Научная статья на тему 'ABU RAIHON BERUNIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI'

ABU RAIHON BERUNIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

107
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mutafakkir / Gazna / falakiyot / fysica / riyoziyot / ilohiyot / madanshunoslik.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xonbuvi Hakimova, Dildora Kushmatova

Beruniy so„nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o„z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi bizga ma'lum

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAIHON BERUNIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

ABU RAIHON BERUNIY HAYOTI VA IJODI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI

Xonbuvi Hakimova

Jamoatda sog'liqni saqlash va menejment kafedrasi katta o'qituvchisi

Dildora Kushmatova

Jamoatda sog'liqni saqlash va menejment kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Beruniy so'nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o„z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi bizga ma'lum

Kalit so'zi: mutafakkir, Gazna, falakiyot, fysica, riyoziyot, ilohiyot, madanshunoslik.

Abu Raihon Beruniy - ulug uzbek mutafakkir olimi, o'rta asrning buyuk daholaridan. Oz zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot, fysica, riyoziyot, ilohiyot, madanshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qushgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi. Beruniyning ilm-fang qiziqishi yoshligidanoq kuchli bulgan. Mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qulida ta'lim oladi. Ibn Iroq falakiyot va riyozotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bagishlaydi.

Sung qadimgi Ray shahriga bordi, 998 yildan keyin yana Jurjong keldi va bu erda uzining ikkinchi ustozi tabib, astronom, faylasuf Abu Sahl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan talim oldi. Beruniy "Osor al-boqia al-qurun al-holiya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") asarini Jurjonda musofirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda tamomlagan. Beruniy Urganchda Ma'munning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat kursatdi. Beruniy shoh Ma'mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakatning siyosiy ishlarida ham faol katnashadi. Xorazmning Mahmud Gaznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga quyadi.U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga Gazna shahriga asir qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017-1048 yillarda Gaznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat ogir kechgan bulsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bouldi. Beruniyning "Munajjimlik san'atidan boshlangich tushunchalar" asari ham

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

27

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

1029 yil Gaznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha etib kelgan. Beruniy o'z asarlari ro'yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri "Mineralogiya"dir. Bu risola o'z zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, tengi yo'q asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari - "Dorivor o'simliklar haqida kitobi"ning qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar "Saydona" nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning to'la tavsifini beradi. Beruniy shogirdi Abu-l Fadl as-Seraxsiy ma'lumoti bo'yicha 1048 yil 11 dekabrda G'aznada (hozirgi Afg'oniston) vafot etgan. Beruniy so'nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o'z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi bizga ma'lum. XIX asrdan boshlab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, fransuz, ital'yan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga bag'ishlangan yevropalik olimlarning kitoblari, tarjimalari nashr etildi. Beruniyning o'z vatani O'zbekistonda ham uning ijodiga katta e'tibor berib kelinmoqda. H.M. Abdullaev, I. M. Mo'minov, V. Yu. Zohidov, Ya. G'. G'ulomov, U. Karimov, S. A. Bulgakov kabi atoqli olimlarimiz Beruniy faoliyati haqida qator risola, asarlar yaratdilar. Toshkentda unga bag'ishlangan qator Xalqaro ilmiy konferensiyalar o'tkazildi. Birinchi bor Beruniyning "Qadimgi yodgorliklar", "Hindiston", "Mas'ud qonuni", "Geodeziya", "Saydona" kabi asosiy asarlarini o'z ichiga oluvchi ko'p tomli saylanma asarlari o'zbek va rus tillarida O'zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan nashr etildi. Movarounnahrda ming yillar oldin yashab o'tgan allomalar, faylasuflar va fiqhshunosu muhaddis olimlarning ilm sohasida erishgan yutuqlari bugungi kunda ham jahon hamjamiyatini hayratga solib, keng miqyosda e'tirof etib kelinmoqda. Beruniyning ilm dengizi naqadar keng ekanligini uning qomusiy olim sifatida yaratgan asarlari orqali ham bilib olish mumkin. . Shunga asoslanib Beruniyga nisbatan uning "shug'ullangan sohasini sanashdan ko'ra, shug'ullanmagan sohasini sanash osonroqdir", - deb ta'rif berishgan. Abu Rayhon Beruniy shubhasiz dunyo fani tarixida yorqin iz qoldirgan ulug' mutafakkir va qomusiy olimdir.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.