Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
'qqtyonmg
ABU RAYHON BERUNIY TAVALLUDINING 1050 YILLIGIGA ABU RAYHON BERUNIYNING "YODGORLIKLAR" ASARI BA'ZI
CHIZGILAR
Ochil Bo'riev
Qarshi davlat universiteti professori
Husan Toshmurodov
QarDU Tarix fakul'teti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O'rta Osiyoning qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asari tarixiy- etnografik manba ekanligi yoritilgan.
Kalit so'zlar: Abu Rayhon Beruniy, Birinchi Renessans, buyuk mutafakkir, qomusiy olim, ilmiy-manaviy meros, ajdodlar, Kot, Xorazm, etnografiya, etnik tarix, Navro'z, "Yodgorliklar" "Xronologiya".
Ilm-ma'rifatning yorqin timsoli Abu Rayhon Beruniy (973-1048) yoshligidan ilm-fanga nihoyatda qiziqqan, fanlarning turli sohalari bo'yicha samarali shug'ullangan qomusiy olim hisoblanadi. Sharq olami fani va madaniyatiga oshna tutinib, o'z ona tilidan tashqari arab, sug'diy, fors suryoniy, xiytiy, yunon va qadimgi yahudiy, hindlarning sanskirt tillarini mukammal egalagan edi. Taniqli beruniyshunos olim A.Ahmedovning yozishcha Abu Rayhon Beruniy Qadimgi va o'z zamonasining 10 tadan ziyod tillarin bilgan. Buyuk allama o'z davridagi ilm-fanning barcha sohalar bo'yicha qalam tebratib, 160 dan ziyod asarlar yozgan, shundan 33 tasi bizgacha saqlangan. Uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Mineralogiya", "Mas'ud qonuni", "Saydana" va boshqa salmoqli asarlari o'z zamonasida olimga ulkan shuhrat keltirgan edi. Beruniy insoniyat tarixida ilk bor globusni yaratgan. U yunon olimlaridan farqliy o'laroq Hind va Atlantika okeanlarini tutashganligini isbotlab, Xristofor Kolumbdan 500 yil avval okean ortida bizga nomalum bo'lgan Amerika qit'asi mavjudligin ilmiy bashorat qilgandi. Suyukli shoirimiz Abdulla Oripov madh etganidek:
Dengiz ortin yoritdi ilk bor,
Beruniyning aql mash'ali.
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
'qqtyonmg
Buyuk alloma tarix, etnografiya, til, adabiyot va tabobat ilmlari sohasida ham boy meros qoldirgan qomusiy olim hisoblanadi1. Abu Rayhon Beruniy nihoyata sermahsul va serqira qomusiy olim hisoblanib, "XI asr Beruniy asri" iborasi jahon ilmiy jamaotchiligi tomonida to'la etirof qilingan. Allomadan bizga nihoyada boy ilmiy-ma'naviy meros qolgan.
Beruniyning o'zi tuzgan ro'yxatdan ko'rinadiki, u «Zijga oid» (jalval va takvimlar to'g'risida) 18 ta asar, «Shaharlarning bo'yi, eni hamda bir-birining qaytarafida ekanligi haqida 15 ta asar, "Hisob faniga oid" 8 ta, «Quyosh yo'llari haqida 4 ta, «Zij asboblari va ularni ishlatish haqida 5 ta, "Dumli yulduzlar haqida" 5 ta, «Oy manzillarini tekshirish haqida» 12 ta, «Yulduz hukmlari haqida» 7 ta asar yozgan. Uning qo'lida nusxasi qolmagan hamda umrining oxirgi damlarida yoza boshlab, tamom qila olmagan va oqqa ko'chirilmagan kitoblari ham malum bo'lgan.
Alloma aytib o'tilgan ro'yxatni tuzganidan keyin, 13 yilcha yashab (75 yoshda) vafot etgan. Ana shu qisqa davrda ham u 50 taga yaqin asar yozgan. Sharqshunoslarning taxminicha. Beruniy 150 taga yaqin, bazi manbalarga ko'ra 200 ta asarning muallifidir. Muarrix Yoqutning «Mu'jam al-udabo» asarida yozishicha, Beruniy nafsi pok, suhbati shirin, xushmuomala, shirinsuxan, iffatli, nomusli, rostgo'y va dangalchi odam bo'lgan, aslo nojo'ya ishlar qilmagan. Yana u yozadi: «Beruniyning biron vaqti qo'li qalamsiz, ko'zi nazarsiz, aqli va dili fikrsiz bo'lmagan. U yilda faqat ikki bor Navro'z (martdagi yangi yil) va Mehrjon (kuzgi hosil yig'ish) kunlaridagina tirikchilik uchun yetarli ovqat va biroz kiyim-kechak jamg'arib qo'yardi».
Muarrix Yoqut Hamaviy Marv shahridagi Jomiy masjidining vaqfnomasida Beruniy asarlarining 60 sahifaga mayda qilib yozilgan ro'yxatini ko'rgan. Abu Rayhon bu ro'yxatni 65 yoshida bir do'stining iltimosiga ko'ra tuzgan. Mazkur ro'yxat «Fixrist» nomi bilan mashhurdir. Boshqacha qilib aytganda, u Abu Bakr Zakariya, Ar-Roziy asarining ro'yxatiga ilova qilingan alohida bibliografik ro'yxat hisoblanib, unda Beruniyning 113 ta asari ko'rsatilgan ekan. Har bir asarning kim va nima uchun yozilgani aytib o'tilgan, 70 ta asarining esa hajmi ham keltirilgan.
Sharqshunoslarning eng so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Beruniy asarlari quyidagicha taqsimlanadi: astronomiyaga oid 70 ta, matematikaga oid 20 ta, geografiya va geodeziyaga oid 12 ta, xaritagrafiyaga 4 ta, iqlim va ob-havoga oid 3 ta, mineralogiyaga oid 3 ta, falsafaga oid 4 ta, fizikaga oid 1 ta, dinshunoslikka oid 2 ta, tarix, etnografiyaga oid 15 ta, adabiyotga oid 28 tadir.
December 16
Tashkent Medical Academy
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
Manbalarga ko'ra, Beruniy jami 10 ming qo'lyozma varaq asar yozgan. Agar shularning hammasi bosma usulda nashr etilsa, har bin 35 bosma toboqdan iborat -40 jild «Beruniy asarlari to'plami» hosil bo'lar ekan. Ammo uning «Xorazm tarixi», «Iqlimlar taqsimoti» ("Dunyo geografiyasi") asarlari yo'qolgan. Beruniy yozgan har bir asar o'ziga xos qomus hisoblangan. Buyuk alloma takidlaganidek: "Barcha kitoblarim - mening farzaidlarim, ko'pchilik odamlar o'z bolalari va sherlari bilan fahrlanadilar" Abu Rayhon Beruniy fanning barcha sohalarida samarali ijod qilgan edi. Uning ilmiy merosi juda keng va rangbarang. Olimning ilmiy sohasidagi zo'r qobiliyati uning ko'pchilik zamondoshlari va keyingi davr olimlari tomonidan ham e'tirof etilgan.
Beruniy ilmiy manaviy merosin o'rganish, uning asarlarini nashr etish, boshqa tillarga tarjima qilish ishlari XIX asr oxirlaridan boshlangan. Uning «Kadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Mineralogiya», «Saydana», «Mas'ud qonuni», «Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar» va boshka asarlarining matni nashr etilib turli tillarga tarjima qilingan, tanlangan asarlari rus va o'zbek tillarida nashr qilingan.
Abu Rayhon Beruniy jahon fani tarixida qimmatbaho manba hisoblangan ("Osor al-boqiya an al-qurun al-holiya") ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" - qisqacha "Yodgorliklar") nomli dastlabki asarini yozib (1003 yil), uni "Shams al-Maoliy" ("Oliy martabalar quyoshi") laqabi bilan mashhur bo'lgan hukmdor Qobus ibn Vashmgir (vaf. 1012)ga bag'ishlagan. Qobus ibn Vashmgir hukmdorlar orasida ilm-ma'rifatli va adolatparvar inson hisoblangan. O'z saroyida boshpana berib, ilmiy ishlar olib borishga imkon yaratgan Jurjon hokimi Shams Maoliy Qobus ibn Vashmgirning o'zi ham shoir va san'at muxlisi bo'lgan. «U hunarparvar amir - Abu Rayhonning aqliga va hikmatiga taajjub - qildi va vazirlikka chaqirdi. Abu Rayhon ilm boyligini, kamol hashamatini har narsadan yuqori qo'yardi».
Mazkur asar arab tilida yozilgan bo'lib, uning to'liq arabcha nomi "Al-osor -al boqiya an-al -qurim-al Xoliya" deb ataladi. Professor A.Ahmedovning fikricha bu atamani "O'tmish asrlardan qolgan yodgorliklar" deb tarjima qilish mumkin. Qisqacha arabchada "Osor al-boqiya" o'zbekcha esa "Yodgorliklar" deyish ham o'rinli2.
Mazkur asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000-1003 yillarda yozgan. Olim uni yozishga juda katta tayyorgarlik
December 16
67
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
'.qqtyottüa^
ko'rgan. Qunt va matonat bilan turli xalqlar tarixi, madaniyati va tillarini o'rgangan. Ilm-fanga oid asarlar juda kam nusxada va qo'lyozma shaklida ayrim shaxslar qo'lida saqlangan bir davrda yosh olim fanning turli sohalarini bu qadar egallab olishi, uning nihoyatda iste'dodli ekanligini ko'rsatgan.
Abu Rayhon Beruniy bu asarini yozilishi haqida shunday yozgan ediki. "Adiblardan biri mendan (turli) halqlar haqidagi tarixlar, ularning boshlanishlari va shoxobchalari, ya'ni oylar va yillari ustida u tarix egalarining ixtiloflari va bu ixtiloflar sabablari, mashhur bayramlar, turli vaqtlar va har xil yumushlar uchun belgilangan kunlar, millatlarning ba'zisi amal qilib, ba'zisi amal qilmaydigan boshqa (marosimlar) haqida so'radi va meni imkon boricha ularni juda ravshan bayon etib, o'quvchi fahmlaydigan, (turli) kitoblarni axtarish va u kitob egalarini surishtirishga
-5
ehtiyoj qoldirmaydigan (bir asar yozishga) da'vat etdi" .
Beruniyning yozishicha, u "xalqqa adolatli, tangrining dini va xalqiga yordamchi, musulmonlar haramlarini qo'riqlovchi, ular mulklarini talon-tarojlardan asrovchi yo'lboshchi qilib, bandalarini o'zidan minnatdor etdi". Asar podshohlar va mashhur shaxslar tarixini yorituvchi va o'sha davrning madaniyatini aks ettiruvchi tarixiy - etnografik asardir. Asarning qimmati shundaki, u islomgacha bo'lgan (Xorazmda) butun bir davrni ochish imkoniyatini tug'dirdi.
Mazkur asar qadimgi Xorazmda o'tgan xalqlarning, qadimgi yahudiylar, nasroniylar, majusiylar va musulmonlarning urf-odatlari, an'analari, bayramlari, taqvimlari, dinlari, payg'ambarlari, muqaddas kitoblari haqidagi barcha ma'lumotlarni o'zida to'plagan yaxlit qomus bo'lib, u Yevropada "Xronologiya" nomi bilan mashhurdir. Bu asarni Jurjonda olim 27 yoshida, ya'ni 1000 yili arab tilida boshlab, 1003 yilda yozib tugallagan. Buyuk allomaning bu asarida Xorazm, Movarounnahr va O'rta Osiyoning boshqa mintaqalarda yashagan xalqlar haqida ham muhim tarixiy-etnografik ma'lumotlar bayon etilgan4. Asar muqqadima va 21 bo'limdan iborat.
Beruniyshunos olim A. Ahmedov "Yodgorliklar" ning kirish va 21 bo'limdan chuqur tahlil qilib yozgandki,... Beruniy ushbu asarida o'z davrida ma'lum bo'lgan ilm-fan va har bir sohalarni deyarli hammasiga e'tibor qaratgan. Allomaning o'z asari oldinga qo'ygan asosiy maqsadi. Turli dinlardagi ba tillarda so'zlashuvchi xalqlarimizning yil davomida nisholanadigan bayramlar va boshqa urf-odatlar haqida bayon qilishiga qaramay, u shu turli dinlarda yoyilgan va tillardagi xalqlarning o'z
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
'.qqtyottüa^
tillida yozilgan tarixi asarlarni tahlil qilib, ulardan foydalangan. Shubhasiz, Beruniy 10 dan ortiq qadimi va o'z zamonasining tillarin mukammal bilgan"
Beruniyning "Hozir ham Yaqin Sharqning butun ilmiy adabiyotida tenggi yo'q asari"5. "Osor-al boqiya anal-qurun al-xoliya"- "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar"- "Yodgorliklar" asarida yunonlar, rumliklar, eroniylar, sug'diylar, xorazmliklar, harroniylar, (yulduzlargaa sig'inuvchilar), qibtiylar, xristianlar, yahudiylar, islomgacha davrdagi arablar, yil hisoblari bayram va mashhur kunlari, jumladan Xitoy chegaralarigacha bo'lgan mintaqalarda yashovchi turkiy xalqlar, o'g'uz turklari va ularning e'tiqodlari, urf-odatlari hamda bayramlari bayon etilgan. Unda ko'p xalqlarning ma'naviy hayoti va tarixiga oid ma'lumotlar mavjud.
Beruniyning Sug'd va Xorazmga oid ma'lumotlari biz uchun ahamiyatlidir, chunki ularda tarix, din, urf-odat, odob-ahloq va an'analarning turli xalqlardagi ko'rinishlarini o'rganb, har bir xalqning insoniyat taraqqiyotida o'z o'rnini ilmiy jihatdan isbotlab bergan6.
Allomaning yozishicha, sug'diylarda, Movsat oyining birinchi kuni-Navro'z hisoblanadi. Muallif Xorazmliklar bayrami haqida alohida to'xtalib, navsarjiy oyida yil boshi (Navro'zdir) deb takidlagan . Beruniy xorazmliklar bayramini ikki turga bo'lgan: tabiat hodisalariga baxishlangan - yil boshi bayrami (Navro'z), ochilish bayrami, gulhanda isinish bayrami, yog'li non yopish kuni Mano kechasi va h.k. Diniy marosimlar: (islomgacha bo'lgan davrda) arvohlar uchun qabirga ovqatlar qo'yadigan kun va boshqalar. Beruniyning takidlashicha, yil fasllaridagi har bir oyning o'z bayramlar va mashhur kunlari bo'lgan. Masalan, "Farvardin moh yoz boshi, teramoh kuz boshi, mehr moh qish boshi, moh bohor boshi edi ularning oylari ichida to'rtta fasilga qarab ishlatiladigan hayiti kunlari bor edi".
Beruniy Navro'z haqida shunday yozgan: Navro'z yangi yilning birinchi kuni bo'lib, uning forscha nomi ham shu manoni taqazo etadi. "Navro'z... o'tmish zamonlarda Quyoshning Saraton burjiga kirish paytiga to'g'ri kelar edi. So'ngra u orqaga surilgach, bahorda keladigan bo'ldi. (Endi) u butun yil bo'yi unga hizmat qiladigan bir vaqtda, yani bahor yomg'irining birinchi tomchisi tushishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalar yetilguncha, hayvonlarda (shahvat) qo'zg'alishidan to nasl vujudga kelgunicha va o'smlik unib chiqa boshlashidan takomillashgunicha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun navro'z olamning
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
'qqiyotida^
о
boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan" . Bernniyning uqtirishicha... "odam^ shu kuni, yani Navra'z kuni tong paytida o'milaridan turib kanal va hovuzla^a boгadilaг, ko'pincha oqib tuгgan suvlagga гo'paгa turib barakali bo'lish va ofatlami daf etish uchun ustilaridan suv qo'yadilaf'.
Kuz mavsumidgi eng katta bayram Mehrjon (yokiy Mehrgox Xorazmda -Chernj, sug'diylaгda Nimsaгda) bo'lib, jon sevgisi, Quyosh degan ma'nolami bildiradi. Beгuniyng yozishicha, "Quyosh va Oy falakning ikki ko'zi bo'lganidek Navro'z Mehqoning ikki ko'zidú"" Alloma bu ikki bayramni bir-biridan rivoyat keltiïgan: "Biг guгuh kuzni bahoгdan ortiq bilgandek ulaг Mefojonni Navгo'zidan ortiq bilgan. Buni isbotlashda Iskandar, Arastudan u ikki kunni qaysi afzal, deb so'ragan Uning: "Ey podshoh, bahoráa hashaгotlaг paydo bo'la boshlaydi. Kuzda esa ular yo'qolib ketadilar Demak shu jihatdan kuz bahoráan afzal", degan javobi asoslidir9.
Alloma ushbu asarida yozadiki; xorazmliklarning rasm-rusumlari sug'diylamikiga o'xshaydi ulaгda ham yoz boshi novsogining avvalidiг. Xo^mliklaming hayitlaгi bo'lib, islomdan oldin shu "Ulug' va aziz tangri xo^^i^a^a ulami ulug'lashni buy^gan",- deг edilaг. Ulaг o'zlaridan oldingi kishilaridan qolgan boshqa kunlarni ham hayit qiladilar. Hozir ularning majuziylari qolmagan, faqat dinida qattiq turmagan, dinlarining yuzaki narsalarini tanib, haqiqat va ma'nosini tekshiгmaydigan Ыг guгuh qolgan, xolos. Hatto bu gumh hayitlami oylarga nisbatan berilgan joylariga qarab emas, ular orasidagi uzoqliklarga qarab bayram qiladilar10. Beruniy ushbu asarida Zardushtiylar bayram taqvimlari, boshqa turli sayillar (uzum, suv va x.k) hamda urf-odat^ haqida mufassal ma'lumot^ berilganki, bu alohida ilmiy tadqiqotni talab qiladi, albatta.
Buyuk alloma xalqlarning xabar va rivoyatlaridan unumli foydalangan hamda ulaming ko'pchiligini o'z asaгlarida qayd etgan. Masalan, boy madaniy o'lka^ -Sug'd va Xo^mdagi xalq^ bayгamlaгi, an'analaгi va e'tiqodlaгini Ыг-biriga o'xshashligi haqida fikr yuгitgan. Bu esa hoziïgi Tuгkiston hududida yashagan qadimiy xalqlar-sug'diylaг va xoгazmliklaг madaniyatidagi mushtaraklikdan dalolat beradi. Darhaqiqat, X-XI asriaráa sug'diylaг va xoгazmliklaг hoziïgi Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalaridagi boshqa turli qavmlar bilan birga o'zbeklaming etnik shakllanishda eng muhim ral o'ynagan.
Bemniy mazkrn- asari oxiгida ta'kidlaganki, (Bu kitobni) o'qigan o'quvchi
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
qqiyotidag
(quydagi kayfeyatdan) xoli bo'lmaydi: yo u ma'lumotda bizga tenglashadi va bu kitobga qilgan mehnatimiz uchun minnador bo'ladi, yoki martabada bizda ortiqlik qiladi, unda yanglshlarni isloh etib, yuz bergan toyilishlardan (bizni) mazur tutadi"11.
O'z davrida ushbu nodir kitobga S.P.Tolstov yuksak baho bergan edi: "Bu asar Yaqin va O'rta Sharq xalqlarining, birinchi navbatda O'rta Osiyo xalqlarining xo'jalik hayoti, urf-odatlari, marosimlari, e'tiqodlari haqidagi o'ziga hos bir
1 9
qomusdir" : O'sha davr mualliflari takidlashicha, Beruniy ushbu asarini yozishida
"O'zidan oldigi olimlarni kitoblaridan sochilgan durlarga o'xshash nafislarini terib,
1
tarix ipiga teran sharx qilgan" .
Yana bu asarga S. P. Tolstov baho berib takidlagan ediki: "Beruniyning dunyo xalqlarining sana hisoblari to'g'risida hikoya qiluvchi "Osor al-Boqiya" degan dastlabki asarlaridan biri bizning zamonamizga qadar yetib kelgan. Xorazmlik olimning favqulodda ko'p narsani bilishidan dalolat beruvchi bu asari turli xalqlarning madaniyati, falsafasi, astronomiya va din to'g'risda ma'lumot beruvchi chinakam xazinadir"14.
Bu asarning birinchi nashrini nemis beruniyshunos olimi Eduard Zaxau 18761887 yillarda Leypsigda bosib chiqargan. 1879 yili uning inglizcha tarjimasi nashr etilgan. E.Zahau 1878 yilda birinchi marta asarning matnin o'z vaqtida ma'lum 3 ta qo'llagan yozma nashr etgan. Oradan bir yil o'tgach asarning igilizcha tarjimasi chiqqan (1879). 1943 yilda Eronlik sharqshunos Akbar Dono Sirish Sirafiy, E.Zahau tanqidiy material asarin forcha tarjimasin nashrdan chiqargan. Bu nashrning mikro fi'lim O'zr FA sharqshunoslik institutida 69-raqam bilan saqlanadi.
"Yodgorliklar" ning biroz to'liq qismi hozirg Rossiya FA. Sharqshunoslik institutida Sankt-Petrburg bo'limda 1912 yilda topilgan buni Tehrondan rus diplomati I. Bagdanim yuborgan. Buyuk akademik K.G. Zaleman tasvirlarin e'lan qilgan.Ushbu asar tarjimasiga akademik ham I.Yu. Krachoviskiy ham 1915 yilda kirish, bir parchasinrus tilliga tarchima qilgan xolos.
"Akademik K.G. Zaleman ishora qilgan "Yodgorliklari" ning Istambul qo'lyozmasin nemis arabshunoslari- Karl Garbors Iogann Fyukler XX asr 50 yillarida ma'lum parchalarin nashr ettirishgan".1950 yili o'zbek sharqshunos olimi A.Rasulov mazkur asarnining bir qismini o'zbekchaga tarjima qilgan, 1957 yili bu asar arabshunos olim M.A. Sale tomonidan rus tiliga o'girilgan.
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
'.qqtyottüa^
M.A. Sale nashridan ikki yil o'tgach Lelingradlik olim A.B.Xolidov Istambul va Lelingrad qo'lyozmallaridan, E.Zahau qolib ketgan sohalarin to'rtta parchasining arabcha matni va puscha nashr etgan. 1968 yili A.Rasulov tomonidan bu asarning o'zbek tilidagi to'liq tarjimasi Toshkentda bosilib chiqqan va alloma "Tanlangan asarlari"ning 1-tomiiga kiritilgan, Asar 2015 yili rus tilida ham Toshkenta qayta nashr etilgan. Bu jabhada beruniyshunos olim A. Ahmedovning mislsiz fidokorona mehnatlarin alohida qayd etish mumkin. "Yodgorliklar" 1968 yil nashri I. Abdullaevning "Beruniy va uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asari" (B.3-20), O. Fayzullaevning "Abu Rayhon Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asaridagi bazi masalalar (B.21-31), A. Rasulovning "Tarjimondan" (B.33-35) maqolalari o'rin olgan15. Mazkur acar keying yillarda ham nashr etildi.
"Yodgorliklar" Abu Rayhon Beruniyning 7 jidli "Tanlangan asarlari" turkimida 2020 yil Toshkentda "O'zbekistonda" NMIU da "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" ("Osor al-boqiya") A.Rasulov tarjimasi asosida A. Ahmedov tomonidan qayta to'ldirilgan va muhtasar kirish so'z va izohlar asosida nashr
qilindi16.
O'zbek elshunoslik maktabining asoschisi, akademik K. Shoniyozov juda to'g'ri ta'kidlaganidek: «Beruniy asarlaridagi ma'lumotlar O'rta Osiyo xalqlarining o'rta asrlar davridagi joylashishi va ularning hayotini o'rganish uchun yetarli manba
1 7
hisoblanadi» .
Demakki, jahon sivilizatsiyasi ravnaqiga o'zining yirik ilmiy kashfiyotlari bilan salmoqli hissa qo'shgan, O'rta Osiyo birinchi Uyg'onish (Renessans) davrining yirik namoyandasi, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asaridagi boy etnografik ma'lumotlar o'zbeklarning tarixi, kelib chiqishi (etnogenezi), etnik tarixi va etnomadaniyatini yanada teranroq o'rganib, yanada salmoqli va to'laqonli ilmiy-tadqiqotlar yaratishda eng qimmatli va noyob manbalardan biri sanaladi.
Yangi O'zbekistonda hozirgi milliy yuksalish davrida buyuk alomaning ilmi y asarlarini chuquroq va holisona o'rganish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. 2022 yil 25 avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to'g'rida"gi qarori qabul qilinib, YUNECKO shafeligida o'tkazish
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
taraqqiyotidagi o'rni
qqiyotidag
1 8
belgilab berildi . Ayni vaqtda ushbu yuqori maqomdagi qaror ijrosini ro'yobga
chiqarish maqsadida ko'zda tutilgan kompleks tadbirlar izchilik bilan amalga oshirilmoqda.
REFERENCES
1. Рахимов М., Зарипов Б. Янги Узбекистан Учинчи Ренессанс остонасида- Т.: "Zamin nashr", 2021. Б. 96-98.
2. Абу Райхон Беруний. ^адимги халклардан долган ёдгорликлар. -ТА, 1ж.-Т.: "Узбекистан" НМИУ, 2020. Б. 23.
3. Абу Райхон Беруний ^адимги халклардан долган ёдгорликлар.-TA. 1 т. -Т.: "Фан", 1968. Б. 40.
4. Шониёзов К. Узбек халкининг шаклланиш жараёни.-Т.: "Шарк", 2001. Б. 39 -41.
5. Крачковский И. Ю. Избр.соч.т. IV-.М-Л., 1965.С. 244.
6. Отахужаев А. Абу Райхон Беруний. -Т.: "Abu matbuot konsalt", 2011. Б. 14 - 15.
7. ^орабоев У. Узбек халки байрамлари, -Т.: "Шарк," 2002. Б. 33 - 43.
8. Абу Райхон Беруний. ^адимги халклардан колган ёдгорликлар. Б. 253.
9. Абу Райхон Беруний. Арабчадан А. Расулов таржимаси ^адимги халклардан колган ёдгорликлар -ТА, 1-ж, -Т.: "Фан", 1968. Б. 280.
10. Шу асар.
11. Абу Райхон Беруний. ^адимги халклардан колган ёдгорликлар.-ТА 1-ж. -Т.: "Узбекистан". 2020. Б. 412.
12. Толстов С.П. Беруни и его "Памятники минувших поколений" - Абу Райхан Бируни. -Избр. произв. Пер. Салъе М. А. т. 1.-Т.; "Наука", 1957.
13. Толстов С. П. ^адимги Хоразм цивилизациясини излаб. -Т.: "Янги аср авлоди", 2014. Б. 314.
14. Шу жойда.
15. Абу Райхан Бируни. "Памятники минувших поколений".- Избр. прозв. т. 1.-Т.: Изд-во АН УзССР, 1957; Шу муаллиф. ^адимги халклардан колган ёдгорликлар.-ТА, 1т.-Т.: "Фан", 1968; Шу муаллиф Памятники минувших поколений.( Хронология) -Т.: "Фан", 2015.
16. Осор ал-бокия -Танланган асарлар, -1 ж. -Т.: "Узбекистан" НМИУ, 2020. Б.624.
17. Шониёзов К. - Беруний асарларида этнографияга оид материаллар. - Беруний ва ижтимоий фанлар. -Т.: «Фан», 1973. Б. 29.
18. "Халк сузи", 2022 йил 26 август.
December 16