Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: AYBSIZLIK PREZUMPSIAYSINING AYRIM JIHATLARI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: AYBSIZLIK PREZUMPSIAYSINING AYRIM JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

18
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: AYBSIZLIK PREZUMPSIAYSINING AYRIM JIHATLARI»

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: AYBSIZLIK PREZUMPSIAYSINING AYRIM JIHATLARI

Mafura Muxtarxanovna Inagamova

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, (PhD), dotsent

Jasurbek Lutfullo o'g'li G'aybullayev

Toshkent Davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi

Aybsizlik prezumpiyasi (lotincha: Praesumptio - taxmin, gumon so'zidan olingan) - shaxs huquqlari himoyasini ta'minlab beruvchi, asossiz ayblash va jazolashning oldini oluvchi jinoyat protsessining umumiy demokratik tamoyillaridan biri hisoblanadi. Unga ko'ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Mazkur prinsipning yana bir muhim xususiyati shundaki, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas.[1]

Aybsizlik prezumpsiyasi jinoyat huquqining muhim prinsiplaridan biri hisoblanadi. Aybsizlik prezumpsiyasi xalqaro huquq normalarida hamda milliy qonunchiligimizda o'z aksini topgan. Xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 11-moddasida uning har bir shaxsga berilgan daxlsiz huquq ekanligi qat'iy belgilab qo'yilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga ko'ra, «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o'zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta'minlab beriladi». [2]

Aybsizlik prezumpsiyasining ahamiyati va qo'llanilishi haqida ko'plab huquqshunoslar yakdil fikrda bo'lsalar-da, lekin uni talqin etish borasida bahsli masalalar ham uchrab turadi. Keling, avvalo, mazkur prinsipning kelib chiqish tarixi haqida to'xtalib o'tsak.

Olimlar aybsizlik prezumpsiyasining ilk belgilari qadimgi yahudiy qonunlarida bo'lganini aytishadi. Shuningdek, ayrimlar uni Qadimgi Rim huquqi bilan bog'lab, XII-asr Italiya huquqida aybsizlik prezumpsiyasi rasman amal qilganini ta'kidlashadi. XV-asrga kelib, Italiyaning o'zida

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

https://tstu.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

aybsizlik prezumpsiyasining barcha uchun teng umumiy prinsip ekanligi e'tirof etila boshlangan.

Aybsizlik prezumpsiyasi qonuniy prinsip sifatida ilk marotaba 1789-yilda qabul qilingan Inson huquqlari to'g'risidagi Fransiya deklaratsiyasida o'z ifodasini topdi. XVIII-asrning 2-yarmida aybsizlik prezumpsiyasi har bir insonga kafolatlangan asosiy konstitutsiyaviy huquq sifatida to'la e'tirof etildi.

Aybsizlik prezumpsiyasi tamoyili Amerika Qo'shma Shtatlari qonunchiligiga 1894-yili AQSH Oliy sudi tomonidan ko'rilgan The US vs. Coffins ishi orqali kirib keldi. O'shanda quyi instansiya sudining prisyajniylar hay'atiga ayb isbotlanmaguncha ayblanuvchilar begunoh bo'lishi kerakligi haqidagi ko'rsatmani bermagani aniqlangan edi. Mazkur ish yuzasidan chiqarilgan AQSH Oliy sudi qarorida aybsizlik prezumpsiyasi o'z ifodasini topadi:

Ma'lumki, aybsizlik prezumpsiyasi insonga yetkazilishi mumkin bo'lgan ehtimoliy nohaqliklarning oldini olishga qaratilgan. Ayrim huquqshunoslar da'vo qilganidek, og'ir jinoyatlarga nisbatan ayblilik prezumpsiyasini qo'llash, ba'zan o'zini oqlasa ham, begunoh insonlarni nohaq jazolab qo'yish xavfining mavjudligi bois keng talqin qilinmaydi. To'g'ri, aybsizlik prezumpsiyasi qo'llanganda ayrim aybdorlar jazosiz qolishlari mumkin. Lekin ayblilik prezumpsiyasida begunohlarning jazoga tutilib qolish xavfi bo'ladi. Davlat barcha aybdorlarni jazolashga erishish uchun aybsizlar hayotini xavfga qo'ymasligi kerak. Aksincha, uning bosh maqsadi aybdorlar ichiga kirib qolishi mumkin bo'lgan aybsizlarni topib, ularni himoya qilish bo'lmog'i lozim. Shu bois ham aybsizlik prezumpsiyasi har bir shaxsning daxlsiz huquqi hisoblanadi. [3]

Statistik ma'lumotlarga qaraganda so'nggi yillarda yurtimizda jinoyat sodir etishda ayblanotgan shaxslarni, jumladan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchini himoya huquqi bilan ta'minlash, asossiz va noqonuniy ayblovlarga chek qo'yish borasida bir qator ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2016 -2022-yillar mobaynida 4 740 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilganligi ham buning yaqqol isbotidir. [4]

Bundan tashqari, Xorijiy davlatlarda xususan rossiyalik olimlar A.Magomedov, A.Sergeev, V.Shvetsovning o'z xulosalari bilan asoslab berishgan. Ularning ta'kidlashicha, aybsizlik prezumptsiyasi OAV tarqatadigan axborotlarga ham taalluqlidir, ya'ni «.. .shaxsning aybdorligi to'g'risidagi har kimning, har qanday fikrlari va xulosalari qonuniy chiqarilgan hukm kuchga kirgungacha yuridik ahamiyatga ega emas; bunga huquq pozitsiyasidan ham, axloq qoidalaridan kelib chiqib ham yo'l

2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

qo'yish mumkin emas. Gap og'zaki va yozma xabarlar, intervyular, OAV nashrlari haqida bormoqda. Ular aybsizlik prezumptsiyasi printsipiga zid bo'lib, qonunlarni buzish hisoblanadi, zero, jamoatchilik fikrini chalg'itadi, ayblanuvchini muddatidan oldin, gohida bekordan-bekorga obro'sizlantiradi, sudlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi» . [5]

Ba'zi tadqiqotchilar bu fikrga qarshi o'laroq, aybsizlik prezumpsiyasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida «Har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega» deb qayd etilgan normaga zid ekanligini e'tirof etadi. Ammo ular ushbu moddaning 2-qismidagi qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasno ekanligini va ushbu cheklashlar qatorida aybsizlik prezumpsiyasi tamoyili ham mavjudligiga e'tibor berishmaydi.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda o'z aksini topmoqda. O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilinib, qonunchiligiga implementatsiya qilingan ana shunday xalqaro hujjatlardan eng muhimi bu - "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" dir. Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro paktning 14-moddasida hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida bayon qilingani kabi, jinoiy ishlarda har qanday ayblanuvchi uning aybi qonunda ko'zda tutilgan tartibda isbotlanmaguncha aybsiz hisoblanadi.

Shunday qilib, Konstitutsiya aybsizlik prezumpsiyasini mustahkamlash bilan kishining asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilmasligini kafolatlaydi, ayblanuvchining himoyasi uchun qulay sharoit yaratadi va sudni haqiqatni aniqlashga da'vat etadi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining qator

qarorlarida ham aybsizlik prezumpsiyasiga urg'u berib o'tilgan. Xususan,

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan, sud-tergov faoliyatida

fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha

chora-tadbirlar ko'rilmoqda. [6]

Xulosa shuki, aybsizlik prezumpsiyasi insonga yetkazilishi mumkin bo'lgan

ehtimoliy nohaqliklarni oldin olishga qaratilgan. To'g'ri, aybsizlik prezumpsiyasi

qo'llanganda ayrim aybdorlar jazosiz qolishlari mumkin. Lekin

ayblilik prezumpsiyasida beunohlarning jazoga tutilib qolish xavfi

bo'ladi. Davlat barcha aybdorlarni jazolashga erishish uchun

E^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^^TDecember 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

aybsizlar hayotini xavfga qo'ymasligi kerak. Aksincha, uning bosh maqsadi aybdorlar ichiga kirib qolishi mumkin bo'lgan aybsizlarni topib, ularni himoya qilish bo'lmog'i lozim. Shu bois ham aybsizlik prezumpsiyasi har bir shaxsning daxlsiz huquqi hisoblanadi. Aybsizlik prezumpsiyasiga qatiy amal qilinishiga erishish esa ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Yunon faylasufi Sofokl aytganidek:"[7] Olamda ajoyib narsalar juda ko'p, lekin eng ajoyibi insonning o'zidir" Zero, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan mamlakatimizda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini taminlash ustuvor hisoblanadi.

REFERENCES

1. M.M. Inagamova. R.I.Rahmatullayev. Konstitutsiya kelajagimizning huquqiy kafolatidir / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1

2. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // Qonun hujjatlari milliy bazasi.

3. https://constitution.uz/oz/pages/humanrights. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi.

4. Dadasheva A.A O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI-KONSTITUTSIYaVIY ISLOHOTLAR DAVR TALABI. Uzbek Scholar Journal 15, 10-12

5. Dadasheva A.A Emergence and development of local state representative bodies in the Republic of Uzbekistan (theory and practice) autoreferat of the dissertation for the candidate of legal .T.: Publishing house of the National university of Uzbekstan

6. Dadasheva A.A MAIN DIRECTIONS OF IMPLEMENTATION OF PUBLIC CONTROL OVER THE ACTIVITY OF GOVERNORS IN THE CONDITIONS OF CIVIL SERVICE REFORM. Academic research in educational sciences, 117-122

7. Inagamova M.M. O'zbekistonda ayollar huquqlari himoya qilish islohotlarimizning bosh mezoni. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3(1/2), Jan., 2023. B. 632-637

https://tstu.uz/

December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

168

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.