Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZ XAVFSIZLIGI VA MUDOFAA SALOHIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI'

MAMLAKATIMIZ XAVFSIZLIGI VA MUDOFAA SALOHIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

2013
231
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suverenitet / hududiy yaxlitlik / mudofaa doktrinasi / konstitutsiyaviy islohotlar / tahdid va jangovor safarbarlik. / sovereignty / territorial integrity / defense doctrine / constitutional reform / threat and combat mobilization.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ulug‘bek Abdimannovich Ibragimov

Maqolada Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish, konstitutsiyaviy islohotlar orqali mamlakatning suvereniteti va hududiy yaxlitligi himoyasini har jihatidan yuqori bosqichga olib chiqishning maqsadlari, o‗ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the goals and specific features of strengthening the combat readiness of the Armed Forces, its capabilities and capabilities, bringing the protection of the country's sovereignty and territorial integrity to a higher level through constitutional reforms

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZ XAVFSIZLIGI VA MUDOFAA SALOHIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-961-968

MAMLAKATIMIZ XAVFSIZLIGI VA MUDOFAA SALOHIYATINI KUCHAYTIRISH MASALALARI

Ulug'bek Abdimannovich Ibragimov

O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi "Ijtimoiy-gumanitar" fanlar kafedrasi bosh o'qituvchisi

Maqolada Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish, konstitutsiyaviy islohotlar orqali mamlakatning suvereniteti va hududiy yaxlitligi himoyasini har jihatidan yuqori bosqichga olib chiqishning maqsadlari, o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: suverenitet, hududiy yaxlitlik, mudofaa doktrinasi, konstitutsiyaviy islohotlar, tahdid va jangovor safarbarlik.

The article describes the goals and specific features of strengthening the combat readiness of the Armed Forces, its capabilities and capabilities, bringing the protection of the country's sovereignty and territorial integrity to a higher level through constitutional reforms.

Keywords: sovereignty, territorial integrity, defense doctrine, constitutional reform, threat and combat mobilization.

Har bir mamlakatda milliy xavfsizlikni ta'minlash asosiy masala bo'lib, bunda davlat asosiy rol o'ynaydi.

"Mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini turli tahdidlardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash barcha yutuqlarimizning bosh garovidir" - deb ta'kidlaydi Prezident.

Shuning uchun, dastlabki yillardan boshlab milliy xavfsizlikni ta'minlash konsepsiyasini ishlab chiqish, uning asosini yaratuvchi qonunlarni yaratish ishlari amalga oshirildi. Milliy xavfsizlik masalasida yagona davlat siyosati bo'lishiga, barcha siyosiy, iqtisodiy, tashkiliy, harbiy, huquqiy va boshqa chora-tadbirlarning uyg'unlashgan tizimini yaratishga erishish yo'lidan borildi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Milliy xavfsizlik ko'p jihatdan Vatanimiz mudofaa qudratining asosi - mamlakatning iqtisodiy qudratiga bog'liq.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-961-968

Shuning uchun, iqtisodiy qudratni rivojlantirish ishlari to'xtovsiz olib borildi.

Mamlakatimiz xavfsizligini ta'minlashning asosi yoshlar ekanligiga hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e'tibor berildi. Milliy xavfsizlikni ta'minlash maqsadida jahondagi mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan aloqalar o'rnatildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Milliy xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha davlat siyosati va uning uzoq yillarga mo'ljallangan strategiyasi tamoyillari 1995-yil 24-fevralda bo'lib o'tgan Oliy Majlisning sessiyasida aniq bayon qilib berilgan.

1996-yil 24-apreldagi Oliy Majlis sessiyasida "Milliy xavfsizlik to'g'risida"gi Qonun muhokamaga qo'yildi. 1997-yilning avgust oyida bo'lib o'tgan Oliy Majlis sessiyasida esa Respublikaning milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi. Milliy xavfsizlik endi faqat davlat xavfsizligini ko'zda tutmay, shaxs huquq va erkinliklarini; jamiyatning moddiy va ma'naviy boyliklarini; davlatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini saqlashni ham ko'zda tutadi.

"Demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish, ma'naviy taraqqiyotga erishish, shuningdek, O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan hamkorligini kuchaytirishining asosiy sharti va garovi - mamlakatimizning xavfsizligini ta'minlash, jamiyatimizda tinchlik, barqarorlik, millatlar va fuqarolar o'rtasida totuvlikni saqlash va ko'z qorachig'iday asrashdir, - degan so'zlar mamlakatimiz xavfsizligining ahamiyatini yanada to'laroq ko'rsatadi.

Mamlakat milliy xavfsizligini saqlashda davlatning olib boradigan tashqi siyosati ham muhim rol o'ynaydi. Shu tufayli milliy xavfsizlikni saqlash bilan bog'liq davlatimizning tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari ekanligi Oliy Majlis Palatalarining qo'shma majlisida qayd qilinmoqda.

Lekin dunyodagi voqealar biror bir mamlakat xavf-xatardan holi emasligini ko'rsatmoqda. Shuning uchun Sh. Mirziyoyev "...mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini, Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini oshirish, milliy mudofaa sanoati kompleksini shakllantirish, har qanday xavf-xatarga qarshi doimo shay turishimiz lozim", - deb ta'kidlaydi.

Xavfsizlik va uni ta'minlash usullaridan bo'lgan mudofaa ahamiyati yuqoriligi e'tiborga olinib, shu masalalarning asoslari Konstitutsiyaviy tartibda mustahkamlangan.

April, 2023

National University of Uzbekistan

Google Scholar indexed

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-961-968

Amaldagi va yangilanayotgan O'zbekiston Konstitutsiyasida mudofaa va xavfsizlikka alohida - XXVII bob ajratilgan.

O'zbekistonning davlat suvereniteti va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish konstitutsiyaviy normada o'z ifodasini topgan (Amaldagi Konstitutsiyaning 125-moddasi).

Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 152-moddasida O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuzilishi shaklidagi konstitutsiyaviy normada o'z ifodasini topmoqda.

Mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta'minlash doimo ustuvor masalalardan bo'lib kelgan.

Bundan ko'rinib turibdiki, mudofaa va xavfsizlik nafaqat davlat va mamlakat xavfsizligi, chegaralar daxlsizligi uchun balki, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi, normal turmush kechirishini ta'minlash uchun ham zarur.

«Mudofaa to'g'risida»gi Qonunga asosan, mudofaa yaxlit bir tizim bo'lib (Qonunning 2-moddasi), u aniq prinsiplar asosida tashkil qilinadi.

Mudofaa sohasidagi O'zbekiston siyosati prinsiplari quyidagilardan iborat:

- boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishlatmaslik, tashqi tajovuzlarning oldini olish;

- xalqaro huquq normalariga muvofiq ravishda kollektiv xavfsizlik tizimida ishtirok etish;

- harbiy qurilishning zamonaviy urushlar va qurolli mojarolar xususiyatiga mosligini ta'minlash;

- yalpi qirg'in qurollarini ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, egallashni, saqlashni, tarqatishni va joylashtirishni rad etish;

- Qurolli Kuchlarning mamlakatga beriladigan har qanday tajovuzni daf etishga doimiy tayyor turishi;

- mudofaani yetarli darajada bo'lishi;

- harbiy xizmatni sharafli ekanligini ta'minlash.

Mamlakatda mudofaa ishlarini tashkil qilish, xavfsizlik, xavfsizlikni saqlashga e'tibor hech vaqt va hech qanday holda susaytirilmasligi kerak.

NATIJALAR

Hozirgi davrda mamlakatimiz xavfsizligiga jiddiy xavf tug'dirayotgan narsa - bu terrorizm bo'lib qolmoqda. Uning mudhish ishlaridan bir necha marta aziyat chekildi va qurbonlar

April, 2023

963

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-961-968

berildi. Shuning uchun bu xavfga qarshi kurash yo'llari haqida Birinchi Prezident o'zining bir qator nutqlarida to'xtalgan.

Mamlakat mudofaasi, xavfsizlikni tashkil etish birgina davlatning ishi emas. Albatta, bunda davlat asosiy rol o'ynaydi. U mamlakatdagi barcha kuchlarni mudofaa va xavfsizlikni ta'minlashga safarbar qiladi. Shu maqsadda fuqarolar mudofaasi tashkil qilinadi. Bu ishga fuqarolar o'rgatiladi, ko'niktiriladi.

O'zbekistonda «Fuqaro muhofazasi to'g'risida» maxsus qonun mavjud bo'lib, unda fuqarolar muhofazasini tashkil etish bilan bog'liq barcha masalalar huquqiy jihatdan hal qilingan.

Milliy xavfsizlikni ta'minlashda mavjud xavf-xatarni oldindan aniqlash, uni bartaraf etish choralarini oldindan ko'rish juda katta foyda keltiradi. Shuning uchun mamlakatimizda xalqaro masalalar, bo'lajak xavf-xatarlarni o'rganish, tadqiq qilish maqsadida yetarli tuzilmalar tashkil qilingan.

Milliy xavfsizlikni ta'minlashda mamlakat Prezidenti huzurida tuzilgan maslahat organi - Xavfsizlik kengashi katta rol o'ynaydi. U milliy xavfsizlik bilan bog'liq barcha masalalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirishni ta'minlaydi, shunga mas'uldir.

Mudofaa, mamlakat xavfsizligi doimiy e'tibordagi masala. Keyingi vaqtlarda jahondagi bo'layotgan voqealar ham buning dalilidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Shu o'rinda yana bir masala — mamlakatimiz mudofaa tizimining tashkiliy tuzilmasi, uning harbiy-jangovar holati, askar va ofitserlarning ma'naviy va ruhiy tayyorgarlik darajasi bugungi tez o'zgarayotgan davr talablaridan ortda qolayotganini qayd etish lozim", - deb qilinadigan ishlarni belgilab berdi.

2018-yil 9-yanvardagi «O'zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to'g'risida»gi Qonun mamlakat mudofaasini hozirgi kun talablariga javob berishini ta'minlashga qaratilgandir.

Unda qayd qilinishicha, O'zbekiston Respublikasi Doktrinasi mudofaa xususiyatiga ega. Mamlakatimiz hech bir mamlakatni o'zining dushmani deb hisoblamaydi. Shunday mamlakatlar borki, o'z doktrinalarida aniq bir davlatlarni o'zining dushmani deb ko'rsatib qo'ygan. O'zbekiston bunday yo'l bilan bormadi va barcha mamlakatlar bilan munosabatlarni mamlakat milliy manfaatlarining ustuvorligi asosida hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalarini inobatga olgan holda, o'zaro naf ko'rish, barcha nizoli masalalarni tinch vositalar va muzokaralar yo'li bilan hal

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-961-968

qilish, davlatlararo shakllangan chegaralarning tan olish asosida qurishni belgilab

2018-yildan boshlab «Milliy xavfsizlik xizmati» tubdan islohot qilishga kirishildi. 2018-yil 14-martdagi Prezident Farmoni bilan Milliy xavfsizlik xizmati, "Davlat xavfsizlik xizmati"ga aylantirildi. 2018-yil 5-aprelda "O'zbekiston Respublikasida Davlat xavfsizlik xizmati to'g'risida" Qonun qabul qilindi.

MUHOKAMA

Sobiq Ittifoq davlati, SSSR o'zining ko'plab salbiy jihatlari bilan birga, eng kuchli qurolli kuchlarga ega davlat edi. Uning qismlari butun ittifoq hududida, jumladan, O'zbekiston hududida ham joylashtirilgan bo'lib, SSSR tugatilganidan so'ng Qurolli Kuchlarda ham boshqaruv, intizom barbod bo'lib, turli tahdidlar kuchayib borayotgan vaqtda O'zbekistonning o'z mudofaa vazirligini va joylarda qo'mondonlik tuzilmalarini shakllantirish o'z vaqtida qabul qilingan va to'g'ri bo'lgan qaror edi.

Chunki mustaqillikni saqlash xavfsizlikni saqlash bilan bog'liq bo'lib, ularni saqlashda Qurolli Kuchlar asosiy va hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Undan keyingi muhim qadam Qurolli Kuchlarning mavjudligi, vazifasining Konstitutsiyada mustahkamlanishi bo'ldi.

Natijada, Qurolli kuchlar Konstitutsiyaviy institut hisoblandi. Bu ham ularning ahamiyatini ko'rsatadi. Konstitusiyaviy norma orqali nima uchun qurolli kuchlarni tashkil qilish kerakligi va ularning vazifasi aniq belgilandi. Demak, Qurolli Kuchlarning Konstitutsiyaviy vazifasi:

- davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini;

- aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishdir. U shu maqsadda tuziladi.

Bundan tashqari, Konstitutsiyaga asosan qabul qilingan "Mudofaa to'g'risida"gi Qonunda Qurolli Kuchlarga urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish vazifasi ham yuklatilgan (Qonunning 6-moddasi).

Qurolli Kuchlar davlat tomonidan tashkil qilinadigan harbiy birlashmalar, qo'shilmalar, qismlar va boshqa harbiy tuzilmalardan iborat bo'ladi.

Qurolli Kuchlar va uning tarkibiy qismlari o'z faoliyatini qonuniylik, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar safarbarlikka doimo tayyor hamda harbiy intizomga rioya etish asosida tashkil etiladi.

Ularning faoliyatidagi bu prinsiplar mamlakat xavfsizligini ta'minlash imkoniyatini beradi.

oldi.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-961-968

Qurolli Kuchlar ularning tarkibiy qismlari o'z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun, ularning ixtiyoriga harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog'lar, harbiy texnikaning barcha zarur turlari va boshqa harbiy ashyo, mol-mulk berib qo'yiladi va ular davlat mulki hisoblanadi.

Amaldagi Konstitutsiyaning 126-moddasida: "O'zbekiston Respublikasi o'z xavfsizligini ta'minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega"(Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 153-moddasi), - deb ko'rsatilgan.

Bu Qurolli Kuchlarning tarkibiy qismlari, ularga zarur qurol-yarog', texnika ashyolar hamda eng muhimi, Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchi tarkib O'zbekiston mudofaa ehtiyojidan kelib chiqib belgilanishini anglatadi.

Qurolli Kuchlarda muddatli va muddatsiz xizmat o'tovchi shaxslar faoliyat ko'rsatadi. Fuqarolar Konstitutsiyada belgilangan burchini o'tash uchun Qurolli Kuchlar safiga muddatli xizmatga chaqiriladi. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlarda doimiy maosh olib ishlovchilar ham mavjud. Ular, asosan, zobitlar va boshqa xodimlardir.

Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, Qurolli Kuchlar uchun eng zarur va yuksak malakali zobitlar tayyorlashga moijallangan bir qancha harbiy o'quv yurtlari tashkil qilindi, armiyani texnik jihatdan jihozlashning samarali choralari ko'rildi, harbiy salohiyatni yetarli darajada ta'minlash uchun zarur mablag' ajratildi. Mamlakatimiz harbiy doktrinasi mudofaani ta'minlash va xavfning oldini olish xarakterida tuzildi.

O'zbekiston XXI asrga Qurolli Kuchlarni, chegara qo'shinlarini va ichki qo'shinlarni yagona davlat siyosati asosida bosqichma-bosqich isloh qilish maqsadi bilan kirdi.

Islohotlarning maqsadi - mamlakat tinchligi va osoyishtaligini saqlashga va ishonchli himoya qilishga qodir, tezkor, har jihatdan yaxshi ta'minlangan Qurolli Kuchlarni shakllantirish hisoblanadi.

Shu maqsadda mamlakat hududida harbiy-ma'muriy birliklar - harbiy okruglar tuzildi. Soni va tuzilishi, professional tarkibi jihatidan eng maqbul armiya tuzish vazifasi belgilandi va u amalga oshirildi. Qurolli Kuchlarning qo'shilma va qismlari qaytadan joylashtirildi. Bular:

birinchidan, qo'shinlarni boshqarish samaradorligining ancha oshirilishiga;

XULOSA

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-961-968

ikkinchidan, ularning eng muhim strategik yo'nalishlarda ishlashiga;

uchinchidan, hududiy mudofaaning haqiqiy tizimini shakllantirishga imkon

berdi.

Qurolli Kuchlar sonini qisqartirish barobarida son va tuzilishi, professional tarkibi jihatidan eng maqbul armiya tuzish ishlari olib borildi.

Armiyani mustahkamlash - ularni zamonaviy qurollar bilan ta'minlashga bevosita bog'liq, shuning uchun bu borada yetarli ishlar olib borildi.

Qurolli Kuchlarni mustahkamlash bo'yicha olib borilgan va olib borilayotgan ishlardan chegara qo'shinlari, Ichki ishlar vazirligi qo'shinlari ham chetda qolgani yo'q. Chunki ular ham mamlakat xavfsizligini ta'minlashda o'z o'rniga ega.

Bulardan tashqari, xorijiy mamlakatlarning tajribalarini o'rganib, Qurolli Kuchlarni tashkil etish, uning quyi bo'g'inlaridan tortib, yuqori bosqichlarigacha boshqarish tartibi tubdan qayta ko'rib chiqildi va tizimli choralar belgilandi.

Davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, 0 'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirishga alohida urg'u beril di. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida "mamlakatimiz mudofaa tizimining tashkiliy tuzilmasi, uning harbiy jangovar holati, askar va ofitserlarning ma'naviy va ruhiy tayyorgarlik darajasi bugungi tez o'zgarayotgan davr talablaridan ortda qolayotganligini qayd etish lozim" degan so'zlari bu borada hali jiddiy ishlar qilish zarurligini ko'rsatadi.

2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib boorish" ustuvor yo'nalishi bo'yicha davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish, harbiy xizmatchilar, ularning oila a'zolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish singari maqsadlar belgilangan.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. (kirill alifbosida). T. "O'zbekiston". 2019. 3-tom,

49-bet.

April, 2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-961-968

2. Mirziyoyev Sh. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. T. "O'zbekiston", 2018. 2-tom, 142-143-betlar.

3. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005, 5-6-son, 151-modda.

4. "O'zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to'g'risida"gi 2018-yil 9-yanvardagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni.

5. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o'z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligiga va bukilmas irodasiga bog'liq. - Т.: "O'zbekiston", 2004.

6. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. - Т.: "O'zbekiston", 2000. 35-bet.

7. Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. - Т.: "O'zbekiston", 1995. 71-bet.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.