Научная статья на тему 'YАNGI О`ZBЕKISTОN KОNSTITUTSIYАSIDА MUDОFАА VА XАVFSIZLIK: XАLQАRО VА MILLIY TАJRIBА'

YАNGI О`ZBЕKISTОN KОNSTITUTSIYАSIDА MUDОFАА VА XАVFSIZLIK: XАLQАRО VА MILLIY TАJRIBА Текст научной статьи по специальности «Право»

30
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YАNGI О`ZBЕKISTОN KОNSTITUTSIYАSIDА MUDОFАА VА XАVFSIZLIK: XАLQАRО VА MILLIY TАJRIBА»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

YANGI OZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA MUDOFAA VA XAVFSIZLIK: XALQARO VA MILLIY TAJRIBA

N. X. Egamberdieva

Yuridik fanlari nomzodi, dotsent Toshkent davlat transport universiteti

Rahmatullayev Ramazon Ikrom o'g'li

Toshkent Davlat Transport universiteti "Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi YU-2a

talabasi

E-mail: [email protected]

Yаngi Ozbekiston Rеspublikаsining Kоnstitutsiyаsining 152-moddasida: "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi." deb keltirilgan.

Ushbu normada Qurolli Kuchlar davlat suverinetitini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish maqsadida tuzilishi kerak ekan. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularning tashkil etilishi "O'zbekiston Respublikasining "Mudofaa to'g'risida"gi Qonuni " bilan belgilanishi takidlangan. Yani ushbu qonunga ko'ra "Qurolli Kuchlar o'z faoliyatini qonun ustunligi, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar va safarbarlik borasida doimiy shaylik hamda harbiy intizomga rioya etish asosida quradi va amalga oshiradi.

Harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog', harbiy texnikaning barcha turlari, boshqa harbiy mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi va Qurolli Kuchlar tasarrufida bo'ladi.

Mudofaaga va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo'mondoni amalga oshiradi.

Urush davrida O'zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri bir paytning o'zida Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo'mondoni o'rinbosari hisoblanadi." [1]

Yana bir muhim hujjat bu 2018-yil 9-yanvardagi ORQ-458son qonun bilan tasdiqlangan Mudofaa Doktrinasi hisoblanib, unda quyidagi jumlalar keltirilgan

"O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Doktrinasi:

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi, xalqaro huquqning, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining prinsiplari va normalariga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo'lgan xalqaro shartnomalarga tayanadi;

mamlakatning milliy manfaatlaridan, jahondagi va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatdan, harbiy sohada milliy xavfsizlikka bo'lgan tahdidlar darajasidan, zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyatidan kelib chiqadi;

Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining va mamlakat mudofaasini rejalashtirishga doir boshqa hujjatlarning asosiy qoidalarini inobatga oladi;

harbiy mojarolarning oldini olish, hayotiy muhim milliy manfaatlarni himoya qilish bo'yicha davlat, jamiyat va fuqarolar faoliyatini tashkil etish yo'nalishlari va usullarini ochib beradi;

davlatning kelajakda mudofaa sohasidagi siyosati ustuvorliklarini, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini (bundan buyon matnda Qurolli Kuchlar deb yuritiladi) tayyorlash, qurish va qo'llashning asosiy prinsiplari va yo'nalishlarini belgilaydi." [2]

Shuningdek, Konstitutsiyaning 153-moddasiga ko'ra: "O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga

Ushbu normada O'zbekiston Respublikasi o'zini himoya qilish uchun har tomonlama yetarli resusrslarga ega ekanligi, hamda u hech qaysi davlatning yordamiga muhtoj emasligi, Qurolli Kuchlarining salohiyati mukammal ekanligi aks etgan.

Mudofaa va xavfsizlik sohasini qonun talablari asosida boshqarish samarasini oshirish O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Jumladan, harbiy sohada mamlakatning milliy xavfsizligini ta'minlashga doir prinsip va yondashuvlarni o'z ichiga qamrab olgan O'zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Xususan, unda mamlakatimizning prinsipial pozitsiyasi - hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik, o'z hududida chet el harbiy bazalari va obyektlarining joylashtirilishiga yo'l qo'ymaslik, harbiy xizmatchilarimizning xorijdagi tinchlik o'rnatish bilan bog'liq operatsiyalarda ishtirok etmasligi o'z aksini topgan. Shuningdek, ushbu hujjatda Qurolli Kuchlarning asosiy vazifalari, mamlakat mudofaasini harbiy-iqtisodiy jihatdan ta'minlash asoslari

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

ega.

belgilangan

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Ma'lumki, jamiyatni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish maqsadida kuch ishlatishga doir huquq borasida faqat davlat mutlaq monopoliyaga ega va bu huquq davlat kuch tuzilmalariga topshirilgan. Shu bilan birga, ikkita vazifani hal qilishda muvozanatga erishish muhim ahamiyat kasb etadi: bir tomondan xavfsizlikni ta'minlash va boshqa tomondan insonning konstitutsiyaviy huquqlariga rioya qilish. Shu o'rinda huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlar faoliyatini tartibga soluvchi, so'nggi yillarda qabul qilingan «Ichki ishlar organlari to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida»gi va boshqa qonunlarning dolzarbligi va ahamiyatini qayd etish lozim. Ushbu qonunlarda yuqorida ko'rsatib o'tilgan tuzilmalarning maqsad va vazifalari, ularning huquq va majburiyatlari, harbiy xizmatchilar va xodimlar tomonidan jismoniy kuch, maxsus vositalar va o'qotar qurol ishlatish shartlari aniq belgilangan. Mazkur hujjatlarda harbiy xizmatchilar va xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi uchun javobgarlik hamda ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash ham nazarda tutilgan. [3]

O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo'riqlash va himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi «O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to'g'risida» gi yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqildi, hamda parlament tomonidan qabul qilindi. Qonun bilan davlat organlarining ushbu sohadagi vakolatlari belgilandi, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, yuridik shaxslarnnng hamda O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining Davlat chegarasini qo'riqlash va himoya qilishdagi ishtirok etishi tartibga solindi. Davlat chegarasini shaxslar va transport vositalari tomonidan kesib o'tish tartibi, shaxslarning, transport vositalarining va tovarlarning Davlat chegarasi orqali o'tkazilishini vaqtincha cheklash yoki to'xtatib turish uchun asoslarning to'liq ro'yxati belgilandi. Davlat chegarasini qo'riqlash va himoya qilish sohasida maxsus vositalarni, qurol-yarog'va harbiy texnikani qo'llash masalalari aniq tartibga solindi.

Davlat organlarining davlatni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish, jamoat tartibini saqlash bo'yicha faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonunlar, jumladan, «Favqulodda holat to'g'risida»gi Konstitutsiyaviy Qonun, «Qurol to'g'risida»gi, «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to'g'risida»gi qonunlar qabul qilindi.

So'nggi olti yilda qo'shinlarni boshqaruv tizimi, harbiy okruglarning, Havo hujumidan mudofaa qo'shinlarining va Harbiy havo kuchlarining tarkibiy tuzilishi hamda vazifalari

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

tubdan qayta ko'rib chiqildi. Jumladan, Mudofaa vazirligi Bosh shtabi negizida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tashkil etildi. Mudofaa vazirligi Markaziy apparatini muqobillashtirish natijasida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi tarkibiy bo'linmalar tashkil etildi.

Boshqaruv organlari, harbiy qismlar va muassasalar o'rtasida tezkor ma'lumot almashish va vazifalarni belgilash imkoniyatini ta'minlab beruvchi himoyalangan aloqa tizimi yo'lga qo'yildi. Harbiy okruglar va Qurolli Kuchlar Akademiyasida situatsion markazlar tashkil etildi, barcha harbiy okrug va brigadalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan mobil qo'mondonlik punktlari bilan ta'minlandi.

Harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi tizimini takomillashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, bir qator yangi harbiy poligonlar tashkil etildi, shuningdek mavjudlari to'liq modernizatsiya qilindi. Hozirgi kunda barcha harbiy poligonlar zamonaviy o'quv-moddiy baza bilan jihozlangan. Shundan 12 tasi xalqaro talablarga muvofiq jihozlangan bo'lib, ulardan harbiy ishning turli yo'nalishlari bo'yicha xalqaro harbiy musobaqalarni o'tkazishda foydalanilmoqda.

Ta'kidlash joizki, «Farg'ona», «Forish», «Chirchiq», «Kattaqo'rg'on», «Termiz» va «Nukus» poligonlariga «Dala tayyorgarligi yagona Markazlari» maqomi berilgan va hozirda ulardan barcha kuch tuzilmalarining shaxsiy tarkibi bilan jangovar tayyorgarlik bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazish uchun foydalanib kelinmoqda.

Yaratilgan sharoitlar har yili mamlakat harbiy poligonlari salohiyatidan foydalanib, harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligiga doir 300 dan ortiq turli tadbirlarni, shuningdek xalqaro harbiy musobaqalarni hamda hamkorlikdagi mashqlarni o'tkazish imkonini beradi.

O'quv dasturlarida jangovar tayyorgarlik bo'yicha amaliy mashg'ulotlarning ulushi sezilarli darajada oshdi, ya'ni parashyutda amaliy sakrashlar soni 2,2 barobar, o'q otish, piyoda yurish va harbiy texnikada harakatlanish mashg'ulotlari soni 3 barobar oshdi.

So'nggi bir necha yil ichida faqat Mudofaa vazirligi tizimining o'zida qo'shinlarni doimiy jangovar tayyorgarlikda saqlab turish maqsadida jangovar vaziyatlarga yaqin sharoitlarda 1100 dan ortiq to'satdan tekshiruvlar o'tkazildi.

2017 yildan boshlab mahalliy harbiy-sanoat kompleksini bosqichma-bosqich yaratish ishlari boshlandi. Xususan, davlat harbiy buyurtmalarini shakllantirish va mudofaa ahamiyatiga

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

molik ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas'ul vakolatli davlat organi tashkil topdi. Tarmoqning bir qator korxonalarida modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash ishlari amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 yanvardagi tegishli Farmoni qabul qilinishi O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini zamonaviy qurol-yarog', harbiy va maxsus texnika bilan qurollantirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo'yicha muhim tashkiliy-huquqiy asos bo'ldi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish bo'yicha davlat komissiyasi, shuningdek Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi «O'ztextreyd» Davlat unitar korxonasi tashkil etildi, ushbu tuzilmalarning ustuvor vazifalari hamda ularni moliyalashtirish manbalari belgilandi. Hozirgi kunda mamlakatimiz harbiy-sanoat kompleksi tarkibiga «MS REM TEX», «MS Barer textile», «Innovatsiya texnologiyalari markazi», «Vostok», «Chirchiq aviatsiya ta'mirlash zavodi» kabi yetakchi korxonalar hamda boshqalar kiradi. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, 2019 yilda Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi tarkibida «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari tashkil etilib, ularning faoliyati shu jumladan, mamlakatning oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalariga o'qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni maqsadli tayyorlashga qaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi, Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti, Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti va boshqa muassasalar faoliyati qayta tashkil etilib, yo'lga qo'yildi. O'zbekiston Milliy universitetida Harbiy tayyorgarlik o'quv Markazi qayta tashkil etilib, unda har yili 700 nafar zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratildi. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida harbiy xizmatchilarni va ularning oila a'zolarini ijtimoiy jihatdan himoya qilishni har tomonlama mustahkamlashga alohida e'tibor berilmoqda. [4] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi Farmoni ijrosi doirasida hukumat harbiy xizmatchilarning farzandlarini respublika oliy ta'lim muassasalariga kvota asosida o'qishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar berish tartibini tasdiqladi. Xususan, bugungi kunga qadar Mudofaa vazirligi mamlakatning mudofaa

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

qobiliyatini mustahkamlashga munosib hissa qo'shgan, shuningdek harbiy xizmat vazifalarini bajarayotganda vafot yetgan yoki nogiron bo'lib qolgan harbiy xizmatchilar farzandlari uchun 3765 ta tavsiyanoma berdi.

Xalqaro hamkorlik va tajriba

Xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish, mintaqadagi davlatlar o'rtasida ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash O'zbekiston Respublikasi mudofaa sohasidagi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. 20172023 yillar mobaynida harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik to'g'risidagi 8 ta ikki tomonlama va ko'p tomonlama xalqaro shartnomalar imzolandi hamda parlament tomonidan ratifikatsiya qilindi. Xususan, «O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni [5] talablariga muvofiq Turkiya Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi va boshqa davlatlar bilan imzolangan ikki tomonlama shartnomalar parlament tomonidan ratifikatsiya qilindi. Bir qator xorijiy davlatlar, jumladan Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Hindiston kabi davlatlar bilan harbiy hamkorlik bo'yicha alohida rejalar tasdiqlanib, amalga oshirilmoqda. So'nggi vaqt ichida Mudofaa vazirligining 300 dan ortiq harbiy xizmatchisi xorijiy oliy harbiy ta'lim muassasalarida ta'lim oldi. O'z navbatida, erishilgan kelishuvlar doirasida ayni paytda bir qator xorijiy davlatlarning harbiy xizmatchilari O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta'lim muassasalarida tahsil olmoqda. Shu bilan birga, so'nggi ikki yil davomida O'zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari «Kembriya patruli» (Buyuk Britaniya), «Jamoaviy ruh» (Pokiston), «Eng yaxshi snayper jamoasi» (Turkiya), «Eng yaxshi jangchi» (AQSH) kabi xalqaro bellashuv va o'yinlarda ishtirok etib, faxriy I va II o'rinlarni egalladi. «ArMI-22» Xalqaro armiya o'yinlarida ishtirok etish yakunlariga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari musobaqada 7 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, jamoaviy hisobda faxrli II o'rinni egalladilar. Umuman olganda, so'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan harbiy qurilish sohasidagi islohotlarning samaradorligini baholab, O'zbekistonda respublikamiz mustaqilligi va xavfsizligining kafolati bo'lgan, xalqimizning tinch hayotini ta'minlashga qodir milliy Qurolli Kuchlar shakllanganligini ta'kidlash mumkin. Shu bilan birga, bugungi voqelik har bir rahbarga mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarning salohiyatini kuchaytirish bo'yicha vazifalarni sifatli va o'z vaqtida hal etish uchun har qachongidan ham ko'proq shaxsiy javobgarlik yuklashini aniq anglash kerak. [6]

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

Xulosa qilib aytadigan bo4sak, har bir davlat o'zining mudofaa va xavfsizlik jihatlariga e'tibor berar ekan, avvalo o'zining suverinetini mustahkamligi, xalqining va aholisining xavfsizligini o'ylagan holda tashkil etiladi, uning boshqaruv tizimi, undagi kadrlar tayyorlash masalasi, shuningdek ularning ijtimoiy himoyasi masalalariga alohida e'tibor berish lozim. Amir Temurning "Temur tuzuklari" kitobida ham askarlar bilan qanday ishlash ularni qay yo'sinda chiniqtirish mudofaa tizimini takomillashitirish jihatllari o'sha davr uchun mukkamal yoritib berilgan. [7] Bugungi davrda askarlar ham jismonan ham manaviy jihatdan etuk bo'lishlari juda ham zarur va shart hisoblanadi. Yurtimiz harbiylarining Xalqaro harbiy musobaqalarda yuqori o'rinlarni egallashi, bu mudofaa salohiyatining qanchalik rivojlanib borayotganini hamda Prezidentimizning amalga oshirayotgan islohotlarining samarasini yaqqol ko'rsatadi deb o'ylayman.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: 01.05.2023 y

2. "Mudofaa to' g'risidagi" O'zbekiston Respublikasi Qonuni 11.05.2001 y

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmon

4. Dadasheva A.A. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) Инновaщионныe исслeдовaния в современном мире: теория и npaKTrna 2 (17), 87-90

5. Ka^MOBa А. А Рол женщины в современной муке Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234

6. Egamberdieva N.X. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI

7. Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini takomillashtirish Scienceweb academic papers collection.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

118

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.