Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON MILLIY XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI'

O‘ZBEKISTON MILLIY XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
2899
249
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy xavfsizlik / Mustaqillik Deklaratsiyasi / Konstitutsiya / suverenitet / Mudofaa Doktrinasi / normativ hujjat / hududiy yaxlitlik / Oliy Majlis / tashqi siyosat. / National security / Declaration of Independence / Constitution / sovereignty / Defense Doctrine / normative document / territorial integrity / Oliy Majlis / foreign policy.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Latipova, Sitora Sirojiddin Qizi

Milliy xavfsizlikni ta’minlash mamlakat mustaqilligini, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligini, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishda muhim o‘rin egallaydi. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik tizimini shakllantirishdagi konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi hamda ichki va tashqi siyosat bilan o‘zaro aloqalari ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONSTITUTIONAL AND LEGAL BASIS OF ENSURING NATIONAL SECURITY OF UZBEKISTAN

Ensuring national security plays an essential role in protecting the country's independence, constitutional system, territorial integrity, economic, scientific, and technical, and defense power from illegal aggression. This article analyzed the constitutional and legal basics of the formation of the national security system of the Republic of Uzbekistan and their interactions with an internal and foreign policy are considered.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON MILLIY XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

O'ZBEKISTON MILLIY XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY ASOSLARI

Latipova Sitora Sirojiddin qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati" mutaxassisligi magistranti

[email protected]

Milliy xavfsizlikni ta'minlash mamlakat mustaqilligini, konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy butunligini, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va mudofaa qudratini g'ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishda muhim o'rin egallaydi. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasining milliy xavfsizlik tizimini shakllantirishdagi konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari tahlil qilinadi hamda ichki va tashqi siyosat bilan o'zaro aloqalari ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: Milliy xavfsizlik, Mustaqillik Deklaratsiyasi, Konstitutsiya, suverenitet, Mudofaa Doktrinasi, normativ hujjat, hududiy yaxlitlik, Oliy Majlis, tashqi siyosat.

Ensuring national security plays an essential role in protecting the country's independence, constitutional system, territorial integrity, economic, scientific, and technical, and defense power from illegal aggression. This article analyzed the constitutional and legal basics of the formation of the national security system of the Republic of Uzbekistan and their interactions with an internal and foreign policy are considered.

Keywords: National security, Declaration of Independence, Constitution, sovereignty, Defense Doctrine, normative document, territorial integrity, Oliy Majlis, foreign policy.

Ma'lumki, milliy xavfsizlik tizimining asosiy elementlaridan biri - uning huquqiy asoslari hisoblanadi. Huquqiy asoslar ichida eng muhim va unga poydevor bo'lib xizmat qiluvchi asos esa konstitutsiyaviy asoslardir. Boisi, huquqiy tartibga solish sohasi va darajasiga ko'ra eng ahamiyatli qoidalar konstitutsiyaviy normalarda ifodalanadi hamda ular oliy yuridik kuchga ega bo'ladi. Bejizga tadqiqotchilar (Petrov, Pushkaryov va boshqalar) xavfsizlik sohasidagi qonunchilik Konstitutsiya asosida shakllanishi va rivojlanishini alohida ta'kidlamagan.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Asosiy Qonunimiz - O'zbekiston davlatidagi huquqning bosh manbai bo'lib, u turli qonunchilik sohalarining mushtarakligini, bir butunligini va o'zaro muvofiqligini ta'minlaydi. Konstitutsiya o'z yuridik kuchiga ko'ra eng oliy huquqiy-normativ hujjat bo'lib, "huquqiy ehrom"ning cho'qqisida turadi. Undan keyin konstitutsiyaviy qonun va manbalarda "oddiy" deb qayd etilgan qonunlar o'rin egallaydi.

O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov Oliy Kengashning o'n birinchi sessiyasida Konstitutsiya loyihasi yuzasidan so'zlagan nutqida: «Hur O'zbekistonimiz tarixida birinchi Konstitutsiyani qabul qilish -jumhuriyatimizning yangidan tug'ilishidir, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir. Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo'lishi muqarrar»_deya ta'kidlab o'tgan.

Demak, qabul qilinadigan har qanday normativ-huquqiy hujjatning o'zagini, albatta, biron-bir konstitutsiyaviy norma tashkil etadi va hech bir huquqiy norma O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid bo'lishi mumkin emas. Xususan, ushbu qoida Konstitutsiyaning 16-moddasi 2-qismida o'z aksini topgan bo'lib, unda birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi qat'iy belgilab qo'yilgan.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, Konstitutsiyadagi bo'lim va boblar "shaxs-jamiyat-davlat" ko'rinishida batartib, bir butun, yaxlit tizim sifatida joylashtirilgan. Yana bir e'tiborga molik jihat esa Konstitutsiyada milliy xavfsizlikning barcha muhim sohalari (iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy, siyosiy, ekologik xavfsizlik)ga oid norma va qoidalar mujassam etilib, milliy xavfsizlik sohasida qabul qilinadigan barcha normativ-huquqiy hamda konseptual hujjatlarga boshlang'ich asos, mustahkam fundament bo'lib xizmat qilmoqda.

Yuqoridagi jihatga ko'ra, Konstitutsiyaning har bobi, uning har bir moddasi u yoki bu darajada milliy xavfsizlikka taalluqlidir. Shu bilan birga, undagi bob va moddalarni milliy xavfsizlikka bevosita (asosiy) va bilvosita (ikkilamchi) taalluqliligi jihatidan ham guruhlash mumkindek, fikrimizcha.

Birinchi guruhga - biz milliy xavfsizlikka bevosita taalluqli deb hisoblaydigan Davlat suvereniteti (I bob), Xalq hokimiyatchiligi (II bob), Konstitutsiya va qonunning ustunligi (III), Tashqi siyosat (IV), O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (XVIII), O'zbekiston Respublikasining Prezidenti (XIX), Vazirlar Mahkamasi (XX), Mahalliy davlat hokimiyati asoslari (XXI) hamda Mudofaa va xavfsizlik (XXVI

Ikkinchi guruhga - milliy xavfsizlikka bilvosita yoki ikkilamchi taalluqli bo'lgan Fuqarolik (VI bob), Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari

bob);

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

(VII-IX boblar), Jamiyatning iqtisodiy negizlari (XII), Oila (XIV), O'zbekiston Respublikasining sud hokimiyati (XXII) kabi boblarni kiritamiz.

Mazkur yondashuvdan kelib chiqqan holda, quyida ularga to'xtalib o'tishga harakat qilamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi "O'zbekiston -suveren demokratik respublika" ekanligini e'lon qiluvchi normadan boshlanadi (1-modda). Chunki, davlat - xalqaro munosabatlar, halqaro huquqning asosiy va mustaqil subyekti hisoblanib, hududiy ustuvorlik hamda xalqaro munosabatlarda mustaqillikni belgilab beruvchi suverenitet (davlatning muhim belgisi) sohibi ekanligi bilan ajralib turadi. O'zbekiston Respublikasi o'zining milliy-davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O'zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo'linmasdir.

Shu bilan birga, O'zbekiston xalqi davlat hokimiyatining birdan bir manbai bo'lib, O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab va Konstitutsiya hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Qolaversa, davlatning butun hududida oliy davlat organi tomonidan chiqarilgan Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi davlat hokimiyatining oliyligini bildiruvchi asosiy belgi sifatida tan olinadi. Sababi, Konstitutsiyaning birorta qoidasi O'zbekiston Respublikasi huquq va manfaatlariga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi, birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas.

Suverenitet sohibi sifatida O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning ipso facto to'la huquqli subyektidir. Bu holat konstitutsiyaviy norma tariqasida davlatimiz Konstitutsiyasida belgilangan. (17-modda). Shu bilan birga, O'zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan o'zaro munosabatlarining konstitutsiyaviy asoslari sifatida quyidagilar ta'kidlanadi:

• mustaqil va suveren davlat hisoblangan O'zbekiston Respublikasi zimmasiga uning roziligisiz xalqaro huquq prinsiplari va normalari bilan bog'liq boshqa majburiyatlar yuklatilmasligi, O'zbekiston Respublikasi hududida davlat hokimiyatining cheklanmasligi va hech bir xalqaro huquq subyektining bunga aralashishga haqli emasligi;

• davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; nizolarni tinch yo'l bilan hal etish; kuch ishlatmaslik, kuch bilan tahdid solmaslik va boshqalar.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Konstitutsiyada eng muhim o'rinlardan biri - O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi masalasiga ajratilgan bo'lib, u bilan bog'liq munosabatlar "Davlat hokimiyatining tashkil etilishi" deb nomlangan beshinchi bo'limida bayon etilgan. Fikrimizcha, Konstitutsiyaning mazkur bo'limi (19-26-bob, 76-126-moddalar) milliy xavfsizlikning "davlat xavfsizligi" darajasi bilan bevosita bog'liqdir.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasiga muvofiq, mamlakatimizda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari mavjud. Hokimiyatning har bir tarmog'i, birinchidan, Konstitutsiya doirasida belgilangan vakolatlarni amalga oshiradi va boshqa hokimiyat tarmog'ining funksiyasini tashkil etuvchi vazifalarni bajarishga haqli emas; ikkinchidan, hokimiyat tarmoqlari mustaqil bo'lib, ular bir-biriga bo'ysunmaydi, hech bir hokimiyat o'zga hokimiyat tarmog'ining harakatlanish doirasini cheklay olmaydi; uchinchidan, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi ular o'rtasida o'zaro tiyib turish va muvozanatlash tizimi mavjud bo'lishini nazarda tutadi.

Davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, avvalambor, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, shuningdek, unga tayangan holda qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Hukumat qarorlari, davlat hokimiyati organlari to'g'risidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab beriladi.

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, davlat hokimiyati tizimida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti alohida mavqega ega bo'lib, Konstitutsiyaga asosan u davlat boshlig'i hisoblanadi va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi, muvofiqlashtiradi, nazorat qiladi. Shuningdek, u O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'radi. Bunda u o'ziga Konstitutsiya bilan berilgan vakolatlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi.

Fikrimizcha, Konstitutsiyada (93-modda) O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga berilgan quyidagi vakolatlar bevosita milliy xavfsizlikni ta'minlash bilan bog'liqdir:

- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi, respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini ta'minlashi;

- O'zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

tug'ilganda urush holati e'lon qilishi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig'iga kiritishi;

- favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini ta'minlashni ko'zlab, O'zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etishi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig'iga kiritishi;

- O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo'mondoni hisoblanishi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy qonun chiqaruvchi organ hisoblanadi hamda yuqori palata - Senat va quyi palata -Qonunchilik palatasidan tashkil topgan. Hokimiyatlarning taqsimlanishi prinsipiga binoan qonun chiqaruvchi hokimiyat zimmasiga qonunchilik faoliyati - oliy yuridik kuchga ega bo'lgan va eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjat - qonun qabul qilish vazifasi yuklatilgan.

Oliy Majlisning O'zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq vakolatlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlarida (78-modda) mujassamlashgan:

- O'zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

- O'zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash,

O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo'li bilan tartibga solish, chegaralarini o'zgartirish;

- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug'ilganda urush holati e'lon qilish to'g'risidagi farmonini tasdiqlash;

- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e'lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to'g'risidagi farmonlarini tasdiqlash.

Hokimiyat tarmoqlari tizimida ijro etuvchi hokimiyat alohida o'rin egallaydi. Vazirlar Mahkamasi - O'zbekiston Respublikasining Hukumati O'zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklatilgan:

- samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgarlik;

- fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlash kabi vakolatlar Vazirlar Mahkamasining milliy xavfsizlikni ta'minlashdagi ishtiroki bilan bevosita bog'liq hisoblanadi.

Milliy xavfsizlikni ta'minlashda davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko'zlab faoliyat olib boruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining o'rni hamda rolini alohida ta'kidlab o'tish joiz bo'ladi.

Chunki, Asosiy qonunimizning 100-moddasiga ko'ra, qonuniylikni, huquqiy-tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash; hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish kabi masalalarni hal etishda ularning o'rni va ahamiyati katta. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, birinchi navbatda, milliy xavfsizlikni ta'minlash nuqtayi nazaridan harakat qiladi, ya'ni ular tegishli hududda huquq-tartibot, jamoat tartibi va xavfsizligini hamda fuqarolarning osoyishtaligini ta'minlash yuzasidan qarorlar qabul qiladi, chora-tadbirlar belgilaydi, huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha hududiy dasturlar qabul qiladi hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni bajaradi.

Shu qatorda ta'kidlash lozimki, Konstitutsiyaning XXVI bobi "Mudofaa va xavfsizlik" masalalariga bag'ishlanib, u davlat hamda jamiyat qurilishining muhim elementi sifatida davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari faoliyatini qamrab oladi, davlatning hududiy yaxlitligi, mustaqilligi, uning barqaror va jo'shqin taraqqiyoti, mamlakat tinch hayotining kafolati va sharti sifatida namoyon bo'ladi. Chunonchi, Konstitutsiyaning 125-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O'zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.

Ushbu bobda qayd etilgan 125-126-moddalarning qoidalari Konstitutsiyaning I ("Davlat suvereniteti"), II ("Xalq xokimiyatchiligi"), IV ("Tashqi siyosat") kabi boblaridagi moddalar bilan yaxlit bir tizim tarzida O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, mustaqilligini ta'minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini tashkil etadi. Mazkur moddalarda bayon qilingan "mudofaa" va "xavfsizlik" - ushbu bobning tayanch kategoriyalari sifatida sohaga doir barcha normativ-huquqiy hujjatlarga asos bo'lib xizmat qiladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

XULOSA

Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagilarni xulosa sifatida bayon qilish mumkin bo'ladi:

birinchidan, huquqiy asos - milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimining asosiy elementlaridan biri bo'lib, eng asosiy huquqiy asos -konstitutsiyaviy asoslardir. Huquqiy tartibga solish sohasi va darajasiga ko'ra eng ahamiyatli qoidalar konstitutsiyaviy normalarda qayd etiladi hamda oliy yuridik kuchga ega bo'ladi;

ikkinchidan, birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. Davlatning butun hududida oliy davlat organi tomonidan chiqarilgan Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi davlat hokimiyatining oliyligini bildiruvchi asosiy belgidir;

uchinchidan, davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, avvalambor, Konstitutsiyada, so'ngra unga tayangan holda qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Hukumat qarorlari, davlat hokimiyati organlari to'g'risidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab beriladi;

to'rtinchidan, Konstitutsiyaning har bobi, uning har bir moddasi yaxlit bir tizim sifatida O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, mustaqilligini ta'minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini tashkil etadi. Shu bilan birga, ularni milliy xavfsizlikka bevosita yoki bilvosita taalluqliligi jihatidan guruhlash ham mumkin.

REFERANCES:

1. Основы национальной безопасности: учебное пособие / S. V. Petrov, Yu. V. Pushkaryov, Ye. A. Pushkaryova. — Novosibirsk: ARTA, 2011.

2. Konstitutsiyaviy huquq: Darslik / X.T.Odilqoriyev, O'.X.Muxamedov, B.A.Saidov va boshq. - T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014.

3. Karimov I. A. O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat. - T., 1992. - B. 44.

4. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 5-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 343-modda; O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007-y., 15-son, 152-modda; 2008-y., 52-son, 510-modda; 2011-y., 16-son, 159-modda; 2014-y., 16-son, 176-modda; 2017-y., 14-son, 213-modda, 22-son, 406-modda, 35-son, 914-modda.

5. Boboqulov I.I., «Международно-правовые аспекты региональной безопасности: вопросы теории и практики» Т: «Университет мировой экономики и дипломатии», 2010.

6. Петровский В. Доктрина «Национальной безопасности» в глобальной стратегии США. -М: Международные отношение. 1980.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

7. Толипов Ф. Большая стратегия Узбекистана в условиях геополитической и идеологической трансформации Центральной Азии. - Т.: «Фан», 2005.

8. Основы государства и права. 4-е изд. / Под общ. ред. С.А.Комарова. - СПб.: Питер, 2003.

9. Рахмонов А. Международные правовые аспекты обеспечения всеобъемлющей безопасности Республики Узбекистан: Дис. ... док. полит. наук. - Т.: АГОС при Президенте Р.Уз, 2002.

10. Хасанов У. Национальные интересы Республики Узбекистан и проблемы безопасности в Центральноазиатском регионе: Автореф. дис. .канд. юрид. наук. - М.: РАН Институт мировой экономики и международных отношений,

11. Хасанов У. Национальные интересы Республики Узбекистан и проблемы безопасности в Центральноазиатском регионе: Автореф. дис. .канд. юрид. наук. - М.: РАН Институт мировой экономики и международных отношений,

2003.

2003.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.