Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING TABIIY FANLAR RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI'

ABU RAYHON BERUNIYNING TABIIY FANLAR RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

5902
216
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abu Rayhon Beruniy / geografiya / geodeziya / kartografiya / xarita / globus / o’rta asr Sharq allomalari

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — G. M. Xoldorova, M. Nizomiddinova, D Begbo‘tayev

Maqolada ulug’ qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy uning Yer haqidagi fanlar hususan geografiya, geodeziya, kartografiya, mineralogiya fanlari taraqqiѐtiga qo’shgan beqiѐs hissasi, uni zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati qisqacha baѐn qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING TABIIY FANLAR RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

ABU RAYHON BERUNIYNING TABIIY FANLAR RIVOJIGA QO'SHGAN

HISSASI

G. M. Xoldorova

Jizzax davlat pedagogika Universiteti katta o'qituvchisi (PhD)

M. Nizomiddinova

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi

D. Begbo'tayev

Toshkent tibbiyotakademiyasi urganch filiali talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada ulug' qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy uning Yer haqidagi fanlar hususan geografiya, geodeziya, kartografiya, mineralogiya fanlari taraqqietiga qo'shgan beqies hissasi, uni zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati qisqacha baen qilingan.

Kalit so'zlar: Abu Rayhon Beruniy, geografiya, geodeziya, kartografiya, xarita, globus, o'rta asr Sharq allomalari

O'rta osiyo shu jumladan Mourounnahr o'lkasi ko'plab olim-u fuzalolar yurti hisoblanadi. Allomalarimizning qoldirgan boy madaniy merosi haligacha butun dunyoni olimlari tomonidan o'rganilib , ualar hayratga solmoqda. O'rta osiyo yirik mutafakkir allomalar orasida Abu Rayhon Beruniy o'zining qoldirgan boy ilmiy merosi bilan ajralib turadi. Uning qoldirga ilmiy merosi jahon olimlari tomonidan yuksak baholanadi. O'rta osiyoning qomissiy olimi hisoblangan Abu Rayhon Beruniy tabiatda barcha narsa tabiat qonuniyati asosida o'zgaradi va bu qonuniyatlarni faqatgina ilm-fan yordamida anglash mumkin, deya takidlagan edi. Uning to'liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 973-yil 4- sentabrda Xorazmning Kat shahrida tavallud topgan. Qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy yoshligidan astranomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya fanlariga qiziqadi. Abu Rayhon Beruniyninig birinchi ustozi astronomiya va trigonomertiya fanlariga oid bir qator asarlar muallifi bo'lgan Abu Nasr ibn Iroq Mansur edi. Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shug'ullandi.Sharqning boy fan va madaniyatini o'rganib, yunon ilmi bilan ham tanishib, yetuk olim bo'lib yetishib chiqdi. U 17 yoshidan boshlab astronomiya hamda

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

83

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

astronomik asboblar bilan ishlay boshladi. Abu Rayhon Beruniyning yuksak ilmiy salohiyati va geografiya fanlariga qo'shgan hissasini O'rta Osiyoda birinchi bo'lib Yer quyosh atrofida aylanish mumkinligini aytib, yerning aylana o'lchamini o'lchaganligi hamda yerning kichraytirilgan modeli ya'ni globusni yasaganligini ham ko'rishimiz mumkin. Beruniyning 150 dan ortiq ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelganiga qaramasdan, alloma qo'lyozmalarining qo'limizdagi ana shu to'liq bo'lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi. Ushbu asarlarning 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va 24 geodeziyaga, 4 tasi kartografiyaga bag'ishlangan. [2, 42-b.]. Beruniyning ilmiy merosida geografiya, geodeziya va geologiyaga oid asarlarini alohida ta'kidlab o'tmoqchimiz, ularning 12 tasi geodeziya - geografiya, 4 ta kartografiyaga, 3 ta minerologiyaga, 3 ta iqlim va ob-havoga oid asarlardir.Olim geografiya oid ma'lumotlarning ko'pchiligi Sharq adabiyotida birinchi manba bo'lib hisoblanadi. . [4, 266-b.].

Beruniyning juda ko'p sohalarda kashfiyotlar qilgani va asarlar yozgani ma'lum, bular orasida geografiyaga oid asarlari alohida o'rin tutadi. Beruniy umuman o'zining yozgan asarlari ro'yxatini tuzganida sonini 109 ta dyeb ko'rsatgan edi. Uning turli sohalarga oid asarlarida ham geografiya uchun qimmatli bo'lgan ma'lumotlar va xulosalar uchraydi. Binobarin Beruniy qaysi sohada tajriba o'tkazib, fikrlamasin tabiat va olam tuzilishi bilan bog'lagan va ilmiy izchilikka rioya qilgan. H. Hasanov bizgacha yetib kelmagan, ammo nomi ma'lum geografik kitoblarning 16 tasini sanab ko'rsatadi. Beruniyning bizgacha yyetib kyelgan asarlardan "Osori boqiya" (O'tmish zamonlardan qolgan yodgorliklar) kitobida turli xalqlarning kalyendarlari, oy va muchal nomlari, bayramlar, ko'plab myetyeorologik, fyenologik, toponimik ma'lumotlar kyeltirilgan. G'arb olimlari bu kitobni "Xronologiya" deb atashgan. [5, 66-b.]..

"Kartografiya" (Kartalar va Yer sharining yuzasini bilish kitobi) da astronomiya, kartografiya va geografiyaning amaliy ahamiyati haqida ma'lumotlar beriladi. Shu bilan birga usturlob xillari, gradus to'ri, kartografik proyektsiyalar, sharni tyekis qog'ozga tushirish, globus yasash, kartalarga shartli byelgilarni tushirish haqida ma'lumotlar beriladi.

"Hindiston" asari Beruniyning eng yirik asarlaridan biri bo'lib, Hindiston haqidagi tarixiy, etnografik va geografik bilimlar, turli joylarning keng ko'lamdagi tarixiy-geografik ta'riflari keltirilgan va 13 shaharning geografik koordinatalari ko'rsatilgan.Beruniy yerning sharsimonligini o'zining Hindiston asarida quyidagicha izohlaydi. Quyoshning

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

84

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqivotidagi o'rni

'.qytyonda^

ko'rinmay qolishi uning yerdan uzoqlashib ketishida emas , Yer sharining dumoloqligidandir.Yer kurrasi shar shaklidaligi haqida aniq tasavvur hosil qilish uchun u yerning modeli globusni yasadi . Beruniy yasagan globusning nimadan yasalganligi haligacha ham ma'lum emas. Globusda masovalarga qarab kenglik va uzunlikni aniqlash mumkin bo'lgan. Beruniy yasagan globus katta bo'lib , uning diametri taxminan 5 metr bo'lgan . Muzkur globus rel'ef shakllari burtmali holda ishlanganligi bilan ajralib turadi.

1- rasm.Beruniyning dunyo xaritasining arabcha va o'zbekcha nusxalari

H. Hasanov Beruniyning uchta asari "Qonuni Ma'sudiy", "At-Tafhim" va "Gyeodyeziya" kitoblarini tahlil qilib ulardan Atlantika va SHimoliy Muz Okyeani, Tinch va Hind okyeanlari, ko'llar va dengizlar, Nil kanali, shimoliy hududlar, metyeorologiya va iqlimshunoslik haqida juda ko'plab ma'lumotlar borligini yozadi va bu bilan Beruniyning geografik tasavvuri juda kengligini isbotladi.

Beruniy dunyoni 7 iqlimga bo'ladi:

1-iqlim. Hind - Hind va Sind hamda ularga mansub orollar, Zanzibar oroli va boshqalar.

2-iqlim. Hijoz - Habashiston va Adan, YAman va Arab cho'llari.

3-iqlim. Misr - Misr, chyekka Mag'rib va Sudan dashtlari, Barbar.

4-iqlim. SHom - Iroq va Fors, Jabal va Xuroson, Syeyiston, Bobo'liston va Tohariston.

5-iqlim. Rum - Rum va Andalus, Faranja va Burjan, Ozarbayjon.

6-iqlim. Sin - Sin va Tibat, Xo'tan va Mavorounnahr, Balx va Turklar yashaydigan sovuq yerlar.

7-iqlim. YA'juj va Ma'juj - Xazar, Turk, g'uz, Xirgiz, qimoq va ularning jinslari, Rus va Saqolaba.

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqivotidagi o'rni

'.qytyonda^

At-Tafhimda turlicha chizilgan 8 ta karta byerilgan.

Beruniy Yerning sharsimonligiga shubha qilmagan, balki uni turli dalillar bilan isbotlashga harakat qilgan. U diamyetri 10 cho'zim bo'lgan yyer kurrasining yarmini yasaganligi va nima uchun sharsimon qilib yasamaganligini ham yozgan. (10 cho'zim 5-6 myetr). H. Hasanovning fikricha O'rta Osiyo geografiya fani tarixini aslida "Beruniy geografiya maktabi" dyeb atash ma'qul bo'ladi.Fan tarixida Beruniydek keng faoliyat ko'rsatgan va tajribalar o'kazib, aniq xulosalar chiqargan olim yo'qdir.

Beruniy Yerning yumaloqligiga asoslanib va turli kuzatuvlar natijasida "Hindiston" asarida shunday fikrlarni kyeltiradi: "Bizning tyekshirishimizcha yyerning shimoliy (ikkinchi) choragidan biri quruqlik bo'lganligidan, uning hamqutr (diamyetral qarama-qarshilikdagi) choragida ham quruqlik bo'lishini taxmin qilamiz" Bu Beruniyning okyean ortidagi yirik quruqlik haqidagi ikkinchi fikri bo'lib, avvalgi fikrlarida ikki okyeanning o'rtasida quruqlik bo'lishi hamda u yerlarga borishning imkoniyati yo'qligi haqida ta'kidlagan.

Beruniyning geografik merosida Amudaryo va Qoraqum cho'li haqidagi ilmiy fikrlari alohida o'rin tutadi. Bunda Amudaryoning boshlanishi va quyi oqimi, Qoraqum cho'lining tabiiy sharoiti, Amudaryoning Qoraqumdan o'tgan avvalgi o'zani haqida yozilgan shuningdek, daryolarning tabiatdagi ishi, dyel'talarning hosil bo'lishi, turli tabiat hodisalarning hududiy farqlari tushuntirib berilgan.Beruniyning oxirgi yozilgan "Dorivor o'simliklari haqidagi" kitobi Saydana 20-asirning 30 -ylillarida Turkiya hududida topilgan. Asarda Beruniy O'rta Osiyoda o'sadigan dorivor o'siliklar haqida to'liq ma'luotlar bergan. Mazkur asarda 1116 tur dorivor o'siliklarni tasvirlab beradi (shundan 750 tur o'simliklar haqida ma'lumot beradi). Beruniy o'z asarida dorishunoslik alohida fan bo'lishi kerakligini ta'kidlab farmokologiya fanini asoslab beradi. . [1, 156-b.].

Biz Beruniyni faqat tabiiy fanlar jumladan, geografiya fanlari sohasiga qo'shgan hissasi haqida bayon etdik. Aslida esa Beruniy fanlarning turli sohalarini o'rganib , ilmiy izlanishlar olib borgan va ko'plab natijalarga erishgan. 19-asrda yashab ijod qilgan amerikalik olim J.Sarton "Abu Rayhon Beruniy o'z zamonasining eng ulug' siymosidir deb tariflab 21-asrni "Beruniy asri" deb atalishi bejiz emas , chunki bu davrda olim barcha fanlarda turli ilmiy izlanishlar va tekshirishlar olib borgan. Shuning uchun nafaqat dunyoda balki yurtimizda ham Beruniyning ishlari yuksak baholanib , alloma nomiga turli mukofotlar, oliy o'quv yurtlari, ob'ektlar nomi qo'yilgan.O'z o'qish va ilmiy ishlarida yuqori natijalarga

erishgan talabalar uchun Beruniy nomidagi davlat stipediyasi

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

joriy etilgan.Toshkent hamda Xorazm shaharlarida Beruniy haykali o'rnatilgan.Toshkent texnika universitetiga va Toshkentdagi metro stansiyasiga ham allomaning nomi berilgan.Shuningdek, buyuk allomaning haykallari dunyoning turli mamlakatlarida o'natilgan va taniqli rus olimi S.P.Tolstov o'zining "Qadimiy Xorazm svilizatsiyasi" izidan nomli monografiyasini xorazimlik Abu Rayhon Beruniyga bag'ishlagan. Zero buyuklar nomi doim mangulikda yashaydi.

REFERENCES

1. O'rta asrlar Sarqining mashhur olim va mutafakkirlari: kitob-albom. SH.Salixov va boshq. -Toshkent: «O'zbekiston», 2016.-156 b.

2. Buyuk yurt allomalari Matn / tuzuvchi va nashrga tayyorrlovchi U.Uvatov, -Toshkent: «O'zbekiston» NMIU, 2016, -424 b.

3. Гальков Ч.В., Рахдмбеков Р.У., Югай Р.Л. Узбекистон карталари (Узбекистон хдквдаги картографик тасаввурларнинг ривожланиши). -Тошкент: «Укитувчи», 1975.-103 б

4. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Toshkent «O'zbekiston Milliy entsiklopediyasi», 2004.-266 б

5.Х,.Х,асанов Урта Осиёлик географ ва сайёхлар, Т., 1964 й 5.Xalq so'zi gazetasi. 2014 yil 16 may, №95 (6025).

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.