Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONNING MUDOFAA VA XAVFSIZLIK SALOHIYATI'

YANGI O’ZBEKISTONNING MUDOFAA VA XAVFSIZLIK SALOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Право»

132
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONNING MUDOFAA VA XAVFSIZLIK SALOHIYATI»

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

YANGI O'ZBEKISTONNING MUDOFAA VA XAVFSIZLIK SALOHIYATI

Mafura Muxtarxanovna Inagamova

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, (PhD), dotsent Foziljon Sirojiddin o'g'li Xodjayev

Toshkent Davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi.

Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta'minlash asosiy masala bo'lib, bunda davlat asosiy rol o'ynaydi.

"Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash barcha yutuqlarimizning bosh garovidir" - deb ta'kidlaydi Prezident. Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta'minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo'lidan borildi.[1]

Milliy xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 24-fevralda bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sessiyasida aniq bayon qilib berilgan. 1996-yil 24-apreldagi Oliy Majlis sessiyasida — Milliy xavfsizlik to'g'risidagi Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yilning avgust oyida bo'lib o'tgan Oliy Majlis sessiyasida esa Respublikaning milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi. [2] Milliy xavfsizlik endi faqat davlat xavfsizligini ko'zda tutmay, shaxs huquq va erkinliklarini; jamiyatning moddiy va ma'naviy boyliklarini; davlatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini saqlashni ham ko'zda tutadi. Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish, ma'naviy taraqqiyotga erishish, shuningdek, O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligini kuchaytirishining asosiy sharti va garovi - mamlakatimizning xavfsizligini ta'minlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlar va fuqarolar o'rtasida totuvlikni saqlash va ko'z qorachig'iday asrashdir, - degan so'zlar mamlakatimiz xavfsizligining ahamiyatini yanada to'laroq ko'rsatadi.[3]

Xavfsizlik va uni ta'minlash usullaridan bo'lgan mudofaa ahamiyati yuqoriligi

e'tiborga olinib, shu masalalarning asoslari Konstitutsiyaviy

tartibda mustahkamlangan. Xususan, Konstitutsiyamizning

XXVII bobi mudofaa va xavfsizlik masalalariga bag'ishlangan.

E^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^rPecember 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

Konstitutsiyaning 152-moddasida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuzilishi shaklidagi konstitutsiyaviy normada o'z ifodasini topgan. [4]

Milliy xavfsizlikni ta'minlashda mamlakat Prezidenti huzurida tuzilgan maslahat organi - Xavfsizlik kengashi katta rol o'ynaydi. U milliy xavfsizlik bilan bog'liq barcha masalalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirishni ta'minlaydi, shunga mas'uldir.

Mudofaa, mamlakat xavfsizligi doimiy e'tibordagi masala. Keyingi vaqtlarda jahondagi bo'layotgan voqealar ham buning dalilidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Shu o'rinda yana bir masala — mamlakatimiz mudofaa tizimining tashkiliy tuzilmasi, uning harbiy-jangovar holati, askar va ofitserlarning ma'naviy va ruhiy tayyorgarlik darajasi bugungi tez o'zgarayotgan davr talablaridan ortda qolayotganini qayd etish lozimdir" - deb qilinadigan ishlarni belgilab berdi.

2018-yil 9-yanvardagi «O'zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to'g'risida»gi Qonun mamlakat mudofaasini hozirgi kun talablariga javob berishini ta'minlashga qaratilgandir. Unda qayd qilinishicha, O'zbekiston Respublikasi Doktrinasi mudofaa xususiyatiga ega. Mamlakatimiz hech bir mamlakatni o'zining dushmani deb hisoblamaydi. Shunday mamlakatlar borki, o'z doktrinalarida aniq bir davlatlarni o'zining dushmani deb ko'rsatib qo'ygan. O'zbekiston bunday yo'l bilan bormadi va barcha mamlakatlar bilan munosabatlarni mamlakat milliy manfaatlarining ustuvorligi asosida hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda, o'zaro naf ko'rish, barcha nizoli masalalarni tinch vositalar va muzokaralar yo'li bilan hal qilish, davlatlararo shakllangan chegaralarning tan olish asosida qurishni belgilab oldi. [5]

2018-yildan boshlab «Milliy xavfsizlik xizmati» tubdan islohot qilishga 2018-yil 14-martdagi Prezident Farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati "Davlat xavfsizlik xizmati" ga aylantirildi.

Joriy yilning 11-aprelida "Mudofaa Vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni qabul qilindi. Unga ko'ra, so'nggi yillarda milliy armiyamizning davlat va jamoat tashkilotlari bilan samarali hamkorligi yo'lga qo'yildi, xalqimizning armiyaga bo'lgan ishonchi yanada mustahkamlandi. [6]

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi harbiy xizmatchilarning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini, jangovar va milliy ruhini hamda jamiyatda harbiy xizmat nufuzini oshirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga salmoqli hissa qo'shib kelmoqda.

Jumladan, Jamoatchilik kengashi O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga shaffoflik va oshkoralikni ta'minlash, "Xalq va armiya — bir tanu bir jon" degan ezgu g'oyani amalda ro'yobga chiqarish borasida yaqindan ko'maklashib, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini to'g'risida jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyatni tizimli ravishda xabardor qilib kelmoqda. [7]

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining ijobiy tajribasini e'tiborga olgan holda uning faoliyati samaradorligini oshirish harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari, shuningdek, harbiy pensionerlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yuksaltirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e'tibor berildi. [8]

Shunisi quvonarliki, O'zbekiston qurolli kuchlari bo'yicha 2023-yil ma'lumotlariga ko'ra, Markaziy Osiyoda birinchi, MDH davlatlari orasida beshinchi va dunyoning 145 mamlakati orasida 62-o'rinni egalladi.

Reytingga ko'ra, Markaziy Osiyo davlatlari orasida O'zbekiston armiyasi harbiy salohiyat bo'yicha birinchi o'rinni egallagan. Chegaradosh mamlakatlar: Qozog'iston 63-o'rin, Turkmaniston 82-o'rin, Qirg'iziston 107-o'rin, Afg'oniston 114-o'rin, Tojikiston esa 120-o'rinda qayd etilgan. O'zbekistonning mudofaa budjeti 692,5 mln dollarga baholangan.

Xulosa o'rnida, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning maqsadi -mamlakat tinchligi va osoyishtaligini saqlashga va ishonchli himoya qilishga qodir, tezkor, har jihatdan yaxshi ta'minlangan Qurolli Kuchlarni shakllantirish hisoblanadi. Shu maqsadda mamlakat hududida harbiy-ma'muriy birliklar - harbiy okruglar tuzildi. Soni va tuzilishi, professional tarkibi jihatidan eng maqbul armiya tuzish vazifasi belgilandi va u amalga oshirib kelinmoqda. [9]

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Niyati ulug= xalqning ishi ham ulug=, hayoti yorug= va kelajagi farovon bo'ladi. (kirill alifbosida). T. —O'zbekiston. 2019. 3-tom, 49-bet.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

98

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005, 5-6-son, 151-modda.

3. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyada qonun ustuvorligini ta'minlash va mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirishning tashkiliy-huquqiy masalalari (tahliliy-statistik ma'lumotlar asosida). Multidisciplinary Scientific Journal.

4. O'zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to'g'risidallgi 2018-yil 9-yanvardagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni.

5. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o'z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligiga va bukilmas irodasiga bog'liq. - T.: —O'zbekiston, 2004.

6. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz

7. Inagamova M.M KONSTITUTSIYaVIY ISLOHOTLARDA INSON-JAMIYaT-DAVLAT MASALALARINING RIVOJLANISh BOSQIChLARI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 59-64

8. Dadasheva A.A.. O'zbekiston Respublikasi-Konstitutsiyaviy Islohotlar Davr Talabi (2022) Academic research in educational sciences 3 (10), 288-291 Egamberdieva N.X..Voyaga etmagan shaxsning hayoti va sog'lig'iga etkazilgan zararlarni qoplashning ayrim masalalari O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudining AXBOROTNOMASI

9. Kasimova A.A Dopros podozrevaemogo i obvinyaemogo: nekotortie protsessualntie aspektti Ekonomika, upravlenie i pravo: innovatsionnoe reshenie problem, 93-95

10. Sharifovna, Y. N. (2021). Theoretical Fundamentals of Spiritual Culture Research. American Journal of Social and Humanitarian Research, 2(9), 111-115.

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

99

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.