Научная статья на тему 'GENDER: GENDER TENGLIGI TUSHUNCHASI VA SIYOSIY-IJTIMOIY MUNOSABATLAR'

GENDER: GENDER TENGLIGI TUSHUNCHASI VA SIYOSIY-IJTIMOIY MUNOSABATLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3743
284
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gender / gender tenglik / siyosiy-ijtimoy munosabatlar / gender / gender equality / political and social relations

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jamoldinova, O.R., Baxronova, D.K.

Ushbu maqolada gender tushunchasing fanga kirib kelishi, gender tenglik, Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotda gender masalalari, gender tenglik munosabatlarining siyosiy-ijtimoiy holati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENDER: THE CONCEPT OF GENDER EQUALITY AND POLITICAL-SOCIAL RELATIONS

This article analyzes the introduction of the concept of gender into science, gender equality, gender issues in the public life of the Republic of Uzbekistan, the political and social situation of gender equality relations.

Текст научной работы на тему «GENDER: GENDER TENGLIGI TUSHUNCHASI VA SIYOSIY-IJTIMOIY MUNOSABATLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

GENDER: GENDER TENGLIGI TUSHUNCHASI VA SIYOSIY-IJTIMOIY

MUNOSABATLAR

O.R. Jamoldinova

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini

oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori, professor

D.K. Baxronova O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, DSc

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada gender tushunchasing fanga kirib kelishi, gender tenglik, O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotda gender masalalari, gender tenglik munosabatlarining siyosiy-ijtimoiy holati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: gender, gender tenglik, siyosiy-ijtimoy munosabatlar

ГЕНДЕР: КОНЦЕПЦИЯ ТЕНДЕРНОГО РАВНОПРАВИЯ И ПОЛИТИЧЕСКО-СОЦИАЛЬНЫЕ ОТНОШЕНИЯ

О.Р. Жамолдинова

Советник министра высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан по вопросам повышения эффективности духовно-просветительской работы, обеспечения соблюдения законодательства о государственном языке,

доктор педагогических наук, профессор

Д.К. Бахронова

Доцент Узбекского государственного университета мировых языков, доктор

филологических наук

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируются внедрение концепции гендера в науку, гендерное равенство, гендерные вопросы в общественной жизни Республики Узбекистан, политическая и социальная ситуация отношений гендерного равенства.

Ключевые слова: гендер, гендерное равенство, политические и социальные отношения

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

GENDER: THE CONCEPT OF GENDER EQUALITY AND POLITICAL-

Advisor to the Minister of Higher and Secondary Specialized Education of the Republic of Uzbekistan on Improving the Efficiency of Spiritual and Educational Work, Ensuring Compliance with the State Language Legislation, Doctor of

Pedagogical Sciences, Professor D.K. Bakhronova,

Associate Professor of the Uzbek State University of World Languages, Doctor of

This article analyzes the introduction of the concept of gender into science, gender equality, gender issues in the public life of the Republic of Uzbekistan, the political and social situation of gender equality relations.

Key words: gender, gender equality, political and social relations

INTRODUCTION

Gender lotincha genus (inglizchada gender) so'zidan kelib chiqqan bo'lib, o'zbek tilida jins ma'nosini beradi. Fanga genderlik tadqiqotlari tushunchasi XX asr o'rtalarida kirib kela boshladi. Gender terminini 1952-yilda Yangi Zelandiyalik ruhshunos olim Jon Mani (5) o'z ilmiy tadqiqotlarida birinchi qo'llagan. Keyinchalik 1963-yilda Stokgolmda ruhshunoslarning xalqaro anjumanida AQShlik olim Robert Stoller (6) jamiyatda ijtimoiy jinsning o'z-o'zini anglash tushunchalari to'g'risidagi ma'ruzasi orqali gender terminini ilm ahliga taqdim etdi hamda jinsni biologik va madaniy turlarga bo'lib o'rganishni taklif qildi. R.Stoller, biologik jinsni (inglizcha sex) biologiya va fiziologiya, madaniy jins (gender), ya'ni genderni ruhshunoslik va jamiyatshunoslik sohalari tadqiqot ob'ekti sifatida o'rganish maqsadga muvofiq deb hisoblagan. Shuningdek, 1972-yilda ingliz sotsiologi Enn Oukli (4) ham "Jins, gender va jamiyat" nomli ilmiy ishida bu terminni izohlab o'tgan.

Gender konsepsiyasi biologik jins bilan (inglizcha - sex) ijtimoiy jins (inglizcha - gender) farqlanishiga hamda jinslar orasidagi ijtimoiy munosabatlar faqat erkaklar va xotin-qizlarning biologik o'ziga xosligi bilan belgilanmasligi, ular o'rtasidagi ijtimoiy rollar fiziologik farqlardan sezilarli ravishda kengligini anglashga qurilgan. Jins anatomik, fiziologik tushuncha, ya'ni individning biologik jinsga oidligini belgilovchi biologik xususiyatlar birligidir (6). Biroq odamlar o'rtasida yana bir

muhim - biologik farqlardan tashqari ijtimoiy rollar, har xil faoliyat turlari, xatti-

478

SOCIAL RELATIONS

O.R.Jamoldinova,

Philological Sciences (DSc)

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

harakat va psixologik xarakteristika jihatidan ham bo'linish mavjud. Jinsdan farqli o'laroq, gender - psixologik, madaniy va ijtimoiy vositalar bilan shakllanadi. Gender terminining fanga kiritilishi shuni anglashga yordam beradiki, "jamiyatdagi erkaklar va xotin-qizlar rollari ijtimoiy jihatdan tashkil topadi va belgilanadi" (2).

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Gender, avvalo erkak va ayol, o'g'il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy -psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi. Bu tushuncha yangi ijtimoiy qarashlar va madaniyatga bog'liq holda rivojlanib boradi. Tarixdagi matriarxat yoki patriarxat tushunchalari ham bunga yaqqol misoldir.

Ta'lim-tarbiya yo'nalishida gender tushunchasi faqat qizlarga taalluqli emas, chunki u o'z xususiyatiga ko'ra o'g'il va qiz bolalar orasidagi munosabatlarni tavsiflab ta'riflaydi, ya'ni, ijtimoiy rollar, faoliyat shakllarining bo'linganligi, xatti-harakat va individlarning psixologik xarakteristkalarida o'ziga xosliklar mavjudligini o'rganadi.

Ko'rinib turibdiki, olimlarning gender so'zini termin sifatida o'rganishni taklif qilishlari nafaqat psixoanalitika yoki jamiyatshunoslik, balki turli sohalar, jumladan pedagogika va tilshunoslikda ham keng qo'llanishiga yo'l ochib berdi. Bugungi kunda bu yo'nalishlar tarkibida gender pedagogikasi va tilshunosligi shakllanib, gender munosabatlari, gendercha tahlil, gendercha tenglik kabi mavzularda tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ma'lumki, biologik va ijtimoiy xususiyatlardan tashqari gender omillarga madaniy xususiyatlar ham ta'sir ko'rsatadi. Muayyan madaniyat insoniyat tomonidan dunyo haqidagi bilimlarni anglash va tartibga solish davomida vujudga kelgan narsa-predmet, voqeliklar bo'lib, u milliy gender qarashlar shakllanishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Genderchilikda gender farqlarning tashkil topish jarayoni odatda ijtimoiylashtirish jarayoni bilan bog'lanadi. Ijtimoiylashtirish - bu, individ tomonidan jamiyatning to'laqonli a'zosi sifatida faoliyat yuritish imkonini beruvchi bilim, me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish jarayonidir. Ijtimoiylashtirish o'z ichiga ta'sir etishning ijtimoiy nazorat qilish jarayonlarini qamrab oladi. Masalan, ta'lim-tarbiya, yoki uning shakllanishiga ta'sir qiluvchi tabiiy jarayonlar. Bugun ijtimoiylashtirishning muhim qismi bo'lgan gender munosabatlar psixologiya, sotsiologiya, pedagogika kabi fanlar tomonidan jadal o'rganilayotganligi bu yo'nalishda qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'pligidan darak beradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Gendeming sotsiumdagi rollaridan kelib chiqadigan ijtimoiy tabaqalanish, va ayni paytda nutq, uslub, kiyim va xatti-harakatlarda namoyon bo'luvchi jihatlar ham bu yo'nalishning muhim sifatlarini tashkil etadi. Gender rollar erkaklar va ayollarning mehnati, vazifalariga doir qarashlarning bo'linishida ham namoyon bo'ladi. Psixologik rivojlanish va pedagogik qarashlarda sohalar mutaxassislari 'differensial ijtimoiylashuv' atamasidan gender rollarini o'rganish maqsadida foydalanmoqdalar (9). Bunda differentsial ijtimoiylashuv jarayoni ko'pincha bola tug'ilishidan avval vujudga keladi. Har bir jamiyatda bola tarbiyasi bosqichlarida, keyinchalik butun umri davomida 'erkaklarga xoslik' va 'ayollarga xoslik' deb nomlangan tushunchalarga xos me'yor va stereotiplar mustahkamlanib boradi. V.fon Humbold jinslararo farq to'g'risida to'xtalib, jumladan quyidagi fikrlarni aytgan: "Erkaklik qiyofasida chiroy va jozibaga qaraganda qat'iylik ko'proq farqlanadi; erkaklik tushunchasi juda aniq va puxta, ular orasidagi munosabat esa o'ta oddiy; erkak xarakteri kuchli va barqaror, ammo ba'zan bir yoqlamalik va dag'allikni ifodalaydi. Barcha erkaklikka xosliklar oydinlashtiruvchi, barcha ayolga xosliklar ko'ngilni iydiruvchidir. Biri hayotga nur (ro'shnolik) olib kirsa, ikkinchisi muhabbat keltiradi. Ayolning tabiati ayolni mashaqqatlarga bardosh beruvchi qiladi, (jamiyat qonun-qoidalariga binoan) erkaklik kuch-quvvati bilan hamnafas ayol shiddatkorlikdan ozod bo'ladi, shunga ko'ra ayol o'z vafodorligi bilan ko'zlagan maqsadiga erishadi" (3). Demak, ijtimoiy hayotda ham erkak va ayol birgalikda harakat qilsa, muayyan jamiyat ko'zlagan maqsadiga tezroq erishishi mumkin. So'ngi yillarda O'zbekiston Respublikasida ham ayollarning boshqaruv organlariga tayinlanishiga bo'lgan e'tiborning o'sishi yuqorida ta'kidlangan sotsial tenglik balansini me'yorga keltirmoqda. O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonunining 13-moddasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo'yicha tadbirkorlik subyektlarining, shuningdek, fuqarolar o'zini-o'zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarinig vakillari ishtirokida maslahat kengashlarini tuzish mumkinligi belgilangan. Mazkur normaga asoslanib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligida, shuningdek, barcha oliy ta'lim muassasalarida tuzilgan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo'yicha maslahat kengashi - gender tenglikni ta'minlashning samarali mexanizmlaridan biri hisoblanadi.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo'yicha maslahat kengashi - gender tenglikni ta'minlash hamda jinsi bo'yicha bevosita yoki bilvosita kamsitilishini bartaraf etish maqsadida xotin-qizlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo'yicha tuzilgan kollegial maslahat organi hisoblanadi. Maslahat kengashining faoliyati qonuniylik, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi, jinsi bo'yicha kamsitishga yo'l qo'ymasligi, ochiqlik va shaffoflik tamoyilari asosida olib boriladi (8).

Xususan, O'zbekistonda ijtimoiy hayotda gender masalalari, gender tenglik munosabatlari berilayotgan chuqur e'tiborni amalga oshirilayotgan qator loyihalarda ko'rish mumkin. Masalan, 2019-yil 2-sentabr, O'RQ-562-sonli "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonunning qabul qilindi, unga ko'ra, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ravishda ijtimoiy va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish yuzasidan va hk. chora-tadbirlar olib borilmoqda. Shu qatorda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadi - Gender tenglikni amalga oshirish doirasida O'zbekistonda gender tenglikni ta'minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga oid to'qqizta vazifa ishlab chiqilgagini ham ta'kidlash mumkin. U 2030-yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to'liq va samarali ishtirokini ta'minlash va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni yaratish zarurligini o'z ichiga oladi.

Gender munosabatlarda xalqaro standartlarga haqiqiy yaqinlashuvga erishish, eng muhimi, ayollarni jamiyatning barcha jabhalarida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash bo'yicha qator oddiy, ammo samarali chora-tadbirlar mavjudligini ta'kidlash mumkin. Mamlakatimizda, kvota tizimining ayollarga yo'naltirilganligining ortib borayotganligini, ayniqsa, oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan voqeliklar, magistraturaga qabul qilingan xotin-qizlarga kontrakt to'lovlarini to'liq davlat tomonidan qoplanishi haqidagi amaliy chora-tadbirlarni yaqqol misol tariqasida keltirish mumkin. Shuningdek, xotin-qizlarning mahalliy darajada va ijroiya hokimiyatida vakilligining oshib borishi, ularning parlament faoliyatidagi faol ishtirokini ham ta'kidlash zarur.

Xulosa qilib aytganda, davlatimizda gender siyosatining muhim strategik maqsadi millat oilasida xotin-qizlarning o'mi, ularning moliyaviy ahvolini va ijtimoiy farovonligini yaxshilashga qaratilgan. Bunday strategiyani quyidagilarda

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ko'rish mumkin: ko'p bolali, yosh, kam ta'minlangan oilalar uchun ijtimoiy kafolatlarni ta'minlashni o'z ichiga olayotganligi; sog'liqni saqlash va ta'lim sohasida yagona ijtimoiy standartlar ishlab chiqilayotganligi; oiladagi zo'ravonlikni bartaraf etish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yaratish muammolari kabilarga e'tibor qaratilmoqda. Oilada gender tengligiga erishish, ya'ni ayol kishini kamsitilishi kabi illatlarni yo'qotishga erishish turli ijtimoiy institutlar va sohalarga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirishga olib keladi. Ta'kidlash kerakki, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning kuchayishi kundalik hayot va mehnat faoliyati sohasidagi gender munosabatlariga yetarlicha e'tibor bermaslik bilan ham bog'liq. Zotan, suveren jamiyatda gender tengligi muammolari ustuvor ahamiyatga ega bo'lishi kerak. Bizning fikrimizcha, gender tengligi sohasidagi asosiy muammolarni yanada samarali hal etish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: gender masalalarini hal etishga qaratilgan institutlarning samarali faoliyat yuritishi uchun shart-sharoit yaratish; gender siyosatini amalga oshirishni barcha darajalarda, jumladan, hududiy, milliy va sektoral muvofiqlashtirishning aniq tizimini shakllantirish; ayollarning iqtisodiy qaramligini va zaifligini yumshatish uchun oilaviy yuklarni teng taqsimlashga intilish; davlat mehnat bozorini tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada ko'paytirishga erishish, ya'ni kam haq to'lanadigan joylarda ayollar ulushini kamaytirish yoki ish haqini ko'paytirish; turmush darajasini oshirishga va tengsizliklarni bartaraf etishga, shu jumladan ta'lim, sog'liqni saqlash va kasbiy o'sishga yordam beradigan hayotiy ko'nikmalarni o'rganish imkonini beruvchi amaliy ta'lim tizimini kuchaytirish, qizlarni ta'lim olishiga past nazar bilan qarovchi oilalarda tushuntirish ishlarini olib borish zarur; hududiy gender kamsitish amaliyotini keskin cheklash, ushbu sohadagi muammolarni huquqiy tizim kontekstida hal qilish imkoniyatlarini kengaytirish, sohalarda gender tengligiga erishish kabilar shular jumlasidandir. Zero, gender tenglikka erishish nafaqat demokratik qadriyatlardan biri, balki ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Jahon miqyosida orttirilgan tajriba shundan dalolat beradiki, aynan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar mavjud davlatlarda aholi turmush farovonligi va ijtimoiy-siyosiy faolligi yuqori darajada bo'lib, islohotlar muvaffaqiyati ta'minlanadi (10).

Umuman olganda, O'zbekistonda gender sohasidagi o'zgarishlarning huquqiy va institutsional asoslari yaratildi. Mamlakatda gender siyosatini har jihatdan amalga oshirishda davlat organlari va xotin-qizlar tashkilotlari birgalikda harakat qilib kelmoqda. Respublikamizda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishda rasmiyatchilikdan aniq sa'y-harakatlarga o'tilgaligi, ya'ni xotin-qizlarning jamiyat

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hayotida, ta'limda shaxsiy rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilganligi, xotin-qizlar faoliyatlarini amalga oshirishida va jamiyat hayotini monitoring qilishning barcha bosqichlarida samarali ishtirok eta boshlaganligi fikrimizning yaqqol dalilidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonuni. 2019-yil, 2-sentabr.

2. Gender i kultura. - Dushanbe: Aziya-plyus, 1999. - 96 s.

3. Gumboldt V. fon. Yazik i filosofiya kulturi. - Moskva, 1985. - S. 142-159.

4. http://www.gender-cent.ryazan.ru/lecturers.htm#blohina

5. Money, John. (1952). Hermaphroditism: An Inquiry into the Nature of a Human Paradox. Thesis (Ph.D.), Harvard University press.

6. Stoller R. J. Sex and Gender: The Development of Masculinity and Femininity. -United Kingdom: Routledge, 1994. - 400 p.

7. Zdravomislova Ye.A., Temkina A.A. Sotsialnoe konstruirovanie gendera. Sb. "Vozmojnosti ispolzovaniya kachestvennoy metodologii v gendernix issledovaniyax". - Moskva, 2001. - S. 49.

8. Jamoldinova O.R. Ta'lim tizimida gender yondashuvni tatbiq etishning samarali mexanizmlari. Belarus-O'zbek ILMIY-METODIK JURNALI. 2022-yil, 1-son. B. 1725. https://doicode.ru/doifile/regdoi/2022/06/doicode-2022.055.pdf.

9. Бахронова Д.К. ГЕНДЕР И ЦЕЛЕВЫЕ КОНЦЕПТУАЛЬНЫЕ ГЕНДЕРНЫЕ СТЕРЕОТИПЫ // Гендерные исследования в гуманитарных науках: сб. ст. по матер. III междунар. науч.-практ. конф. № 3. - Новосибирск: СибАК, 2015.

10. Жамолдинова О., Эгамбердиева Т., Солихужаева Д. Олий таълим тизимида гендер ёндашув: бугун ва келажак тамойиллари. Услубий кулланма - Тошкент, 2022. - 79 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.