Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON ILM-FANI RIVOJIGA QO’SHGAN HISSASSI'

ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON ILM-FANI RIVOJIGA QO’SHGAN HISSASSI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

1582
137
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ushbu maqolada Beruniyni saboqli umri va ilm fanga berilgan vaqti haqida izoh berilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON ILM-FANI RIVOJIGA QO’SHGAN HISSASSI»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

ABU RAYHON BERUNIYNING JAHON ILM-FANI RIVOJIGA QO'SHGAN

HISSASSI

Doniyor Bekchanov

Ma'mun Universiteti NTM o'qituvchisi bekchanov.doniyor@bk.ru

Dilshod Salayev

Ma'mun Universiteti NTM, (PhD) v.b. dotsent dilshod-salaev@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Beruniyni saboqli umri va ilm fanga berilgan vaqti haqida izoh berilgan.

Kalit so'zlar: ilm-fan, Kat, geografiya, matematika, astronomiya, Gurganjd.

Jahon ilm-faniga hissa qo'shgan qomusiy olimlardan biri Abu Rayhon Beruniydir. Olim 973-yilning 4-sentabrda qudratli Xorazm davlatining o'sha davrdagi poytaxtlaridan biri Kat shahrida tavallud topadi. Beruniy yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar orasida astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya kabilari alohida ahamiyatga ega edi. U o'zining „Geodeziya" asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Ma'lumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega bo'lish lozim edi. 995-yili Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganjning amiri Ma'mun ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Katdan qochib, Ray shahriga keladi. U Rayda mashhur olim matematik va astronom al-Xo'jandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda o'zining „Al-Faxriy sekstanti" risolasini yozadi. 998-yilga kelib Beruniy Jurjonga keldi va u yerda 1004-yilgacha yashadi.O'zining o'n beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari 1000-yillar atrofida shu yerda yozilgan. 1004-yilning bahorida Beruniy tug'ilib o'sgan vatani Xorazmga qaytdi.Olim shu yili Gurganjda tashkil etilgan "Dorul hikma va maorif" (Ma'mun akademiyasi) ga rahbar qilib tayinlandi. Gurganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib Al-Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005-yil bahorida buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga (hozirgi Turkmaniston Respublikasi

14

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

tarkibida) keladi. Gurganjda Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning ba'zi masalalari bilan shug'ullandi. Ammo 1017-yil yozida Xorazmni Mahmud G'aznaviy tomonidan egallanishi natijasida boshqa olimlar qatori Beruniy ham asir sifatida G'aznaga olib ketildi. U yerda og'ir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shug'ullanish sharoitiga erishdi.

1022-1024-yillarda Mahmud G'aznaviy Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni u bilan birga bo'ldi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shug'ullandi. Beruniy Hindistondagi sayohati davomida „Hindiston" asari uchun ma'lumot yig'di va uni 1030-yil yozib tugatdi. O'sha yili Mahmud vafot etdi va uning o'rniga o'g'li Mas'ud taxtga chiqdi. Mas'ud Beruniyga ko'p iltifotlar ko'rsatdi. Shu sababli, Beruniy o'zining shoh asarini Mas'udga bag'ishlab „Qonuni Mas'udiy" deb atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid bo'lsa ham, Beruniyning matematikaga oid, ya'ni trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlari shu asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo'shgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham ko'rish mumkin. Ulardan eng yiriklari „Hindiston", "Qonuni Mas'udiy", „Geodeziya", „Mineralogiya" va „Astronomiya" asarlari hisoblanadi.

Beruniy 160 dan ortiq asar yozgan bo'lib, bizgacha uning faqat 30 ga yaqini yetib kelgan" . Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga bag'ishlangan. U 50 yoshida qadimiy sanskrit tilini o'rgandi, bundan tashqari, fors, arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi. Beruniyning boy ilmiy merosi hali to'l a o'rganilmagan. Alloma yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik ta'limotlari bo'yicha dars olgan. 995-yilgacha u astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga yer va osmon globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi. Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya" 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash"ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy yer aylanasining kattaligini o'lchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. "Bag'dodda tashkil topgan „Donishmandlik uyi" nomli o'sha davrning fanlar akademiyasida O'rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Farg'oniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib borganlar" Uning yozishicha, xalifa Ma'mun buyrug'iga binoan

15

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

„Donishmandlik uyi"ning olimlari ikki guruhga bo'linib, Iroqning Mosul shahri g'arbidagi Sanjar sahrosida gradus o'lchash usuli asosida yer kattaligini aniqlashga kirishishgan, bunda Xolid al-Marvaridiy bir guruhga, Abu ibn Iso as-Asturlobiy ikkinchi guruhga rahbarlik qilgan. Har qaysi guruh o'zi o'lchab topgan natijalar bo'yicha bir gradus meridian yoyning uzunligini hisoblagan.

Sulton Mahmud G'aznaviy Hindistonga qilgan safarining birida Beruniyni ham birga olib ketadi, yo'lda Mo'lton shahrida vaqtincha istiqomat qilishga to'g'ri keladi. U o'zga yurtda bo'lishiga qaramay, fursatdan foydalangan holda Mo'ltondan 400 kilometr g'arbdagi Nandna qo'rg'onida yer kurrasi o'lchamini aniqlashga kirishadi, avval shu joyning geografik kengligini o'lchab 320001 ga teng ekanligini aniqlaydi. So'ngra ufqning pasayish burchagini o'lchaydi. Bu haqda olimning o'zi quyidagicha yozadi: „Hindiston yeridagi Nandna qo'rg'onida istiqomat qilishimga to'g'ri keldi. Qo'rg'onning g'arb tomonida baland tog', janubiy tomonida esa keng sahroni ko'rdim va shu on ufq pasayishini o'lchash usulini sinab ko'rishga kirishdim. Tog' tepasidan turib yerning lojuvard rangdagi osmon bilan tutashganini yaqqol ko'rdim. Qarash chizig'i vertikalga perpendikulyar bo'lgan chiziqdan 00 341 pasaydi. Perpendikulyar bo'lgan tog' balandligini o'lchadim, u shu yerda qo'llanadigan o'lchovda 652,055 cho'zim gazga teng keldi" deb ta'kidlaydi. Beruniyning yana bir asari tibbiyotga bag'ishlangan „Saydana" asarida mingdan ortiq dorivor moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan.

Olim Sulton Mas'udning o'g'li Mavdudning hukumronlik yillarida (10411049) o'zining „Mineralogiya" va „Farmakognoziya", deb atalgan ikki asarini yozadi. Ularning har biri mazkur sohalardagi betakror asarlardan bo'lib, jahon madaniyatiing noyob durdonalaridan hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniy 1048-yilning 11-dekabrida G'aznada vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 160 dan ortiq asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmokognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob xissa qo'sha oldi. Beruniyning betakror ijodi uning vatani O'zbekistonda alohida e'tibor qozongan. Abu Rayhon Beruniy me'rosi har bir davr uchun eng muhim ilmiy manba sifatida keng tadqiq etiladi.

Beruniyning boy ilmiy merosi O'zbekiston va undan tashqarida chuqur o'rganilmoqda. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima qilinmoqda. Hayoti va ijodi yozuvchi va san'atkorlar e'tiborini tortib kelmoqda. Olim haqida "O'zbekfilm" studiyasi ijodkorlari 2 qismdan iborat "Abu Rayhon Beruniy" filmini (1974) yaratganlar. Uyg'un "Abu Rayhon Beruniy" pyesasini (1973) yozgan.

16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

Qoraqalpog'iston Respublikasidagi shahar, tuman Beruniy nomiga qo'yilgan. O'zbekiston FA Sharqshunoslik instituti, Toshkent texnika universiteti, metro bekati uning nomi bilan ataladi. Toshkent shahrida, Qoraqalpog'iston, Xorazmda Beruniy nomida ko'cha, maydon, maktab va boshqa muassasalar bor. Dunyoda birinchi marta O'zbekistonda topilgan mineralga Beruniy nomi qo'yilgan. Beruniy (Abu Rayhon Beruniy) nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta'sis etilgan. Beruniyga atab Toshkent, Xiva, Beruniy shaharlarida haykallar o'rnatilgan.

REFERENCES

1. Irisov A. Beruniy va uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari. Tanlangan asarlar, I tom. - T.: Fan, 1968. - 639 b.

2. Irisov.A Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston" asari. Beruniy.Tanlangan asarlar.II tom. - T.: Fan, 1965. - 663 b.

3. Abu Rayhon Beruniy "Geodeziya" - Т.: Fan, 1966. - 378 b. 4. Abu Rayhon Beruniy."Mineralogiya" - T.: Fan, 1963.

5. Nizomiddinov N "Hindistonda islom: tarix, Ijtimoiy-siyosiy hayot va hind musulmon madaniyati" - T.: O'zbekiston, 2006.

6. Fayzullaev O. Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida ba'zi masalalar haqida. Beruniy.Osorul-boqiya. - T.: Fan, 1968.-372

7. Xo'jamurodov.I Milliy o'zlikni anglashda diniy qadriyatlarning o'rni. - T.: O'zbekiston, 2004. - 331 b.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.