Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSI YOSH AVLODGA BUYUK MEROSDIR'

ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSI YOSH AVLODGA BUYUK MEROSDIR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

661
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSI YOSH AVLODGA BUYUK MEROSDIR»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY MEROSI YOSH AVLODGA BUYUK

MEROSDIR

Shaxnoza Saibovna Yunusova

TTA akademik litseyi Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri

Farangiz Buvatullayeva

TTA akademik litseyi 2 - bosqich o'quvchisi

Al Beruniy - Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, geodeziya, astranomiya, matematika, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko'plab fanlarga oid qomusiy asarlar muallifi.

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al- Beruniy 973- yilning 4- sentabr oyida Xorazmning Kat shahrida tug'ilgan. U Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik buyuk allomalardan biridir. Al-Beruniy hayoting dastlabki 25 yilini Xorazmda o'tkazdi, u yerda Islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot, falsafa va fizika kabi ilimlar bilan ham shug'ullangan. Beruniy o'z davrining deyarli barcha fanlarni mukammal o'rganganligi sababli va ko'plab ilm sohalarida tinimsiz izlanishlari uchun o'z davrida ko'plab mukofotlar olgan. U ilm o'rganish davomida boshqa xalqlarning olimlaridan, xususan, yunon olimlaridan ilhom olgan. Beruniy juda ko'plab dunyo bo'ylab sayohatlar qilgan. Shuningdek 1022-1024-yillarda Hindiston yarim oroliga qilgan sayohati davomida hinduiylik dinini o'rgandi. Keyinchalik 1030- yilda " Tarix al- Hind " ya'ni "Hindiston tarixi" nomli hind madaniyati haqida risola yozdi. U o'z davri uchun hayratlanarli darajada xolis yozuvchi edi. Turli xalqlarning urf- odatlari va e'tiqotlari, ilmiy ob'ektivligi XI asr boshlarida Hindistonni ajoyib tasvirlagani uchun unga "Al- Ustad" ya'ni ustoz unvoni berildi. O'sha yillarda Beruniy o'zining shoh asarini Mas'udga bag'ishlab "Qonuni Mas'udiy" deb atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid bo'lsa ham Beruniyning matematikaga oid, ya'ni trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlari shu asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo'shgan hissasini yozib qoldirgan yuzdan ortiq asarlarida ham ko'rish mumkin. Ulardan eng yiriklari- "Hindiston", "Yodgorliklar", "Geodeziya", "Astronomiya" lardir. Shuningdek uning matematikaga doir 22 ta, astronomik asboblar haqida 10 ta, astrologiklari 21 ta, turli tillardan tarjima asarlari 21 tani tashkil qiladi.Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Beruniy

December 16

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

yoshligidanoq ko'p vaqtini turli kuzatishlar bilan o'tkazgan. U bolaligida astronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan shug'ullangan va Kat shahrida diametri 15 ziro' bo'lgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik o'lchash ishlarini olib borgan. Beruniyni chinakam o'rta asr Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag'a bo'lmaydi. Amerikalik tarixchi J.Sarton buyuk olim haqida "Astronomiya va matematika, astrologiya, jo'g'rofiya, antropologiya, etnografiya, arxeologiya, falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo'lar edi" degan. U mukkamal matematik va falsafiy bilim egasi edi. Beruniyning birinchi ustozi astronomiya, matematika va trigonometriya bo'yicha tayanch asarlar muallifi Abu Nasr Mansur ibn Iroq al-Jadiy bo'lgan. Beruniyning fikricha, tabiatda barcha narsalar tabiat qonuniyati asosida o'zgaradi, bu qonuniyatlarni esa faqatgina ilm-fan yordamida anglash mumkin. Uning asosiy asarlari matematika va astronomiyaga bag'ishlangan bolib, Xorazmning xo'jalik hayotida ulkan amaliy ahamiyatga ega bo'lgan yer sug'orilishi va savdo sayohatlari haqida yozilgan.

Beruniy Jurjon hukmdori Vashmgir saroyida yashab yurgan davrda qimmatbaho toshlar va minerallar haqida " Minerologiya " va " Kitob al javohir fi ma'rifat al-javohir" asarlarini yozgan. Bu asarlar hozirga qadar o'zining amaliy ahamiyatini yo'qotmagan. Bu asarda muallif 300dan ziyod minerallar va ularning qattiqligi, solishtirma og'irligi, rangi, qirralarining tuzulishi va boshqa kimyoviy ya'ni tarkibida qanday moddalar borligi, suv va olovga chidamlilik xususiyatlarini tushuntirib bergan. " Minerologiya " asarini 1963-yil SSSR Fanlar Akademiyasi nashriyotida Moskvalik sharqshunos olim A.M.Belinskiy rus tilida nashrdan chiqardi. Beruniyning ilm sohalaridagi yutuqlari bir necha asrlar davomida tengsiz yutuq bo'lib xizmat qiladi. Beruniy yer radiusini aylana shakliga ega ekanligidan kelib chiqqan holda uning o'lchamini deyarli aniq belgilagan. Beruniy ayrim astronomik muammolar asosida qadim yunon va qadim hind faylasuflarini taraqqiyparvar g'oyalarini qabul qilib, ularni takomillashtirgan. U to'q jismlar, ya'ni sayyoralardan farqli o'laroq quyosh va yulduzlarning bir xil olovli tabiatini ma'qullagan, yulduzlar harakatini aniqlab yerga nisbatan ularning bahaybat o'lchamini belgilagan va yerning tortishish kuchini aniqlagan. Beruniy quyosh yer atrofida emas, balki Yer uning atrofida aylanishini tasdiqlab, Ptolomeyning dunyo geosentrik tizimini ma'qullashga doir barcha gumonlarga nuqta qo'ygan. Beruniyning bunday chuqur va aniq harakatlari, uning ilmni chuqur va to'liq o'rganganligidan dalolat

beradi.

December 16

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Ma'lumotlarda yozilishicha uning 152 ta kitobining nomi ma'lum. Bizgacha ulardan 27 tasigina yetib kelgan. Uning bir qancha kitobi tibbiyotga bag'ishlangan. Bu sohaning rivojlanishida Beruniyning tibbiyot va tabiat hodisalarini o'rganish usullari harakat, tovush, issiqlik, yorug'lik, elektr, magnitizm, atmosferadagi hodisalar, modda tuzilishi haqidagi ijodiy ishlari katta ahamiyatga ega bo'ladi .

Abu Rayhon Beruniy sanskrit tilini shu qadar mukammal egallagan ediki uning asosida ikki tomonlama tarjima amallarini bajargan. Bir tomondan sanskrit tilidan arab tiliga kitoblar tarjima qilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan Evklid va Ptolomey asarlarini arab tilidan sanskrit tiliga ko'chirgan. Bundan ko'rinadiki Abu Rayhon Beruniyning mazkur tarjimalaridan hind, arab, yunon va ular asosida yaratilgan ilmiy-ma'daniy me'ros, turli milliy muhitlar hamda chinakam yuksak umuminsoniy maqsadlar bir biri bilan chirmashib, payvandlanib ketgan. "Bundan maqsad - bilimlarni tarqatmoq istagim edi ",- deydi Beruniy . Yana: "Hindlarning ikki kitobini ("San'ya " va "Patanjali") arab tiliga tarjima qilgan edim", "Men Evklid va Batlinussning "Almajistiy" kitobini hindlar uchun tarjima qilib, ularga astrolyapiya san'atini yozib beraman, hindlar orasida ilm tarqatishga va ularda yo'q ilimni bor qilishga qiziqaman" Shundan ko'rinib turibdiki, Beruniyning hind xalqiga va uning tiliga bo'lgan muhabbati va hurmati uning asarlarida o'z aksini topgan. Biz ajdodlarimizdan ruhlanib ular kabi ilmga chanqoq, vatanparvar, fidoiy, mehnatsevar inson bo'lib yetishishimiz bizlar uchun oldimizga qoygan yuksak vazifalardandir.

"Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludinig 1050 yilligiga xalqaro miqiyosda keng nishonlash to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, 2022-2023-yillarda buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi YUNESKO shafeligida xalqaro miqiyosda keng nishonlanadi. Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro mukofot ta'sis etildi. 2022-yil dekabrda "Beruniy va yoshlar "maxsus dasturi ishlab chiqilib, mutafakkir hayotiga oid ma'lumotlar, uning ilmiy-ma'rifiy asarlari jamlangan mobil ilova yaratiladi. Qarorga ko'ra, allomaning to'liq asarlari turkumini o'zbek, qorqalpoq, rus, ingliz, arab va fors tillarida nashr etish choralari ko'riladi. Ko'plab o'zbek yozuvchilari Beruniy faoliyati haqida bir qator risola, asarlar yaratdilar. Toshkentda unga bag'ishlangan qator xalqaro ilmiy konferensiyalar o'kazildi. Birinchi marotaba Beruniyning "Qadimgi yodgorliklar", "Hindiston", "Mas'ud qonuni", "Geodeziya", "Saydona" kabi asosiy asarlarini o'z ichiga oluvchi ko'p tomli saylanma asarlarini o'zbek va rus tillarida O'zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan nashr etildi. Ko'chalar, institutlarga uning nomi berilgan. Noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

93

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

bilan jahon ilm-fani va ma'daniyati rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olim, ilk Renessans davrining yorqin namoyondasi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma'rifiy me'rosini yanada chuqur o'rganish va keng targ'ib qilish, ushbu yo'nalishda tadqiqotlar olib borayotgan yetakchi xalqaro ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorlik o'rnatish, shuningdek, Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi xalqaro miqyosda nishonlash vazifalari tasdiqlangan.

Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshohga xizmat qilmay,aksincha podshoh jamiyatga xizmat qilishi kerakligini tushungan. "Idora qilish va boshqarishning mohiyati balki boshliq zolimlardan aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo'lida o'z tinchligini yo'qotishdir. Bu ularning oilasini, hayoti va mol-mulkini himoya qilish va qo'riqlash yo'lida ba'zan o'z xohishlari va ehtiyojlaridan voz kechishdan iboratdir". Beruniyning yana bir fikri pul tufayli faqat turli tovarlar ayirbosh qilinmay, balki begona kuch ham yo'llaniladi. "Biri ikkinchisini yo'llaydi ,ya'ni bir kishi ikkinchisiga adolatli shartnoma tufayli doimo ishlashi kerak, buning evaziga mukofotlanadi" Biroq alloma yollanma mehnatni tushinishda yanada chuqurlashib faqat odil shartnomani ko'ribgina qolmaydi, balki har qanday majburiy mehnatga qarshi chiqadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Beruniyning jamiyat haqidagi qarashlarida insonning qiyofasi tabiat ta'sirining natijasi ekani, uning ichki qiyofasida cheksiz sa'y harakatlar natijasida tub o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi aytiladi. Har bir inson o'z xulq-atvorining egasidir. Jamiyat bosqichma-bosqich o'zgarishlar orqali rivojlanib boradi. Beruniyning jamiyatda adolatli bo'lish, inson uchun qayg'urish, jamiyatni aql, ilm, adolat, qonunlar, o'rnatilgan tartiblar bilan boshqarish kerakligi haqidagi falsafiy tahlili o'sha davrda fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanganligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. Abu Rayhon Beruniy // Ma'naviyat yulduzlari. Toshkent, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1999. B. 22.

2. Абу Райх,он Беруний. ТА, II-жилд. Тошкент, Фан, 1965. - Б. 284.

3. Norboev A., Ovlaqulova M., Abu Rayhon Beruniy ta'lim-tarbiya xususida. Toshkent, Zuxra baraka biznes, 2020. - B. 21.

4. Uvatov U. Buyuk yurt allomalari. Toshkent, O'zbekiston, 2016. - B. 42.

5. Gadaev K., Berdieva S. Jahongashta sayyoh-olimlar Toshkent, O'zbekiston, 2012.

B. 52.

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.