Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUVERENITETINING HUQUQIY ASOSI
Mafura Muxtarxanovna Inagamova
Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, (PhD), dotsent
Firdavs Akramjon o'g'li Zayniddinov
Toshkent Davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi.
Ma'lumki, suverenitet fransuzcha so'zdan olingan bo'lib, «oliy hokimiyat» degan ma'noni anglatadi. Suverenitetning "oliy hokimiyat, mustaqillik" degan tushunchasini fransiyalik J. Boden tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib,[1] u hozirgacha shu ma'noda barcha xalqlar davlatchiligida ishlatilib kelinadi. Ozodlik, mustaqillik uchun kurashlar "suverenitet" uchun kurash bilan mustahkamlanib, xalqaro ahamiyat kasb etgan. Suverenitet so'zi hurmatlash - xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy prinsipi deb ta'kidlab o'tishgan [2]. Fikrimizcha, suverenitet so'zi mamlakat ichkarisida hokimiyatning to'liq ustunligi hamda tashqi siyosatda mustaqilligidir.
Mustaqillik — davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram bo'lmay faoliyat ko'rsatishi hisoblashi bilan birga, mustaqil tamoyillariga rioya etish davlatlararo o'zaro munosabatlarda etakchi, hukmron qoida sanaladi. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish o'zaro tinch-totuv yashashning prinsiplaridan biridir. Ushbu qoida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustav va xalqaro shartnomalar va deklaratsiyalart mustahkamlab qo'yilgan. Shuningdek, unga rioya qilish hozirgi zamon xalqaro huquqining asosiy vazifasidir.
Davlatning suvereniteti uning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridagi mustakilligini ham bildiradi. Mustaqil davlatning faqat siyosiy emas, balki iqtisodiy mustaqilligini ham anglatadi.
Mustaqillik insoniyatning azaldan orzu-umidi bo'lib kelgan. Ana shu g'oya asosida AQSH, Fransiya, Lotin Amerikasi mamlakatlarida inqiloblar yuz berdi. XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tartibotlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning o'rnida bir necha mustaqil respublika, Chexoslavakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga bo'linib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, nemislar yashaydigan hududda sotsialistik tuzum barham topdi. Ayni chog'da, sobiq Sovet Sotsialistik Respublikasi parchalanib uning o'rnida mustaqil taraqqiyot yo'lini tanlagan o'n besh mamlakat tashkil topdi.
Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib Mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan jarayonga aylandi. O'zbekistonning Mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi.
Mustaqillik imkoniyatlarini oldindan payqagan, mamlakat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining borishini to'g'ri kuzatib, to'g'ri baholay bilgan O'zbekiston ittifokdoshlari orasida birinchilardan bo'lib, o'z mustaqilligini e'lon qildi. 1991 -yil 31 avgust kuni qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi» Bayonot O'zbekiston hukumatining siyosiy yo'lini to'la qonunlashtirib berdi. Shu kuni "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi qonun [3] qabul qilindi. Mazkur qonun bilan birinchidan, O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining bundan keyin O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi «O'zbekiston Respublikasi» deb nomlash; ikkinchidan, 1-sentabr kunini «Mustakillik kuni» bayrami deb e'lon qilish; uchinchidan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yangi ishlab chiqish; to 'rtinchidan, ittifoqning va uning tarkibiga kiradigan barcha mustaqil davlatlarning oliy qonun chiqaruvchi idoralariga, barcha xorijiy davlatlarga va jahon hamjamiyatiga murojaat qilib, ularni respublikaning davlat mustaqilligi e'lon qilingan hujjatni tan olishga da'vat etish to'g'risida qaror qabul qilindi. Bu o'z suverenitetiga ega O'zbekistonning dastlabki huquqiy poydevori edi.
Shu o'rinda "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi qonunning mazmun-mohiyatiga to'xtalib o'tish maqsadga muvofiqdir. U 17 moddadan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Qonunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi o'z tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb e'lon qilindi. O'zbek xalqi o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga ega bo'ldi, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai bo'ldi. O'zbekiston mustaqilligi respublikada adolatli, demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yo'l ochib berdi, o'z milliy davlatchiligini barpo qilishga imkoniyat yaratdi. [4]
Mustaqillik tufayli O'zbekiston xalqaro miqyosda o'zini tanitish, ayni chog'da xalqaro huquq me'yorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Jahon xaritasida
Civil Society and a People-Friendly State
etishning huquqiy kafolati
December 1-7, 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
O'zbekiston yangi, yosh mustaqil davlat sifatida o'z o'rniga ega bo'ldi.
Iqtisodiyotda tub o'zgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratildi. Ya'ni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun sharoit barpo etildi. Mulkka munosabat tubdan o'zgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun imkon ochildi.
Mustaqillik xalqning ma'naviy uyg'onishi uchun to'la imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshladi. Xalqining azaliy urf-odatlari, ma'naviy qadriyatlari unga qaytarib berildi. [5]
Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga o'zgardi. Shunday qilib, qo'lga kiritilgan Mustaqillik o'zbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana bordi. Xalq kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. O'z yurtining to'la xo'jayini ekanligini, o'z taqdirini o'zi belgilash imkoniyatini qo'lga kiritganligini his qila boshladi.
Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, biz har qanday vaziyatda ham O'zbekistonning davlat suvereniteti, uning sarhadlari daxlsizligi va hududiy yaxlitligini ta'minlashimiz shart. Bu — bizning tarix va kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burchimiz va majburiyatimizdir». [6]
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik to'g'risida Qonuni O'zbekiston Respublikasida fuqarolik, shaxsning davlat bilan o'zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig'indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e'tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining butun hududi uchun yagona fuqarolik o'rnatilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi, u qanday asoslarda olinganligidan qat'i nazar, hamma uchun tengdir.(4-modda) [7]
Shu o'rinda, fuqarolik va O'zbekiston Respublikasi fuqarolar kimlar bo'lishi mumkin degan savolga qisqacha to'xtalib o'tsak. Fuqarolik kodeksida fuqarolar jismoniy va yuridik shaxslarga bo'linadi.
Fuqarolar deganda O'zbeksiton Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tushuniladi.
Bundan tashqari "O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to'g'risida" qonun ham mavjud bo'lib, uning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini belgilash, o'zgartirish,
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
December 1-7, 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
qo'riqlash va himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
O'zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi (bundan buyon matnda Davlat chegarasi deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasining hududi doirasini (quruqlikni, suvni, er qa'rini va samoviy hududni) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo'ylab o'tuvchi vertikal sathdan iborat. (3-modda) [8]
Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, davlat chegarasini kesib o'tish quyidagicha amalga oshiriladi:
- quruqlikda, chegara daryolarida, ko'llarda va boshqa suv havzalarida -xalqaro temir yo'llarning, avtomobil yo'llarning, daryo qatnovi va boshqa qatnov yo'llarining Davlat chegarasini kesib o'tish uchun belgilangan joylarda;
- samoviy hududda - xalqaro trassalarning Davlat chegarasini kesib o'tish joylarida yoki ushbu maqsadlar uchun ajratilgan havo yo'laklarida;
Shaharlar va transport vositalari Davlat chegarasidan to avtomobil yo'li va temir yo'l o'tkazish punktlarigacha yoki qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotganda:
- Belgilangan yo'nalishni o'zgartirish;
- Transport vositalariga shaxslarni chiqarish, tovarlarni yuklashni hamda tranpost vositalaridan shaxslarni, tovarlarni tushirishni amalga oshirish;
- Har qanday uchuvchi apparatlarni va uchuvchisiz uchuvchi appartlarni havoga ko'tarishni, qo'ndirishni yoki qabul qilishni amalga oshirish taqiqlanadi;
Chegara mintaqasida quyidagilarga nisbatan qo'shimcha rejim choralari va taqiqlari joriy etilishi mumkin:
- Chegara mintaqasida begona shaxslarning kirishiga;
- Xo'jalik faoliyati hamda boshqa faoliyat amalga oshiriladigan hududlarga kirishi;
- Suzish vositalarining chegara daryolariga, ko'llarga va boshqa suv havzalariga kirishiga ruxsatnomalar Chegara qo'shinlari yoki Transport vazirligi tasarrufidagi tegishli tashkilot tomonidan beriladi. [9]
Xulosa qilib aytganda Konstitutsiyaviy qoidalar zamirida mustaqilligimizni asrab-avaylash va yanada mustahkamlash, kelajak avlodlarga ozod va erkin Vatan qoldirish, xalq manfaatlari ko'zlangan islohotlar yo'lidan ortga qaytmaslik, qonun va adolat ustuvorligi, insonga e'tibor va g'amxo'rlik kabi muhim qadriyatlar mujassam bo'lib, ular davlatchilikning tamal toshlari sifatida mustahkamlanmoqda.
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
December 1-7, 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
REFERENCES
1. Azizxo'jaev A. va boshqalar. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga sharh. — Toshkent: TDYU, 2008. — 19-bet.
2. G.M.Tansikbayeva, V.A. Kostestskiy. Konstitutsiyaviy huquq asoslari. - Toshkent: "Sharq" Nashriyot Manbaa AJ kompaniyasi Bosh tahririyati, - 2019. - 19-bet.
3. O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 11-son, 246-modda; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
4. Inagamova M.M. M.E.Fahriddinov. Konstitutsiya - inson qadri va adolat ustuni / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1 https://tstu.uz/. Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life. Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022. 324-329-b.
5. O'zbekiston Respublikasi Davlat chegaralari to'g'risida. 13.09.2023 yildagi O'RQ 868-son. https://lex.uz/uz/docs/.
6. O'zbekiston Respublikasi Fuqaroligi to'g'risida. 13.03.2020 yildagi O'RQ 610-son. https://lex.uz/docs/.
7. Inagamova M.M. Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga oid ayrim mulohazalar(ahloq va huquq normalarining o'zaro hos xususiyatlari) / O'zbekiston milliy Universiteti xabarlari, 2022, [1/12/1] -B. 80-82.
8. Dadasheva A.A. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) Инноватсионные исследования в современном мире: теория и практика 2 (17), 87-90
9. Касимова А.А Рол женщины в современной науке 8 (08/2023), 226-234
10. Egamberdieva N.X. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI
11. Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini takomillashtirish (Scienceweb academic papers collection)
12. Yunusova N. Sh (2022). YoSh MUTAXASCISLARNI TARBIYaLAShDA QADRIYaTLARNING O'RNI. Academic research in educational sciences, 3 (ТСТУ Conference 1), 339-341.
13. Malikov, B. Q. (2021). ShARQ MUTAFAKKIRLARINING DAVLAT XIZMATLARIGA DOIR SIYoSIY QARAShLARI. Scientific progress, 1(4), 207-212.
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
December 1-7, 2023