Научная статья на тему 'YANGI OʻZBEKISTONNING TINCHLIKPARVAR TASHQI SIYOSATI'

YANGI OʻZBEKISTONNING TINCHLIKPARVAR TASHQI SIYOSATI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
12318
808
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
Yangi Oʻzbekiston / tashqi siyosat / tinchlik / “Markaziy Osiyo ruhi” / xavfsizlik / hamkorlik. / Yangi Uzbekistan / foreign policy / peace / "Central Asian spirit" / security / cooperation.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Kibriyo Abdullayeva, Abdumalik Ubaydullayevich Qoriyev

Maqolada Oʻzbekistonning tinchlikparvar tashqi siyosati va uning huquqiy asoslari, qoʻshni davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari haqida umumiy ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEACEFUL FOREIGN POLICY OF NEW UZBEKISTAN

The article presents summarizing information about the peaceful foreign policy of Uzbekistan and its legal framework, cooperation with neighboring countries and international organizations.

Текст научной работы на тему «YANGI OʻZBEKISTONNING TINCHLIKPARVAR TASHQI SIYOSATI»

YANGI O'ZBEKISTONNING TINCHLIKPARVAR TASHQI SIYOSATI

Kibriyo Abdullayeva

Namangan davlat universiteti doktoranti

Abdumalik Ubaydullayevich Qoriyev

Namangan viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekistonning tinchlikparvar tashqi siyosati va uning huquqiy asoslari, qo'shni davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari haqida umumiy ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, tashqi siyosat, tinchlik, "Markaziy Osiyo ruhi", xavfsizlik, hamkorlik.

PEACEFUL FOREIGN POLICY OF NEW UZBEKISTAN

ABSTRACT

The article presents summarizing information about the peaceful foreign policy of Uzbekistan and its legal framework, cooperation with neighboring countries and international organizations.

Keywords: Yangi Uzbekistan, foreign policy, peace, "Central Asian spirit", security, cooperation.

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo'lga kiritib, mustaqil taraqqiyot yo'lini tanlagach, jahon hamjamiyatining teng huquqli azosi sifatida xalqaro munosobatlarda faol ishtirok etib kelmoqda. O'zbekiston o'zaro munosabatlarda tenglik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, o'zaro foydali va teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada va butun jahon miqyosida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash kabi tamoyillarga tayangan holda jahon hamjamiyati safiga o'z o'rni va maqomiga ega bo'lib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida dunyo mamlakatlari orasida o'zining mustahkam o'rnini egalladi va tashqi siyosatning xalqaro huquq me'yorlariga asoslangan va jahon hamjamiyatiga asta-sekin integratsiyalashuv strategiyasiga mos keladigan huquqiy tizimini yarata boshladi. Tariximizning ana shu o'tgan davrini aniqrog'i 30 yillik mustaqil taraqqiyotimiz sarhisob qilinar ekan, tashqi siyosat va diplomatik xizmatni shakllantirish borasida amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlarni ham alohida qayd qilish lozim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Mustaqillikning 30 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzada o'tgan

qisqa davrda Vatanimizning mintaqa va jahon miqyosidagi siyosiy o'mi va nufuzi keskin oshganligi, dunyoda O'zbekistonga nisbatan ishonch ruhi va hamkorlikka intilish tamoyillari kuchayganligi, mintaqamizdagi davlatlar bilan do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlari yo'lga qo'yilganligi, chegaralar ochilgani, odamlar qavmu qarindoshlari bilan aloqalarini tiklab, bir mamlakatdan ikkinchi davlatga emin-erkin borib kela boshlangligi alohida ta'kidlab o'tildi.

Darhaqiqat, mamlakatimizning qulay geosiyosiy o'rni, uning birinchi navbatda o'z milliy manfaatlarini inobatga olgan holda olib borayotgan, har tomonlama chuqur o'ylangan, mustaqil va izchil tashqi siyosati davlatimizning jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilishi, xalqaro maydonda obro'-e'tiborining ortib borishini ta'minladi.

O'zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom Konferensiyasi tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va qator ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar ishida faol ishtirok etib, mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash, Markaziy Osiyoda ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash yadro qurolidan holi hudud barpo etish, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog'liq, shuningdek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan boshqa dolzarb muammolarni hal etish ishiga salmoqli hissa qo'shmoqda.

Ma'lumki, O'zbekiston geosiyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay makonda joylashgan.

> Ya'ni u, birinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasining transport, boy hamda mustaqil energetika omillari markazida joylashgan.

> ikkinchidan, O'zbekiston aholi soni, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi qo'shnilardan ma'lum darajada ustun turadi.

> uchinchi tarafdan, O'zbekiston qulay tabiiy-iqlim sharoitiga ega. Bu yerda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral-xomashyo resurslari bor. Respublika oziq-ovqat bilan o'zini o'zi ta'minlashga, texnika ekinlarining eng qimmatli turlarini, jumladan paxta tolasini yetishtirish va eksport qilishga imkoniyati katta. Shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, raqobatga bardoshli meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishga hamda ularni qayta ishlangan holda yetkazib berishga qodir.

> to'rtinchidan, davlatimiz nafaqat o'zini o'zi ta'minlaydigan, balki chetga chiqarishga neft, neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo'lmish muhim tarmoqlarga ega. O'zbekistonda sanoatning eng zamonaviy tarmoqlari, deylik, mikroradioelektronika kabi murakkab sohani rivojlantirish imkoni bor.

> beshinchidan, O'zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o'rni bor. Yurtimiz ma'naviy-tarixiy merosga boy. U oldindan nafaqat mintaqada, balki

dunyoda ham turli ma'naviy va siyosiy jarayonlarga, jahon sivilizatsiyasiga kuchli ta'sir o'tkazib kelgan.

Shu jihatlarni hisobga olsak, O'zbekiston o'zining barcha ko'rsatkichlari bo'yicha jahondagi madaniy, ilmiy texnologiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemalol Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin.

Geografik-siyosiy o'rni jihatdan O'zbekiston Markaziy Osiyoning qoq o'rtasida joylashganligi ayni ana shu mintaqada barqarorlikni ta'minlash, o'zaro hamkorlik va birodarlikni chuqurlashtirish uchun tayanch nuqta bo'lib xizmat qildi. Mustaqillikning tarixan qisqa davrida u o'zining siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy qudratini to'la-to'kis ko'rsata oldi. Ayni ana shu mintaqa taqdirini hal qilishga qodir bo'lgan kuchli davlat sifatida o'zini namoyon etdi.

Bugungi kunda O'zbekiston Osiyo va Yevropa qit'alari o'rtasida munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, siyosiy iqlimni mo'tadillashtiruvchi G'arbu Sharq o'rtasidagi azaliy raqobatni aql-idrok, donolik, tafakkurga asoslangan munozaralar va muzokaralar orqali uyg'unlashtirishga da'vat etgan shu mintaqadagi davlat bo'lib maydonga chiqdi. Prezidentimiz tomonidan jahon siyosatshunosligida "Markaziy Osiyo ruhi" degan ibora paydo bo'lganligi, xalqaro maydonda mintaqa nomidan yangi tashabbuslar ilgari surila boshlanganligi haqidagi ma'lumot bejiz aytib o'tilmadi. Darhaqiqat, bugun Yangi O'zbekiston Pokiston, Hindiston, Eron, Afg'oniston, Tojikiston, Qirg'iziston va Qozog'iston muammolari bilan birga Xitoy, Rossiya va umuman Yevropa mamlakatlari munosabatlarini ma'lum bir o'zanga solishga da'vat qilayotgan, uni o'zining amaliy faoliyati bilan yaxshilik sari burishga katta ta'sir ko'rsatayotgan davlatdir.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlatimiz tashqi siyosatining asosiy qoidalari qonun bilan mustahkamlab qo'yildi. «O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tinchligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va me'yorlariga asoslanadi.

Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin», - deyiladi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonning beshinchi ustuvor yo'nalishi "Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish"ga yo'naltirilgan bo'lib,

undan ko'zlangan asosiy maqsad davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O'zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash hisoblanadi.

Harakatlar strategiyasini ushbu ustuvor yo'nalishini amalga oshirishda quyidagi vazifalarga alohida e'tibor qaratildi:

> davlat mustaqilligi va suverenitetini mustaxkamlash, mamlakatning halqaro munosabatlar to'la huquqli sub'ekti sifatida o'rni va rolini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O'zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik mintaqasini vujudga keltirish;

> O'zbekiston Respublikasining halqaro nufuzini mustahkamlash, jahon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborotni yetkazish;

> O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

> davlat chegarasining demilitatsiya va demarkatsiya masalalarini hal etish.

Ushbu vazifalarni bajarishga shaxsan Prezidentni o'zi boshchilik qilib kelmoqda. Bunga 2017-2021 yillarda Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston kabi davlatlarga uyushtirilgan davlat tashriflari ham tasdiqlab turibdi.

O'zbekistonning xalqaro miqyosda tinchliksevar siyosat o'tkazishi uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. O'zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, jaxon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborotni yetkazish maqsadida 2017 yil 19 sentabrda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-sessiyasida O'zbekiston Prezidenti ishtirok etdi. Unda Prezidentimiz tomonidan so'zlangan ma'ruza O'zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida ko'hna va navqiron davlat sifatida o'z o'rni va mavqeiga ega ekanligini isbotladi.

Mamlakatimizni ahil qo'shnichilik siyosati ham o'z o'rnida amalga oshirib borilmoqda. Hususan, davlat chegarasining demilitatsiya va demarkatsiya masalalarini hal etish borasida qo'shni Qirg'iziston, Qozog'iston, Tojikiston Respublikasiga qilgan davlat tashriflari muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek ushbu davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni yo'lga qo'yish bo'yicha yuzga yaqin shartnomalar imzolandi. Bu esa, davlatimiz va xalqimizni bir jipsligidan, aniq bir maqsad yo'lida faoliyat olib borayotganligidan, mamlakatimizning o'ziga xos tinchlik siyosatini jahonga namuna qilib ko'rsatayotganligidan, xalqaro hamjamiyatni strategik hamkorlikni davom ettirishga chorlayotganidan dalolat berib kelmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlari o'tkazib kelinmoqda. Turkmanistonda bo'lib o'tgan maslahat kengashida hamkorlikning yangi va istiqbolli yo'nalishlari belgilab olindi. So'nggi kunlarda Afg'onistonda yuz berayotgan voqealarda O'zbekiston o'zining an'anviy tinchlikparvar siyosati bilan munosabatda bo'lib kelmoqda. O'zbekiston Afg'oniston bilan aloqalarda do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini qo'llab-quvvatlash hamda ichki ishlarga aralashmaslik siyosatiga sodiq qolmoqda.

Xullas, o'z mustaqilligini qo'lga kiritganidan so'ng O'zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosiga aylandi hamda davlat va jamiyat qurilishi, iqtisod, siyosat doirasida tub islohotlarni amalga oshirishga kirishdi va amalga oshirib kelmoqda. Ushbu isloxotlardan ko'zda tutilgan maqsad esa ochiq tashqi siyosatga hamda aniq ijtimoiy yo'naltirilgan kuchli huquqiy davlat va adolatli jamiyati qurishga qaratilgan.

REFERENCES

1. Nuriddinov E. O'zbekiston: eng yangi tarix. - T.: Asr, 2010. - 576 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmon. Manba: www.lex.uz

3. Vatanimiz mustaqilligi - biz uchun kuch-qudrat va ilhom manbai, taraqqiyot va farovonlik asosi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 31-avgustda so'zlangan ma'ruza. www.president.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.