Choriyev X.Sh., magistr Toshkent davlat iqtisodiyot Universiteti
Amirov L., PhD Toshkent davlat iqtisodiyot Universiteti
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XUSUSIY SEKTORNI DAVLAT
TOMONIDAN QO'LLAB-QUVVATLASH YO'NALISHLARI
Annotatsiya: Kichik biznesning ixcham va harakatchanligi, bozor kon 'yunkturasi o 'zgarishlari va iste'molchilar ehtiyojlariga tez moslasha olishi uni jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish va inqirozdan keyin iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish sharoitida yangi ish o 'rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish borasida eng qulay va makbul vositaga aylantirmoqda.
Kalit so'zlar: Xususiy sektor, tadbirkorlik, kichik biznes, soliqlar, imtiyozlar, qo 'llab-quvvatlash.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri innovatsiyalardir. Innovatsion texnologiyalar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini chuqur qayta tuzish va ish unumdorligini yanada oshirish mumkin. Ma'lumki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi nafaqat milliy iqtisodiyotning o'sish sur'atlarini jadallashtirishda, balki bugungi kun uchun dolzarb hisoblangan aholini ish bilan ta'minlash va turmush darajasini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o'rin tutmokda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta'kidlaganidek: "Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o'zining iqtisodiyotimizdagi o'ta muhim va salmoqli hissasi, roli va ta'siri, sodda qilib aytganda, boshqa hech bir soha va yo'nalish o'rnini bosolmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida o'rin egallaydi".
Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta'minlash orqali mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo'lgan o'rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo'lib borishiga erishilmoqtsa.
Shunday ekan, endilikda kichik biznesni nafaqat son jihatdan ko'paytirish, balki uni avvalo sifat jihatdan ham rivojlantirishimiz, bu borada oddiy ishlab chiqarishdan ichki va tashqi bozorga yo'naltirilgan murakkab, yuksak texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishga o'tish masalasiga alohida e'tibor qaratishimiz darkor.
YUrtimizda fan, ta'lim va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini yanada chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining innovatsion rivojlanish yo'llarini ishlab chiqish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish o'rtasida o'zaro foydali aloqalarni mustahkamlashga bo'lgan e'tibor
yildan-yilga oshib bormoqda.
Bugungi kunda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta'minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha maqsadli loyihalar amalga oshirilmoqtsa.
Respublikamizda innovatsion faoliyatni yanada rivojlantirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqargapga tatbiq etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi № PQ-916-sonli Qarorining qabul qilinishi va uning asosida "O'rta muddatli istiqbolda innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni rivojlantirish chora-tadbirlari kompleksi"ning ishlab chiqilishi muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda respublikamizda yalpi ichki mahsulotning 52,5 foizdan ko'prog'i kichik biznes sub'ektlari tomonidan ishlab c hiqarilayotganiga qaramay, yuqori texnologik jarayonlarni talab etadigan sanoat tarmog'idagi (19,6 %) va eksportdagi (13,4 %) ulushi kichik biznesning mavjud salohiyati darajasida emas1. Mazkur soha va tarmoqlarda kichik biznes taraqqiyotini ta'minlash, umuman, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini barqaror rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida innovatsion jarayonlarni faollashtirish, ayniqsa, kichik biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini rag'batlantirish yuqori samara beradi.
Kichik biznes sub'ektlarida yangi texnika va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga yuqori tavakkalchiliklarsiz joriy etish, yangi ishlab chiqarish kuvvatlarini barpo etib, undan samarali foydalanish jarayoni yirik korxonalarga nisbatan tezroq ro'yobga chiqadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" bo'yicha kabul qilinadigan davlat dasturida asosiy ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida yuqori texnologiyalarni talab etadigan iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion texnologayalarga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo'l ochib berishga aloxdtsa e'tibor qaratish zarurligi ko'rsatib o'tildi .
Hozirgi vaqtda yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik asosan savdo-sotiq, xizmat va aloqa sohasida, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha ko'proq rivoj topmoqda.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi va raqobat muhiti kuchayib borishi, mahsulotlar hayotiylik davri keskin qisqarishi, bozor kon'yunkturasi va iste'molchilar ehtiyojlari tez o'zgarishi jarayonlari bugungi kunda har bir xo'jalik yurituvchi sub'ektdan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning tashkiliy-iqgisodyy mexanizmlarini ishlab chiqishni hayotiy zaruratga aylantirmoqda. Bu esa ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirish va samarali boshqarishni talab etmoqda.
SHu jihatdan, yuqori texnologiyalarni talab etadigan zamonaviy ishlab
chiqarish tarmoqlarini tashkil etishda, innovatsion va nanotexnologiyalar, farmakologiya va farmatsevtika, axborot-kommunikatsiya tizimi, biotexnologiya, muqobil energetika turlaridan foydalanish sohasida, muxtasar qilib aytganda, ilg'or ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish o'zining ijobiy samarasini beradi1.
Kichik biznes sub' ektlaryushng innovatsion faoliyati, eng avvalo, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchqtsan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularning iste'mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borishni talab etadi. Kichik biznes sub'ektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishdan maqsad butun ishlab chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish asosida soha raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
Fikrimizcha, O'zbekistonda ilg'or ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarga asoslangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish quyidagi omillar hisobiga muhim zarurat hisoblanadi:
birinchidan, kichik biznesning bozor kon'yunkturasi o'zgarishlari va iste'molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olish xususiyatlariga ega ekanligi innovatsion texnologiyalarni joriy etishda yirik korxonalarga nisbatan yuqori tavakkalchilikning pastligi jihatidan yaxshi samara beradi;
ikknnchidan, kichik biznes sub'ektlari faoliyatiga innovatsion texnologiyalar joriy etilishi ularning yuqori transaktsion xarajatlarini kamaytirib, rentabellik ko'rsatkichlarini oshiradi;
uchinchidan, kichik biznes sub'ektlarining yangiliklarni tezkorlik bilan o'zlashtira olish salohiyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori daromad olish imkoniyatini beradi;
to'rtinchidan, kichik biznes sub'ektlari faoliyatiga boshqaruvning innovatsion texnologiyalari joriy etilishi ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish, tovar va xizmatlar nomenklaturasini oshirish, yangi tovarlar turlarining sotish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o'zlashtirish hisobiga ularning eksport salohiyati va raqobatbardoshligini oshiradi.
Mamlakatimizda innovatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun ilmiy, me'yoriy- xuquqiy asoslar mavjud va kadrlar saloxdati ancha yuqori darajada. Biroq, mazkur salohiyatdan samarali foydalanish ko'rsatkichi talab darajasida emas. Faoliyat ko'rsatayotgan 222 ta ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik muassasalarining 8,5 foizigina innovatsiya faoliyati bilan shug'ullanadi.
Intellektual mulk ob'ektlaridan foydalanish darajasi ham nisbatan past. Masalan, 2010 yilda kichik biznes sub'ektlari tomonidan 78 ta patent olingan, xalos Respublikamizda innovatsiya muhitining bugungi ahvoli qisqa muddatlarda kichik biznes innovatsion faoliyatini rivojlantirishning yuqori
darajasiga erishish imkonini bermaydi. SHu bois, uni rivojlantirish davlat tomonidan mazkur yo'nalishdagi aniq chora-tadbirlarni belgilashni taqozo etadi. Bu borada asosiy e'tibor avvalambor, quyidagilarga qaratilishi lozim:
• kichik biznesning ilmiy-texnikaviy axborotdan foydalanish, innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etishdagi yuqori transaktsion xarajatlarini kamaytirish;
• kichik korxonalar uchun yangi texnologiyalarni sinovdan o'tkazish va ularni jalb etishdagi yuqori tavakkalchiliklarni bartaraf etish;
• innovatsion ishlanmalar va ularni joriy etish uchun o'z resurslarini taklif etuvchi moliyaviy va investitsiya institutlari bozori tashkil etilishini rag'batlantirish;
• yirik korxonalarning kichik biznes sub'ektlari innovatsion loyihalarini hissador tashkilot sifatida ulushli moliyalashtirishdan oladigan manfaatdorligini oshirish;
• fan-ta'lim-ishlab chiqarish intefatsiyasi samaradorligini oshirish va ularni o'zaro bog'laydigan innovatsion vositachilar tarmog'ini rivojlantirish va h.k.
Kichik biznes sub'ektlari mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish va xalqaro bozorlar standartlariga moslashtirish orqali ularni tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlariga keng jalb etish, zamonaviy axborot texnologiyalari yutuklaridan foydalanilgan holda kichik biznesni ma'lumotlar bilan ta'minlash sifatini oshirish hamda innovatsion marketing tadqiqotlarini olib borish kabi uslubiy yordamlar ko'rsatishda Isichik biznes innovatsion faoliyatini rivojlantirishga ko'maklashuvchi infratuzilmalar faoliyatini tubdan isloh qilish lozim.
Xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar kichik biznes sub'ektlarining o'sib borayotgan talab va ehtiyojlarini to'liq qondirish orqali ularning innovatsion faoliyatini rivojlantirishni rag'batlantarishda etakchi kuchga aylanishi zarur.
Innovatsion iqtisodiy rivojlanish yo'liga o'tishda kichik va xususiy tadbirkorlikning rolini oshirish quyidagi yo'nalishlar orqali amalga oshirilipsh maqsadga muvofiq:
-ishlab chiqarishda innovatsiya va nanotexnologiyalarni ko'llash;
-muqobil energiya turlaridan foydalanish, ayniqsa, quyosh energiyasidan foydalanish;
-farmakologiya va farmatsevtika sohasi salohiyatidan foydalanish;
-ishlab chiqarishda biotexnologiyalarni qo'llash;
-kam suv talab qiladigan texnologayalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
-qishloq xo'jaligi ekinlari yangi serhosil navlarini, mahsuldor chorva mollari turlarini yaratish;
-sanoat va maishiy chiqindilarni qayta ishlash va h.k.
Agar biz zamonaviy, ilg'or va tejamkor texologiyalardan foydalanishga hamda tovarlarning yuqori sifati va iste'mol xususiyatlarini ta'minlashga xizmat
qiladigan shshovatsion texnika va texnologiyalarni yaratish tizimini joriy etsak, bu sohaga yoshlarni jalb qilgan hodda aholimizning ichki ehtiyojlarini ta'minlash bilan birga eksportga xizmat qiladigan raqobatbardosh, sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada ko'chaytirishga erishishimiz mumkin.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini innovatsion asosda rivojlantirishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq:
birinchidan, sanoat korxonalari xodimlarini rag'batlantirib ularni ko'proq marketing tadqiqotlarini olib borishga jalb qilish orqali yanga innovatsion goyalarni ishlab chiqishga yo'naltirish;
ikknnchidan, sanoat korxonalarida ishlayotgan yosh xodimlar tomonidan yaratilayotgan innovatsion loyihalarni amaliyotda qo'llashdan oldin korxona hududiga tegishli joylarda sinov maydonchalarini tashkil etishni yo'lga qo'yish;
uchinchidan, kichik biznes vakillari va xususiy tadbirkorlar uchun kreditlar va ular uchun zarur resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytarish va yaratilayotgan innovatsion loyihalarni kreditlash tizimini yaratish;
to'rtinchidan, viloyatlarning chekka tumanlarida ishlab chiqarishda eng muhim omil bo'lgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va shu kabi kommunal xizmatlar uzluksizligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan muammolarni hal etash;
beshinchidan, yaratilgan innovatsion mahsulotlar va minitsexlar savdo yarmarkalarini tashkil etish;
oltinchidan, kichik biznesning eksport saloxdatini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, xuquqiy, moliyaviy mexanizmlarini shakllantirish va sharoitlarni yanada yaxshilash orqali kelgusida chetga xomashyo emao, balki yuqori qo'shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotni eksport qilishga erishish.
O'zbekistonda innovatsiya faolshggani yuqori darajada rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun Milliy innovatsion tizim (MIT)ni to'lik shakllantirish lozim. Bunda respublikamizda innovatsion iqtisodiyotga o'tish kontseptsiyasini va MITni shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish zarur. SHuningdek, O'zbekiston Respublikasining ynnovatsiya faoliyatini samarali rivojlantirishga qaratilgan "Innovatsiya faoliyati to'g'risida"gi qonunini ishlab chiqish va qabul qilish lozim.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi raqobat kuchayib borayotgan sharoitda kichik biznes sub'ektlari o'z faoliyatlarida donmo yangi innovatsiyalarni kullamay, yirik korxonalar bilan hamkorlikni yaxshi yo'lga qo'ymay bozorga yangi mahsulot yoki texnologiyalarni kiritishlari mushkuldir. Bunda kichik biznes korxonasining boshqaruv faoliyatiga innovatsion menejment usul va texnologiyalarini tatbiq etish, amaldagi boshqaruv usullarini muntazam ravishda takomillashtirib borish kichik biznes sub'ektining kelgusidagi muvaffaqiyatini belgilab beradi.
Adabiyotlar:
1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelejagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz O'zbekiston NMIU 2017 yil.
2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi .Tosh kent"O'zbekiston 2017 yil.
3. Мирзиёев Qonun ustuvorligi va inson manffatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi . Toshkent"O'zbekiston 2017y.
4. I.A.Karimov O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. T. «O'zbekiston» 1992 y.
5. I.A.Karimov «Asosiy vazifamiz - Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» T.: «O'zbekiston» 2010 y.
6. Boltabaev M.R., Qosimova M.S.,Ergashxodjaeva SH.J., G'oyipnazarov 1;.K.,Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va tadbirkorlik. - T.: AV1V MAZNK1UOT1, 2011 y.
7. G'oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov SH.I., Almatova D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik- mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy tnraqqiyotini yuksaltirish omili.-T.:Fan,2011 y.
8. Xodiev B.YU., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. -T.: TDIU, 2010 y.
9. Malny biznes. Organizatsiya, ekonomika, upravlenie: Uchebnoe iosobie dlya vuzov / Pod red. Prof. V.YA. Gorofinklya, prof. V.YA. Gorfinkelya, N.L. SHvandara.-2eizd., prereb. Idop.-M.: YUNITI-DANA,2008.
10. Predprinimatel'stvo: Uchebnik /Pod. red. M.G. Lapusti. - 4-e i (datel'stvo, dop. - M.: INFRA-M, 2008.
11. Aniskin YU.P. Organizatsiya i upravlenie malnm biznesom: Uchebnoe posobie. - M: Finansn i statistika, 2008.