, Parlamentlararo Ittifoqning "Siyosatdagi ayollar", "Siyosiy jarayonlarda ayollar ishtiroki" reyting ko'rsatkichlariga e 'tiborga qaratilgan.
Kalit so'zlar: davlat boshqaruvi, siyosiy ishtirok, saylov huquqi, siyosiy partiya, gender
tenglik.
Аннотация. В статье кратко рассматриваются необходимость, направления и направления международных рейтингов и индексов. В международных рейтингах и индексах сравнительно анализируется политическое участие женщин в государственном управлении, их деятельность в политических партиях, состояние принципов гендерного равенства на практике. В частности, внимание сосредоточено на Целях устойчивого развития ООН, индикаторах рейтинга Межпарламентского союза «Женщины в политике» и «Участие женщин в политических процессах».
Ключевые слова: государственное управление, политическое участие, избирательное право, политическая партия, гендерное равенство.
Abstract. The article briefly examines the need, directions and areas of international ratings and indexes. In international rankings and indexes, women's political participation in state administration, their activity in political parties, and the state of gender equality principles in practice are comparatively analyzed. In particular, the UN Sustainable Development Goals, InterParliamentary Union's "Women in Politics" and "Women's Participation in Political Processes" rating indicators are focused on.
Keywords: public administration, political participation, right to vote, political party, gender equality.
Bugungi kunda innovatsiya va ijodkorlik hayotning barcha jabhalarida jadal sur'atlar bilan davom etmoqda. Tabiiyki, bunday yangilanishlar samarasi nafaqat jamiyat hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslar ko'rsatkichlarida ham o'z ifodasini topmoqda. Aytish mumkinki, xalqaro reyting va indekslar har bir davlatning rivojlanish jarayonini hamda davlat boshqaruvi sifati, aholi turmush darajasi, inson huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faolligi, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik, xalqaro turizm va investorlar uchun qulay muhit kabi ko'plab muhim jihatlarni aks ettiradi. Bu jihatlar O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek amaldagi strategiya mazmun-mohiyatida ham mujassam etgan.
Xalqaro reyting va indekslar jahon hamjamiyati tomonidan dunyodagi institutsional muhit sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida qabul qilingan vositalardir. Ulardan nafaqat ekspertlar, balki davlat miqyosida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L ö AND INDEXES: THEORY. PRACTICE, AND STRATEGY
mezoni sifatida foydalaniladi. Aholi turmush darajasini oshirish, davlat organlarining xalq manfaatlariga xizmat qilishda ustuvorligini ta'minlash, mamlakatga investitsiyalar oqimini jadallashtirish, investorlar mulkini davlat tomonidan himoya qilish, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlarni jahon hamjamiyatiga namoyish etish - xalqaro tashkilotlar tomonidan tuzilgan xalqaro reyting va indekslar orqali e'tirof etiladi. O'z ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori baholangan har qanday xalqaro reytinglar natijasida bu mamlakat ishbilarmonlardan tortib, dunyo aholisining barcha qatlamlari e'tiborini tortadi: investitsiya muhiti, turizm, xizmat ko'rsatish sohasi rivojlanadi, bu esa aholining turmush darajasi va farovonligini oshiradi.
Xalqaro reyting va indekslarni faoliyat sohasiga qarab ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga bo'lish mumkin. Siyosiy va huquqiy sohalarga qonun, korrupsiya, demokratiya va boshqaruv sifatini kiritish maqsadga muvofiqdir. Indeksni tuzuvchi xalqaro tashkilotlar tegishli davrlar uchun davlat organlari tomonidan e'lon qilingan ochiq ma'lumotlar va turli xalqaro tashkilotlarning reyting hisobotlari natijalariga asoslanadi.
XXI asr fuqarolik jamiyatida global transformatsion jarayonlarning faol ishtirokchisi bo'lgan ayol fenomeni muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik kuch sifatida maydonga chiqdi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasi xotin-qizlarni ijtimoiy institut sifatida siyosiy ishtirokini oshirish, davlat boshqaruvidagi faoliyatini kengaytirish, siyosiy qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini ta'minlash, shuningdek, ayollarning jamiyatdagi o'rni va mavqeyini yuksaltirish borasidagi qarashlarni amalda tasdiqlab kelmoqda.
Davlat boshqaruvidagi ayollarga bag'ishlangan birinchi simpozium 1976-yilda o'tkazilgan va uchta asosiy mavzuga bag'ishlangan: kamsitishlarni oldini olish, ayollarning kam vakilligi va davlat xizmatida kam foydalanish. Nima uchun kamsitish va kam foydalanish sharoitlari mavjudligini tahlil qilish, shuningdek, bu muammolarni bartaraf etish sharoitlari mavjudligini tahlil qilish 1976-yilgi simpoziumning asosiy mavzusi edi. Xalqaro miqyosda gender tengligi 2016-yilgi Iqtisodiy forumda kun tartibidagi ustuvor masala bo'lib, unda "dunyo holati" haqidagi munozarada qatnashganlarning atigi 18 foizi ayollar edi. Ayol huquqlari taraqqiyoti XX asrning ikkinchi yarmidan hozirga qadar bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Hozirgi vaqtgacha ayol huquqlarini himoya qilishga qaratilgan 80 dan ortiq xalqaro konvensiya va rezolyutsiyalar qabul qilingan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Barqaror Rivojlanish sohasining (SDG) beshinchi maqsadi "Gender tengligiga erishish va barcha ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirishdir". SDG indikatorining mazkur ko'rsatkichi "tenglik va jinsga ko'ra kamsitmaslikni rag'batlantirish, ta'minlash va nazorat qilish uchun huquqiy asoslar mavjud yoki mavjuda emas"ligini baholashdan iborat. Ushbu ko'rsatkich mamlakatlarda to'rtta sohada gender tengligi uchun qonuniy asoslar mavjudligi darajasini o'lchaydi: (i) umumiy qonunchilik asoslari va jamiyat hayoti; (ii) ayollarga nisbatan zo'ravonlik; (iii) bandlik va iqtisodiy foyda; va (iv) nikoh va oila.
Bundan ko'zlangan maqsad: 2030 yilga kelib ayollar va qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatishdir. Bu esa barcha mamlakatlar uchun gender tengligini ta'minlash uchun qonunchilik bazasini talab qiladi.
Qizlar va ayollarga sarmoya kiritish nafaqat alohida ayollar, balki oilalar, jamoalar va mamlakatlar uchun ham ko'p foyda keltiradigan to'lqinli effekt yaratadi va quyidagilarda namoyon bo'ladi:
O n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY
> Genderga mos budjetlashtirish;
> Mustahkam oila;
> Sog'lom ayol;
> Tinchlik o'rnatish;
> iqtisodiy farovonlik;
> teng huquqli jamiyat;
> ijtimoiy masalalarga ko'proq e'tibor berish;
> kompaniyalar uchun raqobatbardoshlilik.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, siyosiy sohadagi gender muvozanati ishchi kuchida gender muvozanatiga yordam beradi, bu esa 2025 yilga kelib global yalpi ichki mahsulot o'sishini ikki baravar oshirishi mumkin.
Yuqoridagi masalalarni hisobga olgan holda O'zbekistonda ilk bor "Xotin- qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida", Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi Qonunlar qabul qilindi.
Shuningdek, gender
tenglikni ta'minlash xotin-qizlarning huquq va
imkoniyatlarini kengaytirish O'zbekistonning 2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy strategiya va vazifalarning biri sifatida belgilangani bejiz emas.
Open Data Watch tashkilotining so'nggi hisobotida O'zbekiston "Ochiq gender ma'lumotlari indeksi"da 69,7 ball to'plagan holda jahondagi eng yaxshi 20 ta mamlakat orasidan joy oldi. Gender ma'lumotlari indeksi butun dunyo bo'ylab gender ma'lumotlarining mavjudligi va ochiqligini baholaydi.
SDG indikatorining yana bir ko'rsatkichi - milliy parlamentlar va mahalliy hukumatlarda ayollar egallagan o'rinlar nisbatiga qaratilgan bo'lib, 2030-yilga kelib "siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to'liq va samarali ishtirokini hamda yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash"ni maqsad qiladi.
2023-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, dunyo miqyosida ayollarning milliy parlamentlardagi ulushi umumiy 22,7 foizga teng . Mazkur reytingda O'zbekiston 52-o'rinda bo'lib, parlamentning yuqori palatasidagi xotin-qizlar ulushi 33,6 foiz va quyi palatada 24,4 foizni tashkil etadi.
Har qanday davlatning fuqarolari u yoki bu darajada siyosat bilan shug'ullanadi. Zamonaviy jamiyatda shaxs siyosatning asosiy subyekti hisoblanadi. Har qanday demokratik davlat fuqarosi siyosiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega.
Siyosiy ishtirok - bu fuqarolarning davlat qarorlarini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishga, davlat organlariga vakillarni tanlashga ta'sir ko'rsatishga qaratilgan individual, guruhli yoki ommaviy harakatlaridir. Xotin-qizlarning siyosiy ishtirokini baholash- saylovlardagi faollik, siyosiy partiyalardagi ulush va qonunchilikdagi normalarga ham tayanadi. Shu sababli,
NOVEMBER 17
2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS AND INDEXES: THEORY. PRACTICE. AND STRATEGY
O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 70-moddasida "Ayollarning soni siyosiy partiyadan ko'rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida 30 foizini tashkil etishi kerak" , deb belgilangan.
Ayollarning siyosiy vakolatlari va saylov demokratiyasi indeksi (2022)ga ko'ra, Osiyo davlatlari orasida Yaponiya, Janubiy Koreya va Tayvan xotin-qizlar siyosiy erkinligi va vakolatlarining ta'minlanganlik darajasi bo'yicha yetakchiligini kuzatish mumkin.
Parlamentlararo Ittifoq tomonidan har yili e'lon qilinadigan "Women in politics" reyting ko'rsatkichlari davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar, xususan, parlament va ijro hokimiyatida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar, siyosiy partiyalardagi ayollar ulushi, shuningdek, siyosiy jarayonlarda gender ishtirok masalalarini tahlil qiladi.
Yuqorida o'rganilgan va tahlil qilingan boshqaruvdagi ayollar siyosiy ishtirokiga oid xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston manfaatlarini himoya qilish, siyosiy va xalqaro maydonda nufuzini oshirish uchun quyidagi takliflarga to'xtalamiz: 1) Vaqtinchalik kvota tizimlari orqali ayollarni siyosatga jalb qilish; 2) Ayollarni fuqaroviy va siyosiy faollikka targ'ib qiluvchi treninglar olib borish; 3) Diskriminatsiya va zo'ravonlikdan holi siyosiy muhitni shakllantirish; 4) Ayol siyosatchilar va qaror qabul qiluvchilarning teng ko'rinishini ta'minlash va yetakchilik vakillarining yanada keng qamrovli bo'lishiga yordam berish; 5) Ayollarni barcha darajalarda, shu jumladan tinchlik muzokaralari stollarida va gumanitar favqulodda vaziyatlarda yetakchilik va qaror qabul qilish rollarida rag'batlantirish; 6) Qizlar va ayollar uchun yetakchilik ko'nikmalarini rivojlantiruvchi va gender tengligini targ'ib qiluvchi jamoa va sport dasturlarini olib borish; 7) Rahbar lavozimlarga va korporativ kengashlarga ko'proq jalb qilish orqali ayollarning ish joyidagi yetakchiligini qo'llab-quvvatlash; 8) Qizlar va ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va jamiyat hayotida ham yakka tartibda, ham jamoaviy ishtirok etish imkoniyatlarini yaratadigan boshlang'ich tashkilotlarni moliyalashtirish.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, har qanday davlatning dunyo miqyosida nufuzini belgilovchi omillar, ko'rsatkichlar shaffof holda hech qanday iqtisodiy va siyosiy manfaatlarni hisobga olmagan holda baholanishi va tegishli qarorlar qabul qilishda e'tiborga olinishi lozim. Xalqaro indeks va reyting natijalari davlatlarning maqsadli taraqqiyot yo'lini tanlashga, rivojlanishga va o'z boshqaruv tizimida qo'llash yoki isloh etishga yordam beradi.
REFERENCES
1. https://www.iknowpolitics.org/en/discuss/e-discussions/women-public-administration
2. https://ourworldindata.org/sdgs/gender-equality
3. https://womendeliver.org/wp-content/uploads/2017/09/D4G_Infographic_8.pdf
4. https://opendatawatch.com/blogs/gender-data/