SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
YENGIL SANOAT VA UNI TADQIQ ETISHNING GEOGRAFIK
JIHATLARI
F.M.Komilova,
Xorazm viloyati, Yangiariq tumani 10-maktab o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada yengil sanoat va uning mamlakatimiz rivojida tutgan o 'rni, uni tadqiq etishning ahamiyati va geografik jihatlari atroflicha yoritilgan. Undan tashqari respublika yengil sanoati rivojlanishidagi bir qator kamchiliklar va ularning yechimlari haqida taklifklar berilgan.
Kalit so'zlar: sanoat, sanoat geografiyasi, iqtisodiy geografiya, og'ir sanoat, yengil sanoat, paxta tozalash sanoati, to'qimachilik sanoati, trikotaj, oziq-ovqat sanoati.
The article explores the light industry and its role in the development of our country, the importance of its research and geographical aspects. Moreover, it describes a number of shortcomings in the development of the republic's light industry and some suggestions for their solutions are given.
Key words. Industry, industrial geography, economic geography, heavy industry, light industry, cotton ginning industry, textile industry, food industry
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning birinchi asosiy tarmog'idir. Sanoat geografiyasi iqtisodiy geografiyaning tayanch tarmog'idan biri hisoblanib, sanoat hududiy joylashishi, ba'zi davlatlarning hamda rayonlarning sanoatni joylashish qonuniyatlarini, sharoitini hamda o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi.
Sanoatning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tavsiflash sanoat rayonlarining, tugunlarining hamda markazlarining yuzaga kelish omillarini o'rganib chiqish; ba'zi sanoat tarmoqlarining holatiga va joylashishiga ta'sir ko'rsatadigan texnik-iqtisodiy sharoitni aniqlash; tarmoqlararo hamda rayonlararo aloqalarni o'rganib chiqish; mamlakatimiz xalq xo'jaligida hamda iqtisodiy rayonlarning shakllanishida sanoat joylashishining ahamiyatini aniqlashdan iborat.
Har qanday mamlakatning sanoat asosini industrlashtirish darajasi tashkil etadi. Industrlashtirish deganda asosan ishlab chiqarishni barcha tarmoqlarida fan hamda texnikaning ilg'or yutuqlari asosida, zamonaviy korxonalarni qurib, rivojlangan sanoat tarmog'ini barpo qilish tushuniladi. Industrlashtirish muayyan tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga va xalqaro vaziyatga bog'liq hisoblanadi.
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
Dastlab industrlashtirish jarayoni Buyuk Britaniyada amalda qo'llandi. U yerda industrlashtirish jarayoni to'qimachilik sanoatida qo'l mehnatini mashinalashtirishdan boshlandi, keyinchalik og'ir sanoatni industrlashtirish amalga oshirila boshlandi. AQSH, Germaniya hamda boshqa davlatlar Buyuk Britaniyaning tajribasidan foydalangan holda to'qimachilik sanoatini industrlashtirishdan tezlik bilan og'ir sanoatni mashinalashtirib, markazlashgan ishlab chiqarishni tashkil qila boshladilar.
Sanoatni og'ir hamda yengil sanoat tarmoqlariga bo'lish mumkin. Og'ir sanoatni tarkibi asosan ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan tarmoqdardan iborat, ya'ni unda mehnat qurollari (mashinalar, jihozlar va h.k.) va mehnat predmetlari (xomashyo, yoqilg'i va h.k.) ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.
Og'ir sanoat mehnat predmetlarini asosan (foydali qazilmalar, yog'och, gidroenergiya resurslari) tabiatdan oladi. Shuning uchun uning asosiy qismini undiruvchi sanoat tarmoqlari tashkil etadi. Bu tarmoqning qolgan katta qismini esa ishlov berish sanoati tarmoqlari (qora va rangdor metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, elektronika va h.k.) tashkil etadi. Og'ir sanoatda ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish («A» guruh) bilan birga iste'mol mollari ham ishlab chiqariladi («B» guruh). Shuning uchun og'ir sanoat tarmoqlari mahsulotlaridan faqat sanoatda emas, balki aholining kundalik turmushida ham ishlatiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yengil sanoat tarmog'i asosan ijtimoiy ishlab chiqarishning ikkinchi bo'limiga («B» guruhi) kiruvchi keng xalq iste'mol mollari ishlab chiqaradigan tarmoqlar guruhiga kiradi. Asosiy tarmoqlari: ip-gazlama, zig'ir, jun, trikotaj, teri, poyafzal, mo'ynachilik, mebel, galanteriya va boshqalardan iborat.
Sanoatni bundan tashqari undiruvchi hamda ishlov beruvchi tarmoqlar guruhiga ham bo'lish mumkin.
Sanoatning asosiy tarkibiy qismlariga quyidagilarni kiritish mumkin: energetika sanoati, mashinasozlik sanoati, metallurgiya sanoati, kimyo sanoati, o'rmon sanoati, qurilish materiallari sanoati hamda yengil va mahalliy sanoat. Bugungi kunda sanoatning elektronika sanoati hamda mikrobiologiya sanoatlari kabi yangi tarmoqlari ham yuzaga kelgan va rivojlanib bormoqda.
Sanoat ishlab chiqarishining joylashishiga qarab sanoat rayonlari, sanoat tugunlari va sanoat markazlariga bo'linadi [6].
Bugungi kunda to'qimachilik va yengil sanoat O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida muhim mavqeni egallaydi hamda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda markaziy o'rinda turadi. Mazkur tarmoq aholi iste'moli uchun mahsulotlar ishlab chiqaradi. Bu esa, o'z navbatida, bozorning katta bir qismining
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
to'yinishini ta'minlaydi. Bundan tashqari tarmoq mamlakat aholisini katta miqdordagi ish o'rinlari bilan ta'minlaydi, jumladan, bu tarmoqda asosan ayollarning band bo'lishi sanoat hududlarida demografik balansni ushlab turish imkoniyatini beradi.
Mamlakatimizni yanada yuksaltirish, yangilash hamda modernizatsiya qilish bo'yicha tanlagan strategiyamizni amalga oshirish natijasida yurtimiz jahondagi sanoqli davlatlar qatorida e'tirof etilishi, iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur'atlarini ta'minlash, aholimizning moddiy farovonligini yuksaltirishga erishgani barchamizni quvontiradi, albatta.
O'zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirishdan asosiy maqsad - ijtimoiy yo'naltirilgan iqtisodiyotni samarali boshqarish tizimlarini shakllantirish asosida ishlab chiqarishni iste'molchi xohish - irodasiga tomon burish, fuqarolarning iqtisodiy erkinligini ta'minlagan holda mehnatsevarlikni, ijodkorlikni, tashabbuskorlikni, yuqori unumdorlikni rag'batlantirish uchun obyektiv sharoit yaratishdan iboratdir. Bozor mexanizmi bir tomondan - mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishga imkon yaratsa, boshqa tomondan -ishlab chiqarish texnologiyalarining moslashuvchanligini, iqtisodiy faoliyatga ilmiy -texnika taraqqiyoti yutuqlarini doimo qo'llab borishni talab etadi [3].
O'zbekiston sanoatida elektr energiyasi, gaz, neft, ko'mir, benzin, po'lat, avtomobillar, traktorlar, paxta terish mashinalari, elektr dvigatellar, transformatorlar, akkumulatorlar, kabellar, ekskavator, ko'prikli ko'targichlar, yigiruv mashinalari, samolyotlar, oltingugurt kislotasi, mineral o'g'itlar, sun'iy tolalar, sement, turli qurilish materiallari, gazlamalar, paxta moyi, un, guruch, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Respublika sanoatida tarmoqlarning tutgan o'rni bir-biridan farq qiladi. Sanoat tarmoqlari orasida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va agrosanoat majmuasiga xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlar tarixan yetakchi mavqega ega hisoblanadi. Bularga paxta tozalash, shoyi to'qish, konserva, yog'-moy va boshqa sanoat tarmoqlari kiradi. Shuningdek, kimyo va neft-kimyosi, mashinasozlik, elektronika, energetika, metallurgiya, yengil va qurilish materiallari sanoati ham jadal sur'atlarda rivojlanib bormoqda [4].
Mamlakatimiz iqtisodiyotida yengil sanoatning ulushi alohida va ko'p qirralidir. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari respublika agrosanoat majmui (ASM)ning tarkibiy qismi hisoblanadi. Mamlakatimiz yengil sanoati ko'p tarmoqli industrial majmua bo'lib, uning tarkibiga paxta tozalash zavodlari, to'qimachilik korxonalari, trikotaj va shoyi to'qish, tikuvchilik va ko'n-poyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va boshqa
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni kiritish mumkin. Bugungi kunda O'zbekiston xalq xo'jaligida oziq-ovqat sanoatining ulushi katta va salohiyati o'zgacha hisoblanadi. Sanoatning mazkur turi, asosan, mahalliy (qishloq xo'jaligi) xomashyosiga tayanib ish ko'radi [5].
Paxta tozalash sanoati-yengil sanoat tarmoqlari ichida geografiyasi eng katta bo'lgan tarmoq hisoblanadi. Respublikaning barcha paxtakor tumanlarida zamonaviy texnologiyaga ega bo'lgan paxta tozalash sanoati (birinchi navbatda paxta tozalash zavodlari) mavjuddir. O'zbekiston paxta tozalash sanoati yagona boshqaruvda ishlaydigan paxta tayyorlash punktlari, quritish-tozalash sexlari, transport xo'jaliklari, hamda paxta tozalash zavodlarini o'z ichiga biriktiradi.
To'qimachilik sanoati asosan ip va ip gazlama, ipak (shoyi) gazlama hamda jun gazlama ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi. O'zbekiston to'qimachilik sanoatini rivojlantirishning eng asosiy yo'nalishlaridan biri bu raqobatbardosh gazlama ishlab chiqarishni ko'paytirishdan iboratdir. Shu maqsadda deyarli barcha viloyatlarda zamonaviy texnika va texnologiya bilan jihozlangan o'nlab yangi qo'shma korxonalar qurilib, ishga tushirildi. Jumladan, "Supertekstil" (O'zbekiston-AQSH, 1993), "Qorako'lteks", "Surxonteks", "Kabul-To'ytepa" (O'zbekiston-Janubiy Koreya), "Asakatekstil", "Namangantekstil" va Turkiyaning "Yazeks" korporatsiyasi bilan birgalikda Qoraqalpog'istonda "Kateks", "Elteks" (Ellikqal'a tumanida) to'qimachlik qo'shma korxonalari shular jumlasidandir.
Trikotaj sanoatining O'rta Osiyodagi eng katta korxonasi Qo'qon paypoq fabrikasi 1939-yilda ishga tushirilgan. Tikuvchilik sanoati O'zbekistonning hamma viloyatlarida mavjuddir. Bu sanoatning korxonalari ayni paytda mehnat resurslari ko'p bo'lgan qishloq joylarida va kichik shaharlarda ko'plab bunyod etilgan.
Ko'n-poyabzal sanoati mamlakatimiz hunarmandchiligining eng qadimiy turlaridan biri hisoblanadi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Qo'qon shaharlarida ko'plab ko'nchilik do'konlari mavjud bo'lib, ularda xilma-xil charmlar tayyorlangan. Poyafzal sanoati ham mamlakatimiz yengil sanoatining eng qadimiy tarmoqlardan biridir. 1927-yil Toshkentda birinchi poyafzal fabrikasi ish boshladi [6].
O'zbekiston yengil sanoti paxta tolasini qayta ishlash bo'yicha ko'p asrlik an'anaga ega. Ayniqsa, buyuk ipak yo'lining O'zbekiston orqali o'tgani ham o'zbek hunarmandlarining mahsulotlari dunyoning ko'plab davlatlarida mashhur bo'lishiga zamin yaratgan. Bugungi kunda dunyo bozorida tabiiy tolalardan tayyorlangan buyumlarga bo'lgan o'sib borayotgan talabni hisobga olib, O'zbekiston yengil sanoati nafaqat paxta tolasini yetkazib beruvchi sifatida, balki to'qimachilik mahsulotlari, xususan, tayyor mahsulotlar eksportchisi sifatida ham jahon bozorida yetakchi pozitsiyalarni egallash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023
O'zbekiston Respublikasida yengil oziq-ovqat sanoati, ommaviy mashinasozlik klasterlarini shakllantirish uchun barcha sharoitlar mavjud. Respublikada mavjud ilmiy tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida zamonaviy texnologiyalarga oid bilim va ko'nikmalar bilan qurollantirilgan kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va uni ishlab chiqarish bilan korporativ hamkorlik klasterini shakllantirish dolzarb masala sanaladi [2].
Sanoat sohasidagi siyosatni samarali amalga oshirish, sanoatni innovatsion asosda tashkil etish, uni rivojlantirishda drayver va o'sish nuqtalarini belgilab olish, ishlab chiqarishga ilg'or texnologiyalarni jalb etish orqali sanoat tarmoqlari raqobatbardoshligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, "yashil texnologiya"larni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag'batlantirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, tashqi bozorlarda yuqori talabga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratish lozim.
Yangi erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish va mavjud hududlar faoliyatining samaradorligini ta'minlash, eksportni rag'batlantirish hamda ko'maklashish orqali uning nomenklaturasi va geografik makonini kengaytirish ustuvor vazifalardan biridir[1; 131-b].
XULOSA
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, bu mahsulotlar bilan aholini ta'minlash darajasi mintaqalarda turlicha ko'rinishga ega. Har bir mintaqaning tabiiy sharoiti, iqlimi, relefi hamda iqtisodiy salohiyati, aholisining milliy, yosh-jins kabi demografik ko'rsatkichlari bir-biridan farq qiladi hamda ular yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Mamlakatimizda yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va bu mahsulotlar bilan aholini ta'minlash turli omillarni hisobga olgan holda ish yuritishni talab qiladi. O'zbekistonning joylashgan tabiiy-iqtisodiy geografik o'rni, sharoiti va hududlarning demografik vaziyatini o'rganish asosida xalq yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. "O'zbekiston" Toshkent-2022
2. Abdullayev A. Oziq-ovqat sanoti shakllanishi va rivojlanishining iqtisodiy geografik xususiyatlari (Xorazm viloyati misolida). -Urganch "Quvanchbek-Mashhura" 2021
3. Azlarova M.M. Yengil sanoat texnologiyasi. Toshkent-Iqtisodiyot-2019.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
4. Ishmuhammedov A.E, Rahimova M.R. Mintaqaviy iqtisodiyot. Toshkent-Iqtisodiyot-2010
5. Nigmanov E. Iqtisodiy geografiya (jadvallarda). O'quv qo'llanma. Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2016
6. https://www.buxdu.uz