Tashkent State Technical University Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo Civil Society and a People-Friendly State_etishning huquqiy kafolati
YANGI O'ZBEKISTONDA YANGI KONSTITUTSIYA ORQALI HUQUQIY
YANGILANISH
Mafura Muxtarxanovna Inagamova
(PhD), dotsent
Farruxbek Niyozmurod o'g'li Erkinjonov
Toshkent davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi
O'zbekistonning yangi Konstitutsiyasi huquqiy tizimimizda ijobiy yangilanishlar, fuqarolarga ko'pdan ko'p yangilliklar va ularning huquqlarini izchil himoya qiladigan shu jumladan bir necha yillardan buyon dolzarb muammolardan biri hisoblanib kelayotgan shaxsning intelektual huquqiy daxlsizligini taminlaydi (Yangi Konstitutsiyaning 31-moddasi). Bugungi yangilanayotgan O'zbekistonda bu moddaning konstitutsiyaga kiritilishi insonlarning yashash erkinligining kafolatlaridan biri desak adashmagan bo'lamiz. Taniqli fizik olim Albert Eynshteyn "Konstitutsiyaning kuchi butunlay har bir fuqaroning uni himoya qilishga qat'iyat bilan intilishidadir. Konstitutsiyaviy huquqlar har bir fuqaro ushbu himoyaga hissa qo'shishni o'z burchi deb bilsagina himoya qilinadi", [1] deb Konstitutsiya kuchi haqida o'z fikrlarini bildirgan. Amerikalik huquqshunos, AQSh Oliy sudining uzoq yillar a'zosi bo'lgan Oliver Vendell Xolms "Konstitutsiyalar nazariyalarni qo'llab-quvvatlash uchun emas, balki amaliy va moddiy huquqlarni saqlash uchun mo'ljallangan, deb ta'kidlaydi. Amerikalik huquqshunos va siyosatchi Edvard Mur Kennedi esa "Konstitutsiya nafaqat biz bilan hamohang bo'lgan qarashlarni himoya qiladi, u shuningdek, biz norozi bo'lgan qarashlarni ham himoya qiladi", deya qiziqarli fikrlarini aytib o'tgan. Akademik, yuridik fanlar doktori, professor A. Saidov "Konstitutsiya huquqiy bilimlarning alifbosidir", degan chuqur huquqiy-falsafiy fikrlarni bayon etgan holda, mamlakatimiz Konstitutsiyasini o'rganish va bilish, unga rioya qilish va asosiy qonunimiz bilan faxrlanishni albatta zarur deb hisoblaydi. Yangilangan Konstitutsiyaning muqaddimasida O'zbekistonning yagona xalqi, inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e'lon qilib, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g'oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State_
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatimizni anglagan holda, davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma'naviy merosiga tayanib, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko'paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda, O'zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo'shni davlatlar bilan do'stona munosabatlarini hamkorlik, o'zaro qo'llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko'p millatli jonajon O'zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta'minlashni maqsad qilgan holda har bir moddaning qabul qilinishida aholi vakillari mas'ulyat bilan ishtirok etishlari kerak ekanligini tushuntirish ishlarni yanada jadallashtirish kerak ekanligini aytib o'tmoqchimiz. [2] Xalqimizda "Kengashli to'y tarqamas" degan g'oyat ibratli bir maqol bor. Ijtimoiy hayotimizning qaysi bir jihatiga e'tibor qaratmaylik, mana shu hikmatga amal qilinishini kuzatishimiz mumkin. Qaysi bir joyda ibratli bir ish bo'lsa, u kengashilgan tadbirning natijasi ekaniga guvoh bo'lamiz. Bu bejiz emas, zotan biz ulug'vor o'tmishimizdan shunday saboq olganmiz. Sohibqiron Temur o'z tuzuklarida shunday ta'lim beradi: "Davlat ishlarining to'qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur... Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to'g'ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin... Har kimdan so'z olib kengash so'rar edim. Lekin aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon tomonlari haqida o'ylab ko'rgach, to'g'ri va savoblirog'ini tanlab olardim".Bu haqda mashhur nemis tarixchisi F.Shlosser ham shunday ma'lumot beradi: "... sarkarda, hokim va qonunchi sifatida buyuk talant egasi edi. Yolg'onni yomon ko'rar, bilimga muhabbat qo'yishdan mahrum emas edi. Uning manzilida shoirlar, olimlar, mashshoqlar va mistiklar (so'filar) ko'p bo'lardi... u odil sudya, ilm-fan do'sti, birga suhbatlashishni xush ko'radigan, rassomlar va olimlarning homiysi edi"Bu fikr to'g'ridan-to'g'ri xalqning xohish-irodasini qonunlarda ifoda etish, bayoni uning tomonidan saylangan vakillar orqali bajarilishi lozimligini bildiradi. Shuning uchun ham "Davlatning yagona manbai xalq" degan qoida barcha zamonlarda o'z dolzarbligini saqlab kelgan. Jan Jak Russo: "Qonunga itoat etguvchi xalq uning ijodkori ham bo'lmog'i lozim" deydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir", [3] deb ta'kidlagan
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
edi. Darhaqiqat, suveren Respublikamiz Konstitutsiyasi - inson va fuqaro huquqlarining demokratik xartiyasi bo'lib, u huquqiy va insonparvar davlatni shakllantirishning strategik dasturi vazifasini o'tab kelmoqda. Konstitutsiya -davlatimiz mustaqilligining huquqiy zamini, xalq xohish- irodasining oliy ifodasi sifatida maydonga chiqdi. U eng taraqqiy topgan, rivojlangan davlatlarning konstitutsiyaviy tajribalariga tayanish bilan birga, tarixda sinalgan umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o'zida mujassam etgan huquqiy hujjat. Bugun yurtimiz haqida fikr yuritilganda "Yangi O'zbekiston", "Taraqqiyotning yangi bosqichiga kirib borayotgan mamlakat" kabi sharafbaxsh iboralar ishlatilyapti. Bu qo'lga kiritayotgan ulkan muvaffaqiyatlarimizning amaliy samarasi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Demak, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil harakatdamiz. Yuksalish esa raqamli iqtisodiyotga o'tish, ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, avtomatlashtirish, innovatsion g'oyalar va texnologiyalar bilan boyitish, shu bilan birga o'zligimizni, ma'naviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan, har bir yurtdoshimiz bugun mamlakatimizda barq urib turgan bebaho ne'mat - tinchlik, totuvlik, barqarorlikning qadriga yetib, Uchinchi Renessans davri poydevoriga g'isht qo'yish, ya'ni yurtimiz taraqqiyotiga munosib xissa qo'shish uchun astoydil harakat qilmog'i lozim. [5]
Xulosa o'rnida shuni ayta olamizki, bugungi, har tamonlama rivojlanib borayotgan dunyoda, yetakchi va ilg'or mamlakatlar qatoridan o'z o'rniga ega bo'lish uchun zamon ruhi bilan hamnafas bo'lgan, har jabhada mukammal, ijtimoiy davlat qurishga asoslangan, oddiy xalq vakillarining muammolarini yechishga qodir bo'la oladigan qonun tizimi bo'lmog'i zarur.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining g'oyasi, maqsadi, ruhi - har bir qoidasi inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, asrlar mobaynida shakllangan demokratik qadriyatlar, milliy davlatchilik, shuningdek, bir necha ming yillardan buyon avloddan avlodga meros bo'lib kelayotgan o'zbekona va sharqona davlatni idora etish hamda xalq bilan bamaslahat siyosat olib borish an'analarini o'zida to'la mujassamlashtirgan. [6] Prezidentimizning "Hammamizni tarbiyalagan, voyaga yetkazgan - shu xalq. Barchamizga tuz-nasiba bergan ham - shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq. Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak - odamlarimiz bilan. Kim bilan bamaslahat ish tutishimiz kerak - avvalo xalqimiz bilan. Shunda xalqimiz bizdan rozi bo'ladi. Xalq rozi bo'lsa, ishimizda unum va baraka bo'ladi. Xalq bizdan rozi bo'lsa, Yaratgan ham bizdan rozi bo'ladi" [7], degan fikrlari xalq bilan bamaslahat siyosat olib borish an'analari davom
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
etayotganligining amaliy isbotidir. Yangi O'zbekiston Yangi Konstitutsiyasining qabul qilinishi milliy qadriyatlarimizni adolatli ijtimoiy jamiyat, inson qadir qimmati va intelektual huquqlarini himoya qiladigan va qo'llab quvvatlaydigan jamiyat qurish yo'llarini belgilab beradi. [8]
Xuddi mana shunday yuqorida ta'kidlaganlarimizni umumlashtirgan holda, bugungi zamon ruhiga mos bo'lgan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining yangilangan tahriri o'zbek xalqi tomonidan referendumda tasdiqlandi. Yangilangan konstitutsiyamizda xalqimiz uchun bir qancha yangilliklar yaratildi. Inson qadr-qimmati yuqori o'ringa ko'tarildi. [9] Shuningdek asrlar mobaynida sharafli kasb hisoblanib kelgan - o'qituvchilarning huquqlari yangilangan qomusimizda belgilab qo'yildi. Yillar mobaynida majburiy mexnatga jalb qilingan, o'z kasbi bo'lmish barkamol avlodni yetishtirish qolib dalada paxta tergan o'qituvchilarning qadr -qimmati adolatli tarzda o'z o'rniga qo'yildi. Shu jumladan yangilangan qomusimizda inson ilmiy salohiyatli, o'z aqliy mehnat mahsulini himoyalay olish huquqiga ham ega bo' ldi. [10] Qisqa qilib shuni ayta olamiz-ki, yangilangan konstitutsiyamiz muhtaram prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev aytganlaridek "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak" degan tamoyilga asoslangan ijtimoiy davlat qurishning asosiy kaliti bo'lib xizmat qiladi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz.
REFERENCES
1. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016-yilning 14-dekabrida Oliy
Majlis palatalarining qo'shma majlisi;
2. "O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi". Lex.uz. 01.05. 2023-yil.
3. М.М.Инагамова. Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш босцичлари / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.
4. M.M. Inagamova. R.I.Rahmatullayev. Konstitutsiya kelajagimizning huquqiy kafolatidir / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1 https :// scholar. google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru &user=gLFlSCAAAAAJ&citation for view=gLFlSCAAAAAJ:q
Civil Society and a People-Friendly State
etishning huquqiy kafolati
jMakFHDy7sC
https://tstu.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
December 1-7, 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
5. „Yangi konstitutsiya. 10 ta asosiy o'zgarish" Kun.uz. 02.05. 2023-yil.
6. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2023. - 80. b.
7. Konstitusiya - xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli ilmiy maqola.
8. "Yangilanayotgan Konstitutsiya - yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo'ladi" https://parliament. gov.uz/ 10.03.2023-yil
9. https://parliament.gov.uz/
10. https://constitution.uz/
Civil Society and a People-Friendly State
etishning huquqiy kafolati
https://tstu.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
December 1-7, 2023