Научная статья на тему 'O’zbekiston Respublikasi suverenligining huquqiy asosi'

O’zbekiston Respublikasi suverenligining huquqiy asosi Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
3664
142
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
O‘zbekiston Respublikasi / konstitutsiya / BMT / suverenitet / norma / nizom / prinsip / deklaratsiya / demokratiya / qonun / huquq / ratifikatsiya / denonsatsiya / implemintatsiya / xalqaro tashkilot / tinchlik / Bosh Assambleya

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Mehrangiz Najmutdinova, Indira Rustam Qizi Narkulova

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi suverenligi, uning suvereniteti milliy va xalqaro hujjatlarda himoya qilinganligi hamda suverenitetning o‘ziga xos belgilari yoritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbekiston Respublikasi suverenligining huquqiy asosi»

O'zbekiston Respublikasi suverenligining huquqiy asosi

Mehrangiz Najmutdinova Ilmiy rahbar: Indira Rustam qizi Narkulova O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi suverenligi, uning suvereniteti milliy va xalqaro hujjatlarda himoya qilinganligi hamda suverenitetning o'ziga xos belgilari yoritildi.

Kalit so'zlar: O'zbekiston Respublikasi, konstitutsiya, BMT, suverenitet, norma, nizom, prinsip, deklaratsiya, demokratiya, qonun, huquq, ratifikatsiya, denonsatsiya, implemintatsiya, xalqaro tashkilot, tinchlik, Bosh Assambleya

The legal basis of the sovereignty of the Republic of

Uzbekistan

Mehrangiz Najmutdinova Scientific supervisor: Indira Rustam kizi Narkulova Public Security University of Republic of Uzbekistan

Abstract: In this article, the sovereignty of the Republic of Uzbekistan, its sovereignty is protected in national and international documents, and the distinctive features of sovereignty were highlighted.

Keywords: Republic of Uzbekistan, constitution, UN, sovereignty, norm, regulation, principle, declaration, democracy, law, law, ratification, denunciation, implementation, international organization, peace, General Assembly

Bilamizki suverenitet so'zi fransuzchadan tarjima qilinganda "Oliy hokimiyat" degan ma'noni anglatadi, ya'ni hokimiyatning ustunligi va mustaqilligi hisoblanadi. Suverenitetni hurmatlash xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy prinsipi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavida hamda boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlab qo'yilgan. Konstitutsuyaviy huquq fanida suverenitet tushunchasi 3 ta asosiy turga bo'linadi: davlat suvereniteti, millat suvereniteti hamda xalq suvereniteti. Davlat suvereniteti-hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda to'la mustaqilligi hisoblanadi. Davlat suvereniteti haqidagi g'oya Jan Bodenga tegishlidir. Uning fikricha, suverenitet davlatning eng muhim belgisidir. Bunda abadiy, mutlaq va bo'linmas oliy hokimiyat nazarda tutiladi. Millat suvereniteti-millatning to'la hokimiyatini, uning to'la siyosiy erkinligini, o'z milliy hayotini belgilash real

imkoniyatiga egaligini hamda mustaqil davlatni tashkil qila olishgacha bo'lgan huquqqa egaligini bildiradi. Xalq suvereniteti-xalqning to'la hokimiyatini anglatadi, ya'ni xalq jamiyat va davlatni boshqarishda real ishtirok etish uchun ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vositalarga ega bo'ladi. Xalq suvereniteti-barcha demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy tuzum prinsiplardan biri hisoblanadi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida belgilanishicha, "Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko'zlab va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi" (7-modda).

Suverenitet-bu mustaqillik va ozodlikdir. Shu o'rinda mashxur fransuz adibi, huquqshunosi va faylasufi Sharl-Lui de Monteskiyoning "Ozodlik" borasidagi ushbu fikrlari mavjud: "Ozodlik, bu qonun izn bergan har qanday narsani qilish mumkin, deganidir".

O'zbekiston suveren demokratik respublika. Aynan mana shu jumlalar orqali biz O'zbekiston Respublikasini suveren davlat ekanligini anglaymiz. Bu jumlalarning huquqiy asosi sifatida esa O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasini keltirib o'tamiz. Bilamizki, Konstitutsiyamizning 1-bo'limi "Asosiy prinsplar" ,-deya nom olgan. Mazkur bo'limning 1-bobi aynan "Davlat suvereniteti"ga bag'ishlanadi. Ushbu bob 1-6-gacha bo'lgan moddalarni o'z ichiga oladi. Mana shu moddalarda O'zbekistonning suvereniteti belgilari aks etgan.

O'zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda "Mustaqil davlat", - deya e'lon qilindi. Aynan shu kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun 17 ta moddadan iborat. Mazkue qonun O'zbekiston Respublikasining suverenitetini belgilovchi muhim asos hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, O'zbekistonni mustaqil davlat sifatida 140 dan ortiq davlatlar tan olgan. "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi qonunning 1-moddasida: "O'zbekiston Respublikasi, o'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlatdir", - deb belgilab qo'yilgan. O'zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi (O'zb.Res.Kons 17-modda). Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, O'zbekiston mustaqil davlar sifatida boshqa davlatlar bilan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, diplomatik va boshqa aloqalarni yo'lga qo'ya oladi. O'zining tashqi siyosatini o'zi mustaqil belgilaydi va Xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'la oladi. Buning isboti sifatida bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining bir qancha xalqaro tashkilotlar (BMT,

YUNESKO, YUNISEF, YXHT, SHXT, MDH va h.klar) ga a'zo ekanligini ko'rsatib o'tishimiz mumkin. Bundan tashqari O'zbekiston xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya, denonsatsiya hamda implemintatsiya qilish huquqiga ham ega. O'zbekiston Respublikasida "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi qonun qabul qilingunga qadar 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan "Mustaqillik dekloratsiyasi" amal qilar edi. Ushbu deklaratsiya 12 ta moddadan iborat. Unga ko'ra: "O 'zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o'z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabarlardagi tanho hokimligidir", - deya belgilangan edi.

Muammoli vaziyatlar sifatida xalqaro tajribada shularni ko'rishimiz mumkinki, yaqin tarixda mustaqilligiga tahdid solingan va hozirgi kunda ham suverenitetiga tahdid solinayotgan davlatlar mavjud. Birgina misol, Birlashgan Millatlar Tashkilotining nizomida quyidagicha bayon qilingan:

"Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko'zlagan maqsadlari-xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash vas hu maqsadda tinchlikka tahdidning oldini-olish va uni bartaraf etish va tajovuz harakatlari yoki tinchlikka raxna soluvchi boshqa harakatlarni bostirish uchun birgalikda samarali choralar ko'rish hamda adolat va xalqaro huquq prinsiplariga asoslangan holda tinchlik vositalaridan foydalanib, tinchlikning buzilishiga olib keluvchi xalqaro nizo yoki vaziyatlarni tinchitish yoki hal etish... " (BMT nizomI 1-modda). BMT nizomida ko'rsatilgan xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplarida ham kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik hamda chegaralarning daxlsizligi kabi qoidalar mavjud. Ushbu qoidalarni O'zbekiston Respublikasi o'zining asosiy qomusi bo'lgan konstitutsiyasining 17-moddasida, shuningdek muqaddimasida ham belgilab qo'ygan. Aynan BMT ga a'zo bo'lgan 193 ta davlat ushbu qoidaga amal qilishi kerakligi barchamizga ma'lum. Negaki, BMT ga a'zo davlatlar u tomonidan qabul qilingan nizom va xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qiladi. Ammo, bugungi kunda Ukraina suverenitetiga BMT ning doimiy a'zosi bo'lgan Rossiya davlati ochiqdan-ochiq tahdid solmoqda. Bundan tashqari Afg'oniston davlati mustaqilligiga ham tahdid solingan.

Statistika bo'yicha dunyoda urush o'choqlari talaygina. Afg'oniston, Suriya, Iroq, Yaman kabi davlatlar shular jumlasidandir. Lekin yaqin vaqt ichida faol harbiy harakatlar boshlanishi ehtimoli yuqori bo'lgan shunday hududlar borki (Venesuella, Yaqin Sharq, Isroil chegaralari, Liviya, Koreya yarimoroli, Eron va h.klar), arzimas sabab ham u yerda uzoq muddat qon to'kilishiga sabab bo'lishi mumkin. Bunday muammolar qachon yuzaga keladi bilasizmi? Qachonki qonunchilik yuqori darajada ta'minlanmaganida. Bizlar asosiy e'tiborimizni bugungi kunda huquqiy ong va huquqiy madaniyatga qaratishimiz lozim. Jamiyatda yashovchi har bir insonga vatanparvarlik ruhini singdirishimiz, mana shunday muammoli vaziyatlarni xalqaro darajada hal etish uchun belgilangan huquqiy normalar hamda xalqaro tan olingan

prinsiplarni hayotda ijro e'tilishini, shuningdek uning jahon hamjamiyatida ta'minlanishi ilgari surishimiz lozim. Bunday muammolar qachon yuzaga keladi bilasizmi? Qachonki qonunchilik yuqori darajada ta'minlanmaganida. Negaki bunday qoidalar nafaqat milliy, balki xalqaro darajada belgilab qo'yilgan. Chunki tinchlik va osoyishtalik faqatgina bittagina davlatning qo'lida emas. Bejizga ota bobolarimiz, "Qo'shningtinch-sen tinch", deyishmagan. Birgina davlatda urush bo'lsa uning ta'siri 20-30 ta davlatga ham ziyon keltirishi mumkin. Umuman olganda, BMT tinchlik va xavfsizlikni himoya qilish maqsadida tuzilgan!

Suveren demokratik O'zbekistonda eng oliy maqsad-insonparvar huquqiy demokratik davlat barpo etish va yuksak taraqqiy etgan fuqarolik jamiyatini qurishdir. Bugungi kunga kelib O'zbekiston suverenitetini butun jahon tan olishni boshlamoqda. Buning yaqqol isboti sifatida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning suveren davlar rahbari sifatida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida ilk bor o'zbek tilida nutq so'zlaganligini misol qilib keltirishimiz mumkin.

O'zbekistonning mustaqilligi ramzi bo'lmish humo qushi kabi bugun bizdek yoshlar qanot yozib parvoz qiladigan davrimiz. Qonunchiligimizdagi normalarning bari inson qadri uchun. Konstitutsiyamizda alohida bitta bo'limning bizlar (inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari) ga bag'ishlanganligining o'zi ham katta imkoniyat. Bugungi kunda yangi taraqqiy etayotgan mustaqil O'zbekistonda kafolatlab qo'yilgan huquqlarimizdan oqilona foydalanib, bor e'tiborimizni o'qishga qaratishimiz lozim. Mustaqillik-bu bebaho ne'mat. Har kim ham mustaqil davlatda yashamaydi. Yangi O'zbekistonda el aziz-inson aziz!

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - https://lex.uz

2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi - https://unic.un.org

3. Mustaqillik deklaratsiyasi - https://lex.uz

4. "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi qonun - https://lex.uz

5. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi - https://constitution.uz

6. Davlat va huquq nazariyasi - https://e-library.namdu.uz

7. Наркулов А. К. У. Патрулирование основа обеспечения общественного порядка //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - No. 11. - С. 1334-1339.

8. Наркулов А. К. У. НОРМАТИВНО-ПРАВОВАЯ БАЗА ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН И МЕЖДУНАРОДНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ В ОБЛАСТИ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КИБЕРТЕРРОРИЗМУ //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - No. 3. - С. 217-224.

9. Наркулов А. МЕТОДИКА ПОДГОТОВКИ СОТРУДНИКОВ НАЦИОНАЛЬНОЙ ГВАРДИИ К ПРИМЕНИЮ СИЛОВЫХ СПОСОБОВ ЗАДЕРЖАНИЯ ПРАВОНАРУШИТЕЛЕЙ //Образовательные исследования в универсальных науках. - 2022. - Т. 1. - №. 4. - С. 117-122.

10. Наркулова И. Р. Профессионально-ориентированное обучение русскому языку курсантов юридического профиля на основе интерактивной программы //Science and Education. - 2023. - Т. 4. - №. 2. - С. 1348-1352.

11. Наркулова И. Р. К. СВОЙСТВА ГЛАГОЛОВ АКТИВНОГО ВОСПРИЯТИЯ В СОВРЕМЕННОМ РУССКОМ ЯЗЫКЕ //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - Т. 2. - №. Special Issue 28. - С. 421-423.

12. Наркулов А. К. Роль правоохранительных органов и общественных организаций в сфере обеспечения общественного порядка (на примере США) //Science and Education. - 2023. - Т. 4. - №. 2. - С. 1615-1620.

13. Наркулова И. Р. РАЗВИТИЕ ПРОЕКТНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ КУРСАНТОВ ВЫСШИХ ВОЕННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ //International journal of conference series on education and social sciences (Online). - 2022. - Т. 2. - №. 7.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.