Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIY – BUYUK QOMUSIY OLIM'

ABU RAYHON BERUNIY – BUYUK QOMUSIY OLIM Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

351
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
olim / asar / ilm-fan / astronomiya / astrologiya / matematika / geodeziya / geologiya / mineralogiya / geografiya / arifmetika / tibbiyot / farmokognoziya / tarix / filologiya.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Nargiza Abdivalievna Askarova, Dilruza Uralovna Xalbaeva

Buyuk vatandoshimiz, ulug„ olim Abu Rayhon Beruniyning hayoti va faoliyati avlodlarga shunday ta‟sir qiladiki, uning asarlarini o„qigan kitobxon o„zini asarning ichiga tushib qolgandek his qiladi va asarlar ichidagi ilm sadaflaridan unumli foydalanishga harakat qiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIY – BUYUK QOMUSIY OLIM»

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

ABU RAYHON BERUNIY - BUYUK QOMUSIY OLIM

Nargiza Abdivalievna Askarova

Toshkent tibbiyot akademiyasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta

o'qituvchisi

Dilruza Uralovna Xalbaeva

Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy biologiya yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Buyuk vatandoshimiz, ulug„ olim Abu Rayhon Beruniyning hayoti va faoliyati avlodlarga shunday ta'sir qiladiki, uning asarlarini o'qigan kitobxon o'zini asarning ichiga tushib qolgandek his qiladi va asarlar ichidagi ilm sadaflaridan unumli foydalanishga harakat qiladi.

Kalit so'zlar: olim, asar, ilm-fan, astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmokognoziya, tarix, filologiya.

Abu Rayhon Beruniy - ulug' o'zbek mutafakkir olimi, o'rta asrning buyuk daholaridan. O'z zamonasining hamma fanlarini, birinchi navbatda falakiyot, fizika, riyoziyot, ilohiyot, ma'danshunoslik fanlarini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga qo'shgan hissasi bilan uning nomi dunyo fanining buyuk siymolari qatoridan joy oldi. Beruniyning ilm-fanga qiziqishi yoshligidanoq kuchli bo'lgan. Mashhur olim Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo'lida ta'lim oladi. Ibn Iroq falakiyot va riyozotga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag'ishlaydi. Beruniy ham ustozining ismini hamma vaqt zo'r hurmat bilan tilga oladi.

Beruniy fanning deyarli hamma sohalari bilan shug'ullandi. Sharqning boy fan va madaniyatini puxta o'rganib, yunon ilmi bilan ham chuqur tanishib, yirik olim bo'lib yetishdi. Beruniy shoir, adabiyotshunos ham edi. Ona tilidan tashqari arab, sug'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimiy yahudiy tillarini egalladi. Keyinchalik, Hindistonda sanskrit tilini o'rgandi. O'z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, Beruniy Xorazmda yashagan davrida 990 yildan Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar o'tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o'zi astronomik asboblar ixtiro qilgan.

Xorazm zodagonlari orasida taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermaganligi bois, 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga

356

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

majbur bo'ldi va bir qancha vaqt Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagi Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi. So'ng qadimgi Ray shahriga bordi, 998 yildan keyin yana Jurjonga keldi va bu yerda o'zining ikkinchi ustozi tabib, astronom, faylasuf Abu Sahl Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan ta'lim oldi. Beruniy "Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda tamomlagan. "Osor al-boqiya" Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini ko'rsatdi. Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astronomiya, netrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yozdi. Beruniy Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma'mun II ibn Ma'mun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi. Xorazmshoh tomonidan katta izzat-ikrom bilan qabul qilindi. Beruniy Urganchda Ma'munning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko'rsatdi. Beruniy shoh Ma'mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakatning siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi.

Xorazmning Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo'yadi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga G'azna shahriga asir qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017-1048 yillarda G'aznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat og'ir kechgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo'ldi. Beruniyning "Xorazmning mashhur kishilari" asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik-geografik asari "Tahdid nihoyot al-amoniya li tas'hidi masofat al-masokin" ("Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash" - "Geodeziya") 1025 yilda yozib tugatilgan. Beruniyning "Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar" asari ham 1029 yil G'aznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda o'sha zamon astronomiyasi bilan bog'liq bo'lgan bir qancha fanlar haqida muhim ma'lumotlar berilgan. Beruniyning "Hindiston" nomli mashhur yirik asari "Tahqiq mo li-l-Hind min ma'quda fi-l-aql av marzula" ("Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi") 1030 yilda yozilgan bo'lib, bu shoh asar G'arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholangan.

Akademik V. R. Rozen "Sharq va G'arbning qadimgi va o'rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo'q", deb baho bergan. Mahmud G'aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh bo'lgan Beruniy, u yerda sanskrit tilini puxta o'rganishi hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o'sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida o'lmas asar yaratishga

357

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

imkon berdi. "Hindiston" asari yozib tugatilgan yili Mahmud G'aznaviy vafot etdi va uning o'rniga taxtga o'g'li Mas'ud o'tirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi. Astronomiyaga oid "Mas'ud qonuni" asarini sulton Mas'udga bag'ishladi. O'sha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: "Mas'ud qonuni" kitobi matematika va astronomiya bo'yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o'chirib yuborgan".

Beruniy o'z asarlari ro'yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri "Mineralogiya"dir. Bu risola o'z zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, tengi yo'q asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari - "Dorivor o'simliklar haqida kitobi"ning qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar "Saydona" nomi bilan mashhur, unda Beruniy Sharq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning to'la tavsifini beradi.

Beruniy shogirdi Abu-l Fadl as-Seraxsiy ma'lumoti bo'yicha 1048 yil 11 dekabrda G'aznada (hozirgi Afg'oniston) vafot etgan. Beruniy so'nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o'z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi bizga ma'lum. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmokognoziya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskrit tilidan arabchaga, arab tilidan sanskrit tiliga tarjimlar qildi, badiiy ijod bilan ham shug'ullanib she'rlar yozdi. "Astrologiyaga kirish", "Astronomiya kaliti", "Jonni davolovchi quyosh kitobi", "Ikki xil harakatning zarurligi haqida", "Ko'paytirish asoslari", "Ptolemey "Almagest"ning sanskritchaga tarjimasi", "Foydali savollar va to'g'ri javoblar", "Farg'oniy "Elementlar" iga tuzatishlar", "Turklar tomonidan ehtiyotkorlik", "Oq kiyimlilar va karmatlar haqida ma'lumotlar", "She'rlar to'plami", "Al-Muqanna haqidagi ma'lumotlar tarjimasi", "Ibn Sino bilan yozishmalar" shular jumlasidandir.

Beruniyning asarlari musulmon Sharq madaniyatining so'nggi rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. So'nggi asarlarda arab va fors tillarida yozilgan Bayhaqiy, Shaxrizo'riy, Qiftiy, Yoqut Hamaviy asarlarida Beruniy haqida muhim ma'lumotlar keltiriladi. XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioann Bar Ebrey (1226-1286) Beruniyga shunday baho beradi: "O'sha o'tgan yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib o'tgan Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'tmish ilmlarda shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida mutaxassis bo'lib, bu sohada qator muhim

358

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u yerda bir necha yil yashadi, hind faylasuflaridan ularning san'atini o'rgandi va ularga yunon falsafasini o'rgatdi. Uning asarlari nihoyatda ko'p, yetuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir so'z bilan aytganda, u o'z davrida, undan so'ng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo'lmagan"

XIX asrdan boshlab Yevropa va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, fransuz, italyan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga bag'ishlangan yevropalik olimlarning kitoblari, tarjimalari nashr etildi. Bu tadqiqotchilar Beruniy ijodiga juda yuqori baho berdilar. Amerikalik tarixchi olim J. Sarton Beruniyning merosiga eng oliy baho berish bilan birga, uning o'z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Atoqli sharqshunos V. R. Rozen esa, unga ilmiy qarashlari taajjub qolarli darajada kengligi, uning hozirgi ma'nodagi haqiqiy fanning ruhiga xos ekanligini qayd etadi. Beruniyning o'z vatani yangi O'zbekistonda ham uning ijodiga katta e'tibor berib kelinmoqda. H.M. Abdullaev, I. M. Mo'minov, V. Yu. Zohidov, Ya. G'. G'ulomov, U. Karimov, S. A. Bulgakov kabi atoqli olimlarimiz Beruniy faoliyati haqida qator risola, asarlar yaratdilar. Toshkentda unga bag'ishlangan qator Xalqaro ilmiy konferensiyalar o'tkazildi. Birinchi bor Beruniyning "Qadimgi yodgorliklar", "Hindiston", "Mas'ud qonuni", "Geodeziya", "Saydona" kabi asosiy asarlarini o'z ichiga oluvchi ko'p tomli saylanma asarlari o'zbek va rus tillarida O'zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan nashr etildi. Fan sohasida Beruniy nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etildi.

Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning tengi yo'q asarlari hozirgi kunda ham katta ahamiyatga ega bo'lib, ilm-fan, ta'lim-tarbiya sohasida dasturamal bo'lib xizmat qilmoqda.

REFERENCES

1.A.Zununov. Pedagogika tarixi. Toskkent-2004.

2.M.Qurbonov.Ijtimoiy pedagogika. - Toshkent,2003,41-b

3.J. Hasanboev. Pedagogika,-"Noshir"Toshkent,2011, 130-b

4.B.X.Xodjaev Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent,2017

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.