xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
O'ZBEKISTONDA ADVOKATURA: JORIY HOLATI VA RIVOJLANISH
ISTIQBOLLARI Raximbayeva Munira Azad qizi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7366406
Annotatsiya. Mazkur maqolada mamlakatimizda advokatura tizimini isloh qilish bosqichlari, jamiyat taraqqiyotining hozirgi nuqtasida advokatura institutini rivojlantirishning zarurati va dolzarbligi hamda ushbu institut faoliyatidagi muammo va yechimlari ochib beradi.
Kalit so'zlar: advokatura, jamiyat, fuqarolik jamiyati, advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, muammo va yechimlar, istiqbollar.
АДВОКАТУРА В УЗБЕКИСТАНЕ: ТЕКУЩЕЕ СОСТОЯНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ
РАЗВИТИЯ
Аннотация. В данной статье раскрываются этапы реформирования правовой системы в нашей стране, необходимость и актуальность развития правовой системы на современном этапе развития общества, а также проблемы и решения в деятельности данного института.
Ключевые слова: адвокатура, общество, гражданское общество, адвокатское бюро, юридическая фирма, проблемы и решения, перспективы.
ADVOCACY IN UZBEKISTAN: CURRENT SITUATION AND DEVELOPMENT
PROSPECTS
Abstract. This article reveals the stages of reforming the legal system in our country, the necessity and urgency of developing the legal system at the current point of the society's development, as well as the problems and solutions in the activity of this institution.
Key words: advocacy, society, civil society, law office, law firm, problems and solutions, perspectives.
Bugungi kun rivojlanayotgan dunyo hamjamiyatida advokatura asosiy va tayanch institutlaridan biri bo'lib, uning zimmasiga yuridik va jismoniy shaxslarga malakali yuridik yordam ko'rsatish bilan bog'liq konstitutsiyaviy vazifa yuklatilgan. Shu bois ham mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab sud-huquq tizimining ajralmas bo'g'ini, ya'ni advokatura institutini isloh qilish, uni inson, jamiyat va davlat manfaatlarini ko'zlab faoliyat yurituvchi sohaga aylantirish, mustaqil tizimni barpo etishga alohida va doimiy ahamiyat berib kelindi. Buni muhtaram Prezidentimizning quyidagi so'zlaridan ham anglasak bo'ladi: "Odil sudlov, inson qadr-qimmati va huquqlari oliy qadriyat sifatida sud-huquq sohasidagi islohotlarimizning asosiy mazmuni bo'ladi".
Yurtimiz siyosiy hayotida ro'y berayotgan muhim o'zgarishlar, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-madaniy, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar advokatura tizimini ham zamon bilan hamnafas rivojlantirish, qonunchilik huquqiy bazasini takomillashtirib borishni talab etmoqda.
Bundan tashqari dunyo miqyosida ro'y berayotgan modernizatsiyalashuv jarayoni mamlakatimiz aholisini ham qamrab olayotganligi, oxirgi 4-5 yil davomida jadal olib borilayotgan demokratik islohotlar tufayli fuqarolar ongining o'sib borishi va huquqiy madaniyatining yuksalishi oqibatida ular tomonidan siyosiy-huquqiy faollikning kuchayib borishi hamda o'z huquq va erkinliklarini himoya qilish uchun sud organlariga murojaat qilish va advokat
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr j scientists.uz
yordamidan foydalanishga bo'lgan ehtiyojning o'sib borishi singari holatlar advokaturani zamon talablariga javob beradigan asosda rivojlantirish masalasini keltirib chiqarmoqda.
Umuman olganda, advokatura institutining paydo bo'lishi va uning rivojlanishi uzoq tarixga borib tarqaladi. O'zbekistonda ham advokatura institutining paydo bo'lishi va rivojlanish bosqichlari bir necha yuz yillik tarixga ega bo'lsa ham uning rasman institut sifatidagi sud-huquq sohasidagi o'rni O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi jarayonlar bilan bevosita bog'liqdir.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan to shu kungacha jamiyat hayotining barcha jabhalarida bo'lgani kabi sud-huquq tizimining ajralmas qismi bo'lgan advokatura tizimi ham to'xtovsiz ravishda rivojlanib bordi. Shu sababli O'zbekistonda advokatura institutining rivojlantirishi shartli ravishda 4 bosqichga ajratish mumkin desak mubolag'a bo'lmaydi.
I bosqich: 1990-1996 yillar
II bosqich: 1997-2007 yillar
III bosqich: 2008- 2016 yillar
IV bosqich: 2017 yildan hozirgacha bo'lgan davr.
1990-1996 yillardagi rivojlanish bosqichida advokatura O'zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan 1980 yil 12 noyabrda tasdiqlangan "O'zbekiston SSR Advokaturasi terisida"gi Nizom asosida faoliyat yuritib keldi.
Mazkur nizomda advokatlik tuzilmalarining tashkiliy shakli sifatida Qoraqalpog'iston ASSR, viloyatlarda va Toshkent shahrida bittadan advokatlik hay'ati (kolleksiyasi)ni tashkil etish va yuridik yordam ko'rsatishni advokat hay'atining tumanlarda tashkil etiladigan yuridik maslahatxonalar orqali amalga oshirish belgilangan edi. 1997 yilga qadar hududlarda Advokatlar hay'atidan tashqari advokatlik tuzilmalari bo'lmagan.
1997 yil 1 yanvar holatiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasida 14 ta Advokatlik hay'ati (kollegiyasi) va tuman (shahar)larda jami 180 ta yuridik maslahatxonalar faoliyat ko'rsatgan bo'lib, ularda faoliyat yuritgan advokatlar soni 1641 tani tashkil etgan.
O'zbekistonda advokatura instituti rivojlantirishining ikkinchi bosqichi 1996-2008 yillarga to'g'ri keladi.
Rivojlanishning ushbu bosqichida advokatura tizimida amalga oshirilgan dastlabki islohotlarning huquqiy amaliy natijasi sifatida mamlakatimizda ilk bor 1996 yil 27 dekabrda "Advokatura to'g'risidagi" , 1998 yil 25 dekabrda esa mazkur qonunning mantiqiy davomi sifatida "Advokatura faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi. "Advokatura to'g'risida"gi qonunda Advokaturaga huquqiy ta'rif berilib, fuqarolik jamiyatining alohida huquqiy instituti sifatida e'tirof etiladi.
1997 yil 1 iyul holatiga ko'ra, Respublikada 20 ta Advokatlar hay'ati, 42 ta Advokatlik firmasi va 80 ta Advokatlik byurolari tashkil etilgan bo'lib, ularda jami 2701 nafar advokat faoliyat ko'rsatgan.
2005 yil 1 yanvar holatiga ko'ra esa Respublika hududida faoliyat ko'rsatayotgan advokatlar hay'atlari soni 24 ta, advokatlik firmalari soni 178 ta, advokatlik byurolari soni esa 289 tani tashkil qilib, ularda 3032 nafar advokatlar faoliyat ko'rsatgan.
2007 yil 1 yanvar holati bo'yicha esa Respublikada jami 23 ta advokatlik hay'ati, 348 ta advokatlik firmasi va 438 ta advokatlik byurolari faoliyat ko'rsatib kelgan. Shu davrda jami 6238 ta shaxsga advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi litsenziya berilgan bo'lsa-da,
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
shulardan 3834 nafari yuqorida qayd etilgan advokatlik tuzilmalarida advokatlik faoliyati bilan shug'ullanib kelgan.
1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan "Advokatura to'g'risida" gi Qonunda advokatlik maqomiga ega bo'lish va undan mahrum bo'lish, advokatning intizomiy javobgarligi, advokatning protsessual vakolati, huquq va majburiyatlari, advokatning mehnatiga haq to'lash, kasbiy malakaga qo'yilgan talablar, kasbiy va ijtimoiy himoyasi bilan bog'liq barcha masalalar ilk bor alohida huquqiy norma ko'rinishida belgilab berildi.
Advokatura tizimini rivojlantirishning uchinchi bosqichi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 1 mayda "O'zbekiston Respublikasida Advokatura institutini yanada isloh qilish chora tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilinishi bilan xarakterlanadi.
Mazkur farmon sud-huquq tizimining muhim sohalaridan biri hisoblangan advokatura institutini isloh qilishning yangi bosqichini boshlab berdi.
Farmonda advokatura institutini yanada isloh qilishning quyidagi yo'nalishlari belgilandi:
- advokaturaning o'zini-o'zi boshqaradigan markazlashtirilgan samarali tizimini yaratish;
- advokatlikka nomzod shaxslarning malakasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni kuchaytirish, ularning yuridik soha bo'yicha muayyan ish stajiga ega bo'lishi va advokatlik tuzilmalarida stajirovkani o'tashi;
- advokatlarni majburiy ravishda kasbiy malakalarni oshirish tartibini joriy qilish;
- advokatlik tuzilmalari vakolatlari va huquqiy maqomini aniqlashtirish;
- advokaturani kasb mahorati yuqori darajada bo'lgan halol mutaxassis kadrlar bilan to'ldirishni ta'minlaydigan samarali litsenziyalash tizimini tashkil etish;
- jinoyat protsessida ayblov va himoya taraflarining protsessual huquqlari tengligini ta'minlashga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish;
- huquqshunoslik sohasida maxsus bilimga ega bo'lmagan shaxslarning sud ishlarida ishtirok etishini cheklashga qaratilgan taraflar vakilligi institutini bosqichma- bosqich takomillashtirish;
- advokatlar tomonidan kasb etiksi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilishning samarali mexanizmni yaratish.
Shu davrda kelib amalda advokatlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan advokatlar soni ilgarigiga nisbatan bir muncha kamaygan bo'lsa ham keyin yillarda ularning soni to'xtovsiz o'sib bordi. Xususan, 2013 yilda 3398 nafar, 2014 yilda 3557 nafar, 2015 yilda 3682 nafar, 2016 yilda 3872 ta, 2017 yilda 3946 nafar va 2018 yilning 6 oyida 3944 nafarni tashkil qildi.
2017 yildan boshlab advokatlik sohasida boshqa sohalarda bo'lgani kabi yangi davr boshlandi. Ya'ni buni ushbu tizim rivojlanishining IV bosqichi desak xato bo'lmaydi.
Ana shu yangi davrning birinchi qadami sifatida 2018 yil 12 mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Advokatura institutining samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilinganini ko'rsatish mumkin. Ushbu istiqbolli farmonda so'nggi yillarda mamlakatimizda kuchli Advokatura tizimini barpo etish yo'lida amalga oshirilgan islohotlar, ularning ijobiy natijalari e'tirof etilishi bilan birga Advokatura institutining bugungi kun talabi darajasida rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan omillar ham ko'rsatib o'tildi va sohani isloh qilish yo'nalishlari belgilab berildi.
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
Keyingi eng katta qadam sifatida 2022 yil 28 yanvarda qabul qiling "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekiston Taraqqiyot Strategiyasi" ning qabul qilinishini aytish joiz bo'ladi.
Yangi O'zbekiston Taraqqiyot Strategiyasining ikkinchi yo'nalishi mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirishga asoslangan va bu orqali nafaqat sud-huquq sohasini isloh qilish balki Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatga bo'lgan talabini to'liq qondirish masalalari ko'rib o'tilib, qonunning 19-moddasida asoslab qo'yildi. Unda quyidagi normalar belgilab o'tilgan:
"Advokatura institutini to'laqonli o'z-o'zini boshqarish tizimiga o'tkazish, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish, tizimga yosh malakali kadrlarni jalb qilish.
Advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlari va institutsional asoslarini shakllantirish.
Advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog'ozbozlikka chek qo'yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo'lga qo'yish.
Bepul huquqiy yordam ko'rsatish ko'lamini kengaytirish, notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining xizmatlaridan ovoragarchiliksiz, shu jumladan masofadan turib va "yagona darcha" tamoyili asosida foydalanishni ta'minlash".
Mamlakatimizda Advokatura tizimini rivojlantirish bo'yicha islohotlar faqat yuqorida sanab o'tilgan farmon qabul qilish yokida taraqqiyot strategiyasini joriy qilish bilangina emas balki ularni amalda to'g'ri qo'llay olish bilan ham amalga oshirilmoqda.
Har bir davlatni rivojlantirish, uni isloh qilish hamda rivojlangan davlatlar qatoriga kiritish uchun harakat qilinayotganda albatta kamchiliklar bo'lishi tabiiy hol. Bu kamchiliklarni hamma sohalar kabi advokatura tizimida ham uchratish mumkin.
Sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar sudlarning mustaqilligiga erishish va sudlarda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishni ta'minlashga qaratilgan. Amaldagi protsessual tizimda advokaturaning roli yetarlicha baholanmaydi, natijada qarama-qarshilik tamoyili asosida qaror qabul qilish mumkin emas.
Jinoyat-protsessual , fuqarolik protsessual , fuqarolik va boshqa kodekslar 90-yillarning boshlarida sobiq SSSRning sovet respublikalari uchun ishlab chiqilgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan namunaviy kodekslar asosida qabul qilingan. Xususan, amaldagi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq advokatlar isbotlashning to'la huquqli ishtirokchisi emas, balki faqat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud tomonidan amalga oshiriladigan isbotlashda ishtirok etish huquqiga ega. Hozirda yangi kodeks loyihalari ustida ishlayapti. Biroq, Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilayotgan Jinoyat-protsessual kodeksining yangi loyihasida sudyalar ham isbotlash sub'ektlaridan chetlashtirilgani, biroq advokatlar hamon isbotlash ishtirokchilari qatorida emasligi bizni xavotirga solmoqda.
Prezidentning 2019-yil 13-dekabrdagi "Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlashga, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga, shuningdek, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4551-son qarori bilan Palata
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
Advokatlar kengashiga Adliya vazirligi, Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda 2020-yil 1-maydan boshlab Advokatlar institutini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish topshirildi.
Hozirda Advokatlar palatasining ishchi guruhi loyihani tayyorlamoqda va u yaqin kunlarda e'lon qilinadi. Avvalo, advokatura faoliyatining institutsional asoslarini va advokatlarning protsessual huquqlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalasi ko'tarilmoqda. Konsepsiya advokatlik kasbining kelajagi uchun asosiy shart va talablarni belgilaydi. Xalqaro standartlarni joriy etish oson bo'lmaydi va yillar talab etiladi.
Shuningdek, "Bepul yuridik yordam to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Uning qabul qilinishi aholining yuridik xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshiradi. Hozirda Adliya vazirligi tomonidan bu borada bir qator ishlar amalga oshirilib, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Advice.uz milliy huquqiy internet portali tashkil etildi. Shu bilan birga, 2019 yilning dekabr oyidan boshlab "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan aholiga bepul yuridik maslahat va amaliy huquqiy yordam ko'rsatish yo'lga qo'yildi.
Ushbu sohani isloh qilishdagi yana bir ahamiyatli va dolzarb muammo bu advokatlarning yetishmasligidir deb bilaman. Har yili yurisprudensiya mutaxassisligi bo'yicha minglab talaba o'qishni tugatadi, lekin ularning hammasi ham advokat bo'la olmaydi yoki umuma o'z mutaxassisligi bo'yicha faoliyat yuritmaydi.
Agar raqam haqida gapiradigan bo'lsak, bugungi kunda 3919 nafar advokat ro'yxatga olingan. Va so'nggi 10 yil ichida ularning soni ko'paymagan. O'zbekistonda bir advokatga o'rtacha 8660 kishi to'g'ri keladi. Hududlarda bu ko'rsatkich 12-20 mingtani tashkil etadi. Surxondaryo viloyatida esa bitta advokat 32 ming aholiga xizmat ko'rsatmoqda. Taqqoslash uchun, advokatlarning eng yuqori ko'rsatkichi Isroilda - 136 kishi, Turkiyada - 665, Qozog'istonda - 3932. Biz tahlil qilgan 42 davlat ichida O'zbekiston atigi 40-o'rinni egallagan.
Faol advokatlardan faqat 62 nafari 30 yoshdan kichik. Bu advokatlik faoliyatini boshlash va litsenziya olish uchun belgilangan cheklovlar mavjudligi bilan bog'liq. Xususan, yuridik sohada kamida 2 yillik tajribaga ega bo'lishingiz kerak. Bundan tashqari, siz 1900 dan ortiq savollarni o'z ichiga olgan testlar bo'yicha imtihon topshirishingiz kerak.
Ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun qonun hujjatlarida har 3 yilda bir marta advokatlarning malakasini oshirish ko'zda tutilgan. Ammo Adliya vazirligi huzuridagi Malaka oshirish markazi poytaxtda joylashgan bo'lib, viloyatlarda filiallari mavjud emas. Trening uchun advokatlar 2 hafta davomida mijozlardan uzoqlashishlari kerak.
Bizning fikrimizcha, huquqshunos bo'lishni xohlovchi yuridik ta'lim muassasalari talabalari so'nggi yillarda 6 oy davomida ushbu mutaxassislik bo'yicha o'qitilishi mumkin edi. Litsenziya olish uchun ikki yillik ish stajiga ega bo'lish talabi bekor qilinsa, oliy o'quv yurti bitiruvchisi darhol advokatga ishga kirishi mumkin bo'ladi. Bu vaqtinchalik chora aholining professional yuridik xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshiradi.
Advokatura bugungi zamon va makonning eng istiqbolli va muhim ahamiyatli sohasi bo'lib qolmoqda. Sababi to'xtovsiz rivojlanib yangilanayotgan hozirgi davr jamiyatida demokratik tamoyillar mustahkamlanayotganligi sababli o'z huquq va erkinliklarini qo'rqmasdan talab qilayotgan insonlar soni oshib bormoqda. Bu borada har bir jamiyat a'zosiga yaqindan yordam berish to'g'ri yo'l ko'rsatish albatta advokaturaning vazifasidir.
Advokatura sohasini rivojlantrish va globallashuv jarayoniga mos ravishda tashkil qilish bo'yicha quyidagi takliflarni keltirib o'tishni joiz deb bildim:
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
1) O'zbekistonda zamon taraqqiyoti va dunyoda bo'layotgan o'zgarishlarni hisobga olgan holda advokatura institutiga doir huquqiy asoslarni takomillashtirish bo'yicha advokatlik institutini fuqarolik jamiyati instituti sifatida e'tirof etgan holda, davlat uning institutsional mustaqilligini mustahkamlashga yordam berishi,
2) advokatlarning erkin faoliyat yuritishi uchun ularga nisbatan daxlsizlik huquqining joriy etilishi,
3) pullik yuridik xizmatlar ko'rsatishni huquqiy jihatdan tartibga solish,
4) nomuayyan shaxslar doirasiga doimiy ravishda pullik yuridik xizmatlarni taklif etuvchi shaxslarga qat'iy malaka talablarini belgilash zarur,
5) Advokatlar palatalarining malaka komissiyalari advokatlardan iborat bo'lishi hamda O'zbekiston qonunchiligi turli tashkiliy-huquqiy shakllarda advokatlik amaliyotini maksimal darajada rag'batlantirishga qaratilgan bo'lishi kerak.
6) shu bilan birga, advokat bo'lmagan shaxslarning advokatlik tuzilmalarida qaror qabul qilishiga ta'sir ko'rsatishga yo'l qo'ymaydigan cheklovlar joriy etilishi kerak.
7) Advokatlik tuzilmalari zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash orqali tadbirkorlik subyektlariga onlayn rejimda maslahatlar berish, yuridik yordam ko'rsatish bo'yicha tuzilgan shartnomalar doirasida maslahatlarni imkon qadar video konferensaloqa va zoom dasturi yoxud boshqa shunga o'xshash internet dasturlari orqali, tegishli yuridik hujjatlarni elektron imzolash tartibiga rioya etgan holda tasdiqlash va imzolash tartibini joriy etishning tashkiliy-huquqiy choralarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Hozirgi davr sharoitida bosqichma bosqich isloh qilish rivojlanishning eng maqbul usulidir. Chunki hech bir yutuqqa birdan erishib bo'lmaydi. Advokatura tizimi isloh qilinmayapti desak katta xato qilgan bo'lamiz sababi bu sohada ham o'zgarishlar, islohotlar bosqichma-bosqich asta-sekinlik bilan amalga oshirib kelinmoqda va bu boradagi yutuqlarimiz ham anchagina.
Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqilligining 31 yillik munosabati bilan o'tkazilgan bayram tadbirida so'zlagan nutqida shunday deydi: " Yangi O'zbekiston:
- har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar beradigan;
- odamlar o'z muammolari haqida ochiq gapirishi va ularning yechimi uchun birgalikda harakat qilishlariga barcha sharoitlar mavjud bo'lgan;
- hamma uchun adolatni so'zsiz ta'minlash imkoniyatini beradigan hamda fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida teng bo'lgan;
- tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan davlatdir.
Bir so'z bilan aytganda, Yangi O'zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g'amxo'rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi".
Ushbu keltirilgan so'zlardan ham bilish mumkinki, O'zbekiston rivojlanishdan to'xtab qolgani yo'q va hech qachon to'xtamaydi ham. Yurtimizda har bir soha iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyisoy hamda texnik-texnologik jihatdan ham takomillashib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev yuritayotgan siyosat markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta'minlash maqsadi mujassam. So'nggi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, eng avvalo, jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini ta'minlashga, shuningdek, inson sha'ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
cheklanishiga yo'l qo'ymaslikka qaratilgan keng ko'lamli ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bularning hammasi xalq farovonligi, millat ravnaqini ko'zlab qilinayotganligi barchamizga ayon.
Bugungi kunda jamiyatimizda inson huquqlarini himoya qilishning normativ va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda. Natijada, O'zbekiston xalqaro huquqning subyekti sifatida inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik borasida ham rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarilgani e'tirof etilmoqda. Mamlakat xalqaro norma ijodkorligi faoliyatining faol ishtirokchisi sifatida yangi xalqaro shartnomalarning tashabbuskori sifatida jahon maydoniga dadil chiqayotgani buni tasdiqlaydi.
Ta'kidlash lozimki, inson asli hur yaralgan. Uni kamsitishga, o'z manfaati yo'lida huquqlarini poymol etishga, ruhan va jismonan qiynoqqa solishga hech kim haqli emas. Shunday ekan, turli davlat va nodavlat institutlari inson huquqlarini tiklash, adolatni qaror toptirish yo'lida barcha fidoiy insonlar, jamoat tashkilotlari mas'ullari hamda xalqning ishonchli vakillari hamkorlikka birlashishi lozim. Agar birgalikda harakat qilinsa, ko'zlagan maqsadimizga, albatta, erishish mumkin. Bularning zamirida, eng avvalo, Konstitutsiya va qonunlarimiz talablarini so'zsiz bajarish, "inson qadri uchun" degan ustuvor tamoyilni to'la ro'yobga chiqarish bu boradagi islohotlarning bosh mezoni bo'lib qoladi. Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda: "Ayni paytda biz inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ta'minlashda amalga oshirgan ishlarimizdan ko'ra, oldimizda turgan vazifalar ko'p ekanini ham yaxshi tushunamiz. Ma'lumki, bu oliy qadriyatni tom ma'noda qaror toptirish - biron-bir manzilga yetib borib to'xtash, degani emas. Inson huquqlarini himoya qilish uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini barchamiz chuqur anglaymiz"
Xulosa qiladigan bo'lsak, O'zbekiston mukammal fuqarolik jamiyati qurish ostonasida
turibdi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlagan nutqi. 31.08.2022yil. www.kun.uz
2. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yo'lini qat'iy davom ettiramiz. 06.11.2021 yil. www.yuz..uz
3. "O'zbekiston SSR Advokaturasi to'g'risida"gi Nizom. 12.11.1980 yil
4. O'zbekiston Respublikasining "Advokatura to'g'risida"gi qonuni. 27.12.1996
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida Advokatura institutini yanada isloh qilish chora tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. 01.05.2008 yil
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Advokatura institutining samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. 12.05.2018yil
7. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqqiyot strategiyasi. 28.01.2022 yil
8. "Science and innovation" international scientific journal 2022
9. "Xalq so'zi" gazetasi 2019 yil 25 dekabr
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr j scientists.uz
10. www.sud.uz
11. www.paruz.uz
12. www.uz.undp.org
13. www.norma.uz
14. www.kun.uz