"Interpretation and researches"
International scientific journal volume 1 issue 1
YER KURRASI MODELINI YARATGAN QOMUSIY OLIM (Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi oldidan)
Vohidova Shahlo Bahrom qizi,
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti 1-kurs magistri Axatova Zohira Aktam qizi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti San'atshunoslik va Muzeyshunoslik fakulteti 1-kurstalabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7497805
Annotatsiya: Mazkur maqolada Butun Sharq va G'arb olamida, ilm-fan va ma'rifat soxasida o'z xizmatlari bilan dunyoga mashxur bo'lgan Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniyning ilmiy merosi va ularning jahon sivilizatsiyasi tarixida tutgan o'rni tadqiq qilingan hamda Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to'g'risida"gi qarori asosida amalga oshiriladigan vazifalar hususida fikrl bayon etilgan
Kalit so'zlar: Beruniy Xorazm, Kot, Gurganj, "Ma'mun akademiyasi" "O'tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston" "Mineralogiya", "Kitob as -Saydana", "Al Qonuni al - Ma'sud", "Kitobul maqolat val - arz vad diyonat", "Geodeziya". ibn Iroq, Tabriziy, Suyutiy, Qazviniy, Tusiy, Ioanni Barerey,Karl Eduard Zaxau, A.M.Belenitskiy, Sarton
УЧЕНЫЙ, СОЗДАВШИЙ МОДЕЛЬ ЗЕМЛИ (перед 1050-летием со дня рождения Абу Райхана Беруни)
Вахидова Шахло Бахром кизи,
1 курс магистра Туринского политехнического университета в Ташкенте
Ахатова Захиры Актам кизи,
Студентка 1 курса факультета искусствоведения и музейного дела Национального института художников и дизайна имени Камолиддина Бехзода
Аннотация: В данной статье рассмотрено научное наследие энциклопедиста Абу Райхана Мухаммада ибн Ахмада аль-Бируни, известного своими заслугами в области науки и просвещения на весь Восток и Запад мира. Его место в истории мировой цивилизации, а также задачи подписанного указа Президентом Респуублики Узбекистана Шавкатом Мирзиёевым «О международном праздновании 1050-летия со дня рождения великого мыслителя и энциклопедиста Абу Райхана Беруни».
"Interpretation and researches"
International scientific journal volume 1 issue 1
Ключевые слова: Беруни, Хорезм, Кот, Гургандж, «Академия Маъмун» «Реликвии прошлых поколений», «Индия» «Минералогия», «Китаб ас-Сайдана», «Аль Кануни аль-Масуд», «Китаб аль-Масуд» - арз вад дёнат", "Геодезия", ибн Ирак, Табризи, Суюти, Казвини, Туси, Иоанни Баререи, Карл Эдуард Захау, А. М. Беленицкий, Сартон.
THE SCIENTIST WHO CREATED A MODEL OF THE EARTH (before the 1050th anniversary of the birth of Abu Rayhan Beruni)
Vakhidova Shahlo Bahrom kizi,
1st year master's degree at Turin Polytechnic University in Tashkent Akhatova Zahira Aktam kizi, 1st year student of the Faculty of Art History and Museum Affairs of the National Institute of Artists and Design named after Kamoliddin Behzod
Annotation: This article discusses the scientific heritage of the encyclopedist Abu Rayhan Muhammad ibn Ahmad al-Biruni, known for his merits in the field of science and education throughout the East and West of the world. Its place in the history of world civilization, as well as the tasks of the decree signed by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev "On the international celebration of the 1050th anniversary of the birth of the great thinker and encyclopedist Abu Raykhan Beruni".
Keywords: Beruni, Khorezm, Kot, Gurganj, Mamun Academy, Relics of past generations, India, Mineralogy, Kitab as-Saydana, Al Kanuni al-Masud, Kitab alMasud - arz vad denat ", "Geodesy", ibn Iraq, Tabrizi, Suyuti, Kazvini, Tusi, Ioanni Barerei, Karl Eduard Zahau, A. M. Belenitsky, Sarton.
Shunday insonlar borki,o'zining ilm-fan taraqqiyotga qo'shgan buyuk xizmatlari uchun dahoga aylanadi, el-yurt hamisha uni e'zozlaydi, necha asrlar o'tsada xalq qalbida abadiy yashaydi. Ana shunday buyuk insonlardan biri, 973 yili Xorazmning Qiyod (Kot) shahrida tug'ilib voyaga yetgan qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniydir.
Yaqinda Prezidentimizning "Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to'g'risida"gi qarori e'lon qilindi.[23] Qarorning alohida e'tiborga molik jihatlaridan biri, unda ushbu tantanalarini YUNESKO shafeligida xalqaro miqyosda keng nishonlash ko'zda tutilgan. Zotan, Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash O'zbekiston tashabbusi bilan YUESKO Bosh konferensiyasi qaroriga asosan,
YuNESKOning 2022-2023 yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro'yxatidan joy olgan.
Darhaqiqat, Abu Rayhon Beruniy hususida fikr yuritib, tarixiy va ilmiy manbalarga asoslanadigan bo'lsak, shak-shubhasi, Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo'lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o'ziga xos yangi g'oyalarni taklif etganligi, Yer radiusini hisoblab chiqqanligi, vakuum, ya'ni bo'shliq holatini izohlab berganligini, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit'a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surganligi,, minerallar tasnifi va ularning paydo bo'lish nazariyasini ishlab chiqqanligi va geodeziya faniga asos solganligi, juda ko'p xorijiy tillarni bilganligi, Beruniy tadqiqotdari ro'yhatida 152 ta kitob bo'lib, ulardan bizga 31 tasi yetib kelganligi to'g'risidagi[16.-B.128] ma'lumotga ega bo'lamiz.
Hakikatdan ham Beruniy dunyo ilm-ma'rifat ahli nazdida, jahon fani tarixiga ensiklopedik olim sifatida tan olinganligi, shuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan "Beruniy asri" deb atalishi, shuningdek. Abu Rayhon Beruniyning ilm-fan taraqqiyotidagi hissasi yuksak baholanib, Oydagi karterlarning biriga va Quyosh sistemasida 1986 yilda aniqlanib, Garvard markazi tomonidan 9936 raqami bilan ro'yxatga olingan kichik sayyoraga Beruniy nomi berilganligi bejiz emas, albatta. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, yirik hind davlat arbobi Javoharlal Neru Beruniy asarlarini o'qib shunday yozgan : « Beruniy yunon falsafasini o'rganib hind falsafasini mutolaa qilmoq uchun sanskrit ( qadimgi hind tili -R.H. ) ni o'rgana boshladi. U hind va yunon falsafasini bir - biriga solishtirib, bularda mavjud bo'lgan umumiylikni ko'rib hayratda koldi. Beruniyning kitobi daliliy materialni qamrab olish bilan birga, u urush, talon taroj, ommaviy qirg'inlar bo'lishiga qaramay, fan ahllari o'z ishlarini davom ettirganliklarini ko'rsatib bordi.Ikki orani nafrat va xudbinlik kayfiyatlari buzib turgan paytlarda ham Beruniy begona odam bo'laturib, bu o'lka kishilari ahvolini tushuntirishga harakat qildi[12.-B.246-247].
Bu buyuk olim to'g'risida eng tugal ta'rifni yirik nemis sharqshunosi Karl Eduard Zaxau bergan: "Dunyoda tog'lar ko'p, lekin ular orasida shunchalik yuksak bir cho'qqi borki, bu cho'qqini insoniyat hech qachon zabt etolmaydi. Bu -Beruniydir". XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Barerey (1226-1286) Beruniyga shunday baho beradi: "...Uning asarlari nihoyatda ko'p, yetuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir so'z bilan aytganda, o'z davrida, undan so'ng va
hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo'lmagan".
Beruniy haqidagi oliy baho va tavsiflar Tabriziy, Suyutiy, Qazviniy, Tusiy, Muhammad ibn Mansur al-Allomiy, al-Xurosoniy kabilarning asarlarida keltiriladi. XIX asrdan boshlab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, frantsuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga bag'ishlangan yevropalik olimlar J.Reno, E.Zaxau, G.Zuter, E.Videman, K.Nallino, J.Sarton, R.Rayt, M.Meyerxof, Osiyo olimlari S.X.Nasr, M.Kozim, S.Baraniy, M.Nizamuddin, Sh.Yaltkay kabilarning kitoblari, tarjimalari nashr etildi.
Amerikalik fan tarixchisi Sarton Milliy tariximizning yorqin yulduzi Abu Rayhon Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berar ekan, u XI asrni «Beruniy asri» deb ta'riflaydi.[6.-B.42]
Shuni ta'kidlash joizki, Beruniy, eng avvalo, komusiy olim sifatida butun dunëga manzur va mashhurdir. Uning dastlabki yirik asari « Al - asor al bokiya an al - qurun al - holiya » ( « Qadimgi xalklardan qolgan yodgorliklar» ) bo'lib, buni u 27 yoshida yozgan edi. 486 sahifadan iborat bu asar o'zbekchaga 1968 yili tarjima qilingan. Olimning 364 sahifadan iborat «Tahdid nixoyot il - amokin li tashih masofot il - masokin» («Turar joylar ( orasidagi ) masofani aniqlash uchun manzillarning chegaralarini belgilash ») « Geodeziya » nomi bilan yirik kitobi mashhur bo'lib ketgan. Bu kitob 1966 yili rus tiliga tarjima qilindi. Uning
3 - katta asari «Hindiston» dir. 4 - yirik kitobi « Qimmatbaho toshlarni bilish hakida to'plam ( -Minera logiya » ), beshinchi kitobi « Kitob as - Saydana » deb yuritiladi. 6 - kitobi, Yulduzshunoslikda boshlangich ma'lumotlarni anglash " deb atalib, u o'sha davr maktablari uchun darslik bo'lib, barcha asosiy fanlardan boshlang'ich ma'lumot olish uchun xizmat qilgan. Beruniyning falakiyot tarixiga oid yana bir yirik asari «Al - Qonun al - Ma'sud » ( « Ma'sud konuni » ) bo'lib, u falakiyot darsligi hisoblangan.
O'ylaymizki, har bir vatandoshimiz, hoh o'qituvchi, xoh talaba bo'lsin, bundan xulosa chiqarib, buyuk ajdodlarimiz ishlarini izchil davom ettiradi hamda o'zining intelektual salohiyatini namoyon etib, yurtimiz ravnaqi yo'lida bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etadi. Ana shunday insonlar vatanparvar, ona yurtiga sadoqatli, irodali, o'zining faol fuqarolik pozitsiyasiga ega inson ekanliklarini namoyon etishga qodir bo'ladi.
" Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni kuygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani
rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm - fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim "[4]
Bu borada Yurtboshimiz tomonidan imzolangan 2022 yil 25 avgust dagi karor[5] da allomaning noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan ilmiy -ma'rifiy merosini yanada chukur o'rganish va keng targ'ib kilish, ushbu yo'nalishda tadqiqotlar olib borayotgan yetakchi xalqaro ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik o'rnatish alohida ta'kidlandi.
XULOSA VA TAKLIFLAR:
Prezidentimizning "Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to'g'risida"gi qarori ijrosini amalga oshirish yuzasidan hozirgi kunda bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.Yurtimizdagi Abu Rayhon Beruniy nomi bilan boglik obida va qadamjolar, jumladan, Abu Rayhon Beruniy sharafiga o'rnatilgan yodgorlik majmualarini mukammal ta'mirlash va hududlarini obodonlashtirish, " Buyuk Beruniy merosi " xalkaro sayyohlik yo'nalishlarini ochish rejalashtirilmokda.
Olimlar va mutaxassislar taklif - mulohazalari bo'yicha ishlab chikiladigan konsepsiya asosida Qoraqalpog'istonning Beruniy tumanida 2023 yil yakuniga kadar Abu Rayhon Beruniy majmuasi quriladi va uning hududida ilmiy - ma'rifiy, madaniy va dam olish hamda turizm ob'ektlari faoliyati tashkil kilinadi.
Alloma ilmiy - ijodiy merosiga mansub qo'lyozma va boshka madaniy boyliklarni restavratsiya kilish, ularni ishonchli saklash uchun zarur sharoit yaratish bo'yicha ishlar belgilandi. Fanlar akademiyasining Qoraqalpog'iston bo'limi va Xorazm Ma'mun akademiyasining moddiy - texnik bazasi mustahkamlanadi, ularda madaniy meros, jumladan, arxeologiya merosi ob'ektlari, muzey ashyolarini restavratsiya va konservatsiya qilishga ixtisoslashgan laboratoriya tashkil etiladi hamda ular zamonaviy jihozlar bilan ta'minlanadi.
Qarorda Abu Rayhon Beruniy merosini o'rganish maqsadida xalqaro miqyosda keng ko'lamli ilmiy izlanishlar olib borish va natijalarini e'lon qilish, shu mavzuda ilmiy, badiiy - publitsistik asarlar yaratish, xorijiy olimlarning asarlarini o'zbek va qoraqalpok tillarida nashr etish ko'zda tutilgan. Yuqori sifatli mediamahsulotlar hamda audiovizual asarlar yaratiladi, ular mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida efirga berib boriladi, internet va ijtimoiy tarmoklarga joylashtirish, dunyo miqyosida targ'ibot kilishda xeshteg va chellenj kabi zamonaviy texnologiyalar kullaniladi.
Xujjatda umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari, akademik litseylar va kasb - xunar maktablari o'quvchilari o'rtasida Xorazm viloyatida tegishli fan buyicha Abu Ray xon Beruniy nomidagi xalkaro fan olimpiadasi tashkil etish belgilandi. O'zbekistonning xorijdagi elchixona lari, O'zbek milliy madaniy markazla ri, vatandoshlar jamiyatlarida Abu Ray hon Beruniy ilmiy - ma'rifiy merosi uning
insonparvarlik goyalarini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida ilmiy anjumanlar va davra suhbatlari tashkil etish ko'zda tutildi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda saqlanayotgan Abu Rayhon Beruniy haëti va ilmiy - ijodiy merosi hamda u yashagan davrga oid qo'lyozmalar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularning faksimile nusxalarini O'zbekistonga olib kelish, tadqiq etish va davlat elektron katalogi hamda YuNESKOning raqamli kutubxonasiga joylashtirish zarurligi belgilandi.
Abu Rayhon Beruniy hayoti va merosini tadqiq etish bo'yicha ilmiy - tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofik ilmiy loyixalar tanlovi e'lon kilinib, 2022 yil dekabrga kadar " Beruniy va yoshlar " maxsus dastu riishlab chikiladi. Bunda Abu Rayhon Beruniy hayotiga oid ma'lumotlar, uning ilmiy - ma'rifiy asarlari jamlangan mobil ilova yaratiladi va yoshlar o'rtasida keng ommalashtiriladi.
Abu Rayhon Beruniyning barcha asarlarini to'plash asosida bosqichma -bosqich allomaning to'liq asarlari o'zbek, qoraqalpok. rus. ingliz, arab va fors tillarida nashr etiladi 2023 yilda olimning hayoti va il miy - ma'rifiy faoliyati asosida yangi spektakllar saxnalashtirilishi hamda respublika byylab teatrlarda namoyish etilishi ko'zda tutilgan.
2022-2023 yillarda respublikamiz bo'ylab Abu Rayhon Beruniy hayoti va il miy - ma'rifiy faoliyatiga bag'ishlangan tasviriy san'at asarlari, miniatyuralar, xalq amaliy san'ati namunalari hamda fotosuratlar ko'rgazmalari o'tkaziladi. Buyuk yurtdoshimiz hayoti va ilmiy - ma'rifiy faoliyati hamda uning jahon tamadduni rivojiga qo'shgan ulkan hissasini aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasi da, shuningdek, ta'lim tashkilotlari va mehnat jamoalarida keng targ'ib qilishga qaratilgan tadbirlar tashkil etiladi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, Alloma ijodini yanada keng va chukurroq o'rganish maqsadida so'nggi vaqtlarda yurtimizda samarali ishlar amalga oshirilmokda. Prezidentimiz qarori ham mazkur masalada o'zining dolzarbligi bilan ahamiyatlidir. Abu Rayhon Beruniy singari vatandoshlarimizning dunyo tan olgan ilmiy merosini o'rganish va keng targ'ib etish Yangi O'zbekistonning gullab -yashnashi va uning nomi jahonda yanada balandro yangrashigai xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: O'zbekiston.. 2017.
2.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2017.
3.Shavkat Mirziyoyevning Yoshlar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida aytilgan fikrlari ayni muddao bo'lganligini qayd qilamiz.// Xalq so'zi. 2020y. 1 iyul.
4.O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // https: //president.uz/uz/lists/view/3324.
5.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 avgustdagi"Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to'g'risida" Qarori//Yangi O'zbekiston. 2022y. 26 avgust.
6. Islom Karimov Yuksak ma'naviyat -engilmas kuch. - T.: "Ma'naviyat", 2008. - B.42
7.Karimov I.A. "O'rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati" mavzusidagi xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimidagi nutq. Xalq so'zi, 2014 yil 16 may.
8.Ahmedov A. Beruni va uning "Geodeziya"si haqida. Beruniy, Tanlangan asarlar. III tom, "Fan", 1982, - B.21.
9.Beruniy A.R. O'zbekiston milliy entsiklopediyasi. 1-jild. A- Beshbaliq. Tahrir hay'ati: M. Aminov, B. Ahmedov, H. Boboyev va b. - T.: "O'zbekiston Milliy entsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti,2000. - 736 b.
10. Beruniy A.R. Feruza: (Javohirlar haqida naql va hikoyalar). - T.: A. Qodiriy nomidagi "Xalq merosi" nashr. - 1993. - 94 b.
11. Beruniy A.R. 100 hikmat: ibratli so'zlar. - T.: Fan, 1993. - B.20
12. Djavharlal Neru. Otkrbitiye Indii. M., 1955. - S.246-247
13. Irisov A. Beruniy hikmatlari. - T.:"Yosh gvardiya", 1973//O'zbek
pedagogikasi antologiyasi. - T.: "O'qituvchi", 2010 - B.127.
14. Karim Normatov. Yangi O'zbekiston me'mori.-T.:O'zR.IIB Akademiyasi, 2021y. - B.152-153.
15. K.Hoshimov, R.Hasanov va boshq. Pedagogika tarixi.O'quv qo'llanma. -T.: "O'qituvchi", 1996. - B.81-83.
16. K.Hoshimov, R.Hasanov va boshq O'zbek pedagogikasi antologiyasi. - T.: "O'qituvchi", 2010 - B.128.
17.Hasanov R., O'tamurodov A. Fuqarolik jamiyati: nazariya va amaliyot. O'quv uslubiy qo'llanma. - Toshkent: 2017. - B.28-29
18. Hasanov R, Utamuradov, Qirg'izboyev Fuqarolik jamiyati.//O'quv-uslubiy qo'llanma. - T.: "Fan va texnologiyalar Markazi" 2019, - B.26-27
19.Hasanov R. Sharq Uyg'onig davri tamadduniga buyuk hissa qo'shgan alloma. - T.: Turon tarixi. Jur. 2018. №5. - B.16
20.Amerika O'rta asrlarda Markaziy Osiyoda "kashf etilgan"mi?// Xalq so'zi, 214y. 5 iyul.
21. O'zbekiston tarixiy, madaniy va intellektual merosini asrab-avaylash va uni boyitish haqida qayg'uradi// Xalq so'zi, 2014 yil 8 iyul.
22. Qirg'izboyev Abdug'affor. Asrlar osha balqiyotgan aql mash'ali//Yangi O'zbekiston, 2022 yil 30 avgust
23 Yangi O'zbekiston, 2022 yil 26 avgust 24."Hurriyat" 2020y. 30dekabr