Научная статья на тему 'HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR TUSHUNCHASI VA TIZIMI: O‘ZBEKISTON VA XORIJ TAJRIBASI'

HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR TUSHUNCHASI VA TIZIMI: O‘ZBEKISTON VA XORIJ TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
3226
341
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat / huquqni muhofaza qiluvchi organlar / huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi / prokuratura / ichki ishlar organlari / milliy gvardiya

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Lutfullayeva Feruza Boboqulovna

Bugungi kunda yurtimizda “huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat”, “huquqni muhofaza qiluvchi organlar” tushunchasi va mazkur organlar tizimi bo‘yicha kam sonli doktrinal qarashlar mavjud. Xalqaro tajribada ham “huquqni muhofaza qiluvchi organlar” tushunchasi va tizimi bahs-munozarali muhokamalardan biri hisoblanadi. Umuman olganda, hozirgi zamon yurisprudensiyasida doktrinal yoki qonunchilik jihatidan “huquqni muhofaza qiluvchi organlar” tushunchasi va tizimiga umumqabul qilingan yagona ta’rif mavjud emas.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR TUSHUNCHASI VA TIZIMI: O‘ZBEKISTON VA XORIJ TAJRIBASI»

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11

HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR TUSHUNCHASI VA

■О-Ж

>

TIZIMI: O'ZBEKISTON VA XORIJ TAJRIBASI

»

Lutfullayeva Feruza Boboqulovna

Huquq magistri, TDYU qoshidagi akademik litseyning yеtakchi o'qituvchisi

Ъ++тло //г1™ ™-гг/1П /гужглЛгл г7">ООг7")'-)

https://doi.org/10.5281/zenodo.7299722

Annotatsiya: Bugungi kunda yurtimizda 'Ъщ^т muhofaza qiluvchi faoHyat", 'Ъщ^т muhofaza qiluvchi organlar" tushunchasi va тагкиг organlar tizimi bo'yicha kam sonli doktrinal qarasЫar mavjud. Xalqaro tajribada ham 'Ъ^^т muhofaza qiluvchi organlar" tushunchasi va tizimi bahs-munozarali muhokamalardan biri hisoblanadi. Umuman olganda, hozirgi zamon yurisprudensiyasida doktrinal yoki qonunchilik jihatidan 'Ъщ^т muhofaza qiluvchi organlar" tushunchasi va tizimiga

»

umumqabul qilingan yagona ta'rif mavjud emas.

maqolada mana shu tendensiyadan кеНЬ chiqqan holda 'Ъ^^т muhofaza qiluvchi organlar" tushunchasi va tizimini осЫЬ berishga harakat qiladi.

»

Shuningdek, maqolada bu boradagi mШiy va xorijiy olimlarning ilmiy-nazariy qarasЫaridan, jahonning ilg'or rivojlangan davlatlari hamda MDHga a'zo mamlakatlar tajribasidan misoПar keltiradi.

TaЫil yakunlariga ко'га qilingan xulosalarga muvofiq amaldagi qonunchilikni takomШashtirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimini isloh qilish Ьо'у^ takliflar berilgan.

Tayanch so'zlar: Нщ^ш muhofaza qiluvchi faoliyat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi, prokuratura, ichki isЫar organlari, milliy gvardiya

Аннотация: На сегодняшний день проводится небольшое исследование

™™„тттт „ _____„„___________

доктрины и понятий «правоохранительная деятельность» и

*

юридическое определение не пришли к единому мнению.

Эта статья посвящена актуальной проблеме и раскрытию понятия «правоохранительные органы». При этом анализируются национальные и международные мысли и практика с соответствующими примерами.

По результатам анализа даны рекомендации по совершенствованию действующего законодательства и реформированию правоохранительной системы.

Ключевые слова: правоохранительная деятельность, правоохранительные органы, правоохранительная система, прокуратура, органы внутренних дел, Национальная гвардия.

и>,* ^ * •>

Abstract: Today little study carried out on the doctirine and concept of "law enforcement activity" and "law enforcement agencies". From a comparative standpoint, there is no comparative agreement on these debates. In general, neither doctrinal thought nor legal definition has been concieved unifromly.

This article devoted to contribute on current issue and ellaborate the concept of "law enfrocement agencies". In so doing, national and international thoughts and practices analyzed with relevant examples.

r r

Based on the results of the analysis, recommendations were made to improve the existing legislation and reform the law enforcement system.

Keywords: Law enforcement activities, law enforcement agencies, law enforcement system, prosecutor's office, agencies of internal affairs, National Guard

> >i > O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi "O'zbekiston

Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5843-son Farmoni bilan davlat xizmatida tub islohotlarga zamin hozirlandi. O'zbekiston tarixida ilk bora qonunchilik hujjatida davlat fuqarolik xizmati va davlat maxsus xizmati alohida, bir-

biridan ajralgan holda tilga olindi.

Farmonning 1-bandi 4-xatboshisi bilan O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmat

davlatning maxsus xizmati hisoblanishi va alohida qonun hujjatlari bilan tartibga

solinishi belgilandi. Farmon talablaridan kelib chiqqan holda "Davlat fuqarolik

........... ..........................

xizmati to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Loyihaning 4-moddasida davlat

-fl 1/in rr» 1 1 1 ^ r7tr»n+1 n-n ' 'ri ni il nf Afrrntl1nt*1 iro inrUl^il A+lonrlri AmmoTrnr m o n fo nfl nr Trrv'll/io

fuqarolik xizmatiga "davlat organlari va tashkilotlarida ommaviy manfaatlar yo'lida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining haq to'lanadigan kasbiy faoliyati" deya ta'rif berilgan. Lekin davlat maxsus xizmati, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi xizmat deyilganda nima tushunilishi va mazkur organlar tizimiga qaysi organlar kirishi bo'yicha haligacha biron-bir normativ-huquqiy ta'rif yoki bu bo'yicha loyiha keltirilmagan.

"Huquqni muhofaza qiluvchi organlar" atamasi yuridik ilm-fanda ham, J-jt qonunchilikda ham juda ko'p qo'llanilsada, mamlakatimizda "huquqni muhofaza qiluvchi organlar" atamasiga berilgan ayrim doktrinal ta'riflargina mavjud xolos.

M.H.Rustambayev, U.A.To'xtashevalarning fikricha, huquqni muhofaza

J "1 > ' ^^ \ "1 >

qiluvchi organlar - qonuniylik va huquq-tartibotni muhofaza qilish, fuqarolar, mehnat

iw-

! K*

jamoalari, jamiyat va davlatning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya

)m\ j:>d >

>q ] q )> >

so I > j

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11

qilish, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashishdan iborat bo'lgan asosiy vazifani

bajaradigan maxsus vakolatli organlar .

F.X.Raximov, M.B.G'oipovlarning ta'kidlashicha, huquqni muhofaza qiluvchi

organlar davlatning huquqiy tizimini himoya qilish va huquqni muhofaza qilish

mi

sohasidagi asosiy funksiyalarni bajarish uchun tuziladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mamlakatdagi huquqiy tartibotni himoya qilish bilan birga, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash va ularga qarshi kurash vazifalarini bajaradi23.

Yu.A.Lukichev esa zamonaviy yuridik adabiyotlarda "huquqni muhofaza qiluvchi organlar" tushunchasi hanuzgacha muhokamali mavzulardan bo'lib kelayotganligini, bu bir qator bahslarga sabab bo'layotganligini ta'kidlaydi. Olimning aytishicha, ayrim huquqshunos olimlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga advokaturani qo'shadilar. Ayrimlar esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarni davlatning majburlov ta'sir kuchiga ega, maxsus turdagi organlari sifatida baholaydilar24.

Bu kabi munozarali fikrlarni yana ko'plab davom ettirish mumkin.

Milliy qonunchilik

Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi quyidagi davlat organlaridan iborat:

m?

1) Prokuratura organlari. Garchi 2001-yil 29-avgustda yangi tahriri

tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasining "Prokuratura to'g'risida"gi 257-II-son

Qonunida mazkur maqom aniq ko'rsatilmagan bo'lsada, prokuraturaning faoliyat

yo'nalishlari huquqni muhofaza qilishga yo'naltirilganligi bilan huquqni muhofaza

qilish funksiyalarini o'zida mujassam etgan;

. . , , . „ .....---- .. . _

2) adliya organlari. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to'g'risida Nizomning 2-bandi 3-xatboshisiga muvofiq Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, hududiy adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya bo'limlari huquqni muhofaza qiluvchi

Ш. organlar hisoblanadi;

3) ichki ishlar organlari. 2016-yil 16-sentyabrda qabul qilingan "Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi O'RQ-407-son O'zbekiston Respublikasi Qonunining 7- J-jt moddasiga ko'ra ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir va

I ]>:)->i лй >

1И )> i \ > --

22 Суд ва хукукни мухофаза килувчи органлар. Рустамбоев М.Х,., Тухташева У.А. 1-жилд. Тошкент: "Илм зиё"

нашриёт уйи, 2011. 8-бет

23 Рахимов Ф.Х., Гоипов М.Б. Узбекистонда хукукни мухофаза килувчи органларнинг коррупцияга карши курашиш борасидаги фаолиятини мувофиклаштиришнинг хукукий асослари. Юридик фан ва хукукни куллаш амалиётининг долзарб муаммолари. Илмий-амалий конференция материаллари. I жилд / Масъул мухаррир ю.ф.д., проф. М.М.Мамасиддиков. -Т.: "Lesson press". 2020. - 53-бет

24 Лукичев Ю.А. Проблемы дисциплины «Правоохранительные органы» Журнал «Право и образование». 2017. № 4.

> ц

ц I

\

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11

] Ъ

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan yagona tizimni

tashkil etadi;

4) davlat bojxona xizmati organlari. 2018-yil 18-oktyabrda yangi tahriri tasdiqlangan "Davlat bojxona xizmati to'g'risida"gi 0'RQ-502-son O'zbekiston

>

#

Respublikasi Qonunining 6-moddasiga ko'ra bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir;

5) davlat xavfsizlik xizmati organlari. 2018-yil 5-aprelda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to'g'risida"gi O'RQ-471-son O'zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga ko'ra Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta'minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat. Mazkur vazifalar huquqni muhofaza qilish faoliyati bilan

chambarchas bog'liqdir;

6) Milliy gvardiya. 2021-yil 20-mayda qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida"gi O'RQ-647-son O'zbekiston

»

Respublikasi Qonunining 3-moddasiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (bundan buyon matnda Milliy gvardiya deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qo'shinlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida huquqni muhofaza qilishga doir ayrim vazifalarga ega bo'lgan maxsus turidir;

7) Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi "Byudjet mablag'laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5446 -son Farmoniga ko'ra Departament O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida iqtisodiy va korrupsiyaviy jinoyatlar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlari bo'yicha tezkor-qidiruv faoliyati,

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

J-jt

tergovga qadar tekshiruv va surishtiruvni, shuningdek, mazkur jinoyatlar sodir etilishi oqibatida etkaziladigan iqtisodiy zararning qoplanishini amalga oshiruvchi mustaqil ixtisoslashtirilgan huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi;

8) Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to'g'risida"gi Nizomning 2-bandiga binoan Byuro O'zbekiston Respublikasi

i >-;> Ъ-4 >

: * ^ * n>

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 Bosh prokuraturasi huzuridagi mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organ

hisoblanadi.

Xorijiy davlatlar tajribasi

Rossiya Federatsiyasida (RF) huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga

>

#

quyidagi organlar kiradi:

1) prokuratura organlari;

2) ichki ishlar organlari;

3) federal xavfsizlik xizmati;

4) bojxona organlari;

5) Tergov qo'mitasi;

6) adliya organlari25.

Rossiya Federatsiyasida prokuratura organlari tergov faoliyati bilan shug'ullanmaydi. Dastlabki tergovni faqat RF Tergov qo'mitasi, IIV Tergov qo'mitasi va FXX tergovchilari olib borishi mumkin. Prokuratura ular faoliyatida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

RF adliya organlarining mamlakatimiz adliya organlaridan farqi shundaki, uning tarkibiga sud pristavlari (ijrochilari) federal xizmati kiradi va adliya vaziri bir vaqtning o'zida RF Bosh sud pristavi hisoblanadi. 1997-yil 21-iyulda qabul qilingan

»

"Sud pristavlari to'g'risida"gi Qonunga ko'ra sud pristavlari xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Adliya vazirligi zimmasiga yuklatilgan.

Jazoni ijro etish federal xizmati (jinoiy jazolarning ijrosi bilan shug'ullanadi) ham bevosita Adliya vazirligi tarkibiga kiradi. Bundan oldin mazkur tuzilma Ichki ishlar vazirligi tarkibiga kiruvchi bosh boshqarma bo'lgan.

Shuningdek, 1992-yil 11-martda qabul qilingan "Rossiya Federatsiyasida xususiy detektiv va qo'riqlash faoliyati to'g'risida"gi Qonunga ko'ra xususiy detektivlar ham jinoyat qidiruv faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin.

Ukraina Respublikasining "Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining davlat himoyasi to'g'risida"gi Qonuni 2-moddasida huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimiga qaysi organlar kirishi ko'rsatib o'tilgan. Unga ko'ra:

1

12

о 3

4

5

56

6

prokuratura organlari;

Milliy politsiya; J-jt

adliya organlari;

Ukraina xavfsizlik xizmati organlari; bojxona organlari; Ukraina Milliy gvardiyasi;

Ukraina Qurolli kuchlarida Huquqiy tartibot harbiy xizmati;

7

8) Штага Milliy antikorrupsion Ьушшц

• > _ > | :

--

М.Л.Подолюк. О правоохранительной деятельности как разновидности государственной деятельности в Российской Федерации. Закон и право, 11/2018, стр. 83-85

9) davlat chegaralarini qo'riqlash organlari;

X

10) daromadlar va yig'imlar organlari (soliq organlari - muallif);

11) jazoni ijro etish organlari va muassasalari;

12) tergov izolyatorlari;

13) davlat moliyaviy nazorati organlari;

14) o'rmonlarni qo'riqlash davlat organlari;

15) boshqa huquqni qo'llash yoki huquqni muhofaza qiluvchi faoliyat bilan shug'ullanuvchi organlar26.

Ukraina Penitensiar xizmati jazolarni ijro etish xizmati hisoblanib, Adliya vazirligi tarkibiga kiruvchi organ hisoblanadi.

Belarus Respublikasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga quyidagi organlar kiradi:

1) prokuratura organlari;

2) ichki ishlar organlari;

3) Davlat xavfsizligi qo'mitasi organlari;

4) soliq organlari;

5) bojxona organlari;

6) dastlabki tergov organlari;

»

7) adliya organlari;

8) davlat nazorati qo'mitasi.

Belarus Prezidentining 2011-yil 12-sentyabrdagi "Belarus Respublikasi Tergov qo'mitasini tashkil etish to'g'risida" Farmoniga muvofiq Tergov qo'mitasi prokuratura, ichki ishlar va Davlat nazorati qo'mitasining moliyaviy tergov organlari tizimidagi dastlabki tergov faoliyati bilan shug'ullanuvchi tuzilmalar negizida tashkil etilgan. Belarus hududida dastlabki tergov faqat Tergov qo'mitasi tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi27.

Davlat nazorati qo'mitasi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organ

bo'lib, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashga mas'ul organ hisoblanadi.

Qozog'iston Respublikasining 2011-yil 6-yanvarda qabul qilingan "Huquqni muhofaza qiluvchi xizmatlar to'g'risida"gi QRQ-380-IV-son Qonuni 1-moddasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar deganda insonlar va fuqarolarining huquq

va

#

erkinliklariga huquq va erkinliklariga, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek o'z

vakolati doirasida davlatning qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta'minlovchi,

davlatning jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasidagi _

26

Закон Украины 23 декабря 1993 года № 3781-XII «О государственной защите работников суда и правоохранительных органов» (с изменениями и дополнениями по состоянию на 03.12.2021 г.) URL: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=31052729

27 И.А.Демидова. Правовая культура государственной правоохранительной службы в Республике Беларусь: деятельностный и ценностно-нормативный аспекты. Сибирское юридическое обозрение, Том № 17, 2020. Стр. 165-166

р q

: * ^ * п>

faoliyatini amalga oshiruvchi, qonuniylik va jamoat tartibini saqlash,

huquqbuzarliklarni aniqlash, tergov qilish, jinoyat ishlari bo'yicha sud qarorlarini ijro etish, qonunbuzilishi holatlari va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasida maxsus vakolatlarga ega bo'lgan organlar tushuniladi28.

Qonunning 3-moddasiga ko'ra huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga quyidagi organlar kiradi:

1) prokuratura;

2) ichki ishlar organlari;

3) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;

4) Iqtisodiy tergov xizmati.

Sanab o'tilgan organlar o'z faoliyatini Qozog'iston Respublikasi qonunchilik

si* -v! J^

hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Qozog'iston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-iyundagi Farmoniga ko'ra Davlat xizmati ishlari va

1ллттг<пгпггп П О ГО n 1 1лпгпг n О rrûn+l 1 гтл n 1 ПЛЧГ+О Innnln I û+lllfini nn+linni/ln +lT7ll rrn-n

кСШЛр^ qarshi kurashish ^rtHgM qayta tashkil etiUshi natijasida ».

>

*

bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri Prezidentga bo'ysunuvchi organ hisoblanadi.

Iqtisodiy tergov xizmati 2019-yil 25-yanvarda tashkil etilgan bo'lib, Moliya vazirligi huzurida tashkil etilgan. Uning asosiy vazifasi xufiyona iqtisodiyotga qarshi

kurashish hisoblanadi.

Amerika Qo'shma Shtatlarida prokuratura funksiyasini Attorneylar xizmati bajaradi. U alohida ikkita tizimga bo'linadi: federal va shtatlar darajasida. Attorneylar xizmati ijro etuvchi hokimiyatning bir qismi bo'ladi. Federal attorneturaga Bosh attorney rahbarlik qiladi, u bir vaqtning o'zida AQSh adliya vaziri hisoblanadi. AQSh Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va Kongress Senati tomonidan P j> tasdiqlanadi29.

Adliya vazirligi tizimida solisitorlar xizmati, marshallar (sud qarorlarini ijro etish politsiyasi) mavjud. Shuningdek federal turmalar va boshqa ozodlikdan mahrum qilish joylari ham Adliya vazirligi tizimiga kiradi.

Har bir shtatda o'zining attorneturasi mavjud. Ularga bosh attorney rahbarlik qiladi. Ko'plab shtatlarda attorneylar gubernatorlar tomonidan tayinlansa, ba'zilarida aholi tomonidan umumiy saylovlarda saylanadi. J-jt

Federal attornetura jinoyat ishlari, fuqarolik huquqlarining buzilishi, soliq, tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, trestlarga qarshi kurashishga doir qonunchilikning buzilishiga doir ishlarda ayblovni amalga oshiradi. AQSh davlat attorneylik xizmati funksiyalariga quyidagilar kiradi: jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish;

:>q )> q>> --

28 Закон Республики Казахстан «О правоохранительной службе» (с изменениями и дополнениями по состоянию на 12.10.2021 г.) URL: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=30916594

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

29 OSCE Polis. United States of America. URL: https://polis.osce.org/country-profiles/united-states-america

—тттзтсГгг) о—>

ол^ ÖRfftl

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11

davlat, alohida shtatlar hukumatlari va ijro hokimiyatining boshqa organlariga

#

>

yuridik maslahatlar berish;

turli huquqiy munosabatlarda federal hukumat, shtatlar ma'muriyatlari manfaatlarini taqdim qilish;

qonunlar ijrosini ta'minlash;

qonunchilik va sud norma ijodkorligida ishtirok etish; jinoiy javobgarlikka tortuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish. Adliya departamenti huzurida Federal tergov byurosi tashkil etilgan. Attornetura Ш. barcha ishlarning tergovi yuzasidan rahbarlikni amalga oshiradi va bu borada katta vakolatlarga ega. Bosh attorney va okrug attorneylari jinoyat ishini istalgan bosqichda to'xtatib qo'yishi mumkin.

AQShda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimi juda kengdir. Hozirgi kunda quyidagi organlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisoblanadi:

Alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, qurollar va portlovchi vositalar savdosini nazorat qilish byurosi;

Markaziy razvedka boshqarmasi; Milliy xavfsizlik vazirligi;

Narkotiklar to'g'risidagi qonunlarga rioya etilishini ta'minlash boshqarmasi;

»

Havo marshallari xizmati;

*5 :•

Federal tergov byurosi;

Favqulodda vaziyatlar agentligi (Milliy xavfsizlik departamenti tarkibiga kiruvchi organ);

Federal qo'riqlash xizmati; Immigratsiya va bojxona nazorati byurosi; Ichki daromadlar xizmati (Soliq xizmati); Milliy bog'lar xizmati; Maxfiy xizmat;

Transport xavfsizligi ma'muriyati;

Qirg'oq qo'riqlash xizmati;

Bojxona va chegaralarini qo'riqlash boshqarmasi;

Baliq resurslari va yovvoyi hayvonlarni himoya qilish xizmati;

J-jt

Marshallar xizmati.

m

w-

Avstriya Respublikasida quyidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyat olib boradi:

Jinoyat-qidiruv xizmati (Bundeskriminalamt);

Federal politsiya (Bundespolizei);

Ichki ishlar vazirligi (Bundesministerium für Inneres);

Moliya vazirligining Bojxona boshqarmasi (Bundesministerium für

Finanzen/Zoll);

Ü>j* ^ » !>

Davlat muhofazasi va terrorizmga qarshi kurashish federal agentligi (Bundesamt

für Verfassungsschutz und Terrorismusbekämpfung)30.

Prokuratura organlari sudgacha ish yuritish bosqichida amalga oshiriladigan harakatlarni amalga oshiradilar. Avstriya prokuraturasi Federal Adliya vazirligi tizimiga kiradi. Uning faoliyati 1986-yilda qabul qilingan "Prokuratura to'g'risida"gi Qonun va mazkur qonunni qo'llash to'g'risida adliya vaziri farmoyishlariga asosan olib boradi. 2007-yilda uning tarkibida Korrupsiyaga qarshi kurashish prokuraturasi tashkil etilgan.

Deyarli barcha tergov ishlari politsiya tomonidan amalga oshiriladi. Ammo prokuror mustaqil tergov o'tkazishi va bu bo'yicha politsiyaga bajarilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalarni berishi mumkin. Shuningdek prokuror va politsiya tergov harakatlarini birgalikda amalga oshirishi mumkin.

Tergov harakatlarining to'g'ri olib borilishi yuzasidan nazorat qilish sudlarga tegishli vakolat hisoblanadi.

Germaniya Federativ Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar

*

tizimiga quyidagi organlar kiradi: prokuratura organlari; federal politsiya:

chegaralarni qo'riqlash federal xizmati; Bundestag politsiyasi xizmati; Federal kriminal xizmat31.

4b \ ] - I ] > 4b '

Shuningdek hududlarda Yer politsiyalari xizmat olib boradi.

Prokuratura faoliyati "Sud tuzilishi to'g'risida"gi Qonun, "Prokuraturaning

tashkiliy tuzilishi to'g'risida"gi Nizom bilan tartibga solinadi va Adliya vazirligi

I

tarkibiga kiruvchi organ hisoblanadi.

Buyuk Britaniyada kontinental Yevropadan farqli ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yagona tizimi shakllanmagan32. Tizim mamlakat qismlariga qarab belgilangan. Misol uchun, Angliya va Uelsda politsiya faoliyati 1964-yilda

qabul qilingan "Politsiya to'g'risida"gi Qonun (police Act) bilan tartibga solinsa,

xuddi shu nomda 1967-yilda Shotlandiya, 2000-yilda Shimoliya Irlandiyada qabul qilingan qonunlar bilan tartibga solinadi. Politsiya faoliyatiga rahbarlikni bosh

J-jt

konstebl (chief constable) amalga oshiradi. Bundan tashqari mustaqil konstebllar ham bo'lib, ular mahalliy politsiyaga bo'ysunmaydi. O'zbekiston tajribasida olib

qaraladigan bo'lsa, ular profilaktika inspektorlari vazifasini bajaradi. -_

30 Austria. Law Enforcement Agencies. URL: https://www.europol.europa.eu/partners-collaboration/member-states/austria

31 П.А.Раевский, С.А.Пархоменко. Организация правоохранительной системы в некоторых федеративных странах мира. Информационно-справочные материалы. М.: Комитет гражданских инициатив Фонд ИНДЕМ,

странах мира. Информационно-справочные материалы. М.: Комитет гражданских инициатив Фонд ИНДЕМ, 2020. Стр. 16-19

32 United Kingdom. https://polis.osce.org/country-profiles/united-kingdom

Bundan tashqari ularning faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlar ham

#

>

mavjud. 2005-yilda qabul qilingan "Politsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonun (Serious Organised Crime and Police Act), 2006-yilda qabul qilingan "Politsiya, jamoat tartibi va jinoyat ishlari bo'yicha odil sudlov to'g'risida"gi Qonun (Shotlandiya) (Police, Public Order and Criminal Justice (Scotland) Act), 2006-yilda qabul qilingan "Politsiya va odil sudlov to'g'risida"gi Qonun (Police and Justice Act) kabi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek maxsus ixtisoslashtirilgan politsiya turlari ham mavjud:

О О Г- J J

1. Britaniya Transport politsiyasi (British Transport Police - VTR). 2004 yilda qabul qilingan "Temiryo'l va avtomobil transportida xavfsizlik to'g'risida"gi (Railways and Transport Safety Act) Qonunga muvofiq tashkil etilgan.

2. Yadro energetikasi ob'ektlaridagi politsiya (Civil Nuclear Constabulary -CNC) 2004 yilda qabul qilingan "Energetika to'g'risida"gi (Energy Act) qonunga muvofiq tashkil etilgan. Yadro energetikasi ob'ektlari va yadroviy materiallarni tashish xavfsizligini ta'minlaydi.

3. Harbiy politsiya (Ministry of Defence Police) yadroviy qurollar xavfsizligini ta'minlash vazifasini bajaradi.

4. Shotlandiya politsiyasining Jinoyatchilik va narkotiklarning noqonuniy

aylanmasiga qarshi kurashish bo'yicha agentligi (Scottish Crime and Drug Enforcement Agency).

2002-yildan boshlab alohida fuqarolarga politsiya tomonidan o'z vakolatlari berilishi mumkin qilib qo'yilgan. Huquqbuzarlarni ushlash huquqiga litsenziyaga ega

V\r»'1rran vncncnr nn'onloeb rvniaeeaealan r^Vn^rrara bncbnarmaci vr»Him1ari (Л ТТГ РлгЯаг

bo'lgan xususiy qo'riqlash muassasalari, Chegara boshqarmasi xodimlari (UK Border Agency) va Munitsipialitet xodimlari kabilar amalga oshirishi mumkin.

J>

Politsiya organlari Ichki ishlar vazirligiga bo'ysunadi. Ichki ishlar vazirligi tarkibiga Immigratsiya nazorati bo'linmalari ham kiradi.

Shuningdek, 1472-yilda Britaniyada Attorneylar xizmati tashkil etilgan. Bosh attorney maqomiga ko'ra Parlament a'zosi hisoblanadi. O'ta muhim ishlar bo'yicha sudlarda Hukumat nomidan ayblovni qo'llab-quvvatlaydi. Istalgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini qo'zg'atish va to'xtatish huquqlariga ega. Fuqarolik ishlarida hukumat manfaatlarini da'vogar yoki javobgar sifatida himoya qiladi. Bu ishlarda Bosh

J-jt

solisitorning yordamiga tayanadi.

Jinoyat ishlari bo'yicha tergovni Qirollik ayblov xizmati olib boradi. Mazkur organ mustaqil va politsiyadan alohida faoliyat yuritadi. Unga davlat ayblovi direktori rahbarlik qiladi, hududiy markazlarga qirollik bosh ayblovchisi rahbarlik

! Ж**

qiladi.

Soliq va bojxona xizmati, Katta masshtabdagi firibgarlikka qarshi kurashish boshqarmasi ham tergov faoliyati bilan shug'ullanishi mumkin.

; >;> Ы >

>q ] - )> >

i^as^^i ~ 881

Jinoyatchilikka qarshi kurashish milliy agentligi (The National Crime Agency,

#

NCA) jiddiy va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha Britaniya huquqni muhofaza qiluvchi organi hisoblanadi.

Soliq va bojxona xizmati barcha turdagi majburiy to'lovlarning (shuningdek kommunal xizmatlar uchun to'lovlarni ham) yig'ilishi uchun javobgar hisoblanadi. Ehtiyojmand oilalarni maqsadli ravishda moddiy qo'llab-quvvatlash ham mazkur organ vazifalariga kiradi. Jiddiy va uyushgan soliq jinoyatlari bo'yicha

! Ш-

tergovni amalga oshiradi.

Singapur Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga quyidagi organlar kiradi:

1) Politsiya;

2) Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish byurosi (The Corrupt Practices Investigation Bureau, CPIB);

3) Immigratsiya va nazorat-o'tkazish punktlari muassasalari boshqarmasi (The Immigration & Checkpoints Authority, ICA);

4) Bojxona xizmati (Singapore Customs);

5) Qurolli kuchlar harbiy politsiyasi33.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Singapur politsiyasi va Ichki xavfsizlik departamenti Ichki ishlar vazirligi

»

tarkibiga kiruvchi organlar hisoblanadi. Shuningdek xususiy politsiya xizmatlari ham mavjud. Ular yordamchi politsiya sifatida infrastruktura ob'ektlari va yo'llarda pul mablag'lari tashilishi xavfsizligini ta'minlash vazifalarini bajarish uchun tashkil etilgan.

Bojxona xizmati Moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi departament hisoblanadi.

Xulosa va takliflar

Yuqorida keltirib o'tilgan ilmiy-nazariy qarashlar va o'rganilgan xorij tajribasi ma'lumotlaridan kelib chiqqan holda bir qator xulosalarga kelish va bu bo'yicha takliflarni berish mumkin.

Xususan, tergov organlari faoliyatini tashqi ta'sirlardan holi qilish, tergov faoliyatida xolislik va qonuniylikni yanada ta'minlash maqsadida AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Avstriya kabi davlatlarning ilg'or tajribasini inobatga olgan holda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti

J-jt

negizida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlardan mustaqil bo'lgan alohida tergov organi tuzish maqsadga muvofiq. Bu tergov faoliyatining haqiqiy

3*4

mustaqilligini ta'minlashga xizmat qilishi mumkin.

Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq hozirda surishtiruv va dastlabki tergov prokuratura, ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tergovchi garchi dastlabki tergovni amalga oshirishda mustaqil hisoblansada, tashkiliy va boshqa masalalarda bevosita prokuror, ichki ishlar yoki

--

33 URL: https://en.wikipedia.org/wiki/Category:Law_enforcement_agencies_of_Singapore

-^отетг^ -I > I

DXX organlari boshliqlariga bo'ysunadi. Dastlabki tergovni amalga oshiruvchi

#

>

organlar esa amalda barcha masalalarda mustaqil bo'lishi maqsadga muvofiq bo'lib, jahon tajribasida bu ko'p bora o'z ifodasini topgan.

Bugungi kunda jinoyat ishlari bo'yicha surishtiruv va dastlabki tergov asosan Ichki ishlar vazirligining surishtiruvchi va tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi. O'ziga tegishli bo'linma tomonidan tergov qilingan ish bo'yicha aybdor deb topilgan shaxsga tayinlangan jazoning ijro etilishini ham shu organ amalga oshirishi maqsadga muv°fiq emas. Bundan tashqari jazolarni ijro etish faoliyatini amalga oshirish "Ichki

1 J ° ishlar organlari to'g'risida"gi Qonunning 2 va 4-moddalarida belgilangan ichki ishlar

organlarining asosiy vazifalari hamda yo'nalishlariga mos kelmaydi. Shu sababli

hozirda Ichki ishlar vazirligi tarkibida bo'lgan Jazoni ijro etish bosh boshqarmasini

AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina kabi davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda

alohida tuzilmaga aylantirish yoki boshqa bir xolis huquqni muhofaza qiluvchi organ

tarkibiga o'tkazish maqsadga muvofiq.

Prokuraturaning qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni

amalga oshiruvchi organ ekanligini inobatga olgan holda uning huzurida tashkil etilgan hamda belgilangan maqsad va vazifalariga muvofiq bo'lmagan vazifalar bilan shug'ullanuvchi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish

»

departamentini prokuratura organlari tizimidan chiqarish maqsadga muvofiq. Bunda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosini hech bir organ bo'ysunuvida bo'lmagan mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organga aylantirish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktyabrdagi 870-son qarori bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi to'g'risida"gi Nizomga ko'ra byudjet tashkilotlarida

jCM >

n-m nlnnnirA+rror» mil m о Kl nrr'ln п тго m rvrlrlur rl 1 l/l n rn 1 -fol r\n In rrv 1 л 111 о К

aniqlanayotgan pul mablag'lari va moddiy boyliklarni talon-taroj qilish, kamomadlarga yo'l qo'yish, xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini tuzish, tasdiqlash hamda ijro etish tartibini buzish va byudjet qonunchiligini boshqacha tarzda buzish holatlarini chuqur tahlil qilish va ularni sodir etish shart-sharoitlarini bartaraf qilish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish DMNBBning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti to'g'risida"gi Nizomda xuddi shunga o'xshash vazifalar, ya'ni byudjet tizimi byudjetlari mablag'larini talon-toroj qilish va ulardan maqsadsiz foydalanish, davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish, davlat organlari va tashkilotlarda debitor hamda kreditor qarzdorlikning asossiz ortishi holatlarini aniqlash, etkazilgan zararni qoplash bo'yicha choralar ko'rish Departamentining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

i >-;> Ъ-4 >

■H* ^ #,?Î

Mazkur holat nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning

#

>

vazifa hamda vakolatlarini tanqidiy ko'rib chiqqan holda ularni optimallashtirish choralarini ko'rishni taqozo etishi mumkin. Shunga ko'ra davlat moliyaviy nazorati va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashuvchi yagona organ tuzish maqsadga muvofiq. Bu Qozog'iston, Belarus yoki Ukraina tajribasidan kelib chiqqan holda moliyaviy politsiya shaklida tashkil etilishi mumkin.

Bundan tashqari, ayni paytda, O'zbekiston qonunchiligida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatining umumiy yo'nalishlarini belgilab beruvchi yagona normativ-huquqiy hujjat mavjud emas, ammo 2017/2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"da (2018-yil) amalga oshirishga oid davlat dasturining 62-bandida Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va adolatni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutadigan "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish vazifasi

belgilangan. Biroq bu boradagi ishlarning joriy holati bo'yicha ochiq ma'lumotlar mavjud emas. Yagona qonunchilikning yo'qligi esa huquqni muhofaza qilish faoliyati va bu bilan shug'ullanuvchi organlar vazifalarini tushunishda turli

»

tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlar konsepsiyasi ishlab chiqilarkan, mavjud davlat apparatining bir qismi sifatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimini ham optimallashtirish bo'yicha ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu mavjud tizimning yanada takomillashishi va xalqaro standartlarga muvofiq bo'lishini ta'minlashga xizmat qilishi mumkin.

i : •> >

Iqtiboslar/snoski/references:

1. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Rustamboyev M.H., Tuxtasheva U.A. 1-jild. Toshkent: «Ilm ziyo» nashriyot uyi, 2011 - 304 bet.

2. Raximov F.X., G'oipov M.B. O'zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishning huquqiy asoslari. Yuridik fan va huquqni qo'llash

J-jt

amaliyotining dolzarb muammolari. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. I jild / Mas'ul muharrir yu.f.d., prof. M.M.Mamasiddiqov. -T.: "Lesson press". 2020 - 450 bet

3. Лукичев Ю.А. Проблемы дисциплины «Правоохранительные органы» Журнал «Право и образование». 2017. № 4.

4. М.Л.Подолюк. О правоохранительной деятельности как разновидности государственной деятельности в Российской Федерации. Закон

и право, 11/2018, стр. 83-85

а I

PV

>>

#<b> ^ >j>

Щ J>

Я>

>3» Ы y! J>i> >j*

Ы )>

jj

ы>

! >i>

1 >3

1 >

>)> 3*4 >

щ »

ш

ЪЦъ

ЭЙ* *ф>

Ы р Ы >

3 >4»

Ы i>

Ы+

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11

5. Закон Украины 23 декабря 1993 года № 3781-XII «О государственной защите работников суда и правоохранительных органов» (с изменениями и дополнениями по состоянию на 03.12.2021 г.) URL: https://online.zakon.kz/Document/?doc_id=31052729

6. И.А.Демидова. Правовая культура государственной правоохранительной службы в Республике Беларусь: деятельностный и ценностно-нормативный аспекты. Сибирское юридическое обозрение, Том № 17, 2020. Стр. 165-166

7. Закон Республики Казахстан «О правоохранительной службе» (с изменениями и дополнениями по состоянию на 12.10.2021 г.) URL: https: //onl ine.zakon. kz/Document/?doc_id=30916594

8. OSCE Polis. United States of America. URL: https://polis.osce.org/country-profiles/united-states-america

9. Austria. Law Enforcement Agencies. URL: https: //www.europol. europa.eu/partners-collaboration/member- states/austria

10. П.А.Раевский, С.А.Пархоменко. Организация правоохранительной системы в некоторых федеративных странах мира. Информационно-справочные материалы. М.: Комитет гражданских инициатив Фонд ИНДЕМ, 2020. Стр. 16-19

11. United Kingdom. https://polis.osce.org/country-profiles/united-kingdom

12. https://en.wikipedia. org/wiki/Category:Law_enforcement_agencies_of_Sin gapore

13. O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlaridan iqtiboslar Qonunchilik hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi - www.lex.uz saytidan olingan.

Qj^f^S).

* -4v ,--

92

q ж**

ЩУ>

!> О

ï

Ыщ

* I l>

&Ц >

q i>>

q

щ >

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

*Ф>

ИИ>

qjH*

q

q ] >Ъ

3*1 >

ы >

*ф>

]>ж *4> ж**

q

fH>

|:Н>

q > >

Ы >

q

q <;>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.