Научная статья на тему 'ZILZILALAR VA UNING ASORATLARI BUYUK QOMUSIY OLIM ABU RAYXON BERUNIY TALQINIDA'

ZILZILALAR VA UNING ASORATLARI BUYUK QOMUSIY OLIM ABU RAYXON BERUNIY TALQINIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

19
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZILZILALAR VA UNING ASORATLARI BUYUK QOMUSIY OLIM ABU RAYXON BERUNIY TALQINIDA»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

ZILZILALAR VA UNING ASORATLARI BUYUK QOMUSIY OLIM ABU RAYXON BERUNIY TALQINIDA

N. N. Qurbonov

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O'zbekistonning eng yangi

tarixi kafedrasi katta o'qituvchisi

Tarix bag'rida, olis o'tmish sahifalarida yurtimiz va dunyo ilm-fani ravnaqi uchun hayoti, ilmiy faoliyatini bag'ishlagan buyuk ajdodlarimiz bisyor. Ularning ilm-fanda yaratgan kashfiyotlari nihoyatda behisob. Biz hikoya qilmoqchi bo'lgan buyuk olimlardan biri O'rta Osiyo ilk Uyg'onish davrining eng yirik vakili, jahon ilm-fani tarixida nom qozongan Abu Rayhon Beruniydir. Beruniy jahon tamaddunini mislsiz ilmiy yangiliklari bilan boyitdi. Uning yaratgan kashfiyotlarini yevropalik olimlar XVIII asrdan keyin o'z davrlari uchun qaytadan kashf qildilar va amaliyotga tatbiq eta boshladilar.

Buning isboti o'laroq, 2021 yil aprel oyida YuNESKO Bosh konferensiyasi qarori bilan Beruniy tavalludining 1050 yilligini nishonlash YuNESKOning 2022-2023 yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro'yxatiga kiritilgani quvonarlidir.

Joriy yilda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 avgust kuni "Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to'g'risida"gi Qarorni imzoladi.

Mazkur Qaror bilan Abu Rayhon Beruniy nomi bilan bog'liq obida va qadamjolarni, shu jumladan, Abu Rayhon Beruniy sharafiga o'rnatilgan yodgorlik majmualarini mukammal ta'mirlash va ularning hududlarini obodonlashtirish, "Buyuk Beruniy merosi" xalqaro sayyohlik marshrutlarini yo'lga qo'yish, olimlar va mutaxassislarning taklif-mulohazalari asosida ishlab chiqiladigan konsepsiya asosida Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida 2023 yil yakuniga qadar Abu Rayhon Beruniy majmuasini qurish va uning hududida ilmiy-ma'rifiy, madaniy va dam olish hamda turizm ob'ektlari faoliyatini tashkil qilish va boshqa tadbirlarni amalga oshrish belgilab berildi.

Abu Rayhon Beruniy 973 yil 4 sentyabrda qadimgi Xorazmning Kot hozirgi Beruniy shahrida tug'ilib, to umrining oxirgi kunlarigacha (1048 yilda G'azna shahrida vafot etgan) ilmiy ijod qilib, o'rta asrlar Sharqining qomus ul-ilimi, astronomi, geografi, ma'danshunosi, etnografi, tarixchisi sifatida dunyoga tanildi.

Beruniyshunos olim P.G.Bulgakovning ma'lumotiga qaraganda, Beruniy Abu Nasr Iroq rahbarligida yoshligidan riyoziyot va falakiyotni o'rganib, 16-17 yoshlaridayoq Quyoshning

December 16

169

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

choshgohdagi balandligini o'lchagan. Oradan 30 yil o'tgach, Beruniy yoshligida o'zi o'lchab olgan natijalarni tahlil qilar ekan, ular anchagina ishonchli bo'lganligini ta'kidlaydi. Yoshlik yillarida u quyosh tutilishini kuzatish bilan shug'ullanadi. 22 yoshida Beruniy Markaziy Osiyoda birinchi bor yer globusini yaratdi. O'zidan oldingi ajdodlar qoldirib ketgan ko'plab kitoblarni o'rgandi. Turli xalqlarning yil hisoblari haqidagi ilk yirik asari - "Osorul boqiya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") nomli kitobini yozdi. Unda yunonlar, rimliklar, forslar, sug'diylar, xorazmiylar va boshqa ko'plab qabila va xalqlarning barcha davrlari, bayram hamda taqvimlari, shuningdek, Sharqning turli mamlakatlarining madaniyat va adabiyot tarixi to'la bayon etilgan. Bu asarda Beruniy o'zini faqat elshunos olim emas, balki tilshunos, arab, yunon, fors va boshqa til hamda adabiyotlarning bilimdoni sifatida namoyon etdi.

Hukmdor Ma'mun davrida Xorazm iqtisodiy, siyosiy, madaniy jihatdan mislsiz darajada taraqqiy etdi, dunyoning eng nufuzli savdo markaziga aylandi. Xorazm ustidan o'tgan savdo yo'li orqali karvonlar bu o'lkadan dunyoning turli burchaklariga dehqonchilik, hunarmandchilik mahsulotlaridan tortib, harbiy asbob-anjomlargacha olib ketishardi. Xorazmda turli kemasozlik korxonalari ham ishlab turganligi ma'lum. Bunday ko'lamdagi xo'jalikni boshqarish va katta savdo-sotiqni yo'lga qo'yish uchun ilm-fan matematika, geometriya, astronomiya, jug'rofiya, geodeziya va boshqa fanlar taraqqiyoti o'ta zarur edi. Beruniy ilmiy faoliyatini kengaytirib, 1004 yilda Gurganchda "Ma'mun akademiyasi"da tadqiqot ishlarini davom ettirishi bu boradagi muommolarni yechimiga asos yaratdi. Ma'mun akademiyasida Abu Ali ibn Sino, faylasuf Abu Sahl Masihiy, matematik va astronom Abu Nasr ibn Iroq, tarjimon va hakim Abul Xayr ibn Xammor, adib va shoir Abu Mansur as-Saolabiy, Zayniddin Jurjoniy va boshqa o'nlab olimlar o'zlarining ilmiy qarashlari bilan ilm-fan hamda davlat taraqqiyotiga katta hissa qo' shdilar.

Beruniy bibliograf sifatida ham faoliyat yuritib, zamondoshlariga qulay bo'lishi uchun o'z asarlari ro'yxatini taqdim etgan. Bunda 1035 yilgacha yozilgan kitoblari va risolalari 113 taga yetgani ko'rsatilgan. Keyingi yozib qoldirgan asarlari bilan birga uning ilmiy merosi 152 ta kitob va risolalarni tashkil etadi. Olimning asarlari mavzu jihatdan turli-tuman hamda o'z davrida o'ziga xos ensiklopediya hisoblangan.

Uning asarlarining 70 tasi falakiyot, 20 tasi riyoziyot, 12 tasi geografiya va geodeziya, 3 tasi ma'danshunoslik, 4 tasi xaritagrafiya, 3 tasi iqlimshunoslik, 15 tasi tarix va etnografiya, 4 tasi falsafa, 18 tasi adabiyot va boshqa fanlarga oiddir. Abu Rayhon Beruniy turli tillardan bir qancha ilmiy va adabiy asarlarni tarjima ham qilgan.

Ayniqsa Beruniyning tabiiy ofatlar xususan yer silkinishlari bilan bog'liq qarashlari diqqatga sazovordir. Bugungi zamonaviy ilm fanda ham u tomonidan tadqiq qilingan yer silkinishlari bilan

December 16

170

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqivotidagi o'rni

'.qytyonda^

bog'liq bo'lgan masalalar o'z qimmatini yo'qotmagan. Aytish mumkinki, aynan yer silkinishlari sezilarli darajada tektonik plitalarning harakatlari natijasida asta-sekinlik bilan aholining turmush tarziga o'z ta'sirini o'tkazadi. Ularning hayotida iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar yuz berishiga ham olib keladi.

Bunday holatni insoniyat tarixidagi ko'plab ijitmoiy voqeliklar bilan bog'lash mumkin. Xususan, tabiiy ofatlardan biri zilzilalar katta talofatli ofatlardan biri bo'lib, ular kishilarning turmush tarziga ta'sir etib, odamlar o'rtasida o'ziga xos yaqinlik, birlikka va jasoratli bo'lishga undovchi xislatlarni ham tarbiyalaydi. Yer silkinishlari borasida buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy o'zining ilmiy qarashlarini bayon etib, "...yer usti va ostida ketma-ket bo'lib turadigan har xil ofatlarning holat va miqdor jihati turlicha bo'lib, ko'pincha ularning sifati yoki miqdori yoki baravariga ikkovi zo'rayib, keng yerga tarqaladi. Unday vaqtda (ulardan saqlanishda) hiyla ishlatish va qochishning foydasi bo'lmaydi, yerga keladigan ofatlar esa ommani g'arq qiladigan to'fon va yutib halok qiluvchi yer qimirlashi, yerdan otilib chiqadigan qaynoq suvga botishi, o't tushib kuydirishi, qizdirilgan cho'g'u tosh va kullar otilishi, yashin tushishi, devor, tomlar qulaydigan darajada qattiq ovoz chiqishi, juda kuchli shamol ko'tarilishi, vabo singari kasalliklar paydo bo'lishi, insonlarga va to'rt oyoqli jonivorlarga qirg'in kelishi kabi hodisalardir. Agar keng bir yer, o'z ustida yashab turgan xalq bir ofatga uchrab halok bo'lsa, u yer bo'shab qoladi, lekin u yerdan ofat ko'tarilishi bilan bundan ilgari tog' tepasi va ungurlarga, vahshiy hayvonlarga o'xshab, qochib taralgan xalq qaytadan o'z joyiga to'plana boshlaydi va bir-birlariga yordamlashib dushmanlari bo'lgan yirtqich hayvonlar yoki insonlarga qarshi turib, shahar qurib yashay boshlaydilar, ular bir-birlarini qo'llab-quvvatlab, tinch eminlik va xursandchilikda to ko'paygunlarigacha yaxshi yashaydilar. Ko'payganlaridan keyin ularda bir-biriga qarshilik va g'ururlanish paydo bo'ladi. Hasad bilan g'azab ikki qanot bo'lib harakatga kelib, toza va chiroyli hayotlarini xira va quduratli qilib yuboradi. Ko'pincha, u jamoalardan biri pusht-nasabda ajraladi, u esa boshqalardan ilgari o'sha yerga kelganligidan yoki o'zga biror narsa sabab bo'lib, boshqalardan ayriladi. Ko'p vaqtlar o'tishi bilan (jamoat) o'shandan boshqani tanimaydi" deb - yozib qoldirgan.

Beruniyning yer silkinishlari borasidagi ilmiy qarashlariga mos tabiiy ofatlardan biri keyingi davrlarda Movaraunnahrda yuz berganini ko'rish mumkin. Jumladan, Amudaryo o'zanining o'zgarib Orol dengiziga oqishining asosiy sababi, yer platformasidagi o'zgarishlar, ya'ni, O'zbekistonning g'arbiy hududidagi plitalarning ko'tarilishi sabab bo'lgan deyish mumkin. Bu esa tarixda "Eski Urganch" shahrini tanazzulga yuz tutib, minglab xonadonlarning o'z uy-joylarini

tashlab, boshqa joyga ko'chishga majbur qilganligini, ya'ni, "Yangi

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

Urganch" shahrini paydo bo'lishiga olib kelganligini ko'rish mumkin.

Tarixiy-arxiologik dalillar hamda O'rta yer dengizi-Osiyo seysmik kamaridagi geomorfologik tuzilishiga asoslangan holda turli tabiiy ofatlar, jumladan, zilzilalar qadimgi shaharlar o'rnida o'ziga xos madaniy qatlamlarning yuzaga kelishiga sabab bo'lgan omillardandir, deyish mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki Beruniyning yer silkinishlari borasidagi ilmiy qarashlari keyingi davrlarda yuz bergan zilzilalarda nomoyon bo'lganligi bilan qimmatlidir.

Beruniyning yozib qoldirgan asarlari O'rta Osiyoda ilk bibliografik manbalarning ajoyib namunasi bo'lib, bugungi kunda ham o'z qiymatini yo'qotmagan. Mustaqillik yillarida ma'naviyat va ijodni qo'llab-quvvatlash maqsadida Abu Rayhon Beruniyning to'liq asarlari turkumini bosqichma-bosqich o'zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida nashr etish ishlari yo'lga qo'yildi. Shu bilan birga, buyuk olim Beruniyning nomini abadiylashtirish maqsadida yurtimizda ko'pgina ilmiy markazlar, ko'chalar, shahar, qishloqlar faxr ila uning nomi bilan atalishi ajdodlarimizning madaniy merosini kelajakka omon-eson yetkazilishiga asos bo'ladi.

REFERENCES

1. Abu Rayhon Beruniy. TA, II-jild. Toshkent, Fan, 1965. - B. 284.

2. Norboev A., Ovlaqulova M., Abu Rayhon Beruniy ta'lim-tarbiya xususida. Toshkent, Zuxra baraka biznes, 2020. - B. 21.

3. Uvatov U. Buyuk yurt allomalari. Toshkent, O'zbekiston, 2016. - B. 42.

4. Gadaev K., Berdieva S. Jahongashta sayyoh-olimlar Toshkent, O'zbekiston, 2012. -

5. Hasanov H. Sayyoh olimlar. Toshkent, O'zbekiston, 1981. - B. 13.

6. Krachkovskiy I.Yu. Izbrannbie sochineniya. T.4. Moskva, 1957. - B. 45.

7. Bobojonov D., Abdurasulov M. Abadiyat farzandlari // Xorazm Ma'mun akademiyasi nashriyoti, 2009. http://xorazmiy.uz/uz/pages/view. 12.11.2022.

8. Ro'zieva F. Asarlar bibliografik talqini // https://einfolib.uz/ind./20/09/30

B. 52.

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.