Научная статья на тему 'YENGIL SANOAT TARMOG‘I RAQOBATBARDOSHLIGINI TA’MINLASHDA INNOVATSION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH'

YENGIL SANOAT TARMOG‘I RAQOBATBARDOSHLIGINI TA’MINLASHDA INNOVATSION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
28
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yengil sanoat / innovatsion / Harakatlar strategiyasi / mahsulot / bozor / davlat / mehnat taqsimoti.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Umarova Z.O., Nurboyeva Z.

ushbu maqolada yengil sanoat tarmog‘i raqobatbardoshligini ta’minlashda innovatsion faoliyatni rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanish masalari keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YENGIL SANOAT TARMOG‘I RAQOBATBARDOSHLIGINI TA’MINLASHDA INNOVATSION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH»

Umarova Z. O. katta o'qituvchisi "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi

JizPI Nurboyeva Z. 4-kurs talabasi JizPI

YENGIL SANOAT TARMOG'I RAQOBATBARDOSHLIGINI TA'MINLASHDA INNOVATSION FAOLIYATNI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARIDAN FOYDALANISH

Annotatsiya: ushbu maqoladayengil sanoat tarmog'i raqobatbardoshligini ta'minlashda innovatsion faoliyatni rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanish masalari keng yoritilgan.

Kalit so'zlar: yengil sanoat, innovatsion, Harakatlar strategiyasi, mahsulot, bozor, davlat, mehnat taqsimoti.

Umarova Z. O. senior teacher

Department of "Economics and Management"

JizPI Nurboyeva Z.

4th year student JizPI

USING THE OPPORTUNITIES TO DEVELOP INNOVATIVE ACTIVITY IN ENSURING THE COMPETITIVENESS OF THE LIGHT

INDUSTRY NETWORK

Annotation. In this article, the tables of the use of opportunities for the development of innovative activities in ensuring the competitiveness of the light industry network are widely covered.

Keywords: Light Industry, Innovation, Action Strategy, Product, Market, state, Division of Labor.

2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida «prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o'zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta'minlash» bo'yicha muhim vazifalar belgilab berilgan. Mazkur vazifalarni bajarilishi yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini marketing strategiyalari asosida oshirish borasidagi ishlarni jadallashtirishni talab etadi.

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish va uni jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini ta'minlash uchun mamlakatda iqtisodiy resurslarning yetarliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda iqtisodiy resurslarning yetarliligi ulardan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish lozimligini keltirib chiqaradi. Mavjud imkoniyat va zaxiralarni ishga solishning eng muhim yo'nalishi, mamlakatdagi boy mineral xom-ashyo hamda o'simlik dunyosi resurslarini chuqur qayta ishlashni bosqichma-bosqich oshirib borish, yuqori qoshimcha qiymatga ega bo'lgan mahsulotlar ishlab chiqarishning hajmi va turini kengaytirish maqsadga muvofiqdir.

Shu ma'noda hozirgi kunda davlatimiz tomonidan istiqbolli sanoat mahsulotlarining raqobatdoshligini oshirish orqali jahon bozorida yangi segmentlarni kengaytirish va egallab olish masalalari dolzarb bo'lib, bu orqali tashki iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish, jahon mehnat taqsimotida oz ornini egallash hamda samarali korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalarini hal etilishi rejalashtirilmoqda.

Integratsiyalashuvning kichik darajasi mamlakatlar iqtisodiyotida yangi xo'jalik yuritish tizimini shakllantirish yo'li hisoblanib, o'zaro pirovard mahsulot ishlab chiqaradigan va geografik yaqin bo'lgan korxona va tashkilotlarni o'z ichiga olgan "Klaster"lar yaratishdir. Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va boshqarishda klasterlardan foydalanish bo'yicha ma'lum tajriba to'plangan.

Klasterlarni shakllantirishdan maqsad - shahar, tuman va viloyat ichida joylashgan bir xil soha korxonalarini va ular bilan yagona texnologik zanjirda bo'lgan ta'lim, ilmiy, injiniring, konsalting, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, va boshqa xizmatlarni uyg'unlashtirish-innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish asosida raqobatbardosh tovarlar yaratishga yo'naltirishdan iboratdir.

Paxta-to'qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari tomonidan o'z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, bojxona to'lovlari to'lashdan 2020 yil 1 yanvargacha bo'lgan muddatga ozod qilinadigan imtiyozlar ham belgilab berildi. Aytish joizki ushbu qaror asosida bu jarayonda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotir. Eng muhimi, Buxoroda, Sirdaryoda va Navoiy viloyatida boshlangan "klaster" tajribasi yurtimiz bo'ylab keng tarqalmoqda. Xususan, Samarqand, Toshkent, Surxandaryo, Jizzax, Qashqadaryo, va boshqa viloyatlarda ham "klaster" tizimida ishlab chiqarish ob'ektlari barpo etishga kirishildi.

Mamlakatda modalar marketingini samarali yo'lga qo'yish yengil sanoat tovarlari savdosini rivojlantirish hamda korxonalar raqobatbardoshligini ta'minlashda muhim omil hisoblanadi. Moda industriyasi rivojlanishida jahon modalar markazi hisoblangan Fransiya, beshinchi yirik kiyim bozori hisoblangan Braziliya, shuningdek, modalar bozori eng tez rivojlanayotgan - Rossiya, moda bozorida ikkinchi o'rinni egallagan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 21 dekabrda PQ2687 sonli "To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishning 2017-2021-yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarori sohadagi mavjud imkoniyatlarni to'la ochish,

salohiyatlardan oqilona va unumli foydalanish maqsadida qabul qilingan edi.

Ishlab chiqarish tarmoqlari ortasidagi iqtisodiy munosabatlarni modellashtirish asosida tarmoqlarning bir-biri bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash, tarmoqlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va birinchi navbatda ishlab chiqarish tarmoqlarida vertikal integratsiya jarayonlar tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlarini tadqiq qilish hamda ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqish, korxona faoliyatini barqaror osishini va global raqobatbardoshlikka erishishini ta'minlashda ishlab chiqarish tarmoqlarini boshqarishga ta'sir korsatuvchi vertikal integratsiya jarayoni omillarini chuqur va har tomonlama tahlil qilishni hamda ular orasidagi miqdoriy bog'lanishlarni aniqlashni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ishlab chiqarish tarmoqlarida vertikal integratsiya asosida innovatsion faoliyatni takomillashtirish nafaqat ilmiy-nazariy, balki muhim amaliy ahamiyat ham kasb etadi.

Shu bois, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda tashqi omillar ta'sirini ham har tomonlama hisobga olish, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta'siri nuqtai-nazaridan shakllantirish hamda ular ortasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishni taqozo etiladi. Bu boradagi chora- tadbirlar asosida iqtisodiy o sishning uzoq muddatli barqaror sur'atlarini hamda iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta'minlash, tarkibiy ozgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalash, buni birinchi navbatda, xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bolgan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishga yonaltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizatsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, texnik-texnologik jihatdan qayta jihozlash yo li bilan amalga oshirish belgilab berilgan bo lib, bu o z navbatida ishlab chiqarish tarmoqlarida vertikal integratsiya faoliyatini takomillashtirish orqali amalga oshirish kozda tutiladi.

Shuningdek, ushbu tizim faoliyatini iqtisodiy islohotlarni hamda ishlab chiqarish tarmoqlari ortasidagi munosabatlarni ozgarib turishini e'tiborga olgan holda taklif va tavsiyalarni ishlab chiqilishi, qo yilgan ma sadni yanada takomillashtirishga olib keladi. Buning uchun bizning fikrimizcha, quyidagi bir qator vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

- mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish uchun ishlab chiqarish korxonalarida vertikal integratsiya metodologiyasini o'rganish va uni rivojlantirishda integratsion jarayonlarni ya'ni integratsiya holatda mehnat taqsimotini, innovatsiyani, kapitalni, ishchi kuchini, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash jihatlarini nazariy jihatdan organish, yaxshi mukammallashgan xojalik mehanizmini yaratish;

- vertikal integratsiyani innovatsion taraqqiyotdagi tamoyillar, iqtisodiy va ma'muriy usullarni ishlab chiqish va iqtisodiy-nazariy jihatdan ularni asoslash bu borada jahon tajribalarini organish, ularni O'zbekiston sharoitida qollash

usullarini ishlab chiqish;

- iqtisodiy jarayonlarda vertikal integratsiya bo'yicha iqtisodiy- ijtimoiy ko'rsatkichlar tizimini yaratish va tahlillarini o'tkazish. Vertikal integratsiya asosida innovatsion rivojlanishdagi mezonlarni ishlab chiqish, vertikal integratsiyada foyda, rentabellik va samaradorlikni aniqlovchi ko'rsatkichlarni belgilash hamda baholash usullarini yaratish, iqtisodiy tarmoqlarda vertikal integratsiya faoliyatida innovatsion taraqqiyot asosida foydani maksimallashtirish yo'llarini ishlab chiqish;

- O'zbekistonda iqtisodiy tarmoqlarning hozirgi holati tahlili. Bir yoqlama va ko'p tomonlama integratsiyada bo'lgan tarmoqlarning rivojlanish dinamikasi tahlilini amalga oshirish, vertikal integratsiya faoliyatiga mos keluvchi tarmoqlarni guruhlash, ularning shakllarini tavsiflash, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy munosabatlarini rivojlantirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish sharoitida ishlab chiqarish tarmoqlarida vertikal integratsiya faoliyatiga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillarni aniqlash, ularni turkumlash, omillar ta'sir darajasini iqtisodiy-matematik usullardan foydalangan holda korrelyasion va regression tahlillarini o'tkazish;

Xulosa qilib aytganda, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda xom-ashyo eksportini kamaytirib, tayyor mahsulot eksportini oshirish lozimligi tugrisida qo'yilgan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirishni nazarda tutgan holda mahsulot ishlab chiqaruvchi firmalar uchun ketma-ket bo' ladigan ishlab chiqarish bosqichlarida ishlab chiqaruvchi va sotish xarajatlarini kamaytirishda ishlab chiqarish jarayoniga vertikal integratsiyani tatbiq etish keng imkoniyatlar beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: l.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so'zi 26 mart 2022 yil

2.Alimov R.X., Bayxonov B.T., Ishnazarov A.I., Imomov J.O. Korxonalarda investitsiyalardan samarali foydalanish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish. - T.: "Fan va texnologiya", 2014, 104 bet.

3.Umarova, Zevi Odilovna, and Feruza Yaxyoevna Obidova. "GLOBALLASHUV SHAROITIDA INNOVATSION LOYIHALARNI BOSHQARISH." Educational Research in Universal Sciences 2.3 (2023): 203207.

4.Obidova, Feruza Yaxyoevna, and Zevi Odilovna Umarova. "BOSHQARUV FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHDA KADRLARNING GENDER TENGLIGI." Educational Research in Universal Sciences 2.3 (2023): 208-215. 5.Umarova, Z. O. "BUSINESS OPPORTUNITY FOR TOURISM DEVELOPMENT." Экономика и социум 10 (2020): 275-278. 6.Obidova, F., and Z. Umarova. "FOREIGN EXPERIENCE OF SMALL BUSINESS DEVELOPMENT." Экономика и социум 5-1 (2021): 376-379.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.