Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSI HAQIDA MULOHAZALAR'

ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSI HAQIDA MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

407
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bu maqolada Beruniyning turkiy tildan tashqari arab / soʻgʻdiy / fors / suryoniy / yunon va qadimgi yahudiy tillarini / keyinchalik Hindiston safari chog’ida sanskrit tillarini bilimdoni ekanligi haqida fikrlar bildiriladi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSI HAQIDA MULOHAZALAR»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSI HAQIDA

MULOHAZALAR

Sanjar Xamzaevich Bazarbaev

JDPU, Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

Norqo'zi o'g'li Abdullayev Shaxobiddin

JDPU, Ijtimoiy-gumanitar fanlarda masofaviy ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

sanjarbekbazarbayev@gmail.com

ANNOTATSIYA

Bu maqolada Beruniyning turkiy tildan tashqari arab, so'g'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindiston safari chog'ida sanskrit tillarini bilimdoni ekanligi haqida fikrlar bildiriladi.

Kalit so'zlar: qomusiy olim, mashhur olim, Xorazm, Jurjon shahri, Hindiston.

O'rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining bir qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarixni chuqur o'rgandi. U Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tug'ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi orta bordi. Beruniy keyinchalik mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo'lida ta'lim oldi. Beruniy turkiy tildan tashqari arab, so'g'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindiston safari chog'ida sanskrit tilini o'rganadi.

Beruniy o'zining ilmiy asarlarining birida yozishicha, u Xorazmda yashagan davrida, 990-yildan boshlab Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o'tkazgan. Bu kuzatishlarni o'tkazish uchun astronomik asboblar ixtiro etgan. Xorazm zodagonlari orasida taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermaganligi bois 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo'ldi va bir qancha vaqt Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagi Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi. So'ng qadimgi Ray shahriga bordi, 998-yildan keyin yana Jurjonga keldi va bu yerda o'zining ikkinchi ustozi tabib, astronom, faylasuf Abu Sahl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan ta'lim oldi. Beruniy "Osor al-boqiya an alqurun al-xoliya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda tamomlagan. "Osor al-boqiya" Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

11

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

ekanini ko'rsatdi. Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astronomiya, metrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma'mun II ibn Ma'mun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi. Xorazmshoh tomonidan juda katta izzat-ikrom bilan qabul qilingan. Beruniy Urganchda Ma'munning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko'rsatadi.

Xorazmning Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo'yadi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga G'azna shahriga asir qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017-1048-yillarda G'aznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat og'ir kechgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo'dsi. Beruniyning "Xorazmning mashhur kishilari" asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik-geografik asari "Tahdid nihoyot al-amoniya li tas'hidi masofat al-masokin" ("Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash" - "Geodeziya") 1025 yilda yozib tugatilgan. Beruniyning "Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar" asari ham 1029 yil G'aznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda o'sha zamon astronomiyasi bilan bog'liq bo'lgan bir qancha fanlar haqida muhim ma'lumotlar berilgan. Beruniyning "Hindiston" nomli mashhur yirik asari "Tahqiq mo li-l-Hind min ma'-quda maqbula fi-l-aql av marzula" ("Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi") 1030 yilda yozilgan bo'lib, bu shoh asar G'arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Aka-demik V. R. Rozen "Sharq va G'arbning qadimgi va o'rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo'q", deb baho bergan. Mahmud G'aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh bo'lgan Beruniy, u yerda sanskrit tilini puxta o'rganishi hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o'sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida o'lmas asar yaratishga imkon berdi. "Hindiston" asari yozib tugatilgan yili Mahmud G'aznaviy vafot etdi va uning o'rniga taxtga o'g'li Mas'ud o'tirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid "Mas'ud qonuni" asarini sulton Mas'udga bag'ishladi. O'sha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: "Mas'ud qonuni" kitobi matematika va astronomiya bo'yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o'chirib yuborgan"

Beruniy o'z asarlari ro'yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri "Mineralogiya"dir. Bu risola o'z zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, hatto

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

12

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

Ovro'poda ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, tengi yo'q asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari - "Dorivor o'simliklar haqida kitob"ining qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar "Saydona" nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning to'la tavsifini beradi.

Beruniy shogirdi Abul Fadl as-Seraxsiy ma'lumoti bo'yicha 11 dekabr 1048-yilda vafot etgan.

Vatanimizda Beruniy ijodiga katta e'tibor berib kelinmoqda. H. M. Abdullayev, I. M. Mo'minov, V. Yu. Zohidov, Ya. G'. G'ulomov, U. Karimov, S. A. Bulgakov kabi atoqli olimlarimiz Beruniy faoliyati haqida qator risola, asarlar yaratdilar. Toshkentda unga bag'ishlangan qator xalqaro ilmiy konferensiyalar o'tkazildi. Birinchi bor Beruniyning "Qadimgi yodgorliklar", "Hindiston", "Mas'ud qonuni", "Geodeziya", Saydona" kabi asosiy asarlarini o'z ichiga oluvchi ko'p tomli saylanma asarlari o'zbek va rus tillarida O'zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan nashr etildi. Ko'chalar, institutlarga uning nomi berilgan. Fan sohasida Beruniy nomidagi davlat mukofoti ta'sis etilgan.

REFERENCES

1. A.Eshmuxammatov "Sharq uyg'onish mutafakkirlarining ilmiy merosi", Toshkent

2. B.Eshov "O'zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi", Toshkent - 2012

3. N.Jo'rayev "O'zbekiston tarixi", Toshkent - 2013

4. R.Shamsutdinov, Sh.Karimov "Vatan tarixi" I tom, Toshkent - 2010

2016.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.