Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
O'ZBEKISTONDA ADVOKATURANING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Mafura Muxtarxanovna Inagamova
Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, (PhD), dotsent
Sherzod Shuxratovich Normurodov
Toshkent Davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi.
Bugungi kun rivojlanayotgan dunyo hamjamiyatida advokatura asosiy va tayanch institutlaridan biri bo'lib, uning zimmasiga yuridik va jismoniy shaxslarga malakali yuridik yordam ko'rsatish bilan bog'liq konstitutsiyaviy vazifa yuklatilgan. Shu bois ham mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab sud-huquq tizimining ajralmas bo'g'ini, ya'ni advokatura institutini isloh qilish, uni inson, jamiyat va davlat manfaatlarini ko'zlab faoliyat yurituvchi sohaga aylantirish, mustaqil tizimni barpo etishga alohida va doimiy ahamiyat berib kelindi. Buni muhtaram Prezidentimizning quyidagi so'zlaridan ham anglasak bo'ladi: "Odil sudlov, inson qadr-qimmati va huquqlari oliy qadriyat sifatida sud-huquq sohasidagi islohotlarimizning asosiy mazmuni bo'ladi". [1]
Yurtimiz siyosiy hayotida ro'y berayotgan muhim o'zgarishlar, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar advokatura tizimini ham zamon bilan hamnafas rivojlantirish, qonunchilik huquqiy bazasini takomillashtirib borishni talab etmoqda. Bundan tashqari dunyo miqyosida ro'y berayotgan modernizatsiyalashuv jarayoni mamlakatimiz aholisini ham qamrab olayotganligi, oxirgi 4-5 yil davomida jadal olib borilayotgan demokratik islohotlar tufayli fuqarolar ongining o'sib borishi va huquqiy madaniyatining yuksalishi oqibatida ular tomonidan siyosiy-huquqiy faollikning kuchayib borishi hamda o'z huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun sud organlariga murojaat qilish va advokat yordamidan foydalanishga bo'lgan ehtiyojning o'sib borishi singari holatlar advokaturani zamon talablariga javob beradigan asosda rivojlantirish masalasini keltirib chiqarmoqda. Umuman olganda, advokatura institutining paydo bo'lishi va uning rivojlanishi uzoq tarixga borib tarqaladi. [2]
O'zbekistonda ham advokatura institutining paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari bir necha yuz yillik tarixga ega bo'lsa ham uning rasman institut sifatidagi sud-huquq sohasidagi o'rni O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi jarayonlar bilan bevosita bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
182
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
to shu kungacha jamiyat hayotining barcha jabhalarida bo'lgani kabi sud-huquq tizimining ajralmas qismi bo'lgan advokatura tizimi ham to'xtovsiz ravishda rivojlanib bordi. Shu sababli O'zbekistonda advokatura institutining rivojlantirishi shartli ravishda 4 bosqichga ajratish mumkin desak mubolag'a bo'lmaydi. [3]
I bosqich: 1990-1996 yillar
II bosqich: 1997-2007 yillar
III bosqich: 2008- 2016 yillar
IV bosqich: 2017 yildan hozirgacha bo'lgan davr. [4]
2022 yil 28 yanvarda qabul qiling "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi" ning qabul qilinishini aytish joiz bo'ladi. Yangi O'zbekiston Taraqqiyot Strategiyasining ikkinchi yo'nalishi mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishga asoslangan va bu orqali nafaqat sud-huquq sohasini isloh qilish balki Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatga bo'lgan talabini to'liq qondirish masalalari ko'rib o'tilib, qonunning 19-moddasida asoslab qo'yildi. Unda quyidagi normalar belgilab o'tilgan:
"Advokatura institutini to'laqonli o'z-o'zini boshqarish tizimiga o'tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh malakali kadrlarni jalb qilish. Advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini shakllantirish. Advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog'ozbozlikka chek qo'yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo'lga qo'yish. Bepul huquqiy yordam ko'rsatish ko'lamini kengaytirish, notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va "yagona darcha" tamoyili asosida foydalanishni ta'minlash". Mamlakatimizda Advokatura tizimini rivojlantirish bo'yicha islohotlar faqat yuqorida sanab o'tilgan farmon qabul qilish yokida taraqqiyot strategiyasini joriy qilish bilangina emas balki ularni amalda to'g'ri qo'llay olish bilan ham amalga oshirilmoqda. [5]
Har bir davlatni rivojlantirish, uni isloh qilish hamda rivojlangan davlatlar qatoriga kiritish uchun harakat qilinayotganda albatta kamchiliklar bo'lishi tabiiy hol. Bu kamchiliklarni hamma sohalar kabi advokatura tizimida ham uchratish mumkin. [6]
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
Keyingi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlashning samarali institutlaridan biri sifatida advokaturaning o'rni va ahamiyatini oshirish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi.
Xususan, advokatura institutining va advokatlarning mustaqilligini ta'minlashga, sud ishini yuritishning barcha bosqichlarida taraflarning tortishuv prinsipi asosida ishlarni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'rildi, advokatlarning o'z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur qonunchilik bazasi yaratildi. [7]
Shu bilan birga advokaturaga ishga qabul qilish tartib-taomilini, shuningdek advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga doir litsenziyani olish tartibini soddalashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023- yil 1-iyundagi 226-sonli qaroriga muvofiq, Advokatlik guvohnomasini berish tartibi to'g'risida Nizom tasdiqlandi. Ushbu qonunga muvofiq, advokatlarga guvohnoma berishning asosiy tartib-taomillari keltirib o'tilgan. [8]
Konstitutsiya va qonunlarimiz talablarini so'zsiz bajarish, "inson qadri uchun" degan ustuvor tamoyilni to'la ro'yobga chiqarish bu boradagi islohotlarning bosh mezoni bo'lib qoladi. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda: "Ayni paytda biz inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ta'minlashda amalga oshirgan ishlarimizdan ko'ra, oldimizda turgan vazifalar ko'p ekanini ham yaxshi tushunamiz. Ma'lumki, bu oliy qadriyatni tom ma'noda qaror toptirish - biron-bir manzilga yetib borib to'xtash, degani emas. Inson huquqlarini himoya qilish uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini barchamiz chuqur anglaymiz".
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida Advokatura institutini yanada isloh qilish chora tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. 01.05.2008 yil
2. Inagamova M.M., Ro'zieva N.N. Yangi O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari, Journal of New Century Innovations. Volume-36_Issue-1_September_2023 .B.-182-186.
3. M.M. Inagamova. R.I.Rahmatullayev. Konstitutsiya kelajagimizning huquqiy kafolatidir / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference.
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
184
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
4. "Xalq so'zi" gazetasi 2019 yil 25 dekabr
5. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqqiyot strategiyasi. 28.01.2022 yil
6. Dadasheva A.A.. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) Innovatsionnte issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika 2 (17), 87-90
7. Kasimova A.A Rol jen^inti v sovremennoy nauke Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234
8. Egamberdieva N.X.. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
185