Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA HUQUQNI MUHOFAZA
QILUVCHI ORGANLAR
Mafura Muxtarxanovna Inagamova
Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, (PhD), dotsent
Abdurahmon Rustam o'gli Fayziyev
Toshkent Davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5843-son Farmoni bilan davlat xizmatida tub islohotlarga zamin hozirlandi. O'zbekiston tarixida ilk bora qonunchilik hujjatida davlat fuqarolik xizmati va davlat maxsus xizmati alohida, bir biridan ajralgan holda tilga olindi. Farmonning 1-bandi 4-xatboshisi bilan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmat davlatning maxsus xizmati hisoblanishi va alohida qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi belgilandi. [1] Farmon talablaridan kelib chiqqan holda "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyihaning 4-moddasida davlat fuqarolik xizmatiga "davlat organlari va tashkilotlarida ommaviy manfaatlar yo'lida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining haq to'lanadigan kasbiy faoliyati" deya ta'rif berilgan. [2]Lekin davlat maxsus xizmati, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmat deyilganda nima tushunilishi va mazkur organlar tizimiga qaysi organlar kirishi bo'yicha haligacha biron-bir normativ-huquqiy ta'rif yoki bu bo'yicha loyiha keltirilmagan edi. [3]
Tarixshunos olimlar M.H.Rustambayev, U.A.To'xtashevalarning fikricha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar - qonuniylik va huquq-tartibotni muhofaza qilish, fuqarolar, mehnat jamoalari, jamiyat va davlatning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashishdan iborat bo'lgan asosiy vazifani bajaradigan maxsus vakolatli organlardir. [4]
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi quyidagi davlat organlaridan iborat:
1) Pro^^tu^ orgаnlаri. Garchi 2001-yil 29-avgustda yangi tahriri tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining "Prokuratura to'g'risida"gi 257-II-son Qonunida mazkur maqom aniq ko'rsatilmagan bo'lsada, prokuraturaning faoliyat yo'nalishlari huquqni muhofaza qilishga
December 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
yo'naltirilganligi bilan huquqni muhofaza qilish funksiyalarini o'zida mujassam etgan;
2) Adliya organlari. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to'g'risida Nizomning 2-bandi 3-xatboshisiga muvofiq Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, hududiy adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo'limlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisoblanadi;
[5]
3) Ichki ishlar organlari. 2016-yil 16-sentyabrda qabul qilingan "Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi 0'RQ-407-son O'zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga ko'ra ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir va O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan yagona tizimni tashkil etadi;
4) Davlat bojxona xizmati organlari. 2018-yil 18-oktyabrda yangi tahriri tasdiqlangan "Davlat bojxona xizmati to'g'risida"gi O'RQ-502-son O'zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga ko'ra bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir;
5) Davlat xavfsizlik xizmati organlari. 2018-yil 5-aprelda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to'g'risida"gi O'RQ-471-son O'zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga ko'ra Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta'minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat. Mazkur vazifalar huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan chambarchas bog'liqdir;
6) Milliy gvardiya. 2021-yil 20-mayda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida"gi O'RQ-647-son O'zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (bundan buyon matnda Milliy gvardiya deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo'shinlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega bo'lgan maxsus turidir;
7) Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi "Byudjet mablag'laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5446-son Farmoniga ko'ra Departament O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida iqtisodiy va korrupsiyaviy
December 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
jinoyatlar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo'yicha tezkor-qidiruv faoliyati, tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni, shuningdek, mazkur jinoyatlar sodir etilishi oqibatida etkaziladigan iqtisodiy zararning qoplanishini amalga oshiruvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi; [6]
8) Bosh prokuratura huzuridаgi Mаjburiy ijro byurosi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to'g'risida"gi Nizomning 2-bandiga binoan Byuro O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi.
Xorij tajribasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, Rossiya Federatsiyasida (RF) huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga quyidagi organlar kiradi:
1) prokuratura organlari;
2) ichki ishlar organlari;
3) federal xavfsizlik xizmati;
4) bojxona organlari;
5) Tergov qo'mitasi;
6) adliya organlari
Rossiya Federatsiyasida prokuratura organlari tergov faoliyati bilan shug'ullanmaydi. Dastlabki tergovni faqat RF Tergov qo'mitasi, IIV Tergov qo'mitasi va FXX tergovchilari olib borishi mumkin. Prokuratura ular faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. [7]
RF adliya organlarining mamlakatimiz adliya organlaridan farqi shundaki, uning tarkibiga sud pristavlari (ijrochilari) federal xizmati kiradi va adliya vaziri bir vaqtning o'zida RF Bosh sud pristavi hisoblanadi. [8] 1997-yil 21-iyulda qabul qilingan "Sud pristavlari to'g'risida"gi Qonunga ko'ra sud pristavlari xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Jazoni ijro etish federal xizmati (jinoiy jazolarning ijrosi bilan shug'ullanadi) ham bevosita Adliya vazirligi tarkibiga kiradi. Bundan oldin mazkur tuzilma Ichki ishlar vazirligi tarkibiga kiruvchi bosh boshqarma bo'lgan. [9]
REFERENCES
1. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Rustamboyev M.H., Tuxtasheva U.A. 1-jild. Toshkent: «Ilm ziyo» nashriyot uyi, 2011 - 304 bet.
2. Raximov F.X., G'oipov M.B. O'zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi
https://tstu.uz/
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
110
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
faoliyatini muvofiqlashtirishning huquqiy asoslari. Yuridik fan va huquqni qo'llash amaliyotining dolzarb muammolari. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. I jild / Mas'ul muharrir yu.f.d., prof. M.M.Mamasiddiqov. -T.: "Lesson press". 2020 - 450 bet
3. Лукичев Ю.А. Проблемы дисциплины «Прaвоохрaнительные органы» Журнaл «npaBO и обрaзовaние». 2017. № 4.
4. Подолюк. М.Л. О прaвоохрaнительной деятельности KaK рaзновидности госудaрственной деятельности в Российской Федерatsiи. Зaкон и прaво, 11/2018, стр. 83-85
5. O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlaridan iqtiboslar Qonunchilik hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi - www.lex.uz saytidan olingan.
6. Инaгaмовa М.М КОНСТИТУЦИЯВИЙ ИСЛО^ОТЛАРДА ИНСОН-ЖАМИЯТ-ДАВЛАТ МАСАЛАЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ БОС^ИЧЛАРИ. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 59-64
7. Dadasheva A.A.. O'zbekiston Respublikasi-Konstitutsiyaviy Islohotlar Davr Talabi (2022) Academic research in educational sciences 3 (10), 288-291
8. Эгaмбердиевa H.X..Voyaga еtmagan shaxsning hayoti va sog'lig'iga еtkazilgan zararlarni qoplashning ayrim masalalari Узбекистан Республигаси Олий Судининг АХБОРОТНОМАСИ
9. Кaсимовa А.А Допрос подозревaемого и обвиняемого: некоторые процессуaльные aспекты Экономии, упрaвление и прaво: инновatsiонное решение проблем, 93-95
10. Эгaмбердиевa H.X.Voyaga еtmagan shaxsning hayoti va sog'lig'iga еtkazilgan zararlarni qoplashning ayrim masalalari Узбекистан Республигаси Олий Судининг АХБОРОТНОМАСИ/
11. Юнусовa Н. Ш. (2022). ЁШ МУТАХАСCИСЛАРНИ ТАРБИЯЛАШДА ^АДРИЯТЛАРНИНГ УРНИ. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 339-341
https://tstu.uz/
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
111