Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo Civil Society and a People-Friendly State_etishning huquqiy kafolati
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA FUQAROLARNI SIYOSIY HUQUQLARINING AYRIM JIHATLARI
Mafura Muxtarxanovna Inagamova
(PhD), dotsent
Islom Sharofiddin o'g'li Sag'dullayev
Toshkent davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi
Ma'lumki, mustaqil mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining to'la huquqli a'zosi hisoblanadi. Aynan shu huquqlari sabab, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalarini so'zsiz milliy qonunchilikka ratifikatsiya qilib kelmoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risida»gi xalqaro Paktga (1966 y.) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 127-I-sonli «1966 yil 16 dekabrdagi fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktga qo'shilish haqida»gi qaroriga asosan qo'shilgan.
Shu o'rinda ta'kidlab o'tish lozimki, fuqarolik va siyosiy huquqlar - bu shaxsning huquq va erkinliklarini hukumatlar, ijtimoiy tashkilotlar va xususiy shaxslar tomonidan buzilishidan himoya qilaligan, jamiyat va davlatning fuqarolik va siyosiy hayotida kamsitish va repressiyalarsiz ishtirok etish imkoniyatini ta'minlaydigan huquqlar sinfidir. [1]
Fuqarolik huquqlari shaxslarning jismoniy va aqliy yaxlitligini, hayoti va xavfsizligini ta'minlashni o'z ichiga oladi hamda ularga irqi, dini, millati va boshqa shaxsiy xususiyatlaridan qat'i nazar, teng ijtimoiy imkoniyatlarni va qonun tomonidan baravar himoya qilishni ta'minlaydi. Ammo unutmaslik kerakki, ba'zi fuqarolik huquqlariga yashash, shaxsiy daxlsizlik huquqlari, so'z, harakatlanish, vijdon, shaxsiy hayot erkinligi va boshqalar kiradi.
Siyosiy huquqlar shaxslarning davlat va jamiyat hayotida erkin ishtirok etishiga imkon beradi. Bunga ovoz berish va davlat lavozimlarini egallash kiradi. Siyosiy huquqlarga ovoz berish huquqi, davlat lavozimlariga nomzod bo'lish huquqi, yig'ilishlar, namoyishlar o'tkazish huquqi, uyushmalar tuzish huquqi va boshqalar kiradi.
Fuqarolik huquqlari inson huquqlari sifatida universal bo'lsa-da, siyosiy huquqlar ko'pincha fuqarolar (faqatgina ma'lum bir davlat fuqarolari uchungina) bilan cheklanadi.
https://tstu.uz/
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
259
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
Fuqarolik va siyosiy huquqlar turli xalqaro va mintaqaviy shartnomalar, davlatlaming milliy konstitutsiyalari bilan himoya qilinadi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt ushbu huquqlarni xalqaro darajada himoya qilishni ta'minlaydigan eng keng qamrovli shartnoma hisoblanadi. [2]
K. Yaspersning qayd etishicha, miloddan avvalgi IX - III asrlar oralig'ida qariyb bir vaqtda bir-biridan mustaqil tarzda Sharqda - Xitoy, Hindiston, Eron, Falastinda va G'arbda - Yunonistonda siyosiy huquqiy qarashlarni o'zida mujassam etgan madaniy markazlar vujudga kelgan.
Insoniyat siyosiy tafakkurining g'oyat kata shitob bilan o'sishida XVI-XIX asrlar oralig'ida G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ro'y bergan iqtisodiy, ilmiy, siyosiy o'zgarishlar muhim rol o'ynaydi. Jumladan, italiyalik mutafakkir N. Makiavelli XVI asrda siyosiy fan, falsafa va axloqni bir-biridan aniq ajratib berdi. U siyosiy tadqiqotlarni mustaqil ilmiy yo'nalish sifatida ajratib, davlat va hokimiyat masalalarini tahlil markaziga qo'ydi, hokimiyat uchun kurash uslublarini ishlab chiqdi. Keyinroq esa Gobbs, Lokk, Monteskyo, Russo, Medison, Berk, Tokvil kabi mutafakkirlar tomonidan siyosiy tadqiqotlar yanada rivojlantirildi. [3]
Mamlakatimizning Bosh Qomusida ham yuqorida belgilangan normalar mustahkamlangan bo'lib, unga ko'ra fuqarolarning siyosiy huquqlar ya'ni jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakilari orqali, o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini rivojlantirish va takomillashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi degan qat'iy qoida mavsjud.
Bu moddani kengroq sharhlaydigan bo'lsak, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish - mamlakatizmizda huquqiy, demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omilidir.
Har bir fuqaro siyosiy huquqini saylov orqali ro'yobga chiqaradi. Buning ma'nosi shundan iboratki, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari o'zlari saylab qo'ygan vakilari, vakillik organlari bo'lmish qonun chiqaruvchi organ- Oliy Majlis, xalq deputatlari tegishli Kengashlari hamda fuqarolarning o'zini - o'zi boshqarish organlari orqali davlat ishlarini boshqarishda bevosita ishtirok etadi.
Shuningdek fuqarolar vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga ega bo'lib, fuqaro tomonidan o'z xohish - irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
Civil Society and a People-Friendly State
etishning huquqiy kafolati
https://tstu.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
December 1-7, 2023
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36 - moddasiga ko'ra fuqarolar muhim siyosiy huquq - faol saylov huquqiga, ovoz berish huquqiga egadirlar.
O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining yana bir muhim siyosiy huquqi - sust (ya'ni passiv) saylov huquqiga egaliklaridir.
Sust (passiv) saylov huquqi - saylanish huquqidir. Faol va sust saylov huquqi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117 -moddasida belgilab qoyilgandir. Saylov kunigacha 25 yoshga to'lgan respublikaning har qanday fuqarosi Oliy davlat vakillik organiga Oliy Majlisga, saylovgacha respublika hududida 10 yil yashagan, davlat tilini yaxshi biladigan, 35 yoshdan kichik bo'lmagan fuqaro O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishi mumkin.
Demokratik, huquqiy davlat tamoyillaridan biri- fuqarolarning o'z ijtimoiy faolliklarini erkin amalga oshirish huquqiga ega bo'lishlaridir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 38- moddasi fuqarolarning ijtimoiy faolliklarini mitinglar, yig'ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqini e'tirof etadi va qonuniy jihatdan kafolatlaydi.
Davlat fuqarolarning ijtimoiy faolliklarini miting, yig'ilish va namoyishlar shaklida amalga oshirishlari, o'z fikrlarini erkin ifodalashlari uchun ularga siyosiy huquqlar beradi, binolar, ko'chalar, maydonlardan, ommaviy axborot vositalaridan foydalanishlari uchun imkoniyat yaratadi, ularni tinch va osoyishta amalga oshishini ta'minlash uchun huquq- tartibot, o't o'chirish va tibbiy yordam xizmatlarini shay qilib qo'yadi.[4]
Hokimiyat organlari miting, namoyish va yig'inlar joyini belgilaydi, boshlanishi va tugashini nazorat qiladi.
Bu tadbirlar hokimiyatni o'zboshimchaligi natijasi emas, balki ular huquqiy aktlar bilan qat'iy mustahkamlangandir. Bu g'arb mamlakatlarining huquqiy dasturlarida ham belgilab qoyilgan. Masalan, Amerika Qo'shma Shtatlarining Oliy Sudi jamoat tartibini saqlash maqsadida namoyish va mitinglar o'tkazish joyi, vaqti va shaklini bekgilash tartibi haqida qaror qabul qiladi.
Avstraliya va Belgiyada yig'Ilishlarni faqat ochiq havoda (ko'cha, maydon va dam olish xiyobonlarida) o'tkazish qoidasi mavjud. Fransiyada esa ko'cha va maydonlarda namoyish va mitinglarni o'tkazish mutlaqo taqiqlangan. Ispaniya, Daniya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda palitsiya har qanday miting va namoyishni tarqatib yuboradi, kerak bo'lsa namoyishchilarga qarshi jismoniy kuch ham ishlatadi. [5]
Amaldagi qonunchilikda sanksiyalanmagan namoyishlar, mitinglar va ko'cha yig'inlarini tashkil etganlik va o'tkazganlik
|2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
uchun ma'muriy javobgarlik belgilangan. O'zbekistonda hukm surayotgan asoyishtalik, diniy va milliy hamjihatlik, tolerantlik O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 38- moddasining hayotiy ekanligini isbotlab kelmoqda.
REFERENCES
1. M.M.Inagamova. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. B. 59-64
2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T. ".O'zbekiston", 2019, 9-17 betlar.
3.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga sharx. T.,"O'zbekiston", 2008, 94196 betlar.
4. M.M. Inagamova. R.I.Rahmatullayev. Konstitutsiya kelajagimizning huquqiy kafolatidir / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1
5. Siyosatshunoslik T. "Toshkent" 2-10 betlar.
Civil Society and a People-Friendly State
etishning huquqiy kafolati
https://tstu.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
December 1-7, 2023