Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
YANGI TAHRIRDAGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYADA YORITILGAN OILA MASALALARI VA UNING
HUQUQIY MAQOMI
Dadasheva A.A
Yu.f.d, professor
Feruza Oy Kenja qizi Abdinazarova
TDTrU Iqtisodiyot fakulteti 3-kurs Yu-1 guruh talabasi [email protected]
Oilalar doirasidagi huquqiy himoya, turmush qurish huquqi, ota-onalar va bolalar huquqlari, ayollar va bolalarni zo'ravonliklardan himoya qilish masalalari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligida muhokama qilishga sabab bo'layotgan, shuningdek e'tibor ko'paygan masalalardir. Ya'ni, nikohdan ajralishlar ko'payganligi, bolalar himoyasi, meros masalalari, oilalardagi zo'ravonliklarning ko'payishi natijasida huquqiy bazalarni oshirishga ehtiyoj mavjud. Konstitutsiya va qonunlar yordamida bu muammolar hal etilishiga qaratilgan qator normalar bo'lsa ham, bu sohada yana ko'plab vazifalar va ishlar amalga oshirish uchun qo'llaniladigan qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshrish foydadan holi bo'lmas edi. Zero, ushbu sohadagi muammolar dolzarblashib bormoqda. [1]
Dastlabki vaqtlarda jamoa bir kishiga bo'ysungan va jamoa a'zolari bir-birlari orasidagi burchlarini bajarishgan. Ilk davrlardan boshlab nikoh munosabatlari qisman bo'lsa ham mavjud bo'lgan va bu davrda "guruh nikoh" deb atalgan. Keyinchalik inson ongining o'sib borishi nafaqat mehnat munosabatlari, balki oila va nikoh masalariga ham o'z ta'sirini ko'rsatgan. Dastlab ona - matriarxat atrofida yig'ilgan urug'chilik jamiyati, keyinchalik patriarxat - ota urug'i atrofida yig'ila boshladi. "Guruh nikoh" o'rnini monogamiya - yakka nikoh egallay boshladi. Va bu davr olimlar tomonidan ulkan o'zgarishlar davrining boshlanishi sifatida e'tirof etiladi. O'sha vaqtda ham oila va oilaviy munosabatlarning asosiy maqsadi bir-biriga yordam berish, g'amxorlik qilish orqali jamiyatdagi, urug'dagi a'zolarni bir-biriga yaqinlashtirish, urug'dagi tinchlikni saqlagan holda urug' barqarorligini ta'minlashga qaratilgan. [2]
Umuman olganda, oila jamiyatning tayanchi, muhim bo'g'ini hioblanadi. Oilalardan jamiyat tashkil topadi. Oilalarning tinchligi bu jamiyatning tinchligi va gullab yashnashi hisoblanadi.
https://tstu.uz/
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
142
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
Shunindek, insonni shakllantirishda oila dastlabki boshqich, tayanch hiosblanadi. Ya'ni, kishi oilada rivojlanadi, kamol topadi. Va bunda oilaning tinchligi, nikohdagilar o'rtasidagi ahillik katta ahamiyatga ega.
Oila bu ota-ona, er-xotin, farzandlar va qarindosh-urug'lardan tuzilgan uyushma bo'lib, oila a'zolari o'rtasida mulkiy va shaxsiy huquq, majburiyatlarni vujudga keltiradi. Oila davlat himoyasidadir. [3]
2023-yil 30-aprel kuni O'zbekiston tarixida muhim voqea bo'ldi. Referendum o'tqazilib, umumxalq ovoz berishi orqali yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Yangi Konstitutsiyasiga inson huquqlari va asosiy erkinliklari, shuningdek, oila masalalari bilan bog'liq bo'lgan huquq va erkinliklarni himoya qilishni kuchaytiruvchi qoidalar kiritilgan. Unda tenglik, oilalarda ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish tamoyillariga urg'u berilgan. O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasida oila masalalari muhim hisoblanadi va oilaviy farovonlikni ta'minlashga qaratiladi. Bunda Konstitutsiya orqali O'zbekiston inklyuziv, adolatli jamiyatga yo'l ochish va oilaviy munosabatlarni kuchaytirish asosiy maqsad hisoblanadi. Shuningdek, yangi Konstitutsiyada gender tengsizlikni bartaraf etish va ayollar va erkaklar o'rtasidagi barqarorlikni ta'minlashga ham katta e'tibor beriladi. Bu, ayollar va erkaklar o'rtasidagi huquqiy tenglikni himoya qilish, tinchlik va himoya muhitini yaratish, ayollarning siyosiy, iqtisodiy, va ijtimoiy faoliyatda qatnashishini rag'batlantirishga qaratilgan. O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasida oila jamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida ahamiyati ochiq-oydin e'tirof etilgan. Bu oila, onalik va bolalikni muhofaza qilishni kafolatlaydi. Konstitutsiya erkaklar va ayollarning oila sohasida teng huquq va imkoniyatlarini ta'minlaydi, gender tengligini ta'minlaydi, jinsi, yoshi va boshqa omillarga ko'ra kamsitishlarni taqiqlaydi. Shuningdek, u zamonaviy jamiyat ehtiyojlarini qondiradigan oila tuzilmalarining xilma-xilligini tan oladi. [4]
Oilaviy masalalarda o'zbek mentalitetida kattalarga hurmat, mustahkam oila rishtalari, mehmondo'stlik kabi an'ana va qadriyatlar chuqur ildiz otgan. Oila o'zbek jamiyatining tamal toshi sanaladi va u kishilar hayotida markaziy o'rin tutadi. Oila tuzilishi nuqtai nazaridan o'zbek oilalari ko'pincha katta va keng bo'lib, bir tom ostida bir necha avlodlar birga yashaydi. Bu oilada birdamlik va o'zaro yordam hissini kuchaytiradi. Keksalarni e'zozlash eng muhimi, ularning hikmati, yo'l -yo'riqlari yuksak qadrlanadi. [5] Boy o'zbek mentaliteti oiladagi mustahkam rishtalarga, yaqin munosabatlar va o'zaro yordamga urg'u beradi. Shuningdek, nikoh ham o'zbek madaniyatida yuksak qadrlanadi va u inson hayotidagi muhim bosqich sifatida ko'riladi. Umuman
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
olganda, oilaviy masalalarda o'zbek mentaliteti an'ana, hurmat va hamjihatlikda chuqur ildiz otgan bo'lib, u O'zbekistonning ijtimoiy tuzilishini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Va aynan o'sha an'ana va urf-odatlarda chuqur ildiz otgan bu mentalitet oilaga oid qonunchilikning rivojlanishiga chuqur ta'sir ko'rsatishi mumkin. Yangi Konstitutsiya an'anaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni zamonaviy tamoyillar bilan uyg'unlashtirish, an'ana va taraqqiyot o'rtasidagi muvozanatni saqlashga qaratilgan. [6]
O'zbekistonning ushbu sohani yanada rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlariga o'xshash madaniy kelib chiqishi va oilaviy huquq bo'yicha tajribaga ega bo'lgan bir qancha xorijiy davlatlar hissa qo'shishi mumkin. Tajriba almashish uchun potentsial sheriklar sifatida Turkiya davlatini ko'rish mumkin. Bu davlat bilan kuchli madaniy va do'stlik aloqalariga egamiz. Va ushbu davlatda ham oilaning birligi, faravonligiga asosiy e'tibor qaratiladi. Turkiyaning boy tajribasidan ushbu sohadagi duch kelayotgan kamchiliklarimizda mentalitetimiz, urf-odatlarimizga moslashtirgan holda foydalansak, foydadan holi bo'lmas edi.
Shuningdek, Malayziya davlatida ham bu sohada o'z tajribasiga ega. "Oila instituti" kontseptsiyasini targ'ib qilish bilan mashhur bo'lgan Malayziyaning oilaviy qonunchilik asoslari oilalarda vositachilik va nizolarni hal etishga urg'u berib, ijtimoiy totuvlikni rag'batlantiradi.
Biz bilan qator sohalarda yaxshi munosabatlarni amalga oshirayotgan Germaniya davlati bilan oila huquqi sohasida ham tarjiba almashsak bo'ladi. O'zining ilg'or oila qonunchiligi bilan mashhur bo'lgan Germaniya oila a'zolarining huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi mustahkam huquqiy bazani taklif etadi, shu bilan birga ijtimoiy farovonlik va himoyaga muhtoj shaxslarning himoyasini ta'minlaydi. [7]
Xulosa. Xulosa qilib aytganda, O'zbek madaniyatida oilaning o'rni beqiyos va oila jamiyatning asosiy bo'g'ini hisoblanadi. O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasida oilaviy masalalarda o'zbek mentalitetining chuqur ildiz otgan qadriyat va an'analari o'z ifodasini topgan. Yangi Konstitutsiya O'zbekistonda oila masalalariga ijobiy ta'sir ko'rsatgan bo'lsa-da, bu qoidalarning samarali hayotga tatbiq etilishi, mamlakatda gender va oilaga bo'lgan madaniy munosabat uning qonunchilik bazasiga mos kelishi uchun hali ko'p ishlar qilinishi kerak. Misol uchun, Konstitutsiyamizda ham, qonunchiligimizda ham otalik huquqiga kam e'tibor qaratilyapti deb hisoblayman. Ya'ni farzand tarbiyasida ona bilan bir qatorda otaning ham roli katta. Shuni hisobga olgan holda, onalik huquqi bilan bir qatorda otalik huquqining ham himoya
| 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
qilinishi, shuningdek, otaning farzand tarbiyasidagi o'rnini hisobga olgan holda otalik huquqini ham keng targ'ib qilish kerak.
Shuningdek, ajrimlar ko'payganligini hisobga olgan holda, mediatsiya va nizolarni muqobil hal etishni rag'batlantirish kerak. Mediatsiya va nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan foydalanishni rag'batlantirish oilalar ichidagi qarama-qarshilik jarayonlarini minimallashtirishga yordam beradi, sud jarayonining oilaviy munosabatlarga salbiy ta'sirini yumshatadi.
Hozirgi davrda oila masalalarida ko'paygan muammolarni hal etishning eng yaxshi yo'li bu - huquqiy madaniyatni yuksaltirish. Aholini ularning huquqlari, himoyasi va oila bilan bog'liq muammolarni hal etishning mavjud huquqiy mexanizmlari to'g'risida ma'lumot berish maqsadida targ'ibot-tashviqot ishlari, seminarlar o'tkazish shaxslarning o'z huquqlarini himoya qilish va oilaviy totuvlikni saqlash imkoniyatini beradi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017.
2. Karimova O. Huquqshunoslik: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma. - T.: "Sharq", 2010
3. Dadasheva A.A. INSON HUQUQLARI BO'YIChA XALQARO INSTITUTLAR (2023) Innovatsionntie issledovaniya v sovremennom mire: teoriya i praktika 2 (17),
4. Kasimova A.A Рол женщины в современной науке Society and innovations/in Science LLC 8 (08/2023), 226-234
5. Egamberdieva N.X. Delikt majburiyatlarning xuquqiy tabiyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o'quv kurslari AXBORATNOMASI
6. Inagamova M.M Ayol huquqlarini himoya ilishda ichchki ishlar organlari ishtirokining huquqiy mexanizlarini takomillashtirish (Scienceweb academic papers collection)
7. Otaxo'jayev Fozil MaqsudoYich, yuridik fanlari doktori, professsor, O'zbekiston R espublikasida xizm at ko'rsatgan yurist, Yo'Idosheva Shoira Rahmatovna, yuridik fanlari nomzodi. Oila huquqi: Darslik; Mirzayusuf Hakimovich Rustamboevning um um iy tahriri ostida. -Т.: 2007
Civil Society and a People-Friendly State
ty
etishning huquqiy kafolati
87-90
https://tstu.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
December 1-7, 2023