Научная статья на тему 'SANOAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANITIRISHDA XORIJIY USULLARDAN FOYDALANISH KO‘NIKMA VA TAMOYILLARI'

SANOAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANITIRISHDA XORIJIY USULLARDAN FOYDALANISH KO‘NIKMA VA TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
729
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sanoat iqtisodiyoti / klaster / klaster yondashuvi / innovatsiya / tarmoq / korxona / farmasevtika / raqobatbardoshlik / mamlakatlar. / industrial economy / cluster / cluster approach / innovations / industry / enterprise / pharmaceuticals / competitiveness / countries.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G. Gaybullaeva

Ushbu maqolada sanoat iqtisodiyoti rivojlangan turli mamlakatlarda davlat darajasida amalga oshirilgan klaster siyosatining xorij tajribasi bayon etilgan hamda innovatsion klasterlarning nazariy yondashuvlari tahlil qilingan, klasterlarning rivojlanish bosqichlari aniqlangan, O‘zbekiston sanoat iqtisodiyotida ilmiy-innovatsion klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish dolzarbligi asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SKILLS AND PRINCIPLES FOR USING FOREIGN METHODS IN INDUSTRIAL DEVELOPMENT OF THE ECONOMY

This article describes foreign experience in the implementation of cluster policy at the state level in various countries with a developed industrial economy, analyzes the theoretical approaches to innovation clusters, determines the stages of development of clusters, substantiates the relevance of the formation and development of scientific and innovative clusters in the industrial economy of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «SANOAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANITIRISHDA XORIJIY USULLARDAN FOYDALANISH KO‘NIKMA VA TAMOYILLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SANOAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANITIRISHDA XORIJIY USULLARDAN FOYDALANISH KO'NIKMA VA TAMOYILLARI Gaybullaeva Gulbaxor Maxmudovna

Fargona politexnika instituti Iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7125740

Annotatsiya. Ushbu maqolada sanoat iqtisodiyoti rivojlangan turli mamlakatlarda davlat darajasida amalga oshirilgan klaster siyosatining xorij tajribasi bayon etilgan hamda innovatsion klasterlarning nazariy yondashuvlari tahlil qilingan, klasterlarning rivojlanish bosqichlari aniqlangan, O 'zbekiston sanoat iqtisodiyotida ilmiy-innovatsion klasterlarni shakllantirish va rivojlantirish dolzarbligi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: sanoat iqtisodiyoti, klaster, klaster yondashuvi, innovatsiya, tarmoq, korxona, farmasevtika, raqobatbardoshlik, mamlakatlar.

НАВЫКИ И ПРИНЦИПЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЗАРУБЕЖНЫХ МЕТОДОВ В ПРОМЫШЛЕННОМ РАЗВИТИИ ЭКОНОМИКИ

Аннотация. В данной статье описывается зарубежный опыт реализации кластерной политики на государственном уровне в различных странах с развитой индустриальной экономикой, анализируются теоретические подходы инновационных кластеров, определяются этапы развития кластеров, обосновывается актуальность формирования и развития научно- инновационные кластеры в промышленной экономике Узбекистана.

Ключевые слова: индустриальная экономика, кластер, кластерный подход, инновации, промышленность, предприятие, фармацевтика, конкурентоспособность, страны.

SKILLS AND PRINCIPLES FOR USING FOREIGN METHODS IN INDUSTRIAL

DEVELOPMENT OF THE ECONOMY

Abstract. This article describes foreign experience in the implementation of cluster policy at the state level in various countries with a developed industrial economy, analyzes the theoretical approaches to innovation clusters, determines the stages of development of clusters, substantiates the relevance of the formation and development of scientific and innovative clusters in the industrial economy of Uzbekistan.

Keywords: industrial economy, cluster, cluster approach, innovations, industry, enterprise, pharmaceuticals, competitiveness, countries.

KIRISH

O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan innovatsion-investitsion dasturlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakatimizning innovatsion investitsiya salohiyatini to'la namoyon etish bo'yicha ko'rilayotgan choralar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo'yicha innovatsion investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev faol investitsiya siyosati olib borish masalasini ustuvor yo'nalish sifatida belgilar ekan, "Bu borada erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes sub'ektlarini joylashtirish, ularga imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish lozim. Birinchi navbatda, eksportga mahsulot

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

chiqarayotgan, innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan tadbirkorlarga va chet ellik investorlarga shunday imkoniyatlar yaratish kerak" [1] ekanligini ta'kidlab ko'rsatdi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va ilmiy tekshirish institutlari hamkorligini yo'lga qo'yish orqali Zangiota tumanida zamonaviy texnoparkni tashkil qilishni nazarda tutuvchi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi PQ4574-sonli "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini tashkil etish to'g'risidagi qarori tasdiqlandi [2].

Hududi 50 gektar, umumiy qiymati 284 mln. doll. bo'lgan 12 ta o'quv-ilmiy va ma'muriy ob'ektlar qurilishi va 6 ta investitsion loyihani amalga oshirish orqali 1700 dan ortiq yangi ish o'rinlari hamda O'rta Osiyoda yagona zamonaviy farmasevtika klasteri tashkil etish nazarda tutilgan.

Oxirgi ikki-uch yilda ilmiy soha samaradorligini oshirish va tadqiqot va ishlanmalar natijalarini iqtisodiyot va jamiyat tomonidan talab qilingan intellektual mahsulotga aylantirish maqsadida tayyorlangan qator strategik va loyihaviy hujjatlar respublikada ilmiy-innovatsion faoliyat va texnologik platforma g'oyasini tashkil qilishning klasterli tamoyilini amalga oshirishni ko'zda tutadi. Zamonaviy ilmiy-texnologik va innovatsion jarayonni tashkil qilishning samarali vositasi sifatida xronologik jihatdan birinchisi tarmoq tamoyili bo'yicha idoralararo va fanlararo kooperatsiyaning egiluvchan shakllaridan biri bo'lgan klasterlar taklif qilindi [3].

Sanoat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishda klasterlardan foydalanish amaliyoti O'zbekistonda endi tatbiq etish jarayonlari boshlanmoqda. Sanoat iqtisodiyoti rivojlangan ilg'or xorijiy mamlakatlarda klasterlardan foydalanish o'tgan asrlarda shakllana boshlagan. Bu mamlakatlarda sanoat iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoqlarida klasterlar shakllangan bo'lib, ularning qamrovi ba'zan mamlakatlar chegaralarid an chiqib, mintaqaviy va xalqaro darajaga qadar yetgan. Klasterlar hududlar va tarmoqlararo integratsiyani ta'minlashning samarali dastagiga aylanib ulgurgan. Shunday ekan, sanoat iqtisodiyoti rivojlangan ilg'or xorijiy mamlakatlarda klasterlardan foydalanishning ijobiy jihatlaridan foydalanish orqali tajribalarni tadqiq qilish mamlakatda samarali iqtisodiy siyosat olib borishga zamin yaratadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Iqtisodiyot nazariyasi nuqtai nazaridan klaster deganda, hududiy mahalliylashtirilgan yuridik shaxslar hamda shartnoma asosida o'zaro ta'sirlashuvchi va qo'shimcha qiymatlar yaratish jarayonida qatnashuvchi yakka tadbirkorlarning majmui tushuniladi. Klaster tashabbuskorligi deganda, tashkilotning (yakka tadbirkorlarning) hujjatli tasdiqlangan ma'lum hududda klasterni shakllantirishda ko'maklashish va uning ishtirokchisi bo'lib chiqish maqsadi tushuniladi.

Innovatsion sanoat klasteri ishtirokchilari innovatsion va yuqori texnologiyali (ilmiy hajmdor) mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan innovatsion faoliyatni ta'minlaydigan va amalga oshiradigan tuzilmadir.

Shuni ta'kidlash kerakki, "klaster" iqtisodiy tushunchasining muallifi Garvard biznes maktabining professori Maykl Porter hisoblanadi.

Olim uni geografik tamoyil bo'yicha jamlangan o'zaro bog'liq kompaniyalar guruhi, ixtisoslashgan yetkazib beruvchilar (shu jumladan, xizmatlar), tegishli tarmoqlar firmalari va boshqa takshilotlari (masalan, universitetlar, standarlashtirish agentliklari hamda savdo

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

birlashmalari) sifatida tasavvur qilgan bo'lib, ular ma'lum sohalarda o'zaro raqobatlashadi, ammo shu bilan bir qatorda, birgalikda ish ham olib boradi. M.Porterning fikricha, hozirgi vaqtda raqobatbardoshroq tarmoqlar klaster tamoyili bo'yicha rivojlanmoqda, klasterlarni shakllantirishni qo'llab-quvvatlash esa umuman, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga ko'maklashadi [4].

M.Porterning mulohazalariga ko'ra, "klaster" bir-biriga bog'liq bo'lgan bir nechta korxonalarning to'plamidan iborat bo'lgan, ya'ni asosiy vositalarni yetkazib beruvchilar, maxsus xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar, mol yetkazib beruvchilar, ilmiy tadqiqot institutlari, ta'lim muassasalari hamda boshqa barcha birbirining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladigan va o'z navbatida, klasterning ham rivojlanishini ta'minlaydigan o'zaro manfaatli hamkorlikni o'rnatuvchilarning j aml anm asidir

M.Porterning ta'kidlashicha, qaysi davlat yoki mintaqada klasterlar rivojlangan bo'lsa, o'sha hududda istiqomat qilayotgan aholining turmush farovonligi va kompaniyalarning raqobatlashuvi ham yuqori bo'ladi [5].

Shuning uchun ham klaster ma'naviy jihatdan tarjima qilinganda, "birgalikda yuksalish" tushunchasini anglatadi. Klasterlar vertikal integratsiyalangan tuzilmalardan, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni tashkil etishga innovatsion yondashuv, ixtisoslikning elastikligi, shuningdek, alohida korxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va ishlab chiqarish zanjiri doirasida moslashtirish bilan farqlanadi.

"The Cluster Initiative Green Book" tadqiqotlari mualliflari tomonidan o'tkazilgan dunyoning turli mintaqalaridagi 200 ta klaster tashabbuslarini maxsus o'rganish natijalari ko'rsatishicha, innovatsion faoliyat va texno logiyalarni tarqatish klasterlarni tuzish va faoliyatining muhim maqsadlaridan biridir. Uni o'rga nilgan klaster tashabbuslarining 75 %ini amalga oshirdi. Bu hududiy klasterlashtirish xo'jalik sub'ektlarining innovatsion faolligini oshirishga olib kelishi haqida xulosa qilish imkonini beradi [6].

P. Maskellning ta'kidlashicha, o'zaro bog'liq tarmoqlarda firmalarning birgalikda joylashtirilishi klasterlar hosil bo'lishining asosiy sababi hisoblanadi, bu mehnat taqsimotini chuqurlashtirish va innovatsion o'zgarishlar orqali yangi sohalarni yaratish imkoniyatini kengaytiradi [7].

Klasterlar faoliyati samardorligini ta'minlashda strategiya maqsadiga muvofiqligi to'g'risida qaror qabul qilishni shakllantirishda, klasterning umumiy tarkibiy ko'rinishi va klaster ichidagi raqobat muhiti ham muhim ahamiyatga ega. Klaster yuqori natija berishi uchun barcha ishtirokchilarni hamkorlikka bo'lgan ishonch orqali shakllanib, amalga oshiriladigan yagona strategiya birlashtirishi lozim, chunki klaster asosida o'zaro hamkorliklar ko'proq ma'muriy munosabatlarning shartnomaviy munosabatlarga almashtirilishi bilan tavsiflanadi.

Klasterlarda yuqori tashkilotchilik darajasi F.Fukuyamaning fikricha, klasterning milliyligiga bog'liq, ya'ni mamlakatlar xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'zlarining faoliyatlarini tashkil etishlari bilan ajralib turadi. Masalan, AQSh, Germaniya, Yaponiyada biznesning korporativ shakllarga intilib rivojlanishi kuzatilsa, Italiya va Xitoyda esa yakka tartibdagi tadbirkorlik, kichik biznes va shu jumladan, oilaviy biznes shakllariga tayaniladi [8].

Umuman olganda, klasterda umumiy "iqtisod" yoki tejamkorlik ustuvorliklaridan foydalanishdan tashqari o'zlari uchun ustuvorliklar yaratishga intilish ham mavjud. Masalan, umumiy servis xizmatlarini tashkil etish, xomashyolarning umumiy xaridini takshil etish, yangi ishlab chiqarish liniyalarini hamkorlikda xarid qilish, hamkorlikdagi ta'lim loyihalarini tashkil

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

etish, mahsulotga nisbatan hamkorlikda yagona standartlarni ishlab chiqish, umumiy marketing loyihalarini tashkil etish, hamkorlikda yangi bozorlarga chiqish loyihalarini ishlab chiqish va shu kabilar.

M.Porterning "Raqobat" deb nomlangan asarida klsaterlar faoliyatining klassik shakllari misol tariqasida keltirilgan, ularga Niderlandiyada gullarni yetishtirish kooperativlarining tashkil etilganligi, jumladan, ushbu klaster tomonidan gullarni katta hajmda ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash hi sobiga Gollandiyaning gullar klasteri raqobatbardoshligi ta'minlanadi [9].

Yana bir misol, Germaniyada vino ishlab chiqarishga ixtisoslashgan klasteri "Saale-Unstrur" bo'la oladi. Ushbu klaster tarkibida 44 ta korxona faoliyat yuritadi va ularning o'zaro ichki bozorda kuchli raqobat kurashlariga qaramasdan, tashqi bozorlarda umumiy marketing siyosatini amalga oshiradi [IG].

Klasterda faoliyat ko'rsatkichi ishlab chiqarish tuzilmalari faoliyati ko'rsatkichlarining qiymatlarini ikkita holatda taqqoslash ular faoliyatining samaradorligini baholash yo'nalishlaridan biri hisoblanadi: klasterning mavjud bo'lishi yoki ishlab chiqarish tuzilmalari faoliyatining mustaqilligi, bu ayrim tadqiqotchilar tomonidan taklif etilayotgan klasterlarni shakllantirish samaradorligini baholashga nisbatan yondashuvlarga mos keladi.

Ko'rsatkichlar qiymatlarida yuzaga kelgan farq raqobat ustunliklarining yuzaga kelishi, ishlab chiqarish tuzilmalarining o'zaro hamkorligi, investitsion loyihal arning birgalikda amalga oshirilishi jarayonida transaksiya xarajatlarining pasayishi oqibatida sinergetik samaraning paydo bo'lishi natijasi sifatida talqin etilishi mumkin.

Yangidan tashkil etilayotgan klasterlarda ishlab chiqarish tuzilmalari faoliyatining samaradorligini baholashda bunday yondashuvning qo'llanishi asoslangan. Maxsus adabiyotlarda klasterlarni tashkil etish uchun ishlab chiqarishlar va sanoat tarmoqlarining rivojlanishini yalpi baholash taklif etilgan

Ishlab chiqarishlar va sanoat tarmoqlarini rivojlangan va kamroq rivojlangan turlarga tasniflash o'rganilayotgan ishlab chiqarishlar faoliyatini tavsiflovchi absolyut va nisbiy ko'rsatkichlar va joylar yig'indisi usulini qo'llagan holda hisoblab chiqiladigan yalpi mezon asosida amalga oshiriladi.

Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotni olib borishda analiz va sintez usullari, empirik tahlil natijalaridan, tizimli va majmuaviy yondashuv, tahlil uchun statistik usullardan foydalanilgan.

Tahlillar va natijalar. Ilmiy-innovatsion klasterlardan foydalanishning mamlakat tomonidan boshqarilishining bir qancha modellarini ko'rib o'tamiz. Yevropa Ittifoqida eng muvaffaqiyatli rivojlanishga misollar - kichik mamlakatlar ichida - Avstriya (ayniqsa, Yuqori Avstriya yerida klaster tashabbusi, bu yerda "klaster" atamasi mintaqa nufuzini yaxshilash va mahalliy korxonalarga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun "brend" sifatida samarali foydalaniladi), Buyuk Britaniya (Shotlandiya), Ispaniya (Kaialoniya), Germaniya (Shimoliy Reyn-Vestfaliya), Markaziy-sharqiy Yevropa mamlakatlari ichida Sloveniyada klaster tashabbuslarini rivojlantirishda davlat-xususiy sheriklik eng samarali amal qildi. Xususan, 2GG8 yilda Sloveniya hukumati tomonidan maqsadli moliyalash uchun tanlov asosida II ta klaster tashabbusi tanlab olindi, ular ichida uchta klasterni eng rivojlangan klasterlar deyish mumkin, bular: avtomobil, uskunasozlik va transport-logistik.

Chet el amaliyotida Tuluza va Arizon aerokosmik sanoat optik ishlab chiqarish klasterlari o'zini o'zi klaster asosida samarali tashkil etishga yaqqol misol bo'ladi. Ular har bir klasterda taxminan 35000 ta qo'shimcha ish o'rni tashkil etish hamda mahsulot sifatini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

raqobatbardoshlikning yuqori darajasiga olib chiqish imkonini beradi, buning natijasida 15 yil ichida sotuvlar hajmi 3,4 marta oshdi.

Buyuk Britaniyada hukumat innovatsion klasterlarni moliyalash fondini tashkil etish uchun 30 mln. dollar ajratdi va Edinburg, Oksford va Janubiy-Sharqiy Angliya atrofidagi hududlarni biotexnologik firmalarni joylashtirish uchun asosiy mintaqalar sifatida belgiladi. Norvegiyada hukumat "Dengiz xo'jaligi" klasterida firmalar o'rtasidagi hamkorlikni rag'batlantiradi. Daniyada raqobatbardoshlik doirasida umummiliy darajadagi 16 ta va mintaqaviy darajadagi 13 ta klaster ajratildi. Ularning har biri uchun klasterlar tarkibiga kiruvchi firmalar bilan turli darajalardagi hokimiyatlar o'rtasidagi muloqot jarayonida muayyan qo'llab -quvvatlash choralari ishlab chiqildi. Avstriyada ham milliy innovatsion-tadqiqot dasturi (TIP) ishlab chiqilgan bo'lib, tadqiqot institutlari bilan sanoat sektori o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish siyosati, innovatsion dasturlardagi tartibga soluvchi to'siqlarni kamaytirish, klasterlarni ixtisoslashtirish va raqobatbardoshlik markazlarini shakllantirish uning muhim omili bo'ldi.

Finlyandiyada faol davlat sanoat siyosatining amalga oshirilishi doirasida bozorda ishlab turgan resursga yo'naltirilgan o'rmon klasteriga muqobil variant sifatida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari klasteri shakllantirildi. Lekin klaster mahsulotining katta qismi oxirgi yillarda jahon korporativ reytinglarining cho'qqisiga chiqqan birgina Nokia kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi, ushbu klaster doirasida tashkil etilgan tizimlar -ta'lim, innovatsion, o'zaro bog'liq ishlab chiqarishlar va xizmatlar tarmog'i mustaqil ahamiyatga ega bo'lib, barqaror ra qobat ustunliklarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratadi. Mazkur klasterning 2015 yilgacha prognoz qilingan rivojlanish sur'atlari bir yilda 8,1 foizni tashkil qilib, bu iqtisodiyotning kutilayotgan rivojlanish sur'atlaridan 2,5 marta (3,2 %) yuqori.

Shunday qilib, bugungi kunda ko'plab mamlakatlar davlat dasturlarini ishlab chiqib, klasterlarni "etishtirish" uchun katta miqdorda moliyaviy xarajalar qilmoqda. Bunday dasturlarni Yevropa Ittifoqining deyarli barcha mamlakatlari ishlab chiqdi. Ular Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlarda innovatsion klasterlar asosida AQSh va Yaponiya iqtisodiy otlari ko'rsatkichlaridan yuqori raqobatbardoshlikni ta'minlashga qodir bo'lgan bilimlar iqtisodiyotini joriy etishi maqsadida Lissabon strategiyasining qarorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda

Bugungi kunda jahon biznesining rivojlanishida xalqaro klasterlar, shu jumladan, alohida mintaqalar doirasidan tashqariga chiquvchi klasterlar sonining tobora ko'payib borayotganligi ko'zga tashlanmoqda. Masalan, Yevropa maqomiga ega bo'lgan ko'plab klasterlar xalqaro darajaga chiqishga intilmoqda. Bu, asosan, xalqaro va transchegaraviy loyihalarga taalluqli.

Fransuz farmasevtik klasteri Lui Paster universiteti orqali Kanadaning "Invivo" klasteri bilan hamkorlik qiladi. Bunday hamkorlikdan ko'zlangan maqsad ushbu klasterlar uchun Shimoliy Amerika va Yevropada istiqbolli sotish bozorlarini topishdan iborat.

Yevropa iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarish klasterlarini rivojlantirishning ahamiyati shundan iboratki, o'tgan asrning 90-yillarida sanoatni rivojlantirish bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (UNIDO) xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha bo'lim (Private Sector Development Branch) yordamida Yevropa mamlakatlari hukumatlari va Yevropa xususiy biznesining klasterlar hamda kichik korxonalar tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishda o'zaro hamkorlik qilishiga yordam berish uchun bir qator tavsiyalarni tayyorladi [19]. 2006 yil iyulda Yevropa Ittifoqi tomonidan "Evropa Ittifoqi mamlakatlarida klasterlashtirish Manifesti" ma'qullanib, qabul qilindi, 2007 yil dekabrda "Evropa klaster Memorandumi"

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ma'qullanib, tasdiqlash uchun taqdim etildi va 2008 yil 21 yanvarda Stokgolmda Yevropa innovatsiyalar va klasterlar bo'yicha prezidentlar konferensiyasida tasdiqlandi [20]. 2009 yil 7 -10 mayda Pragada bo'lib o'tgan "Sharqiy hamkorlik" mavzusidagi Yevropa Ittifoqi Sammiti Yevropa ning o'tish itqisodiyotiga ega bo'lgan mamlakatlarida klasterlashtirish jarayonlarining amalga oshirilishiga yordam berdi [16]. Qabul qilingan hujjatlarning asosiy maqsadi alohida mamlakatlarning ham, Yevropa Ittifoqining ham raqobatbardoshligini oshirishga ta'sir ko'rsatishga qodir bo'lgan klasterlar sonini oshirishdan iborat.

Xitoyda klaster siyosati munitsipal hokimiyatlar tomonidan markaziy hukumatning roziligida alohida yuqori texnologik tarmoqlar hududlari tashkil etilishi bilan bog'liq. Markaziy hukumatning o'zi ham mutlaq imtiyozlardan foydalanuvchi firmalarni tanlab oladi. Bundan tashqari u biznes va universitetlar hamkorligi o'z texnologik innovatsiyalarining paydo bo'lishida, mahsulotning texnologik darajasini oshirishdagi rolini anglab yet gan holda ushbu hamkorlikni har tomonlama rag'batlantiradi. Bunday hamkorlikni tashkil etishdagi muvaffaqiyatlarga hozircha ayrim tarmoqlardagina (masalan, axborot va biotexnologiyalarda) erishiladi. Ushbu tajriba boshqa sohalarga ham tez yoyilmoqda [21]. Xitoy va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotlari o'rtasidagi farqni qisqartirish maqsadida mahsulotning texnologik darajasini oshirish, mahalliy innovatsiyalarni rivojlantirishga muhim ahamiyat bergan holda mamlakat hukumati tomonidan universitetlarda texnologiyalarni litsenziyalash ofislarini tashkil etish to'g'risida qaror qabul qilindi. Ushbu qadam biznes bilan akademik muhitning hamkorligini faollashtirish, tadqiqot ishi natijalarini tijoratlashtirish va raqobatni kuchaytirishga ko'maklashishga qaratilgan.

Ta'kidlash lozimki, klaster tuzilmalarining samaradorligini tahlil qilish klaster modelini klasterning quyidagi oltita ta'rifini hisobga olgan holda tuzishini nazarda tutadi:

- kichik biznes;

- innovatsiyalar;

- yetakchi firma;

- baynalminallashuv;

- klaster firmalari o'rtasidagi raqobat;

- to'g'ridan-to'g'ri xorjiy investitsiyalar.

Bunday an'anaviy yondashuv ilmiy muhitda klaster tuzilmalarini tahlil qilishga nisbatan mamlakat nuqtai nazaridan yondashish sifatida ma'lum. Bundan tashqari klasterlar ning umumiy belgilarini ham, ushbu klasterning o'ziga xos jihatlarini ham, shuningdek, firmalarning klaster ichidagi o'zaro aloqalari mexanizmlarini aniqlash imkonini beruvchi jarayonli yondashuv ham mavjud.

TADQIQOT NATIJALARI

Tahlillarga ko'ra, innovatsiyaga asoslangan klasterlarning iqtisodiyoti rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlarda tashkil etilgan asosiy yo'nalishlari turlichadir. Ushbu munosabatdan ularning tizimlashtirilishi jahonda rivojlanayotgan innovatsion klaster larning yo'nalishlarini aniqlashga yordam beradi, bu esa O'zbekistonda ham mavjud yo'nalishlarda innovatsion klasterlarni yaratish imkoniyatidan dalolat beradi (1-jadval).

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rish mumkinki, innovatsiyaga asoslangan klasterlar son jihatidan AQSh (6 ta), Finlyandiya (4 ta), Germaniyada (4 ta) tashkil etilgan bo'lsa, e'tiborlisi, iqtisodiyoti rivojlanayotgan Xitoy va AQShdan qolishmagan holda (5 ta) innovatsiyaga asoslangan klasterlar tashkil etilgan. Shu bilan birga belgilash lozimki, fikrimizcha,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbekistonda ham yuqorida keltirilgan yo'nalishlardan biri bo'lgan farmasevtika sanoati tarmog'ida yaratish imkoniyatlari mavjud. Bunga asosiy sabab mustaqillik yillaridan boshlab sohada amalga oshirib kelinayotgan tub tarkibiy islohotlar bugunga kelib o'z samarasini bermoqda, ushbu erishgan yutuqlarni yanada takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4574-sonli ""Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga asosan mamlakatimizda farmasevtika sanoati tarmog'i iqtisodiyotini takomillashtirish va rivojlantirishda klasterlarning shakllantirilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

1-жадвал

Инновация га асосланган кластерларнинг ицтнсодиёти ривожланган ёкн _ривожланаётган мамлакатлдрда ташкил этилган а со си й йуналишлари [22]_

№ Мамлакатлар Инновация га мослашган кластерларнинг тщпкнл этилган тарнодларн

1. АКД11 1. Аэрокосм и к ишлаб чи царит, 2. Авиасозлик. 3. Энергетика, 4. Автомобилсозлик. Электрому^андислик. б. Биотехнология

2. Финляндия 1. Электрому^андислик. 2. Агросаноат. 3. Цурилиш, 4. Дарахтни цайта ишлаш

3. Данил 1. Фармацевтика. 2. Соглицни сацлаш, 3. Энергетика

+. Ьукж Британия 1. Биотехнология. 2. Киме воситалари

Германия 1. Автомобилсозлик. 2. Биотехнология. Пефтгаз комплексы. 4. Энергетика

6. Хитой 1. Микроэлектроника. 2. Аэрокосм и к ишлаб чицариш, 3. Биотехнология. 4. Автомобилсозлик. Энергетика

7. Канада 1. Биотехнология. 2. Телекоммуникация. 3. Соглицни са1у1аш

8, Япония 1. Ноботсозлик, 2. Микроэлектроника. 3. Энергетика. 4. Автомобилсозлик

MUHOKAMA

Albatta, yuqorida tahlil qilingan mamlakatlarda belgilangan tarmoqlarda innovatsion klasterlarning shakllanishi va rivojlanishida davlatning roli kattadir va bunga har bir mamlakatda turlicha yondashuvlar bo'ladi.

Xulosa va takliflar. Shunday qilib, sanoat iqtisodiyotida ilmiy-innovatsion klasterlardan foydalanishning xorij tajribasi shuni ko'rsatadiki, bu jarayon ba'zi mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgan bo'lsa, ayrimlarida salbiy oqibatlarga ham olib keldi. Fikrimizcha, sanoat iqtisodiyotida klasterlarning tashkil etilishi va faoliyat turlaridan qat'i nazar ularning barchasi oxir-oqibatda ilmiy-innovatsion klasterlarga aylanish imkoniyatlariga egadir. Chunki

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

klaster doirasida ilmiy g'oyalarning ko'payishiga ham sabab bo'ladi va natijada, o'zaro aloqadorlikda bo'lgan innovatsion korxonalarda mahsulot yoki texnologiyaga tezlikda o'zgartirish kiritish imkoniyati paydo bo'ladi. Shu o'rinda klasterning muhim ustuvorliklaridan yana biri shundan iboratki, uning tarkibidagi korxonalarning boshqa korxonalar innovatsiyasi hisobiga raqobatbardoshligi ortadi.

Hozirgi ayni zamonda sanoati rivojlangan mamlakatlarga ta'lluqli bo'lgan ilmiy-innovatsion klasterlarni iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kuzatish mumkin va mazkur mamlakatlarda tashkil etilgan ilmiyinnovatsiyaga asoslangan klasterlarning tizimlashtirilishi natijasida jahonda tobora rivojlanayotgan ilmiy-innovatsion klasterlarning yo'nalishlarini aniqlashga yordam beradi. Shundan kelib chiqqan holda xulosa shakllantirish mumkinki, mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektoridan bir bo'lgan farmasevtika sanoati tarmog'ida ham ilmiy-innovatsion klasterlarni yaratish imkoniyatlari mavjud. Chunki mustaqillik yillarida mazkur sohada amalga oshirib kelinayotgan tub tarkibiy islo hotlar bugungi kunga kelib o'z samarasini ko'rsatmoqda, ushbu erishilgan yutuqlarni yanada takomillashtirish va rivojlantirishda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilgan holda ilmiy-innovatsion klasterlarning shakllantirilishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. XULOSA

Mamlakatimiz iqtisodiyotida hozirgi kunda barcha sanoat tarmoqlari klasterlarni qo'llash bo'yicha birinchi qadamlarni qo'yishni boshlamoqda. Shundan kelib chiqib, xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilgan holda, quyidagi jihatlarga e'tibor qaratishni tavsiya etamiz:

- sanoat iqtisodiyotining boshqa sohalar bilan aloqalarini kuchaytirish; - tenologik tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish;

- ilmiy tadqiqot faliyatini yaxshilash maqsadida davlat tomonidan ilmiy grantlarning sonini oshirish;

- sanoat tarmoqlarida klasterlarni shakllantirish jarayonida xorij tarjribalaridan oqilona foydalanish orqali tarmoq ishlab chiqarish samaradorligini yuqori ko'rsatkichlarga olib chiqish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabdagi Parlamentga Murojaatnomasi. www.lex.uz.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 yanvardagi "Tashkent Pharma Park" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini tashkil etish to'g'risidagi PQ -4574-sonli qarori. https://lex.uz/ru/docs/4714160/.

3. Yasheva G. Klasterbi v belorusskoy ekonomike. // Nauka i innovatsii. 2012, № 8. S. 34-36. № 9. S. 28-30.

4. Porter M. Mejdunarodnaya konkurensiya. Konkurentnbie preimuщestva stran. - M., 1993.

5. Porter M. Konkurensiya. Per. s ang. / M.Porter. - M.: Izd.dom «Vilyams», 2006.

6. Solvell O., Lindqvist G., Ketels C. The Cluster Initiative Green Book, 2003.Elektronnbiyresurs: http://www.cluster-research.org.

7. Maskell P. Building global knowledge pipelines. The role of temporary clusters [Journal]. // European Planning Studies. 2006. 8: Vol.14.997-100 page.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.