Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
INSON SHA'NI VA QADR - QIMMATINING KONSTITUTSIYAVIY
ASOSLARI
B. E. Yuldashev
dotsent, tarix fanlari nomzodi Iqtisodiyot fakulteti BHA-3 guruh talabalari: L. F. Shokirova, M. T. Sulaymonova [email protected] sulaymonmaftuna04@gmail .com
Endilikda, fuqarolarimiz biron bir surishtiruv, tergov organlariga olib kelinganda, uning huquqi, shuningdek, ushlab turilishi asoslari, nega davlat organiga keltirilgani haqidagi huquqlari tushuntirilishi asosiy qonuda o'z ifodasini topgan. Ya'ni, aybsizlik prezumsiyasi normasi yanada isloh etilib, Konstitusiyamizning amaldagi 26-moddasida, shaxsning ishi sudda ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblangan bo'lsa, endilikda sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha u aybsiz hisoblanishi mustahkamlanmoqda.[1]
Yangi O'zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati barpo etish va insonparvar demokratik huquqiy davlat qurish yo'lida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlardan ko'zlangan asosiy maqsad inson, uning huquq va manfaatlarini ta'minlashdir. Konstitusiyamizda belgilanishicha, O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Insonni ulug'lash, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda har tomonlama kamol toptirish Konstitusiyaning asosiy g'oyasiga aylantirilgan. Zero, shaxsning sha'ni va qadr-qimmati, uning hayoti va sog'lig'i yoki shaxsiy erkinligi takrorlanmaydigan boylikdir.Konstitusiyamizning 26-moddasida, hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emasligi belgilab qo'yilgan.Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o'tkazilishi mumkin emas.
Inson sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli ma'lumotlar oshkor bo'lishiga olib keladigan, sog'ligini xavf ostiga qo'yadigan, asossiz ravishda unga jismoniy yoki ma'naviy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar qilish ta'qiqlanishi shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish prinsipining mohiyatini tashkil
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
247
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
qiladi. [2] Konstitutsiyamizning 27-moddasi: "Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko'ra yo'l qo'yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.Shaxsni ushlash chog'ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart".
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik har bir shaxsning fundamental huquqlaridan hisoblanadi. Shunga ko'ra, shaxs erkinligini cheklaydigan har bir harakat faqat qonun doirasida bo'lishi lozim. [3]
Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish bo'yicha muhim institutlardan biri "Xabeas korpus akt" xalqaro darajada umume'tirof etilgan hujjat sifatida shaxs erkinligini ta'minlash yo'lida o'ziga xos yangi davrga asos solgan. Shaxs erkinligini ta'minlashni kuchaytirish maqsadida hibsga olish bilan bog'liq jarayonlar sud qarori asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Shaxsni ushlab turish chog'ida unga huquqlari va ushlab turish asoslarining tushuntirilishi - "Miranda qoidasi" - xalqaro huquqda umume'tirof etilgan norma bo'lib, surishtiruv, tergov va sud jarayonlarida qonun buzilishiga yo'l qo'ymaslikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
"Miranda qoidasi" o'z tarixiga ega. 1966 yilda jinoyat sodir etgan E. Mirandani hibsga olgan AQSh Arizona shtati politsiyasi uni so'roq qilishdan avval gumon qilinuvchi sifatida huquqlari tushuntirilmaganligi tufayli, keyinchalik uning aybga iqrorligi to'g'risidagi ko'rsatmasi asosida chiqarilgan hukm AQSh Oliy sudida bekor bo'lgan. "Miranda qoidasi"ga (inglizcha: Miranda warning) binoan shaxsni ushlab turish chog'ida uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi, ayblanuvchi ayblovning mohiyati va asoslaridan xabardor qilinishi, shuningdek, sukut saqlash huquqidan foydalanishi, jinoyat ishlarida o'ziga qarshi guvohlik berishga majbur qilinmasligi, malakali yuridik yordam ta'minlanishi talab etiladi.
Ko'pchilik fuqarolarimiz tergov organlari tomonidan kimdir qo'lga olinganida, u nima uchun ushlanganligi aytilmasligidan, aytilganida ham ushlash sabablari va aybnomaning asl ma'nosini tushunmasligidan shikoyat qiladilar. Ayrim hollarda, ushlangan shaxs o'z huquqlarini bilmagan sharoitda tergov organlari tomonidan aybiga iqrorlik ko'rsatmalari berishga majburlanishi xavfi mavjud. Aynan protsessual ushlash vaqtida inson og'ir ruhiy holatga tushadi va huquqiy yordamga ayniqsa muhtojdir, chunki u
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
bunday murakkab vaziyatda jinoyatda aybdor yoki aybsizligini isbotlash majburiyati unga emas, aksincha, tergov organlariga to'liq yuklatilganligini anglay olmaydi.
Muhimi, mazkur qoidaga ko'ra, shaxsning huquqlari u yaxshi tushunadigan tilda tushuntirilishi va bu til aynan uning ona tili bo'lishi shart bo'lmay, shaxs odatda muloqot qiladigan va yaxshi tushunadigan til bo'lishi talab etiladi. Shu nuqtai nazardan, ushbu qoida ushlangan shaxsga uning huquqlari real ta'minlanishini kafolatlaydi va unga nisbatan tergov organlari tomonidan aldov, noto'g'ri ma'lumot berish va boshqa har qanday qonunga xilof usullar qo'llanilishining oldini oladi.
"Miranda qoidasi"ning mazkur talabi Ispaniya, Gresiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Sloveniya va boshqa bir qator davlatlar konstitutsiyalarida mustahkamlangan.
Ushbu qoidaning Konstitutsiyaga kiritilishi shaxsning asossiz ushlanishi, advokat ishtirokisiz yoki o'ziga qarshi ko'rsatma berishga majbur qilinishining o ldini oladi. Ayniqsa, o'z huquqlarini yaxshi bilgan va talab qiladigan insonlarga nisbatan tergov vaqtida zo'ravonlik yoki qonunga xilof harakatlar qilish ehtimoli yanada pasayadi.
Konstitutsiyaning 28-moddasiga muvofiq, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va mahkumning huquqiy himoyasini ta'minlashda aybsizlik prezumpsiyasi muhim ahamiyatga ega. Shu bois Konstitutsiyamiz ushbu moddasida gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va mahkumning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan quyidagi kafolat belgilanmoqda: "aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo'lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak" [4]
Ta'kidlash lozimki, muayyan jinoyat ishi bo'yicha surishtiruvchi, tergovchi tergov harakatlari, sud esa sud tergovi orqali dalillar to'playdi.
Ayrim holatlarda to'plangan dalillarni baholashda ularga nisbatan shubha paydo bo'lishi mumkin. Bunda, shubhalar ayblov tomonga ishlatilishi kerakmi yoki himoya foydasigami, degan savol yuzaga keladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra ushbu insonparvar yangi norma bunday vaziyatda aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va mahkumning foydasiga hal qilinishini qat'iy mustahkamlamoqda.
Shaxsni aybli ekanligiga oid har qanday shubhalar, shuningdek blash uchun yetarli
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
December 1-7, 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
bo'lmagan ma'lumotlar asosida shaxsni javobgarlikka tortish mumkin emas. Tergovda shubha ostidagi dalillar asosida ayb e'lon qilingan bo'lsa ham, bunday vaziyatda shaxsni aybini tasdiqlovchi dalillarning yetarli emasligi tufayli sudda unga nisbatan oqlov hukmi chiqariladi. Ya'ni "isbotlanmagan ayb - isbotlangan aybsizlikka teng", degan qoida amal qiladi. Aytish mumkinki, mamlakatimiz sudlari tomonidan so'nggi 6 yilda 4 ming 700 nafardan ortiq fuqaro oqlangan.
Bunday normalar Ozarbayjon, Chexiya, Gruziya, Xorvatiya, Yaponiya, Slovakiya va boshqa davlatlar konstitutsiyalarida o'rin olgan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz loyihasiga kiritilayotgan mazkur normalar to'g'ridan-to'g'ri amal qiluvchi qoidalar bo'lib, tergov va sud jarayonida faqat ishonchli va qonuniy dalillardan foydalanishni ta'minlaydi hamda natijada fuqarolarimizni asossiz va qonunga xilof jinoiy ta'qibdan himoya qiladi, tergov organlari tomonidan jinoyatda ayblanayotgan shaxslarning huquqlari buzilishining oldini oladi.
Konstitutsiyamizda aybsizlik prezumpsiyasidan kelib chiqadigan yana bir muhim kafolat, ya'ni "Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin", degan qoida mustahkamlanmoqda.
Aytish muhimki, jinoyatni fosh etish va uni sodir etgan shaxslarni aniqlash vazifasi kabi jinoyat bo'yicha isbotlash majburiyati ham to'laligicha tergov organlariga yuklatilgan.
Jumladan, dastlabki tergovda shaxsga nisbatan ayblov surishtiruvchi va tergovchi tomonidan e'lon qilinib, tergov harakatlari olib boriladi. Aynan shuning uchun ham shaxsni aybli yoki aybsizligini isbotlash majburiyati mazkur shaxslar zimmasidadir.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi o'zining jinoyatda aybliligi yoki aybsizligini isbotlash jarayonida ishtirok etishga majbur emas. Agar istasa, shaxs ushlangan vaqtidan to hukm chiqarilgunga qadar umuman sukut saqlashi mumkin -bu uning huquqi.
Odatda, shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochilganda u og'ir ruhiy holatga tushadi, o'zini yo'qotib qo'yadi va shunday vaziyatda aybi bor yoki yo'qligini isbotlash o'zining emas, aslida tergov organlarining vazifasi ekanligini anglamay o'ziga qarshi ko'rsatmalar berishi amaliyotda uchrab turadi.
Shuningdek, sukut saqlash huquqiga bo'lgan ehtiyoj jinoyat protsessining eng boshlang'ich nuqtasida - shaxs jinoyat sodir etishda gumonlanib ushlangan zahotiyoq yuzaga keladi. Ya'ni shaxsning erkinligi
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
December 1-7, 2023
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
cheklanishi bilan darhol unga sukut saqlash huquqi tushuntirilishi shart.
Mazkur huquq shaxsga o'z advokati bilan ko'rishmay turib, ish yuzasidan hech bir ma'lumotni oshkor qilmasligi orqali ayblovdan samarali himoyalanish pozitsiyasini shakllantirishi uchun muhimdir.
Sukut saqlash huquqiga oid bunday normalar Meksika, Misr, Gruziya, Serbiya, Ozarbayjon, Armaniston va boshqa davlatlar konstitutsiyalarida o'rin olgan.
Mazkur kafolatning konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi surishtiruv va dastlabki tergovda jinoiy ta'qib ostidagi shaxsni majburan iqrorlik ko'rsatmalarini berishga undash va boshqa bu kabi qonunga xilof harakatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.
Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko'ra yo'l qo'yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.
Shaxsni ushlash chog'ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart".
Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik har bir shaxsning fundamental huquqlaridan hisoblanadi. Shunga ko'ra, shaxs erkinligini cheklaydigan har bir harakat faqat qonun doirasida bo'lishi lozim.
Inson huquqlarini sud orqali himoya qilish bo'yicha muhim institutlardan biri "Xabeas korpus akt" xalqaro darajada umume'tirof etilgan hujjat sifatida shaxs erkinligini ta'minlash yo'lida o'ziga xos yangi davrga asos solgan. Shaxs erkinligini ta'minlashni kuchaytirish maqsadida hibsga olish bilan bog'liq jarayonlar sud qarori asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Shaxsni ushlab turish chog'ida unga huquqlari va ushlab turish asoslarining tushuntirilishi - "Miranda qoidasi" - xalqaro huquqda umume'tirof etilgan norma bo'lib, surishtiruv, tergov va sud jarayonlarida qonun buzilishiga yo'l qo'ymaslikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
"Miranda qoidasi" o'z tarixiga ega. 1966 yilda jinoyat sodir etgan E. Mirandani hibsga olgan AQSh Arizona shtati politsiyasi uni so'roq qilishdan avval gumon qilinuvchi sifatida huquqlari tushuntirilmaganligi tufayli, keyinchalik uning aybga iqrorligi to'g'risidagi ko'rsatmasi asosida chiqarilgan hukm AQSh Oliy sudida bekor bo'lgan. "Miranda qoidasi"ga (inglizcha: Miranda warning) binoan shaxsni ushlab turish chog'ida uning
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conférence
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi, ayblanuvchi ayblovning mohiyati va asoslaridan xabardor qilinishi, shuningdek, sukut saqlash huquqidan foydalanishi, jinoyat ishlarida o'ziga qarshi guvohlik berishga majbur qilinmasligi, malakali yuridik yordam ta'minlanishi talab etiladi.[5]
Ko'pchilik fuqarolarimiz tergov organlari tomonidan kimdir qo'lga olinganida, u nima uchun ushlanganligi aytilmasligidan, aytilganida ham ushlash sabablari va aybnomaning asl ma'nosini tushunmasligidan shikoyat qiladilar. Ayrim hollarda, ushlangan shaxs o'z huquqlarini bilmagan sharoitda tergov organlari tomonidan aybiga iqrorlik ko'rsatmalari berishga majburlanishi xavfi mavjud.[6] Aynan protsessual ushlash vaqtida inson og'ir ruhiy holatga tushadi va huquqiy yordamga ayniqsa muhtojdir, chunki u bunday murakkab vaziyatda jinoyatda aybdor yoki aybsizligini isbotlash majburiyati unga emas, aksincha, tergov organlariga to'liq yuklatilganligini anglay olmaydi. [7]
Muhimi, mazkur qoidaga ko'ra, shaxsning huquqlari u yaxshi tushunadigan tilda tushuntirilishi va bu til aynan uning ona tili bo'lishi shart bo'lmay, shaxs odatda muloqot qiladigan va yaxshi tushunadigan til bo'lishi talab etiladi. Shu nuqtai nazardan, ushbu qoida ushlangan shaxsga uning huquqlari real ta'minlanishini kafolatlaydi va unga nisbatan tergov organlari tomonidan aldov, noto'g'ri ma'lumot berish va boshqa har qanday qonunga xilof usullar qo'llanilishining oldini oladi.
"Miranda qoidasi"ning mazkur talabi Ispaniya, Gresiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Sloveniya va boshqa bir qator davlatlar konstitutsiyalarida mustahkamlangan.
Ushbu qoidaning Konstitutsiyaga kiritilishi shaxsning asossiz ushlanishi, advokat ishtirokisiz yoki o'ziga qarshi ko'rsatma berishga majbur qilinishining oldini oladi. Ayniqsa, o'z huquqlarini yaxshi bilgan va talab qiladigan insonlarga nisbatan tergov vaqtida zo'ravonlik yoki qonunga xilof harakatlar qilish ehtimoli yanada pasayadi. [8]
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 130-I-sonli
1984 yil 10 dekabrdagi Qiynoqlarga solishga va muomalada bo'lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlariga qarshi konvesiyaga qo'shilish haqidagi qaroriga muvofiq qo'shilgan.O'zbekiston inson huquqlari bo'yicha 70 ta asosiy hujjatga qo'shilgan, BMT tomonidan qabul qilingan 10 ta xalqaro shartnomaning bevosita ishtirokchisidir. Milliy qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotiga xalqaro standartlarni tizimli va bosqichma-bosqich
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
implementasiya qilishning o'z modeli, insonning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi monitoringi milliy tizimi shakllantirildi. [9]
Ta'kidlash lozimki, bugungi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida potensial ahamiyatga ega islohotlar amalga oshirilsada, tizimlar faoliyatida kuch ishlatish, zo'ravonlik holatlari ham uchrab turmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi 41-modda "Haqorat qilish, ya'ni shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish"ma'muriy javobgarlikka tortishga sabab bo'ladi deya eslatib o'tilgan. Fuqaro o'zining sha'ni, qadr-qimmati yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazuvchi ma'lumotlar yuzasidan, basharti bunday ma'lumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga to'g'ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo'li bilan raddiya talab qilishga haqli." deb belgilab qoyilgan.
Manfaatdor shaxslarning talabiga ko'ra fuqaroning sha'ni va qadr-qimmatini uning vafotidan keyin ham himoya qilishga yo'l qo'yiladi.
Darhaqiqat, Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo'yilgan vijdon erkinligi har bir fuqaroga biror dinga e'tiqod qilish yoki birorta dinga e'tiqod qilmaslik huquqini kafolatlaydi. Ammo dunyoning hozirgi globallashuv jarayoni, ayniqsa, yoshlarni «ommaviy madaniyat» niqobi ostida yurtimizga kirib kelayogan g'ayriaxloqiy, buzg'unchi g'oyalar ta'siridan asrashni har qachongidan dolzarb vazifa qilib oldimizga qo'ymoqda. Shu bois yoshlarning diniy bilimini boyitish, dunyoqarashini to'g'ri shakllantirishning ahamiyati tobora ortayotib bormoqda.Yangi O'zbekiston uchun yangilanayotgan Konstitusiya hayotiy zarurat va adolatli jamiyat qurish yo'lidagi ulkan qadam bo'lib, yurtimizda olib borilgan barcha sohadagi islohotlarning konstitusiyaviy himoyasini ta'minlash demakdir. Konstitusiya asosi bitta ezgu g'oya atrofida tubdan qayta yaratilganini ko'rish mumkin. U ham bo'lsa "Davlat - jamiyat
- inson" degan prinsipning "Inson - jamiyat - davlat" tamoyiliga aylanib, "Inson qadri uchun!" degan g'oya ustuvorlikka ega ekanligi o'z ifodasini topishi uchun biz yoshlar qo'ldan kelgan barcha chora tadbirlarni o'tkazishimiz zarur.
Bunda, fuqaroni birinchi marta davlat organlari tomonidan biron bir ishga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilayotganda, unga birlamchi huquqlari tushuntirib berish sharti sanalgan "Miranda qoidasi" hamda "Xabeas korpus" (lot. habeas corpus)
- "tanani sudga keltirish", ya'ni jinoiy ta'qibga uchragan fuqaroning adolatli sud muhokamasiga bo'lgan huquqining tarixan eng qadimiy e'tiroflaridan biri hisoblangan normalar yanada keng joriy etilmoqda.Bularning
barchasi hozirgi kunda o'z id'fodasini topib kelmoqda.
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
December 1-7, 2023
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
REFERENCES
1. Inagamova M.M.. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. B. 59-64.
2. https://parliament.gov.uz/news/insonning-shani-va-qadr-qimmati-daxlsizdir
3. Qonunchilikning rasmiy https://lex.uz/acts/-97664 sayti.
4. Qonunchilik rasmiy saytihttps://parliament.gov.uz/news/
5.Qonuchilk rasmiy https://lex.uz/docs/-644514 6.O'zbekiston Respublikasi Oliy kengashining axborotnomas.
7.https://m.aniq.uz/uz/yangiliklar/inson-qadr-qimmati-eng-oliy-qadriyat.
8.https://m.aniq.uz/uz/yangiliklar/yangilanayotgan-konstitusiya-inson-shani-va-qadr-qimmati-daxlsizligi-kafolatidir.
9.https://m.aniq.uz/uzinson-qadr-qimmati-oliy-qadriyat
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
254