Научная статья на тему 'TA’LIM-TARBIYA SIFATINI OSHIRISH JARAYONIDA BO‘LAJAK OFITSERLARNI MILLIY VA JANGOVAR RUHINI RIVOJLANTIRISH'

TA’LIM-TARBIYA SIFATINI OSHIRISH JARAYONIDA BO‘LAJAK OFITSERLARNI MILLIY VA JANGOVAR RUHINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
86
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
национальный и боевый дух будущих офицеров / развитие / сотрудничество / будущий офицер / педагогическая деятельность / значимость.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Boboyev Xurshidbek Yusupovich

Развитие национального и боевого духа будущих офицеров в процессе повышения качества образования и воспитания будущих офицеров на основе педагогики сотрудничества в данной статье раскрыта как актуальная проблема современности.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM-TARBIYA SIFATINI OSHIRISH JARAYONIDA BO‘LAJAK OFITSERLARNI MILLIY VA JANGOVAR RUHINI RIVOJLANTIRISH»

TA'LIM-TARBIYA SIFATINI OSHIRISH JARAYONIDA BO'LAJAK OFITSERLARNI MILLIY VA JANGOVAR RUHINI RIVOJLANTIRISH

Boboyev Xurshidbek Yusupovich

O'zbekiston milliy universiteti harbiy tayyorgarlik o'quv markazi katta o'qituvchisi,

dotsent, podpolkovnik https://doi.org/10.5281/zenodo.10112981

Аннотация. Развитие национального и боевого духа будущих офицеров в процессе повышения качества образования и воспитания будущих офицеров на основе педагогики сотрудничества в данной статье раскрыта как актуальная проблема современности.

Ключевые слова: национальный и боевый дух будущих офицеров, развитие, сотрудничество, будущий офицер, педагогическая деятельность, значимость.

Bugungi globallashuv va tez sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan murakkab va shiddatli davrda mamlakatimiz bo'lajak zaxiradagi ofitserlarini milliy va jangovar ruhini rivojlantirish va ularning ma'naviyatini yuksaltirish hamda turli xil tahdidlardan asrash, ularning xalqaro maydonda sodir bo'layotgan jarayonlarning tub mohiyatini anglab yetishi, ushbu voqeliklar yuzasidan xolis va mustaqil fikrga ega bo'lishi, bo'lajak zaxiradagi ofitserlarga e'tiborni kuchaytirish, ularni jangovar tayyorgarlik mashg'ulotlariga, ma'naviy va mafkuraviy ishlarga, madaniyat, san'at, jismoniy tayyorgarlik va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini singdirish, bo'lajak zaxiradagi ofitserlar o'rtasida vatanparvarlikni, harbiy burchni, xalqparvarlikni targ'ib qilish, dunyoda sodir bo'layotgan harbiy va siyosiy hodisalar bo'yicha bilimlarini oshirish kabi masalalar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ma'lumki, bugungi globallashuv va keskin raqobat davrida, dunyoning turli burchaklarida, jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojarolar va qarama-qarshiliklar, yangi tahdid va xatarlar oldimizga kechiktirib bo'lmaydigan dolzarb vazifalarni qo'ymoqda. Aynan shunday sharoitda mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik, shu jumladan, harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, "Xalq va armiya - bir tanu, bir jondir!" degan ezgu g'oya asosida yoshlar tarbiyasiga mas'ul vazirlik va idoralarning kuch va imkoniyatlarini bir g'oya, bir maqsad asosida birlashtirish talab etilmoqda [1]. Respublikamizda so'ngi yillarda kelajak avlod yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Vatanga sadoqatlik ruhiyatini oshirishning me'yoriy asoslari va moddiy-texnik bazasi yaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezdenti Shavkat Mirziyoevning 2022 yil 20 dekabr kuni Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga qilgan murojaatlarida "Ta'lim sifatini oshirish Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona yo'lidir" deb ta'kidladilar. Bu esa, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda hamda ularning ichki dunyosi va axloqiy majburiyatini oshirishda alohida o'rin egallaydi. Mamlakat tinchligi va rivojining buguni, kelajagi bo'lgan bo'lajak zaxiradagi ofitserlar jahonda ro'y berayotgan vaziyatlarga o'z shaxsiy prozitsiyasininng bo'lishi, o'z mamlakati kelajagi uchun qayg'urishida ularda milliy va jangovar ruhni yanada rivojlantirish, har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil ravishda nostandart qarorlar qabul qilish malakalarini oshirish bo'yicha ham ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo'mondoni Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ta'kidlaganidek, "Har qanday tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga tayyor milliy armiyamiz - xalqimiz, mamlakatimizning ishonchli va mustahkam

qalqonidir. Shuning uchun biz hozirgi kunda harbiy kadrlarning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi bilan birga, vatanparvarlik tarbiyasiga jiddiy ahamiyat qaratyapmiz. Ya'ni, har bir askar va serjantda, ofitser va generalda, butun shaxsiy tarkibda milliy ruh va g'urur kuchli bo'lishi kerak. Milliy ruh, bu - yengilmas kuch. Milliy ruh kuchli bo'lsa, iroda, jangovar salohiyat ham yuqori bo'ladi. Kelajakda harbiy bo'lishni orzu qiladigan botir farzandlarimiz milliy ruhni, muqaddas Vatan taqdiri uchun mas'uliyat tuyg'usini qaerdan oladi? Vatanimiz boy tarixidan, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimiz jasoratidan oladi. O'z oilasi, mehribon ota-onasi hamda el-yurtimizning ishonchi, g'amxo'rligi va e'tiboridan oladi. Yoshlarga hamisha o'rnak va namuna bo'lib kelayotgan siz kabi chinakam fidoyi harbiylardan oladi" [2].

Butun jamiyatimizda bo'lgani singari Qurolli Kuchlarimiz faoliyatida ham katta o'zgarishlar yuz beryapti. Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz mustaqilligining kafolati va asosiy ramzlaridan biri bo'lib yangidan barpo etildi.

Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Bugungi kunda milliy armiyamiz ming-minglab o'g'lonlarimiz uchun chinakam mardlik, fidoyilik, haqiqiy vatanparvarlik maktabiga aylangani, hech shubhasiz, shu yo'lda erishgan eng katta yutug'imizdir. Bu haqiqatni yurtimizdagi barcha ota-onalar, butun xalqimiz g'urur bilan, minnatdorlik bilan e'tirof etmoqda". Ammo, bu degani harbiy xodimlarda jangovarlik va mardlik fazilatlari o'zidan o'zi, mexanistik tarzda shakllanadi, degani emas. Ular, avvalo, maxsus maktablar va o'quv yurtlarida, poligonlardagi amaliy mashqlar va harbiy taktik mashg'ulotlar paytida, shuningdek, hayotimizning barcha sohalarida olib borilayotgan islohotlarida, ya'ni real hayotimizda shakllantiriladi [3].

Davlatimiz mudofaasini harbiy vatanparvarlik sifatlari, milliy va jangovar ruhi yuksak harbiy xizmatchilarsiz tasavvur qilish qiyin. Har bir mamlakatning kuch-qudrati, dunyo hamjamiyatida tutgan o'rni, siyosiy-iqtisodiy rivoji uning yosh kadrlari salohiyati bilan belgilanadi. Mamlakatimizda ta'lim tizimida keyingi yillarda juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Ma'lumki, mamlakatimizda milliy tiklanish, bo'lajak zaxiradagi ofitserlarimiz ongi hamda dunyoqarashini milliy qadriyatlar asosida boyitib borish, milliy armiyamizni turli yot g'oyalardan asrash, bo'lajak zaxiradagi ofitserlarlarni dunyoqarashi keng, kreativ fikrlaydigan, or-nomusi yuqori, g'ururli, vatanparvar, xalqparvar, vijdonli, tashabbuskor, halol va jonkuyar hamda muammoli vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qiladigan qilib, milliy va jangovar ruhi matonatli qilib tarbiyalash masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

"Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo'lsak, uni aynan innovatsion g'oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlash kerak" [4], - deb aytgan edi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev. Ayniqsa, bo'lajak zaxiradagi ofitserlarlarning puxta bilim olishi, harbiy mutaxassislikni mukammal egallashi, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol topishi yo'lida e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada pedagoglarimizning yuksak mehnatlari, tarbiyalash va bilim berish yo'lidagi zahmatlari judayam e'tiroflidir. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o'sib kelayotgan yosh avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy loyihalar pedagogik ta'lim jarayoniga tadbiq etish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Davlatning buguni, ertasi bo'lgan yoshlarning jahonda ro'y berayotgan vaziyatlarga o'z shaxsiy pozitsiyasininng bo'lishi, o'z mamlakati kelajagi uchun qayg'urishida vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish, har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil ravishda

nostandart qarorlar qabul qilish malakalarini oshirish bo'yicha ham ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Respublikamizda so'nggi yillarda bo'lajak zaxiradagi ofltserlarni milliy va jangovar ruhda tarbiyalashga, Vatanga sadoqatlik ruhiyatini oshirishga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi PQ-3898-son "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy himatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi Qarori, 2002-yil 12-dekabrdagi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to'g'risida"gi PQ-436-II-son qarori, 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-637-son O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni, O'zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O'RQ-458 son "O'zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to'g'risida"gi Qonuni, 2022-yil 8-sentabrdagi PQ-371-son "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish tog'risida"gi Konsepsiyai, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2022-yil 12-sentabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-sentabrdagi PQ-371-son qarori ijrosini tashkillashtirish to'g'risida"gi buyrug'i talablarini mukammal bajarish bilan erishilmoqda.

Qurolli Kuchlar jangovar salohiyatini yanada oshirish, harbiy xizmatchilarning barqaror axloqiy-ruhiy holatini hamda yuqori jangovar ruhini ta'minlash, ularda turli buzg'unchi g'oya va ta'sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash ishlari "Yuksak jangovar ruh -askarning yengilmas kuchi, armiyaning qudratidir!" degan konseptual g'oya asosida qo'shinlarning operativ, jangovar, ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy-ruhiy tayyorgarlik tizimida amalga oshiriladi.

Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta'siri bo'lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o'rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur, - dedi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti - Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo'mondoni Shavkat Mirziyoev Miromonovich [5]. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrda "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidagi 158-sonli Farmonida xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O'zbekistonni barpo etish bo'yicha xohish-irodasini ruyobga chiqarish, harbiy fuqaroga o'z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish, sog'lom, bilimli va ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo'g'iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta'minlash maqsadida yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari ta'kidlanadi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrda "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidagi 158-sonli Farmonining 1-ilovasi, "Xavfsiz va tinchliksevar davlat" tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish bobi, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo'yicha islohotlar bo'limida jahonda sodir bo'layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish, shuningdek, qo'shinlarning jangovar ruhi va salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy jang va harbiy mojarolar hamda xorijiy armiyalarning ilg'or tajribasini o'rganish asosida qo'shinlarning jangovar shayligi va mahoratini rivojlantirish, yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish, o'quv jarayonlariga harbiy tayyorgarlikning zamonaviy usullarini keng joriy etish masalalari keng doirada yoritib o'tilgan. Respublikamizda so'ngi yillarda bo'lajak zaxiradagi ofitserlarni milliy va

jangovar ruhda tarbiyalash, Vatanga sadoqatlik ruhiyatini oshirishning meyoriy asoslari va moddiy-texnik bazasi yaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezdenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabr kuni Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga qilgan murojaatlarida "Ta'lim sifatini oshirish Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona yo'lidir" deb ta'kidladilar. Bu esa, bo'lajak zaxiradagi ofitserlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda hamda ularning ichki dunyosi va axloqiy majburiyatini oshirishda alohida o'rin egallaydi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 267-sonli Qarorida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, mazkur yo'nalishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yanada oshirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg'ularini singdirish, bugungi globallashuv va keskin raqobat davrida mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik, shu jumladan, harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, "Xalq va armiya - bir tanu, bir jondir!" degan ezgu g'oya asosida yoshlar tarbiyasiga mas'ul vazirlik va idoralarning kuch va imkoniyatlarini bir g'oya, bir maqsad asosida birlashtirish talab etilishi, mazkur g'oyaning asosiy mazmun va mohiyati o'sib kelayotgan avlodda buyuk tariximiz, azaliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo'lish, milliy ruh va g'ururni yuksaltirish, bebaho boylik - tinchlik va osoyishtalikni asrash va himoya qilish zarurligi kabi fazilatlarni shakllantirish, zarurat bo'lganda, mamlakat suverenitetini himoya qilishga tayyor turish ruhida tarbiyalashdan iborat ekanligi alohida ta'kidlanadi. Binobarin, O'zbekiston manfaatlariga nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida sadoqatli bo'lish, ularni himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo'lish - bularning barchasi bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va ta'sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish muhim ahamiyatga ega.

"Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangn Taraqqiyot strategiyasi"da ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo'nalishlarda "inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash; adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish; milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish; mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish" deb belgilangan [6]. Bu borada bo'lajak zaxiradagi ofitserlarni milliy va jangovar ruhda tarbiyalash mexanizmini rivojlantirishning pedagogik strategiyalarining optimal yo'llarini tanlash va uning metodik asoslarini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari kengayadi.

Shuni xulosa qilib aytish mumkinki, bo'lajak zaxiradagi ofitserlarda milliy g'urur va ma'naviy fazilatlarga tayanadigan barqaror axloqiy-ruhiy holatni ta'minlash, murakkab vaziyatlarga nisbatan bardoshlilikni, yuksak jangovar ruhni tarbiyalash hamda ularda yot g'oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash bilan yuksak milliy va jangovar ruhga erishish mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazilar Mahkamasining 2023 yil 29 iyundagi 267-sonli "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" Qarori: https://lex.uz/ru/docs/6518238.

2. https://ziyouz.uz/matbuot/qayta-qurish-davri-matbuoti/ochil-togaev-qanoti-qayrilgan-lochin-1989/.

3. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-t. - T.: O'zbekiston, 2017.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy Majlisga Murojaatnomasi" 2020 yil 25 yanvar. - 19-son.

5. https://aniq.uz/yangiliklar/shavkat-mirziyoev-milliy-tarixni-milliy-ruh-bilan-yaratish-kerak-aks-holda-uning-tarbiyaviy-tasiri-bulmayd.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ-60-sonli "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi qarori. https://lex.uz/ru/docs/-5841063

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.