Научная статья на тему 'XALQARO MUNOSABATLARDA GENDER TENGLIGI TAMOYILINING HUQUQIY ASOSLARI'

XALQARO MUNOSABATLARDA GENDER TENGLIGI TAMOYILINING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
644
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BMT Nizomi / Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi / CEDAW / gender tengsizligi. / UN Charter / Universal Declaration of Human Rights / CEDAW / gender inequality.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Radjabova, Aziza Matlubovna

Gender masalalari xalqaro munosabatlar, jahon siyosatida qanchalik muhim ahamiyatga ega? Bugun dunyoning turli mintaqalarda kuzatilayotgan turli xarakterdagi voqea-hodisalar jahon siyosatida xotin-qizlarning nafaqat faol sub’yekt sifatida (boshqaruvda, tinchlikni ta’minlashda, iqtisodiy jarayonlarda), balki, ijtimoiy munosabatlarning muhim obyekti sifatida gavdalanishiga olib keldi. Shuningdek, kambag’allik, ichki nizolar, kasalliklar, iqtisodiy va siyosiy inqirozlar oqibatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami sifatida iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy munosabatlarning diqqat markazi xotin-qizlar masalasiga qaratilishi davr talabiga aylandi. Bunda gender tengligi masalalari mamlakatlar uchun ixtiyoriy-majburiy xarakterdagi majburiyat sifatida yaqqol namoyon bo’la boshladi. Xalqaro hamjamiyat bu borada yakdil siyosat yuritishi inson huquqlarining to’la qonli ta’minlanishi, gender paritetga rioya qilinishini kafolatlovchi xalqaro fundamental hujjatlar mavjudki, ularning ko’pchilikgi imperative xarakter kasb etadi. Muallif mazkur ilmiy maqolada gender fenomenining siyosiy kuchi huquqiy jihatdan asoslab berishga harakat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL BASIS OF THE PRINCIPLE OF GENDER EQUALITY IN INTERNATIONAL RELATIONS

How important are gender issues in international relations and world politics? The various events taking place in different parts of the world today have led to the inclusion of women in world politics not only as an active subject (in governance, peacekeeping, economic processes), but also as an important object of social relations. It has also become a requirement of the time to focus on women's issues in economic, social and political relations as a segment of the population in need of social protection due to poverty, internal conflicts, diseases, economic and political crises. At the same time, the issue of gender equality has become a voluntary and mandatory obligation for countries. The international community has a unified policy in this regard, and there are fundamental international documents guaranteeing full human rights and gender equality, many of which are imperative. In this scientific article, the author seeks to legally justify the political power of the gender phenomenon.

Текст научной работы на тему «XALQARO MUNOSABATLARDA GENDER TENGLIGI TAMOYILINING HUQUQIY ASOSLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XALQARO MUNOSABATLARDA GENDER TENGLIGI TAMOYILINING HUQUQIY ASOSLARI

Aziza Matlubovna Radjabova

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tayanch doktoranti aziza [email protected]

ANNOTATSIYA

Gender masalalari xalqaro munosabatlar, jahon siyosatida qanchalik muhim ahamiyatga ega? Bugun dunyoning turli mintaqalarda kuzatilayotgan turli xarakterdagi voqea-hodisalar jahon siyosatida xotin-qizlarning nafaqat faol sub 'yekt sifatida (boshqaruvda, tinchlikni ta 'minlashda, iqtisodiy jarayonlarda), balki, ijtimoiy munosabatlarning muhim obyekti sifatida gavdalanishiga olib keldi. Shuningdek, kambag'allik, ichki nizolar, kasalliklar, iqtisodiy va siyosiy inqirozlar oqibatida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami sifatida iqtisodiy, ijtimoiy hamda siyosiy munosabatlarning diqqat markazi xotin-qizlar masalasiga qaratilishi davr talabiga aylandi. Bunda gender tengligi masalalari mamlakatlar uchun ixtiyoriy-majburiy xarakterdagi majburiyat sifatida yaqqol namoyon bo'la boshladi. Xalqaro hamjamiyat bu borada yakdil siyosat yuritishi inson huquqlarining to'la qonli ta'minlanishi, gender paritetga rioya qilinishini kafolatlovchi xalqaro fundamental hujjatlar mavjudki, ularning ko 'pchilikgi imperative xarakter kasb etadi. Muallif mazkur ilmiy maqolada gender fenomenining siyosiy kuchi huquqiy jihatdan asoslab berishga harakat qiladi.

Kalit so'zlar: BMT Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, CEDAW, gender tengsizligi.

How important are gender issues in international relations and world politics? The various events taking place in different parts of the world today have led to the inclusion of women in world politics not only as an active subject (in governance, peacekeeping, economic processes), but also as an important object of social relations. It has also become a requirement of the time to focus on women's issues in economic, social and political relations as a segment of the population in need of social protection due to poverty, internal conflicts, diseases, economic and political crises. At the same time, the issue of gender equality has become a voluntary and mandatory obligation for countries. The international community has a unified policy in this regard, and there are fundamental international documents guaranteeing full

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

human rights and gender equality, many of which are imperative. In this scientific article, the author seeks to legally justify the political power of the gender phenomenon.

Keywords: UN Charter, Universal Declaration of Human Rights, CEDAW, gender inequality.

Xalqaro munosabatlar va gender o'zaro uzviy aloqadorlikda rivojlanuvchi tizimli jarayondir. Mazkur jarayonda davlatlar bir nechta funksiyalarni, islohotchi, tartibga soluvchi, targ'botchi, muvofiqlashtiruvchi, nazorat qiluvchi v b. kabi rollarda namoyon bo'ladi. Genderga oid munosabatlarning uzoq yillar mobaynida xalqaro munosabatlarda sezilarli ta'sir etish kuchi aniq belgilanmagan bo'lsa-da, davlatlarning ichki va tashqi siyosatida mavjud va amal qilib kelgan. Xususan, iqtisodiy munosabatlarda ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta'minot siyosatini amalga oshirish orqali, mafkuraviy targ'ibotlarda aholining turli maslak va tabaqalarga bo'linishi, siyosiy jarayonlarda saylash va saylanish huquqi orqali, harbiy masalalarda tinchlikparvarlik missiyalarini amalga oshirishda kuzatilgan. Xalqaro munosabatlarda davlatlar tomonidan gender tamoyilining amal qilinishining tan olinishi xotin-qizlar masalasining inson huquqlari prizmasi orqali internatsional ahamiyat kasb eta boshlashi bilan belgilanadi. Bunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining muvofiqlashtiruvchi roli juda muhim ahamiyat kasb etganligiga tarix guvoh. Insoniyat boshidan kechirgan ikki muhim qirg'inbarot jahon urushlari xalqaro munosabatlarda inson huquqlari buzilishining eng oliy ko'rinishlariga guvoh bo'ldi. Genotsid, Ommaviy Qirg'in Qurollarining qo'llanilishi, Konslagerlarlardagi qiynoqlar insoniyatning huquq va erkinliklarining qo'pol va qaqshatqich tarzda buzilishining yorqin isboti edi. Mazkur jarayonlar Xalqaro huquq tamoyillarining amal qilmasligini, gender fenomenining umuman hisobga olinmaganligi ko'rsatdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dunyo hamjamiyati Birlashgan Millatlar Tashkiloti timsolida inson huquqlarining to'la qonli ta'minlanishiga mustahkam huquqiy va amaliy asos yaratdilar. Genderga oid jihatlar inson huquqlarining ajralmas qismi sifatida milliy, mintaqaviy hamda xalqaro darajada mustahkam huquqiy kafolatlari shakllantirildi. Bu bir qator muhim paktlar, deklaratsiyalar, rezolyutsiyalar, konvensiyalar, protokollar va b ko'rinishda gavdalantirildi. E'tiborlisi shundaki, inson huquqlariga oid hujjatlarning barchasida uchta eng muhim jihat - universallik, bog'liqlik va

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

tenglik - tamoyillari asos qilib olindi. Quyida ularning eng asosiylari SWOT tahlil asosida sharhlanadi.

BMT Nizomi. 1945 yil 25 iyunda qabul qilingan va 1945 yil 24 oktyabrda, BMT o'z faoliyatini boshlaganida kuchga kirgan. Hujjat muqaddima va 111 moddada mujassamlashgan 19 bobdan iborat. Muqaddima ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qism, global xavfsizlikni saqlash va inson huquqlarini hurmat qilishga qaratilgan umumiy da'vatni o'z ichiga oladi. Ikkinchi qismda Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqlari, hukumatlarining Nizomda keltirilgan majburiyatlarni tan olganlik haqidagi shartnomaviy xarakter kasb etadi. BMT Nizomi inson huquqlari bo'yicha birinchi xalqaro hujjat hisoblanadi.

Davlatlarning nooqilona olib borgan siyosati natijasida tengsizliklar hukm suradi va bu turli inqirozga olib keluvchi vaziyatlarga sabab bo'ladi.1 (State-making is achieved through war-making (Tilly 1985)2. Ma'lumki, "omon qolish" tamoyili va kuch nuqtayi nazaridan davlatlar domiy tarzda urush holatida bo'lgan3. Milliy xavfsizlik ustuvor yo'nalish sifatida siyosatning hamma jabhasiga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Natijada, xotin-qizlar va bolalar ko'p hollarda davlatlarning milliy manfaatlari ustuvorligi yo'lida turli ko'rinishdagi zo'ravonlik va nohaqliklar obyektiga aylanib kelgan. Shu sababli, BMT Nizomi4, tashkilotga a'zo barcha davlatlarga jins asosidagi farqlarga asoslanmagan tarzda inson huquqlarini hurmat qilishga oid "ius cogens normasi" ni "aniq huquqiy majburiyat" sifatida yuklaydi5. Shu asnoda, BMT tashkil topgandan beri, xotin-qizlar teng huquqlilik masalalari xalqaro hamjamiyat darajasida hal etiladigan yo'nalish maqomiga ega.

Gender tengligiga rioya qilish, siyosatning barcha bo'g'inlarida gender paritetlik tamoyilini amalga oshirish BMT Nizomida alohida belgilab qo'yilgan. Xususan, BMT Ayollar maqomi bo'yicha komissiyasi ("CSW") gender tengligiga amal qilishga

1 Swati Parashar,J. Ann Tickner, and Jacqui True. Revisiting Gendered States Feminist Imaginings of the State in International Relations. Oxford Studies in Gender and International Relations. Oxford University Press 2018.

2Tilly, Charles. 1985. "War Making and State Making as Organized Crime." In Peter Evans, Dietrich Rueschemeyer, and Theda Skocpol, eds., Bringing the State Back In. Cambridge: Cambridge University Press.

3 Tilly, Charles. 1985. "War Making and State Making as Organized Crime." In Peter Evans, Dietrich Rueschemeyer, and Theda Skocpol, eds., Bringing the State Back In. Cambridge: Cambridge University Press.

4 BMT Nizomi 55-moddasida: Xalqlarning teng huquqliligi va o'z taqdirini o'zi belgilashi tamoyilini hurmat qilishga asoslangan xalqlar o'rtasida tinch va do'stona munosabatlar uchun zarur bo'lgan barqarorlik va farovonlik sharoitlarini yaratish maqsadida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti ... irqi, jinsi, tili yoki dinidan qat'iy nazar, hamma uchun inson huquqlari va asosiy erkinliklariga nisbatan umumbashariy hurmat va ularga rioya etilishini ta'minlaydi, degan so'zlar bilan alohida mustahkamlangan.

5 The Charter of the United Nations: a commentary 1574 (Bruno Simma et al. eds., 3d ed. 2012); "with a view to the creation of conditions of stability and well-being which are necessary for peaceful and friendly relations among nations based on respect for the principle of equal rights and self-determination of peoples, the United Nations shall promote.. .universal respect for, and observance of, human rights and fundamental freedoms for all without distinction as to race, sex, language, or religion"). IHRLC Working Paper Series No. 4 International Human Rights Law Clinic University of California, Berkeley. www.humanrightsclinic.org

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

asoslangan paritetini har bir tashkilotning kamida 50 foizini bitta jins vakillari tashkil etishi bilan baholaydi.6 Xotin-qizlarning siyosiy vakillik masalalari, ya'ni teng vakillikdan foydalanish tamoyili ham ayni xuddi shu tushunchani o'zida mujassam etgan.7Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomi barcha a'zo mamlakatlardan "inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish va ularga rioya qilishni" rag'batlantirishga va'da berishlarini va bunga sodiq qolishlarini talab qiladi8.

Inson huquqlari universal va ajralmasdir.9 "Universallik" tamoyili barcha insonlar har doim inson huquqlariga ega ekanligini bildiradi.10 Jozef Korbel Xalqaro tadqiqotlar maktabi professori, Jek Donnelli ta'biri bilan aytganda, xalqaro huquq tomonidan tan olingan "inson huquqlari, tom ma'noda, insonning shunchaki inson bo'lganligi sababli ega bo'lgan huquqlardir"11 . "Ajralmaslik" tamoyili, odamlarning o'zi yoki boshqalarning ixtiyoriy yoki ixtiyoriy bo'lmagan ravishda inson huquqlaridan voz kechishi mumkin emasligini anglatadi.12 Masalan, inson o'zini yoki boshqa shaxsni qullikka sotishi mumkin emas. Har bir inson har doim inson huquqlarining egasidir, chunki "odam qanchalik yomon yo'l tutmasin yoki unga qanchalik vahshiy munosabatda bo'lishidan qat'iy nazar, odam odam bo'lishni to'xtata olmaydi".

Butun jahonda insonning universal, yaxlit va ajralmas huquqlarini o'zining xalqaro standartlariga ega bo'lib, bu Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida o'z aksini topgan.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Mazkur hujjat 1948 yil 10 dekabrda Parijda BMT Bosh Assambleyasining 183-yalpi majlisida qabul qilingan13 bo'lib, unda Ikkinchi Jahon urushi davrida insoniyat tomonidan sodir etilgan vahshiy harakatlarga javoban insonning asosiy huquq va erkinliklari adolat va tinchlikning asosi ekanligi oliy qadriyat sifatida tan olingan. Deklaratsiya14 mundarija va

6 THE CHARTER OF THE UNITED NATIONS: A COMMENTARY, supra note 12, at 426.

7 DANIELLE B. GOLDBERG, EQUAL REPRESENTATION OF WOMEN THROUGH THE LENS OF LEADERSHIP AND ORGANIZATIONAL CULTURE (2015), http://www.unwomen.org/-/media/headquarters/attachments/sections/library/publications/2015/egm%202015%20report_final.pdf?vs=4 744 (Bu yerda shu narsa ta'kidlanadiki,"Faqat barcha darajadagi lavozimlarda ayollarning teng vakilligi ta'minlansagina, gender tengligi tashkilot madaniyatiga to'liq singdirilgan va ayollarning teng ishtiroki isbotlangan bo'lishi mumkin").

8 U.N. Charter arts. 55-56.

9 UDHR, supra note 55, pmbl.

10 U.N. Common Understanding, supra note 71. But cf. Fields & Narr, supra note 71, at 3 (arguing that historically the concept of "universality" applied to only certain individuals and served the ideological function of legitimizing the agendas of those in power)

11 JACK DONNELLY, UNIVERSAL HUMAN RIGHTS IN THEORY AND PRACTICE 10 (2d ed. 2003).

12 U.N. Common Understanding, supra note 71.

13 https://www.ohchr.org/EN/UDHR/Pages/UDHRIndex.aspx

14 Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (Universal Declaration of human rights (UDHR14)) inson huquqlari tarixidagi muhim hujjat bo'lib, dunyoning barcha mintaqalaridan turli xil huquqiy va madaniy kelib chiqishi bo'lgan

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

insonning eng muhim va daxlsiz huquq va erkinliklari aks etgan 30 moddadan tashkil topgan. Har bir moddada insonning jamiyat hayotidagi barcha jabhalarini qamrab olgan mavjudligini asoslovchi "tenglik" tamoyili amal qiladi. Xususan, Hujjatning 1-moddasi:" Barcha insonlar huquqlarga egalik qilishda va qadr-qimmatlariga mos munosabatda erkin va teng bo'lib tug'iladilar. Ular aql va vijdonga ega bo'lib, bir-birlariga birodarlik ruhida harakat qilishlari kerak" ligi ta'kidlanganligi ham ijtimoiy adolatning yorqin isbotidir.

Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi inson huquqlari to'g'risidagi xalqaro standartlarning yaratilishiga asos soldi. Deklaratsiyaning umuminsoniy qoidalari, davlatlarning inson huquqlari bo'yicha majburiyatlarini mustahkamladi, shuningdek, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta'minlashning fundamental mexanizmlarini shakllantirdi. Mazkur hujjatlarning bosh g'oyasi "ijtimoiy adolat"ni o'rnatish va uni targ'ib etishdan iborat bo'lib, deklaratsiya moddalarida uchta asosiy tamoyil: universallik, o'zaro bog'liqlik va tenglik bosh maqsad qilib olingan. Hujjatning universalligi, uning yaratilish jarayonida dunyoning turli mintaqalaridan turli darajada rivojlangan mamlakat vakillari qatnashganligi bilan baholanadi. Mazkur hujjat xalqaro huquqning asosini tashkil etibgina qolmasdan, inson huquqlariga oid 80 dan ortiq xalqaro shartnoma va deklaratsiyalar, inson huquqlari bo'yicha ko'plab mintaqaviy konvensiyalar, milliy qonunlar va davlat konstitutsiyalarining poydevori bo'lib xizmat qiladi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyada gender tengligi masalalari eng muhim qism sanaladi. Buni hujjatning yaratilish tarixi ham asoslaydi. Xususan, Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasidek muhim hujjatning loyihasini tuzish mas'uliyati sharafli vazifa sifatida Eleonora Ruzvelt xonim boshchiligidagi Komitetga topshirilganligi ham bejiz emas15. Ayni shu vaqtdan Xotin-qizlar masalasi xalqaro ahamiyat kasb eta boshladi. Jamiyatda ayollar va erkaklarning barcha sohalarda bir xil imkoniyatlardan, huquq va majburiyatlardan teng foydalanishiga erishish - gender tengligi tamoyilining umumiy maqsadi sifatida baholandi.

Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi Inson huquqlari sohasida yaxlit qamrovni egallagan, unda huquqlar bo'linishi yoki ierarxiyasi mavjud emas16. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi yaratilish tarixi va mazkur hujjatdagi

vakillar tomonidan ishlab chiqilgan, birinchi marta insonning asosiy huquqlari universal himoya qilinishi belgilab qo'yilganligi bilan ahamiyatlidir.

15 Geertje A. Nijeholt, Saskia Wieringa.(2019). Political Science Women's Movements and Public Policy in Europe, Latin America and The Caribbean/books.google.co.uz > books.

16 Isfahan Merali & Valerie Oosterveld, Introduction to GIVING MEANING TO ECONOMIC, SOCIAL AND CULTURAL RIGHTS 1, 1 (Isfahan Merali & Valerie Oosterveld eds., 2001)

973

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

moddalarning joylashish tartibini tahlil qilgan olim Yohans Morsink, u haqida, "moddalarning har biri o'zaro organik bog'liq bo'lib, har bir modda butun bir kontekstning mohiyatini alohida-alohida sharhlaydi"17degan fikrni bildiradi. Xususan, "bajarilgan ish uchun teng haq olish huquqi" haqidagi 23-modda "kamsitishni

taqiqlash" ga oid 2-modda va "xotin-qizlar va erkaklar teng huquqligi" haqidagi 3-modda bilan o'zaro bog'liqdir18 .Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining Kirish qismidayoq, "insoniyatning barcha a'zolari teng huquqligi va qadr-qimmatini tan olish dunyodagi erkinlik, adolat va tinchlikning garovidir"19, deya ta'kidlangan.

Inson huquqlari sohasi shunchalik o'zaro bir-biriga bog'liqki, davlatlar va hukumatlar va manfaatli tashkilotlar mazkur yo'nalishda kompleks yondashishlari lozimligi talab etiladi. Tizimda muvaffaqqiyatga erishish uchun yaxlit harakatlar strategiyasi talab etiladi. Ma'lum huquqlarda kamchiliklar bo'la turib, ma'lum huquqlarda muvaffaqqiyatga erishib bo'lmaydi20. Inson huquqlari bir-biri bilan shunchalik bog'liqligini ta'kidlab, Stephen Marks aynan inson huquqlari sohasida yaxlit yondashuv ahamiyati tizimning samarali ishlashi uchun muhim ekanligini quyidagicha asoslaydi, ya'ni, inson huquqlariga yaxlit yondashuv bir tomondan fuqarolik va siyosiy huquqlar, ikkinchi tomondan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar o'rtasidagi an'anaviy, ierarxik tafovutlarni rad etadi. Shuningdek, inson huquqlari sohasidagi yaxlitlik tamoyili sohada universallikni da'vo qiluvchi hukumatlarni ayollar huquqlari, demokratik jarayonlarda ishtirok etish yoki ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar kabi inson huquqlarning ayrim turlarini e'tiborsiz qoldirishayotganligi shubha ostiga qo'yadi 21.

Buyuk yunon faylasufi, siyosatshunos olim, Aristotel, davlat va jamiyat borasidagi ilk qarashlar shakllangan davrda, inson to'laqonli fuqaro bo'la olishi uchun u o'zining barcha huquq va erkinliklaridan to'liq foydalana olishi kerak, degan

17 JOHANNES MORSINK, THE UNIVERSAL DECLARATION OF HUMAN RIGHTS: ORIGINS, DRAFTING, AND INTENT 232 (1999) ("The organic character of the text applies both to how it grew to be what it now is, as well as to a deeper interconnectedness of all the articles.").

18 JOHANNES MORSINK, THE UNIVERSAL DECLARATION OF HUMAN RIGHTS: ORIGINS, DRAFTING, AND INTENT 237 (1999)

19 UDHR, supra note 55, pmbl.

20 Marks S. P. The human rights framework for development: Seven approaches //Reflections on the Right to Development. - 2005. - C. 23-60

21 James W. Nickel, Rethinking Indivisibility: Towards A Theory of Supporting Relations Between Human Rights, 30 HUM. RTS. Q. 984 (2008). (recounting the efforts of the U.N. General Assembly and the Office of the High Commissioner for Human Rights to support the indivisibility thesis, requiring countries to endorse all categories of rights); see also Scott Leckie, Another Step Towards Indivisibility: Identifying Key Features of Violations of Economic, Social and Cultural Rights, 20 HUM. RTS. Q. 81, 83 (1998) (highlighting the disparity between the international community's consistent commitment to the idea that all human rights are interconnected and the ambivalence of states as demonstrated by their attitudes and practices toward economic and social rights).

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

fikrni ilgari suradi.22 Bu bejizga aytilmagan insonning barcha huquqlari inson qadr-qimmatining ajralmas qismidir.23 Shu sababli, barcha inson huquqlari teng maqomga ega va ularni "ierarxik tartibda joylashtirish mumkin emas."24

Inson huquqlariga oid ikkita eng muhim xalqaro paktda insonning barcha huquq va erkinliklari to'liq ta'minlanishi xususiyatlari aks etgan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt (International Covenant on Civil and Political Rights) hamda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt (ICESCR) shular jumlasidandir. Mazkur hujjatlar BMT Bosh Assambleyasi Qarori asosida vujudga kelgan. Bu ikki pakt inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bilan birgalikda "Inson huquqlari to'g'risidagi Bill" ni tashkil etadi. Ushbu muhim hujjatlarda tenglik masalasi quyidagicha o'z aksini topgan, ya'ni ishtirok etuvchi har bir davlat o'z hududida turgan va o'z yurisdiksiyasi ostida bo'lgan barcha shaxslarning huquqlarini hech bir ayirmachiliksiz, jumladan, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug'ilishi yoki o'zga holatidan qat'iy nazar hurmat qilish va ta'minlash majburiyatini oladi. Shuningdek, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi Pakt har bir insonning tenglik asosidagi fuqaroviy va siyosiy huquqlaridan foydalanish mexanizmlarini ochiq va oydin o'zida namoyon etgan. Xususan, 2 va 25 moddalar saylash va saylanish huquqining kafolatlariga bag'ishlanib, davlatlarga bu borada alohida tavsiya va majburiyatlarni yuklaydi. Mazkur jihatlar xotin-qizlarning siyosiy vakilligi, ularning qaror qabul-qilish jarayonlaridagi ishtirokini oshirishga oid masalalarda muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro pakt ("ICESCR") va unga qo'shimcha Fakultativ Protokolda mehnat qilishga oid huquqlar, jumladan, erkin ish tanlash huquqi25, to'liq bandlik huquqi26, adolatli ish haqi27, maqbul turmush sharoiti huquqi28, xavfsiz va sog'lom mehnat sharoitlarida ishlash huquqi,29 dam olish va hordiq chiqarish huquqi30, kasaba uyushmalarini tuzish va ularga a'zolik huquqi31, ish tashlash huquqi32 va ijtimoiy ta'minot huquqiga33 oid

22 Аристотель.Соч.: в 4-х т. Т.4/Пер. с древнегреч.; Общ. ред.А.И. Доватура. - Москва: Мысль, I984. - C.398.

23 U.N. Common Understanding, supra note 71, at 2.

24 O'sha yerda

25 International Covenant on Economic, Social, and Cultural Rights art. 6(1), Dec. 16, 1966, 933 U.N.T.S. 3 [hereinafter ICESCR]. 18. 19. 20.

26 O'sha yerda

27 O'sha yerda. 7(a)(i).

28 O'sha yerda. 11(1).

29 O'sha yerda. 7(b)

30 O'sha yerda. 7(d).

31 O'sha yerda. 8(a).

32 O'sha yerda. 8(d).

975

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

muhim tamoyillarni o'z ichiga oladi. Bunda xotin-qizlarga oid jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, ularning mehnat faoliyati bilan shug'ullanishlarida to'siq bo'luvchi nomaqbul sharoitlar, turli ko'rinishdagi kamsitilishlarga qarshi kurashda muhim huquqiy asos vazifasini bajaradi.

Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risida" gi (CEDAW) konvensiyasi. Mazkur hujjat hozirda dunyoning 185 ta mamlakati tomonidan ratifikatsiya qilingan bo'lib, uning ahamiyatlilik darajasi qanchalik yuqori ekanligini ko'rsatib turibdi. Ushbu konvensiyada xotin-qizlarga oid eng muhim jihatlar, jumladan, xotin-qizlarning o'ziga xos tenglik masalalari, fuqarolikni olish va o'z fuqaroligini farzandlariga o'tkazish huquqi, mehnat faoliyatida teng imkoniyatlar, o'z turmush o'rtog'ini erkin tanlash huquqi, tegishli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi va farzand ko'rishni erkin tanlash kabi to'siqlarga ko'p uchrayotgan tabiiy huquqlari kafolatlangan.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

XULOSA

Dunyo aholisining 49.6% ini 34 xotin-qizlar tashkil etishini hisobga olgan holda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash davlatlar iqtisodiy taraqqiyoti yo'lidagi muhim omilga aylanib ulgurdi. Qashshoqlikning feminizatsiyalashuvi, ishsizlik, atrof-muhitning ayanchli oqibatlari35, muhim qarorlarni qabul qilish jarayonlari36da xotin-qizlar ishtiroki kabi masalalarga har doimgidanda dolzarb ahamiyat qaratishi lozimligini ta'kidlamoqda. Shuningdek, xalqaro munosabatlarda yirik kuch markazlari manfaatlarining to'qnashuvi natijasida nizolarning ba'zan eskalatsiyalashuvi natijasida qochoqlar sonining ortishi, konflikt zonalarda xotin-qizlar va bolalarning turli ko'rinishdagi zo'ravonlik qurboni bo'lishiga olib kelmoqda. Bu kabi masalalar jahon siyosatida genderga oid jihatlarning ichki va tashqi siyosatda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlaydi va mamlakatlardan har qanday vaziyatda gender sezuvchan siyosat yuritishni ta'minlash kerakligini ta'kidlaydi.

REFERENCES

33 O'sha yerda 9.

34 World population 2020 clock live, https://countrymeters.info/en/W orld

35 Toza ichimlik suvi tanqisligi, yerning sho'rlanishi, qurg'oqchilik, noqulay ob-u havo sharoitlari keltirib chiqaradigan oqibatlar, keskin ob-u havo o'zgarishi natijasida kelib chiqadigan turli kasalliklar eng birinchi navbatda uy xo'jaligida ko'p band bo'ladigan xotin-qizlar turmush sharoitlarining yomonlashuviga olib keladi.

36 Bunda asosan ikki muhim yo'nalish nazarda tutiladi. Birinchisi, tinchlik va xavfsizlik, ikkinchisi, iqtisodiy rivojlanish.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1. Swati Parashar,J. Ann Tickner, and Jacqui True. Revisiting Gendered

States Feminist Imaginings of the State in International Relations. Oxford Studies in Gender and International Relations. Oxford University Press 2018.

2. Tilly, Charles. 1985. "War Making and State Making as Organized Crime." In Peter Evans, Dietrich Rueschemeyer, and Theda Skocpol, eds., Bringing the State Back In. Cambridge: Cambridge University Press.

3. BMT Nizomi 55-modda

4. DANIELLE B. GOLDBERG, EQUAL REPRESENTATION OF WOMEN THROUGH THE LENS OF LEADERSHIP AND ORGANIZATIONAL CULTURE (2015), http://www.unwomen.org/-

/media/headquarters/attachments/sections/library/publications/2015/egm%202015%2 0report_final.pdf?vs=4 744

5. JACK DONNELLY, UNIVERSAL HUMAN RIGHTS IN THEORY AND PRACTICE 10 (2d ed. 2003).

6. Geertje A. Nijeholt, Saskia Wieringa.(2019). Political Science Women's Movements and Public Policy in Europe, Latin America and The Caribbean/books.google.co.uz > books.

7. Isfahan Merali & Valerie Oosterveld, Introduction to GIVING MEANING TO ECONOMIC, SOCIAL AND CULTURAL RIGHTS 1, 1 (Isfahan Merali & Valerie Oosterveld eds., 2001)

8. JOHANNES MORSINK, THE UNIVERSAL DECLARATION OF HUMAN RIGHTS: ORIGINS, DRAFTING, AND INTENT 232 (1999) ("The organic character of the text applies both to how it grew to be what it now is, as well as to a deeper interconnectedness of all the articles.")

9. Marks S. P. The human rights framework for development: Seven approaches //Reflections on the Right to Development. - 2005. - C. 23-60

10. James W. Nickel, Rethinking Indivisibility: Towards A Theory of Supporting Relations Between Human Rights, 30 HUM. RTS. Q. 984 (2008). (recounting the efforts of the U.N. General Assembly and the Office of the High Commissioner for Human Rights to support the indivisibility thesis, requiring countries to endorse all categories of rights); see also Scott Leckie, Another Step Towards Indivisibility: Identifying Key Features of Violations of Economic, Social and Cultural Rights, 20 HUM. RTS. Q. 81, 83 (1998) (highlighting the disparity between the international community's consistent commitment to the idea that all human rights are interconnected and the ambivalence of states as demonstrated by their attitudes and practices toward economic and social rights).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

11. Аристотель.Соч.: в 4-х т. Т.4/Пер. с древнегреч.; Общ. ред.А.И. Доватура. - Москва: Мысль, I984. - C.398.

12. International Covenant on Economic, Social, and Cultural Rights art. 6(1), Dec. 16, 1966, 933 U.N.T.S. 3 [hereinafter ICESCR]. 18. 19. 20.

13. World population 2020 clock live, https: //countrymeters .info/en/World

14. https://www.ohchr.org/EN/UDHR/Pages/UDHRIndex.aspx

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.