Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONNING IQTISODIY XALQARO REYTINGLARDAGI MAVQEI, ISLOHOTLAR VA DOLZARB MASALALAR'

OʻZBEKISTONNING IQTISODIY XALQARO REYTINGLARDAGI MAVQEI, ISLOHOTLAR VA DOLZARB MASALALAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1767
103
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mujassam

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Matkarimov Shuxrat Tulibayevich, Xudaykulov Farrux Shuxratovich

Oʻzbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi iqtisodiy va siyosiy mavqeini mustahkamlashga erishish va makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash iqtisodiy islohotlar strategiyasining asosiy maqsadi qilib belgilab olingan. Bundan 5 yil avval qabul qilingan “Harakatlar strategiyasi” doirasida keng koʻlamli demokratik islohotlarni amalga oshirish belgilangan boʻlib, ushbu islohotlar dasturi davlatimiz va jamiyatimizning barcha sohalarini qamrab olib, qonun ustuvorligini taʼminlash, raqobatni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurash olib borish kabi muhim yoʻnalishlarni oʻzida mujassam etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONNING IQTISODIY XALQARO REYTINGLARDAGI MAVQEI, ISLOHOTLAR VA DOLZARB MASALALAR»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'ZBEKISTONNING IQTISODIY XALQARO REYTINGLARDAGI MAVQEI, ISLOHOTLAR VA DOLZARB MASALALAR 1Matkarimov Shuxrat Tulibayevich 2Xudaykulov Farrux Shuxratovich

1Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, xalqaro reytinglar bilan ishlash departamenti direktori 2Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik, xalqaro reytinglar bilan ishlash departamenti bo'lim

boshlig'i

https://doi.org/10.5281/zenodo.10136402

Kirish. O'zbekistonda aholi turmush darajasini oshirish, mamlakatning jahon hamjamiyatidagi iqtisodiy va siyosiy mavqeini mustahkamlashga erishish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash iqtisodiy islohotlar strategiyasining asosiy maqsadi qilib belgilab olingan. Bundan 5 yil avval qabul qilingan "Harakatlar strategiyasi" doirasida keng ko'lamli demokratik islohotlarni amalga oshirish belgilangan bo'lib, ushbu islohotlar dasturi davlatimiz va jamiyatimizning barcha sohalarini qamrab olib, qonun ustuvorligini ta'minlash, raqobatni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurash olib borish kabi muhim yo'nalishlarni o'zida mujassam etgan.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi - Markaziy Osiyo, shuningdek MDH davlatlari orasida global pandemiya (COVID-19) sharoitida hamda so'nggi paytlarida geosiyosiy ziddiyatli vaziyatlarga qaramasdan ijobiy iqtisodiy o'sish sur'atini saqlab qolgan sanoqli davlatlardan biri bo'ldi. 2021-yilda YalMning o'sish sur'ati 7.4 foiz hamda 2022-yilda - 5.7 foizdan oshgani buning yaqqol dalilidir.

Shu bilan birga, jahon miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi 5 yilga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Ushbu Strategiya "Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan tamoyil asosida ishlab chiqilgan bo'lib, mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati va inson kapitalini rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini yanada rag'batlantirish, investorlar huquqlarini himoya qilish, xususiy mulk daxlsizligi va gender tenglikni ta'minlash kabi muhim vazifalarga qaratilgan.

I. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmi

Iqtisodiy va siyosiy-huquqiy xalqaro reyting va indekslarda O'zbekiston Respublikasining o'rnini yaxshilash, xalqaro maydonda mamlakatimiz mavqeini yanada yuksaltirish, xorijiy reyting agentliklari bilan hamkorlikni tizimli ravishda amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2019-yildagi PF-5687-son Farmoni bilan ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo'yicha komissiya tuzildi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash departamenti tashkil etildi.

Sohadagi tizimli ishlarning davomi sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.06.2020-yildagi PF-5687-son Farmoniga muvofiq, Oliy Majlis Senati raisining boshchiligidagi Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tashkil etildi. Kengashning tashkil topishi O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini yuksaltirish jarayoni ustidan parlament nazoratini o'rnatishni nazarda tutadi. Farmon bilan O'zbekiston uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslar bo'yicha samaradorlikning eng muhim ko'rsatkichlari (KPI) tasdiqlandi. Bundan tashqari, Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmalari tashkil etildi.

NOVEMBER 17 INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

nnoQ IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2019-yildagi PF-5687-son Farmoni

Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo'yicha komissiya

Yangi mexanizm (Parlament nazorati)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.06.2020-yildagi PF-5687-son Farmoni

Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni bo'yicha respublika kengashi

1-rasm. Xalqaro reytinglar bilan ishlashning avvalgi va yangi mexanizmi.

So'nggi 3 yil mobaynida xalqaro reytinglar bilan ishlashda mamlakatning ilmiy salohiyatini jalb qilish eng dolzarb masalalardan ekanligini ko'rsatdi. Shu sababdan, O'zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlarini yaxshilashga yo'naltirilgan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishga mamlakat ilmiy salohiyatini keng jalb etish va loyihaviy boshqaruvning xalqaro standartlaridan foydalanish, davlat xizmatchilarining sohadagi bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi PQ-246-son Qarori qabul qilindi.

Qaror bilan ustuvor xalqaro reyting va indekslarning tarkibiy indikatorlari doirasida muntazam past baholanib kelinayotgan soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirish bo'yicha o'rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqish, past ko'rsatkichli indikatorlar uchun mas'ul davlat organlari tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligiga mavjud tizimli xatoliklarni bartaraf etish loyihalarini ishlab chiqish uchun ilmiy grantlarga buyurtma berish, davlat organlarining boshqaruv kadrlari uchun ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo'yicha qisqa muddatli malaka oshirish kurslari joriy etish amaliyoti tatbiq etildi.

Bundan tashqari, xalqaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2019-2022-yillar davomida 3 ta Xalqaro reytinglar forumi tashkil etildi. Tadbirlar doirasida so'nggi 5 yildagi iqtisodiy islohotlar bo'yicha O'zbekiston tajribasini zamonaviy usullar yordamida post-tahlil qilish hamda istiqboldagi islohotlar mundarijasining ustuvor yo'nalishlari bo'yicha fikr almashildi.

II. Xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlar bo'yicha natijalar

So'nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarda olib borilgan keng ko'lamli islohotlar natijasida 2023-yil 1-oktabr holatiga O'zbekiston uchun ustuvor etib belgilangan 24 ta xalqaro reyting va indekslardan 15 tasida ijobiy, 2 tasida o'rnimiz aks ettirilmagan va 7 tasi o'zgarishsiz qolmoqda (1-ilova).

2020-yilda mamlakatimiz Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi hamda To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksida ilk marotaba e'tirof etildi.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Shuningdek, 2018-yil O'zbekiston Respublikasi "Fitch Ratings" va "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentliklari tomonidan suveren kredit reytingi "BB-" (barqaror kutilma) darajasida baholandi va hozirgi kunga qadar mazkur bahoni ushlab qolmoqda.

So'nggi yillarda statistik ma'lumotlarni ochiqlash va ularni chop etish amaliyoti sezilarli darajada yaxshilanishi sababli, O'zbekiston Respublikasi 2020-yilda "Global innovatsion" indeksiga qayta kiritildi. Respublikamiz 2023-yilda 132 ta mamlakat orasida 82-o'rinni egalladi.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining "To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari" 2020-yilgi hisobotida O'zbekiston Respublikasi ilk

BMT tarkibidagi UNIDO tashkiloti tomonidan yuritiladigan "Raqobatbardosh sanoat unumdorligi - 2020" yillik hisobot e'lon qilindi va unda birinchi marotaba O'zbekiston 152 davlat qatoridan 0.017 ball to'plab 92-o'rinni egallagan. Indeksning navbatdagi 2023-yilgi hisobotida mamlakat 10 pog'onaga ko'tarilib, 82-o'rinni qayd etdi.

2023-yilda BMTning "Barqaror rivojlanish maqsadlari" indeksi hisobotida O'zbekiston Respublikasi 71,1 ball bilan 69-o'rinni qayd etdi va o'tgan yilga nisbatan 8-pog'onaga ko'tarildi (2022-yilda 69,93 ball bilan 77-o'rin).

2023-yilda "The Heritage Foundation" ("Meros" jamg'armasi, AQSH) tomonidan "Iqtisodiy erkinlik indeksi - 2023" navbatdagi hisoboti e'lon qilindi. Hisobotda O'zbekiston 177 ta mamlakatlar orasida 109-o'rinni egalladi va o'tgan davrga nisbatan 8-pog'onaga yuqoriladi (2022-yilda 55,7 bilan 117-o'rin).

Ijobiy o'zgarishlar aholining gender tenglik va ayollar huquqlari yo'nalishlarida ham kuzatilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-avgustdagi PF-197-son farmoniga asosan Jahon bankining "Ayollar, biznes va qonun" indeksi O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslar ro'yxatiga kiritildi (mas'ul etib Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi belgilangan).

Bugungi kunda mazkur indeks 190 ta mamlakatni qamrab olgan bo'lib, 8 ta indikator (harakatlanish erkinligi, ish joyi, mehnatga haq to'lash, nikoh, ota-onalik qilish, tadbirkorlik, mulkka egalik qilish, pensiya) bo'yicha mamlakatda erkaklar va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanish salohiyati o'rtasidagi huquqiy tafovutlarni baholaydi.

Mamlakatimiz 2023-yil hisobotida (2021-yil 2-oktyabr - 2022-yil 1-oktyabrgacha bo'lgan davr tahlil qilingan va ushbu davrda islohotlar kuzatilmaganligi qayd etilgan) maksimal 100 balldan 70,6 ball to'plagan va o'tgan davrga (2022-yilda 70.6 ball) nisbatan o'zgarishsiz qolgan.

Indeksning Harakatlanish erkinligi, Tadbirkorlik va Mulkka egalik qilish ko'rsatkichlari bo'yicha 100,0 ball bilan baholandi. O'z navbatida, bu ayollarning harakatlanish erkinliklari, ayollarning biznesni yuritishi, shuningdek mulk va merosga ega bo'lish bo'yicha gender tenglik ta'minlanganini ko'rsatadi. Bundan tashqari, mamlakat boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha o'tgan yil bilan bir xil natijalarni ko'rsatmoqda.

Shuning bilan birga, Indeksda mamlakatimiz o'rnini yaxshilash bo'yicha 2022-2023-yil davomida Mehnat kodeksi, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi va Jinoiy javobgarlik to'g'risidagi kodekslarga qator o'zgartirishlar kiritildi.

Xususan, "Ish joyi" indikatori bo'yicha shahvoniy shilqimlik qilish uchun ma'muriy javobgarlik belgilangandi (Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 411-moddasi), "Ota-onalik qilish" indikatori bo'yicha bolani parvarishlash ta'tillaridan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani haqiqatda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham, shuningdek vasiysi ham to'liq

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

yoki qismlarga bo'lib foydalanishi mumkinligi belgilandi (Mehnat kodeksining 405-moddasi) va "Mehnatga haq to'lash" indikatori bo'yicha teng qiymatli mehnat uchun erkaklar va ayollarga teng miqdorda haq to'lanishini ta'minladi (Mehnat kodeksining 244-moddasi), "Nikoh" indikatori bo'yicha oilaviy (maishiy) zo'ravonlik uchun ma'muriy javobgarlik (Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 592-moddasi) va jinoiy javobgarlik (Jinoiy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 126-1-moddasi) belgilangandi.

Ushbu o'zgarishlar Indeksning 2024-yilgi hisobotida (2022-yil oktyabr - 2023-yil oktyabrgacha bo'lgan davr tahlil qilingan va ushbu davrdagi islohotlar inobatga olinadi) aks ettirilishi kutilmoqda.

III. Vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish

Mutasaddi vazirlik va idoralar o'zlari mas'ul bo'lgan reyting va indekslarning e'lon qilinishi muddatlari va ularning metodologiyalarini hisobga olgan holda, KPIga erishish maqsadida har yili amalga oshirilishi lozim bo'lgan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqib tasdiqlash uchun xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha Respublika kengashiga kiritadi. O'z o'rnida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Adliya vazirligi Respublika kengashining ishchi organi sifatida vazirlik va idoralarni reytinglarga mas'ul davlat organlari ishini muvofiqlashtirib boradi. Xususan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2022-yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid 221 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi ijrosi muvofiqlashtirildi. Joriy yilda ijtimoiy-iqtisodiy sohaga oid 168 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

IV. D

o O'zbekistonda o'tgan yillar mobaynida amalga oshirilgan keng ko'lamli va tizimli lslohotlarga qaramay, atrof-muhit muammolari, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari, yashil iqtisodiyot, ijtimoiy xabardorlik, qonun ustuvorligi va korrupsiyaga qarshi kurash mavzulari daolzarbligicha qolmoqda.

r Mamlakatimizda 2030-yilgacha ko'zlangan maqsadlarga erishish uchun olib borilayotgan tarkibiy islohotlarga qaramay, 2020-yilda boshlangan COVID-19 pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta'siri, vazirlik va idoralarning sust va samarasiz yondashuvi tufayli, olib borilayotgan mlohotlarning xalqaro tashkilotlari tomonidan e'tiborga olinmasligi O'zbekiston uchun Barqaror uvojlanish maqsadlariga erishish yutuqlarini sekinlashtirishini inobatga olishimiz zarur. a Barcha sa'y-harakatlar faqat biron-bir reytingda yuqori o'rinlarni egallash emas, balki pirovard maqsad - bu aholi farovonligini ta'minlash, kuchli va raqobatbardosh iqtisodiyotni paratish ekanligiga alohida urg'u berilishi lozim.

o Xususan, amaldagi qat'iy belgilangan "ustuvor xalqaro reyting va indekslar ro'yxati"dan Hoimiy ravishda monitoring qilinadigan reyting va indekslarga o'tish.

a Bunda xalqaro reyting va indekslar quyidagi talablarga binoan tanlab olinishi ko'zda tutiladi:

1.1 Reyting va indekslar doimiy ravishda e'lon qilinishi (uzog'i bilan 2 yil bir marotaba). Amaldagi ustuvor reytinglar ro'yxatida 2019-2020-yildan beri nashr qilinmagan yoki noma'lum muddatga to'xtatilganlari mavjud;

1.2 Reyting va indekslarning metodologiyasi va baholash mezonlari shaffof va ochiq bo'lishi zarur. Amaldagi ustuvor reytinglar ro'yxatida metodologiyasi yopiq tarzda hisoblanadiganlari mavjud;

2. Yuqoridagi tavsiyalarni amaliyotga joriy qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyundagi PF-6003-son Farmoniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

3. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash, mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqiy-sohada islohotlarni ishlab chiqishda, amaldagi muammo va kamchiliklarni o'rganish va ularga yechim topishda nodavlat-notijorat tashkilotlari, biznes va fuqarolarni keng jalb qilish.

4. Xalqaro reyting va indekslardagi ko'rsatkichlarimizni hamda vazirlik va idoralar tomonidan ushbu ko'rsatkichlarni yaxshilash yuzasidan faoliyatini yagona tizim (Yagona portal) orqali monitoring qilish va baholab borish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.03.2019 yildagi PF-5687-son. URL: https://lex.uz/docs/-4230916

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 02.06.2020 yildagi PF-6003-son. . URL: https://lex.uz/docs/4838762

2017-2023-yillarda O'zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo'lgan xalqaro reyting va indekslar bo'yicha ko'rsatkichlar DINAMIKASI

№ Reyting nomi 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 O'tgan yilga nisbatan o'zgarish

1. Suveren kredit reytinglar (Sovereign credit ratings)

1.1 Fitch Ratings - "BB-" (barqaro r) "BB-" (barqar or) "BB-" (barqar or) "BB-" (barqa ror) "BB-" (barqa ror) "BB-" (barqar or) -

1.2 S&P Global Ratings - "BB-" (barqaro r) "BB-" (barqar or) "BB-" (salbiy) "BB-" (barqa ror) "BB-" (barqa ror) "BB-" (barqar or) -

1.3 Moody's - - - - «B1» (ijobi y) «B1» (ijobi y) «Ba3» (barqar or) +1

2. Boshqaruv sifati indikatorlari (Worldwide Governance Indicators)

2.1 Siyosiy barqarorlik va zo'ravonlik / terrorizmning mavjud emasligi (Political Stability and Absence of violence / terrorism) 131/ 211 136 / 213 138 / 213 149 / 213 130/2 13 129/2 13 - +1

2.2 Hukumat 142 / 139 / 138 / 138 / 126/2 132/2 - -6

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

№ Reyting nomi 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 O'tgan yilga nisbatan o'zgarish

samaradorligi (Government Effectiveness) 209 209 209 209 11 11

2.3 Tartibga solish sifati (Regulatory Quality) 191 / 209 184 / 209 182 / 209 177 / 209 144/2 09 146 /209 - -2

2.4 Aholini fikrini inobatga olish va hisobdorlik (Voice and Accountability) 197 / 204 195 / 208 195 / 208 197 / 204 182/2 08 182/2 08 - -

2.5 Huquq ustuvorligi (Rule of Law) 186 / 209 182 / 209 179 / 209 181 / 209 168/2 09 167/2 09 - +1

2.6 Korrupsiyani tiyib turish (Control of Corruption) 184 / 209 182 / 209 179 / 209 176 / 209 161/2 09 161/2 13 - -

3. Iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of Economic Freedom) 148 / 190 152 / 180 140 / 180 114 / 180 108 / 178 117/1 61 109/17 6 +8

4. Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi (E-government Development Index) 2 yilda bir e'lon qilina di 81 / 193 2 yilda bir e'lon qilinadi 87 / 193 2 yilda bir e'lon qilina di 69/193 +18

5. Korrupsiyani qabul qilish indeksi (Corruption Perception Index) 157/1 80 158/18 0 153/18 0 146/18 0 137/1 80 126/1 80 +11

6. Logistika samaradorligi indeksi 2 yilda bir 99/160 (2.58 ball) 2 yilda bir e'lon - - - 88/138 +11

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

№ Reyting nomi 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 O'tgan yilga nisbatan o'zgarish

(Logistics Performance Index) e'lon qilina di qilinadi

7. Jahon bankining Statistik salohiyat indeksi (Statistical Capacity Indicator) 118 / 146 88 / 146 78 / 145 61 / 144 - - - +17

8. IHTTning mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi (OECD Country Risk Classification) 6-guruh 6-guruh 5-guruh 5-guruh 5-guruh 5-guruh 5-guruh -

9. Inson kamoloti indeksi (Human Development Index) 105 / 189 107 / 189 109 / 189 106 / 189 101/189 - +5

10. Huquq ustuvorligi indeksi (Rule of Law Index, World Justice Project) 91 /113 94 / 126 92 / 128 85 / 139 78/14 0 - +7

11. Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi (Democracy Index) 158 / 167 156 / 167 157 / 167 155 / 167 150 / 167 149/1 67 - +1

12. Matbuot erkinligi indeksi (Press Freedom Index) 169 / 180 165 / 180 160 / 180 156 / 180 157 / 180 133 / 180 - +24

13. Barqaror rivojlanish 45 / 157 52 / 156 52 / 162 66 / 163 77 / 165 77 / 163 69/166 +8

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

№ Reyting nomi 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 O'tgan yilga nisbatan o'zgarish

maqsadlari indeksi (Sustainable Development Goals Index)

14. Global innovatsiyalar indeksi (Global Innovation Index) - - - 93 / 131 86 / 132 82 / 132 82/132 -

15. To'g'ridan- to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning cheklovlari indeksi (FDI Regulatory Restrictiveness Index) - - - 48/89 - - - -

16. Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi (Competitive Industrial Performance Index) - - - 92 / 152 94 / 152 89 / 157 - +5

17. Ayollar, biznes va qonun indeksi (Woman, Business and Law Index) 136 / 190 138 / 190 141 / 190 139 /190 134 / 190 135 / 190 138/19 0 -3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.