Научная статья на тему 'IQTISODIYOTIMIZNI RIVOJLANTIRISHDA YENGIL SANOAT KORXONALARINING O‘RNI'

IQTISODIYOTIMIZNI RIVOJLANTIRISHDA YENGIL SANOAT KORXONALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
75
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston / sanoat / moliya-kredit / iqtisodiyot / soliq / yengil sanoat korxonalari / tadbirkor / raqamli iqtisodiyot / eksport.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Umarova Z.O.

ushbu maqolada, iqtisodiyotimizni rivojlantirishda yengil sanoat korxonalarining o‘rni hamda yengil sanoat tarmoqlarini samarali boshqarishni takomillashtirish muammolari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTIMIZNI RIVOJLANTIRISHDA YENGIL SANOAT KORXONALARINING O‘RNI»

Umarova Z. O.

JizPI "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi katta o'qituvchisi

IQTISODIYOTIMIZNI RIVOJLANTIRISHDA YENGIL SANOAT

KORXONALARINING O'RNI

Annotatsiya: ushbu maqolada, iqtisodiyotimizni rivojlantirishda yengil sanoat korxonalarining o'rni hamda yengil sanoat tarmoqlarini samarali boshqarishni takomillashtirish muammolari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, sanoat, moliya-kredit, iqtisodiyot, soliq, yengil sanoat korxonalari, tadbirkor, raqamli iqtisodiyot, eksport.

Umarova Z.O. senior teacher

"Economics and Management" department Jizzakh Polytechnic Institute

THE ROLE OF LIGHT INDUSTRIAL ENTERPRISES IN THE DEVELOPMENT OF OUR ECONOMY

Abstract: this article provides information about the role of light industrial enterprises in the development of our economy and the problems of improving the effective management of light industrial sectors.

Key words: Uzbekistan, industry, finance and credit, economy, tax, light industrial enterprises, entrepreneur, digital economy, export.

O'zbekistonda sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirishda davlatning roli, birinchi navbatda, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash maqsadida milliy iqtisodiyot tarmoqlarini tartibga solish, sanoat tarmoqlariga ta'sir etuvchi tashqi salbiy omillarni bartaraf etish, eksportni rag'batlantirish, soliqqa tortishda imtiyozlar berish, moliya-kredit mexanizmlarini rivojlantirish masalalaridan iborat. Bu jarayonlar bevosita qonuniy-huquqiy jihatlar va institutsional o'zgarishlarga asoslangan holda davlat tomonidan tartibga solinishi lozim.

Iqtisodiyotning tarkibiy o'zgarishlari va rivojlanishning zamonaviy bosqichi yengil sanoat tarmoqlarini samarali boshqarishni alohida tadqiq qilishni talab qiladi. Zero xalqaro maydondagi yengil sanoat sohasida raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o'z mavqeini mustahkamlash uchun kurashishning kuchayishiga ham ta'sir ko'rsatadi. Bu borada mamlakatimizda mazkur sohaga raqamlashtirishning tadbiq etilishi, innovatsiyalarni keng jalb qilish, tadbirkorlarni moliyaviy rag'batlantirish va tartibga solish mexanizmini takomillashtirish, samarali boshqaruv orqali davlatning Yengil sanoat sohasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirayotgan

chora-tadbirlarini takomillashtirishga yo'naltirilgan ilmiy izlanishlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlariga nazariy yondashuvlarni tahlil qilamiz. Iqtisodchi olimlardan B.Z Milnerning fikricha tashkiliy-iqtisodiy boshqarish mexanizmiga qaror qabul qilish jarayonida tashkilot elementlarining yaxlitligini, resurslar bilan ta'minlash va taqsimlash tizimini, boshqaruv ob'ektlariga ta'sir qilishning asosiy usullarini, jumladan, tashkiliy, ma'muriy va iqtisodiy usullarning muvofiqligi sifatida qaraydi. Ular tashkiliy-iqtisodiy boshqarish mexanizmi aniq natijalarga erishish uchun ma'suliyatni his etish, maqsadlarni aniqlash, faoliyat ishtirokchilarini undash va motivlashtirish, resurslar bilan ta'minlash va ularni taqsimlash kabi vazifalarni bajarishi kerak degan fikrni ilgari suradi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boshqa mamlakatlar kabi, O'zbekiston uchun ham uning dunyo miqyosidagi raqobatbardoshligini belgilab beradigan strategik ahamiyatga molik masalalardan biri hisoblanadi. SHu boisdan mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va yengil sanoatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirish zarur.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda avvalo shu sohaga kerakli kadrlar tayyorlashga e'tibor qaratish, raqamli iqtisodiyot uchun kerakli bo'lgan yuqori malakali kadrlarni o'rta va oliy ta'lim muassasalarida tayyorlashni yo'lga qo'yish, yengil sanoat tarmoqlarining yuqori malakali dasturchilar va soha mutaxassislarini tayyorlashni yo'lga qo'yish va bu boradagai xorij tajribalarini o'rganish, elektron platformali texnologiyalardan foydalangan xolda yengil sanoat tarmoqlarini jahon bozorida keng targ'ib qiluvchi milliy ma'lumotlar to'plamlarini yaratish.

O'zbekiston Respublikasida so'nggi 10 yil ichida yengil sanoati mahsulotlarining eksporti oshdi, eng avvalo, gilam va gilam buyumlari, paypoq buyumlari, tikuvchilik-to'qimachilik kiyimlari va to'qimachilik gazlamalari eksporti tezkor o'sdi. To'qimachilik va yengil sanoatining raqobatbardoshligi hamda innovatsion mahsulotlarining sifat darajasiga e'tibor O'zbekistonning jahon bozorida past mavqeini va o'rta hamda uzoq muddatli istiqbolda chora -tadbirlar, mexanizmlar ishlab chiqarish zaruratini ko'rsatadi.

Keyingi yillarda mamlakatimiz yengil sanoat korxonalari o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli ravishda bajarishni davom ettirmoqda. Ularning bajarilish darajasiga davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi o'z ta'sirini ko'rsatayotgan bo'lishiga qaramay, uning ta'sirchanlik darajasi O'zbekistonda ishlab chiqilayotgan va hayotga tatbiq etilayotgan oqilona iqtisodiy siyosat tufayli kamaytirilmoqda.

Bunday sharoitda mamlakatimiz yengil sanoat korxonalarining ishlab chiqarish dasturlari bajarilishiga nisbatan bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga mos barqaror qat'iy bir tendensiyani tarkib toptirishga harakat qilishi

lozim. Bu jarayonda ularning moliyaviy jihatlariga jiddiy e'tibor berish alohida ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.02.2021 yildagi «O'zto'qimachiliksanoat» uyushmasining to'qimachilik va tikuv-trikotaj sohasini rivojlantirish jamg'armasi mablag'larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida» gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga binoan, to'qimachilik va tikuv-trikotaj sohasidagi tashkilotlarga Jamg'armadan mablag' ajratish tartibi, daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish tartibi, to'qimachilik va tikuv-trikotaj tarmoqlari tashkilotlarida xalqaro standartlarni joriy etish, tayyor mahsulotlarni tashqi bozorlar talablarini hisobga olgan holda sertifikatlash bo'yicha tadbirlarni moliyalashtirish, soha tashkilotlarining xalqaro ko'rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, milliy brendlarni yaratish va ilgari surish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, jumladan ularni xorijga o'qish uchun yuborish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Bu kabi muammolar sanoatda tarkibiy investitsion siyosatni yanada takomillashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishni talab etadi. Shu bilan birga mamlakat sanoati rivojlanishini ta'minlovchi quyidagi yo'nalishlarni taklif etamiz:

- investitsion ishlab chiqarishni rivojlantirish, keng ko'lamli ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan, ilmiy asoslangan loyihalar ishlab chiqish;

- korxonalarda innovatsion salohiyatni takomillashtirish, ilm va yuqori texnologiya talab qiladigan yangi korxonalar tashkil etish va import mahsulotlari bilan raqobatlasha oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish;

- rivojlangan mamlakatlarning sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zamonaviy texnika-texnologiyalarini import qilish siyosatini jadallashtirish;

- sanoatda xususiy tarmoq va kichik tadbirkorlik ulushini oshirish;

- diversifikatsion faoliyatni takomillashtirish, ichki zahira va mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanishni ta'minlash lozim bo'ladi.

Mamlakatmizda amalga oshirilgan va oshirilayotgan islohotlarning barchasi mamlakat makroiqtisodiy barqarorligining oshishi bilan birga, aholi turmush farovonligiga ijobiy ta'sir etmoqda va ularning davom ettirilishini davrning o'zi taqozo etmoqda.

Yuqoridagilardan xulosa qilib ta'kidlash lozimki, yengil sanoat tarmoqlarida tashkiliy-boshqaruv usullar soha faoliyatini davom ettirishda va korxonaning asosiy maqsadi bo'lgan foyda olishda katta ahamiyatga ega. Korxonada ish yuritish tartibi qanchalik samarali yo'lga qo'yilgan bo'lsa, boshqaruv tuzilmasi samarali, rejali, uzoqni ko'zlab tuzilgan bo'lsa ishning natijasi ijobiy bo'ladi.

O'zbekiston yengil sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning strategik maqsadlari boshqaruv strukturasini takomillashtirishga bog'liq va u quyidagi yo'nalishlar orqli ifodalanadi:

- Iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish, yengil sanoat tarmoqlarini bozorini shakllantirish va rivojlantirish;

- respublika iqtisodiyotini va aholisini sifatli yengil sanoat mahsulotlari bilan ishonchli ta'minlash.

Sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash asosida barqaror rivojlantirishning ushbu usuli va modelidan foydalanish korxonaning strategik rivojlantirish jarayonlarini rejalashtirish va prognoz qilish imkonini yaratadi. Chunki ular kapital yangilanish vaqti, ya'ni undan samarali foydalanish va korxona faoliyatining bir qator muhim parametrlari orasidagi bog'liqlikni ochib beradi hamda korxonaning istiqboldagi moliyaviy-iqtisodiy strategiyasini to'g'ri belgilash imkonini yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Umarova, Zevi Odilovna, and Feruza Yaxyoevna Obidova. "GLOBALLASHUV SHAROITIDA INNOVATSION LOYIHALARNI BOSHQARISH." Educational Research in Universal Sciences 2.3 (2023): 203207.

2. Obidova, Feruza Yaxyoevna, and Zevi Odilovna Umarova. "BOSHQARUV FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHDA KADRLARNING GENDER TENGLIGI." Educational Research in Universal Sciences 2.3 (2023): 208-215.

3. Umarova, Z. O. "BUSINESS OPPORTUNITY FOR TOURISM DEVELOPMENT." Экономика и социум 10 (2020): 275-278.

4. Obidova, F., and Z. Umarova. "FOREIGN EXPERIENCE OF SMALL BUSINESS DEVELOPMENT." Экономика и социум 5-1 (2021): 376-379.

5. Obidova, Feruza Yaxyoevna, and Zebi Odilovna Umarova. "IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INNOVATSION LOYIHALARNING O'RNI." Global Science and Innovations: Central Asia (см. в книгах) 3.7 (2021): 25-29.

6. Умарова, Зeби Одиловна, and Фeруза Яхèeвна Обидова. "3m4eH^ свободных экономичeских зон в развитии национальной экономики." Актуальные научные исследования в современном мире 2-6 (2019): 53-57.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.