Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO‘LGAN XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA MAMLAKATNING O‘RNINI YAXSHILASH STRATEGIYASI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO‘LGAN XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA MAMLAKATNING O‘RNINI YAXSHILASH STRATEGIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
96
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalqaro reyting / indeks / vatan / kelajak / konstitusiya / iqtisodiyot / rivojlanish / xalq / davlat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Axmedova Zarina Muzaffar Qizi

Xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko'zgusidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO‘LGAN XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA MAMLAKATNING O‘RNINI YAXSHILASH STRATEGIYASI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI UCHUN USTUVOR BO'LGAN XALQARO REYTING VA INDEKSLARDA MAMLAKATNING O'RNINI YAXSHILASH STRATEGIYASI

Axmedova Zarina Muzaffar qizi

O'zbekiston Davlat Jahon Tillar Universiteti Media va kommunikatsiya fakulteti Xalqaro

Jurnalistka 2201-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10142938

Annotatsiya. Xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko'zgusidir.

Kalit so'zlar: xalqaro reyting, indeks, vatan, kelajak, konstitusiya,iqtisodiyot, rivojlanish, xalq, davlat.

Bugun hayotning har bir sohasida, har bir jabhasida yangidan-yangi ishlar juda tez rivojlanmoqda. Chunki, yangilanishlar natijasi nafaqat xalqimiz hayotida, balki nufuzli xalqaro reyting va indekslarning ko'rsatkichlarida ham o'z ifodasini topayotir. Men shu rivojlanayotgan yurtimizda talabaman. Bugun esa ushbu maqola yuzasidan o'zim tengilar, talabalar tushinishi uchun har bir detaliga e'tibor berdim. Shu o'rinda savollar tug'iladi. Xalqaro reyting nima degani?Indeks so'zining ma'nosi? Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo'llanib kelinadi. Indeks esa (statistika) (statistikada) — muayyan davrda iqtisodiy miqdorlar, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar parametrlari o'zgarishlarini nisbiy ko'rinishda tavsiflaydigan iqtisodiy va statistik ko'rsatkich; pirovard kattalikni dastlabki kattalikka bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Shu bilan birga ikkala jumlaning qo'shilishi oqibatida yangicha uslubni joriy qildi.

Shu joyida tarixga bir nazar tashlab o'taylik, bundan 30-40-yillar oldin biz va bizning xalqimiz mamlakatimizda ham mana shunday terminlar, ishlar amalga oshirishi tugul, hayollariga ham keltirmagan. Oradan o'tgan vaqt mobaynida qanchadan-qancha adolatsizliklar, razilliklar bo'lib o'tdi. Biz esa mana shunday sinovlardan dovyuraklik bilan mardonovor yengib o'tdik. Ushbu maqola yuzasidan berilgan mavzuga birinchi marta qo'l uryabman. Zero,kelajakda vatanimga mening ham xizmatim tegsa.

Yangi O'zbekiston yildan-yilga jon-jahdi bilan kurash olib bormoqda. Jahon standartlariga mos kelish yo'lida qonun hujjatlari ostida loyihalar, farmon va qarorlar amalga oshmoqda.

Aytish kerakki, xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o'zida namoyon etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o'sish va raqobatbardoshlik kabi muhim jihatlarning ko'zgusidir. Bu jihatlar mamlakatimizdagi islohotlar mohiyatida ham mujassam. Bularning barchasi inson qadrini ulug'lashga, odamlarning hayotdan rozi va mamnun bo'lib yashashini ta'minlashga xizmat qilishi bilan yanada teran mazmun kasb etadi.

Keyingi yillarda mamlakatimiz ko'pgina ustuvor reytinglarda yuqorilab borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni ta'minlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir. Bularning barchasi vatanimiz ravnaqi va xalqimizning kelajagi uchun. Xalqaro reyting va indekslar borasidagi qaror yuzasidan berilgan

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Prezidentning farmoyishida Vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo'yicha o'rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish rejasida nazarda tutilgan vazifalarning amalga oshirilishi uchun shaxsan mas'ul ekanligi belgilab qo'ydi. Mana shu birgina qarorning o'zidan ham bilish mumkinki, bu masala qanchalik dolzarbligini. Bu esa yuqori natijani ko'rsatganlar uchun faqat quyosh chiqadi degani emas. Balki, past ko'rsatgichga erishganlarga yanada ko'proq e'tiborni talab qilishda. Chunki, ustuvor xalqaro reyting agentliklarining yillik hisobotlari e'lon qilinishi bilan, tegishli xalqaro reyting bilan ishlash uchun mas'ul bo'lgan xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar 20 kun muddat ichida past ko'rsatkichli indikatorlar uchun mas'ul davlat organlariga axborot-tahliliy ma'lumotnoma kiritishi kerak. Past ko'rsatkichli indikatorlar uchun mas'ul davlat organlari Innovatsion rivojlanish vazirligiga past ko'rsatkichli indikatorlar bo'yicha soha va tarmoqlardagi mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish uchun ilmiy grantlarga buyurtma beradi. Bularning barchasi qat'iy nazorat ostida olib boriladi.

Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy o'zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko'tarish barobarida har bir mustaqil mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko'ndalang qo'ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o'sha mamlakatning jahon miqyosidagi o'rni, xalqaro reyting va ko'rsatkichlarda tutgan mavqeyi bilan belgilanadi. Afsuski, barcha vazirlik va idoralar, ayniqsa, joylardagi hokimliklar yoki parlament a'zolarining barchasi ham masalaning tub mohiyatini to'la anglab yetdi, deb aytish mushkul. Yuqorida aytganimdek, reyting va indekslar joylardagi vaziyatga bog'liq, qonunlarning ijrosiga bog'liq. Ba'zan, joylardagi hokimliklar yoki davlat organlari vakillarining ba'zida bilib-bilmay aytgan gap-so'zlari yoki xatti-harakatlari reyting va indekslardagi o'rnimizga salbiy ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi.

Albatta, hamma ham bir xil yo'lni tanlay olmaydi, hamma ham o'zining manfaatlarini xalqning manfaatlaridan keyin o'ylamaydi. Xalqimiz orasidagi ko'plab naql va maqolalar o'z qadr-qimmatini yo'qotmagan. Shu jumladan, "Besh qo'l barobar emas". Biz o'z reyting natijalarimizni ko'rsak ba'zan quvonamiz, ba'zan xafa ham bo'lamiz. Misol uchun, siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o'rinlari nisbatan quyi pog'onalarda. Masalan, Normativ sifat indeksida 184-o'rinda, Korrupsiyani nazorat qilish indeksida 183-o'rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-o'rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-o'rinda turibmiz. Albatta, so'nggi 3-4 yil mobaynida ushbu sohalarni tartibga soluvchi ko'plab qonun hujjatlari qabul qilindi, turli institutsional o'zgarishlar ro'y berdi.

Eng yaxshi natijalarimiz hali oldinda. Davlatni rivojlanishi ham, inqirozga yo'l tutishi ham, bu korrupsiyaning o'rni. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonun qabul qilindi. Bu boradagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, turli organlar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etildi. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini yurituvchi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzildi. Bu nafaqat ichki siyosatda, balki xalqaro reyting va indekslarga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmasdan o'tmaydi. Bu boradagi reytingizmiz ijobiy ko'rsatgichlarni aks ettiradi.

Ayniqsa, so'nggi yillardagi o'zgarishlar media sohasini ham yana chetlab o'tmadi. Qachonki, jurnalistlari baralla gapira oladigan davlat, xalqi esa ularga ko'maklashadigan bo'lsa u

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

yurtni yengib bo'lmaydi. Mamlakatimizda so'z erkinligi hamda ommaviy axborot vositalarining cheklov va to'siqlarsiz faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalari uchun media bozorida teng sharoit yaratish va ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etildi. "Chegarasiz reportyorlar" xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuziladigan "So'z erkinligi indeksi"ning 2022-yilgi reytingida O'zbekiston o'z ko'rsatkichlarini birdan 24 pozitsiyaga yaxshilab, 157-o'rindan 133-o'ringa ko'tarildi. Bu reytingning har bir pog'onasi biz uchun muhim.

Men o'z maqolam yuzasidan xulosaga keladigan bo'lsam, Akademiyada malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan ilmiy-pedagogik kadrlar salohiyatini yanada oshirishga ko'maklashish maqsadida davlat siyosati va boshqaruvi sohasiga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslarni tadqiq etishga qaratilgan ilmiy grantlarni ko'payishini, xalqaro indeks va reytingda o'z mavqeyiga ega jurnallar yurtimizda ham yanada ortishini va yoshlar o'rtasida bu boradagi mavzu va yo'nalishlardan kelib chiqib, treyninglar bo'lishini, adabiyotlar nashr etilishini asosiy masala deb bilaman.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti;

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining;

3. O'zbekiston statistika qo'mitasi;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.