Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HARBIY XIZMAT MAJBURIYATLARI VA AXLOQIY MEZONLAR'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HARBIY XIZMAT MAJBURIYATLARI VA AXLOQIY MEZONLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

1046
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harbiy xizmatchilar / harbiy intizom / milliy mudofaa / harbiycha salomlashish / o‗rtoqlik / axloqiy javobgarlik / umumharbiy nizomlar / jangovar tayyorgarlik / military personnel / military discipline / national defense / military salute / comradeship / moral responsibility / general military regulations / combat training

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Abdumo‘Min Xolmo‘Min O‘G‘Li Usmanov

Mazkur maqolada O‗zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari faoliyatining axloqiy mezonlari, harbiy xizmatni tashkil etish bilan bog‗lik bo‗lgan muhim tashkiliy jarayonlar, harbiy xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar hamda ichki tartib qoidalar to‗g‗risida so‗z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the ethical criteria of the military servicemen of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan, important organizational processes related to the organization of military service, the rights and obligations of military servicemen, their mutual relations and internal rules are discussed

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HARBIY XIZMAT MAJBURIYATLARI VA AXLOQIY MEZONLAR»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-773-780

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HARBIY XIZMAT MAJBURIYATLARI

VA AXLOQIY MEZONLAR

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari faoliyatining axloqiy mezonlari, harbiy xizmatni tashkil etish bilan bog'lik bo'lgan muhim tashkiliy jarayonlar, harbiy xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlar hamda ichki tartib qoidalar to'g'risida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: harbiy xizmatchilar, harbiy intizom, milliy mudofaa, harbiycha salomlashish, o'rtoqlik, axloqiy javobgarlik, umumharbiy nizomlar, jangovar tayyorgarlik.

In this article, the ethical criteria of the military servicemen of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan, important organizational processes related to the organization of military service, the rights and obligations of military servicemen, their mutual relations and internal rules are discussed.

Keywords: military personnel, military discipline, national defense, military salute, comradeship, moral responsibility, general military regulations, combat training.

В данной статье рассматриваются этические критерии военнослужащих Вооруженных Сил Республики Узбекистан, важные организационные процессы, связанные с организацией военной службы, права и обязанности военнослужащих, их взаимоотношения и правила внутреннего распорядка. обсуждалось.

Ключевые слова: военнослужащие, воинская дисциплина, оборона страны, воинское приветствие, товарищество, моральная

Abdumo'min Xolmo'min o'g'li Usmanov

O'zbekiston Milliy universiteti magistranti abdumomin.usmanov@mail .ru

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

ответственность, общевоинские уставы, боевая подготовка.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-773-780

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli demokratik islohatlarning pirovard maqsadi inson huquqlari va manfaatlari to'la-to'kis ta'minlanadigan huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Harbiy vatarparvarlik insonda axloqiy va huquqiy tarbiyaning yetukligini taminlashda ularni jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishlariga olib keladi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, davlat boshqaruvining asosiy yo'nalishi umume'tirof etilgan tamoyillar, xalqaro huquqiy hujjatlar hamda demokratik standartlar asosida huquqiy davlat qurishni belgilab oldi.

Huquqiy davlatning shakllanishi va jamiyat boshqaruvining takomillashuvi o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik kuchayib borayotgan hamda erkin fuqaro ma'naviyati va harbiy vatarparvarlikni shakllantirish masalasi oldimizdagi muhim vazifaga aylanib borayotgan hozirgi paytda davlat boshqaruvida qat'iy qonunlar asosida amalga oshishini taqozo etmoqda.

Harbiy qurilish soxasidagi asosiy maqsad — professional armiyani, o'z tarkibida yaxshi tayyorlangan va ta'lim olgan, o'z xalqiga, ona zaminiga, Prezidentiga sadoqdtli bo'lgan, o'z Vatanining sha'ni va qadr-qimmatini himoya qila oladigan jangchilarga ega bo'lgan armiyani bosqichma-bosiqch vujudga keltirishdan iborat. "Davlat mudofaa qobiliyatining eng muhim qismi uning Qurolli Kuchlaridir. Ularning jangovar qudrati hamda bosqinchilarni qurolli mojarolar va urush boshlab yuborishdan tiyib turish vazifalarini bajarishga tayyor darajasida hamda mamlakat xududiga bosqinchilik qilingan taqdirda qurol-yaroqlarning barcha turlaridan unumli foydalangan holda bosqinchilarni tor-mor qilishdan iboratdir",- deb ta'kidlagan edi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoev.

Bunda asosiy maqsad miqdor jihatdan uncha katta bo'lmagan, tezkor, yaxshi tayyorgarlikka ega, zamonaviy qurollar va texnika bilan ta'minlangan, O'zbekiston xavfsizligini ta'minlashga qodir bo'lgan Qurolli Kuchlarni shakllantirishdir.

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardanoq mamlakat mudofasini tashkil etish va Qurolli Kuchlar faoliyatining huquqiy mezonlarini ishlab chiqishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXVI bobi mudofaa va xavfsizlik masalalarini qamrab olgan. Qurolli Kuchlarni, harbiy xizmatni tashkil etish bilan bog'lik bo'lgan O'zbekiston Respublikasining "Mudofaa to'g'risida"gi va "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida"gi qonunlari harbiy xizmatda huquqiy normalarning asosi bo'ldi.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-773-780

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2001-yil 11-mayda qabul qilingan "Mudofaa to'g'risida"gi qonun (yangi tahriri) mamlakat mudofaasi tushunchasiga aniqlik kiritdi. Unda "O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilishni ta'minlashning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ijtimoiy-huquqiy, axborot, tashkiliy va boshqa tadbirlari majmui tushuniladi", deb ko'rsatiladi.

Me'yoriy-huquqiy hujjatlarga rioya qilish, bu - har bir insonning madaniyat ko'rsatkichi bo'lib, ayniqsa Vatan himoyachilari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Birinchi navbatda harbiy xizmatchilarda madaniyat ko'rsatkichining yuqoriligi ular huquqiy ongining oshishiga yordam beradi, qonunchilikni, huquqiy tartibni, shu jumladan harbiy nizomiy tartibni ham mustahkamlaydi. Harbiy-huquqiy va axloqiy madaniyat bu o'rinda alohida ahamiyat kasb etadi va siyosiy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Harbiy huquq o'z ichiga quydagilarni qamrab oladi:

Birinchidan, u harbiy xizmatchilarning munosabatlarini tartibga soladi.

Ikkinchidan, harbiy huquqiy me'yorlari yukori darajadagi talabchanlik va qat'iyatlilik ruhida bo'lishni harbiy xizmatchilardan talab qiladi.

Uchinchidan, harbiy xizmatchilardan harbiy huquq va axloqiy me'yorlarini bajarish uchun yuqori mas'uliyat talab qladi.

To'rtinchidan, Qurolli Kuchlarni tashkil qilish va boshqa harbiy munosabatlarni qat'iyan tartibga soladi.

Avvalambor, harbiy huquqni umum harbiy nizomlar tashkil qiladi. Ular harbiy qoida, me'yor, axloq va ma'daniyatni qamrab olgan, bir tizimga keltirilgan harbiy xizmatchilar xizmati va faoliyatini belgilab beruvchi qoidalardan tashkil topgan. Qurolli Kuchlarimiz nizomlari harbiy xizmatni tashkil qilish bo'yicha yo'nalishlarga bo'lingan bo'lib, shu yo'nalishlar bo'yicha huquqiy me'yorlarni belgilab beradi. Harbiy xizmatchilar intellektual salohiyatini yuksaltirishda ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Harbiy xizmatchilar muomala (muloqot) madaniyatining asosini umum harbiy nizomlar tashkil etadi. Nizomlar munosabatlar namunalarini modellashtiradi va belgilab beradi, ular harbiy jamoada harbiy xizmatchilarning muomala munosabati tamoyillariga mos keladi. Belgilab berilgan talablar barcha harbiy xizmatchilar uchun qat'iy va muhimdir. Mohiyatan nizomiy munosabatlar qoidalari shuni ko'rsatadiki, ular ongli va maqsadga yo'naltirilgan axloqiy qonun-qoidalardir. Nizomiy qoidalar bundan tashqari, nojuya xatti-harakatlardan saqdaydi, ogohantiradi, o'zaro munosabatlarga oid nizom qoidalarining

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-773-780

buzilishidan, harbiy xizmatchilarga intizomiy, ijtimoiy va axloqiy javobgarliklar haqida eslatib turadi.

Harbiy xizmatchilarning o'zaro munosabatlarida muloqot muhim jihatlardan hisoblanadi. Shuning uchun muloqot nima degan savolga javob beramiz. Muloqot — insonning asosiy ehtiyojlaridan biri bo'lib, inson qanday yoshdaligidan qat'iy nazar o'zgalar bilan muloqotda bo'ladi, bu hayotiy zarur omillardan biridir. Harbiy xizmatchilarning munosabatlari tizimida muloqot alohida o'rin tutadi.

Jisman va aqlan sust harakat bilan Vatanni himoya qilish mumkin emas. Prezidentimiz Sh. Mirziyoev ta'kidlaganidek, "Biz eng zamonaviy talab va andozalarga javob bera oladigan Qurolli Kuchlarni barpo etmoqdamiz, milliy armiyamizning vujudga kelishi har birimizning faxr-iftixorimizdir". Milliy armiyamizning harbiy xizmatchilari teran fikrli, mustahkam irodali, o'ta sinchkov shaxslar bo'lmog'i lozim.

Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari va ular o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni, ichki tartib qoidalarini belgilab berishda Ichki xizmat nizomi katta ahamiyatga ega. Mazkur nizomda o'zbek xalqiga xos axloqiy me'yorlarga alohida ahmiyat qaratilgan. Harbiy xizmatchi har doim yuksak madaniyat, kamtarlik va vazminlikning namunasi bo'lib xizmat qilishi, askariy or-nomusni muqaddas saqlashi, o'z qadr-qimmatini himoya etishi va o'zgalar qadr-qimmatini hurmat qilishi lozim. Ular o'zlarining xulqiga qarab, bo'linma, harbiy qism, butun Qurolli Kuchlarning or-nomusi tug'risida xulosa chiqarishlarini yodda to'tishlari lozim.

Shuning uchun xam harbiy xizmatchilar ma'naviy-axloqiy tarbiyasida harbiy jamoalarning o'zgacha o'rni bor. Harbiy jamoalarda oldindan saqlanib kelinayotgan huquqiy, axloqiy va intizomiy an'analarning to'g'ri shakllanishi, umuminsoniylik tamoyillariga rioya qilinishi, qolaversa, askariy do'stlik, birodarlik va ahillik muhim ahamiyat kasb etadi. Bilamizki, sharq xalqlarida avval salom, so'ng kalom, degan naql bor. Salomning O'zbekiston milliy ensiklopediyasidagi ta'rifi shunday: "Assalomu-alaykum" arabcha so'z bo'lib, sizga tinchlik, salomatlik tilayman", degan mazmunni ifodalaydi.

Salomga javob berish — "Va alaykum assalom" — "sizga ham tinchlik, salomatlik tilayman" ma'nolarini bildiradi. Qadimdan kishilar o'rtasida salomlashuvning o'ziga xos ma'naviy-axloqiy me'yorlari mavjud bo'lgan. Mana shunday axloqiy me'yorlarni Qurolli Kuchlar Ichki xizmat nizomi o'z ichiga qamrab olgan. Uning 43-45-moddalari bevosita

harbiycha salomlashish qonun-qoidalariga bag'ishlangan.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-773-780

Harbiycha salomlashish harbiy xizmatchilarning birodarlarcha jipsligining ifodasi, o'zaro hurmat va mushtarak madaniyati namoyon bo'lishining belgisi sanaladi deyilgan Ichki xizmat nizomining 43-moddasida.

Qurolli Kuchlarda mustahkam intizomni ta'minlash, harbiy xizmatchilar o'rtasidagi intizomiy munosabatlarni yo'lga solish, rag'batlantirish, jazolash va jazolarni qo'llash tartibi Intizom nizomida ko'rsatilgan. Harbiy intizom har bir harbiy xizmatchidan:

— harbiy qasamyodga sodiq bo'lishni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari va Konstitutsiyasiga qat'iy bo'ysunishni;

— o'z harbiy burchini mohirlik va jasorat bilan bajarishni, harbiy ilmini sidqidildan o'rganishni, harbiy va davlat mulkini asrashni;

— harbiy xizmat qiyinchiliklarini mardonavor yengishni, harbiy burchini bajarish uchun o'z jonini ham ayamaslikni;

— sergak bo'lishni, harbiy va davlat sirlarini saqlashni;

— harbiy xizmatchilar o'rtasidagi nizomlarda ko'rsatilgan va belgilab berilgan o'zaro munosabatlarni qo'llab-quvvatlashni, jangovar birodarlikni mustahkamlashni;

— komandir (boshliq)larga va bir-biriga hurmat ko'rsatish, harbiycha salomlashish, xushfe'llik qoidalariga rioya qilishni;

— jamoat joylarida o'zini munosib tutishni, nomunosib harakatlardan o'zini va boshqa harbiy xizmatchilarni tiyib qolishni, fuqarolarning or-nomusini himoya qilishni talab etadi.

Harbiy intizomni ta'minlashda harbiy xizmatchilardan avvalo o'zida axloqiylik, insoniylik, tug'riso'zlik, halollik, shaxsiy mas'uliyat, harbiy qasamyodga sadoqat, harbiy burchga sharaf deb qarash kabi umuminsoniy va harbiy axloqiy me'yorlarni shakllantirish talab qilinadi. Buning uchun harbiy xizmatchilar ushbu me'yorlarni o'zida qaror toptirish uchun intilishi va ularga quyidagi jihatlar orqali erishmog'i lozim:

— yuksak axloqiy-ruhiy va jangovar fazilatlarni o'zida tarbiyalash, komandir (boshliq)lar buyruqlarini so'zsiz bajarish;

— o'z majburiyatlarini va harbiy nizomlarda belgilab berilgan me'yorlarni, qoidalarni bajarishga shaxsiy mas'uliyatini oshirish;

— harbiy qism (bo'linma)da o'rnatilgan ichki tartibga bo'ysunish, kun tartibiga og'ishmay rioya qilish;

—jangovar tayyorgarlikda faol qatnashish, berilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarish va kasbiy mahoratini oshirish;

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-773-780

— ijrochilikni nazorat qilish, harbiy xizmatchilar sha'nini hurmat qilish va bu haqda doimiy qayg'urish;

— harbiy jamoada jamoatchilik ta'sirining oshishiga o'z hissasini qo'shish va jamoada birodarlik, o'rtoqlik, o'zaro ko'makdoshlik sifatlarni shakllantirish.

Shu tariqa harbiy -axloqiy munosabatlar me'yorlari qoida, majburiyat, an'ana, buyruq, ko'rsatma va yo'l-yo'riqlarda o'z aksini topadi. Harbiy jamoalardagi ma'naviy boshqarish, bo'ysunish va nojo'ya harakatlarni tahil qilish, bir-biriga o'rnak bo'lish, jamoa fikrini quvvatlash va ma'naviy-ruhiy holat ham alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, shaxsiy namuna harbiy xizmatchilar axloqini boshqarishda juda muhim. Harbiy jamoalarda axloqiy munosabatlarni shakllantirishdagi asosiy omillardan yana biri, bu — jamoa fikrining jamoa munosabatlari bilan uyg'unlashishidir.

Bunday munosabatlar harbiy xizmatchilarning kayfiyati, xissiyoti, qarashlari va intilishlarida namoyon bo'ladi. U o'z ichga yarasha ma'naviy qabul vazifasini xam bajaradi va harbiy xizmatchilarning munosabatlarini tartibga soladi.

Insonning ma'naviy-axloqiy boyligini hayotga tadbiq eta olishi uning axloqiy madaniyatiga bog'liq. Bu esa uning kundalik xizmat faoliyatida va turmushida umuminsoniy tamoyillarni amalga oshirishi bilan o'lchanadi.

Chunonchi, axloq, bu — jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo'la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig'indisidir. Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri — muomala odobi. U mohiyatan o'zaro xamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri bilan hamkorlik qilmasdan, o'zaro tajriba almashmasdan, bir-biriga ta'sir ko'rsatmasdan rosmana yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog'lom kishi usiz qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmati, izzatini joyiga qo'yish, an'anaviy axloqiy me'yor talablarini bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon qilishi, ko'rsatishi bilan ham ajralib turadi. Ularning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo'lishi so'z, nutq vositasida ro'y beradi. So'zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlaridir. Shu bois muomala odobi, eng avvalo o'zining shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfellik singari axloqiy me'yorlarida namoyon bo'ladi.

Axloqiy madaniyatning yaqqol ko'zga tashlanadigan munosabatlar ko'rinishlaridan biri, bu — etiket. U ko'proq insonning tashqi madaniyatini, o'zaro munosabatlardagi o'zini tutish qoidalarining

bajarilishini boshqaradi.

Harbiy axloq

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-773-780

bo'linmalarda, harbiy jamoalardagi harbiy xizmatchilar uchun namuna bo'la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig'indisidir. Shunday ekan, harbiy axloqiy madaniyatning eng muhim ustunlaridan biri, bu — harbiy xizmatchilar o'zaro bir-birlari bilan bo'lgan muomala odobi. U harbiy xizmatchilar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik shakllaridan biridir. Harbiy xizmatchilar bir-birlariga hamkor va ko'makdosh bo'lib, o'zaro tajriba almashishadi, bir-biriga ta'sir ko'rsatishadi. Muomala odobi harbiy xizmatchilarning bir-birlari qadr-qimmatini, egallab turgan lavozimini va harbiy unvonini hurmat qilish, an'anaviy axloqiy me'yor talablarini so'zsiz bajarishini taqozo etadi.

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Intizom nizomida har bir harbiy xizmatchi uchun bajarilishi shart bo'lgan qoidalar belgilab berilgan. Harbiy salomlashuv qoidalari harbiy xizmatchilar o'z boshliqlarini ko'rganda yoki uchratib qolganda unga bo'lgan hurmati va o'zining harbiy axloqiy odobini bildirishini talab qiladi. Bunda birinchi ko'rgan harbiy xizmatchi boshqa harbiy xizmatchilarni ogohlantirish uchun nizomda yozilganidek, "Rostlan" komandasini beradi yoki uchratib qolganda shaham qadamlar bilan harakatlanib harbiycha salom beradi. Harbiy xizmatchilarning bir-birlarini hurmat qilib, harbiy unvonini aytib, harbiycha salomlashuvi, bir-birlariga hurmat bilan so'zlashuvi, tinglashi o'zaro munosabatlarning va madaniy muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois harbiy xizmatchilar o'rtasidagi muomala odobi shirinsuxanlik, bosiqlik, xushfe'llik singari axloqiy me'yorlarda namoyon bo'ladi va harbiy xizmatchilarning kundalik o'zaro munosabatlarida ko'zga tashlanadi. Umumharbiy nizomlar moddalari har bir harbiy xizmatchi uchun qonundir. Ularga rioya etish harbiy xizmatchilar uchun majburiy sanaladi. Harbiy xizmatchilarning mehnat faoliyati uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog'lik. Zero, axloqiy tarbiya harbiy xizmatchining shaxs bo'lishini ta'minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri.

Harbiy jamoadagi do'stlik, askariy birodarlik axloqiy tarbiyaning ijtimoiy-ruhiy sifatini o'zida aks ettiruvchi ajralmas bir bo'lagi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat nizomida milliy odob-axloq me'yorlari va an'analarimizdan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchilar askariy birodarlikni e'zozlashga, o'z hayotini ayamasdan o'rtoqdarini xavf-xatardan qutqarishga, ularga so'z va ish bilan yordam berishga, xar birining or-nomusi va qadr-qimmatini hurmat qilishga, o'ziga va boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan qo'pollik va taxqirlashlarga yo'l qo'ymaslikka, ularni noloyiq qilmishlardan tiyib qolishga majbur deb ko'rsatilgan.

Askariy birodarlikning muqaddas qoidalariga so'zsiz amal qilish

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-773-780

har bir Vatan himoyachisining burchidir. Harbiy xizmatchilar estetik, ma'naviy-axloqiy va vatanparvarlik tarbiyasida olimlar, ijodkorlar va san'atkorlar, atoqli kishilar, faxriylar ishtirokidagi davra suhbatlari ham muhim ahamiyatga ega va bu kabi uchrashuvlarni muntazam o'tkazib borish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Mudofaa to'g'risidagi" Qonuni 2001-yil.

2. O'zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi informatsion blyutenlari 2022-yil.

3. O'zbekiston Respublikasining "Umumxarbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida"gi Qonuni. 2003-yil.

4. I.A.Karimov "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir". 1996-yil.

5. E.R. Umarov "Nafosatshunoslik" O'quv qo'llanma. Toshkent 1995-yil

6. O'zbekiston Respublikasi QK "Umumharbiy nizomlari" Toshkent 1996-yil.

7. D.A. Pulatova "Axloqshunoslik" mustaqil o'quv-uslubiy qo'llanma, 1995-yil.

8. MUXAMEDJANOVA, L. (2022). AMALIY ETIKA VA ESTETIKA O'quv qo'llanma. https://scienceweb.uz/publication/4489

9. MUXAMEDJANOVA, L. (2022). Philosophical classification of the concepts of modernization of society and moral values. https://scienceweb.uz/publication/5222

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.