Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA INDUSTRLASHTIRISH MASALALARINING DAVRIY MATBUOTDAGI TALQINI'

O‘ZBEKISTONDA INDUSTRLASHTIRISH MASALALARINING DAVRIY MATBUOTDAGI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
840
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy chegaralanish / kooperativ / artel / mayda hunarmandlar / shirkat / qora moy / industrlashtirish / Sho‘r suv / Xovdog. / State border / Cooperative / Cooperative / Small artisans / Company / Fuel oil / Industrialization / Salt water / Khovdog.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mingnorov, A.

O‘tgan asrning 20-30 yillarida bolsheviklar siyosati oqibati tufayli yurtimiz boyliklari talon-taroj etildi. Natijada xalqimizning turmish darajasi esa yomonlashdi. Har qanday davrni xolisona o‘rganish uchun birlamchi manbaga murojat etish zarur. Shu nuqtai nazardan ushbu maqolada davriy matbuot materiallari orqali bolsheviklarning O‘zbekistonda olib borgan siyosati va industrlashtirish masalasi ochib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PERIODIC PRESS REVIEW OF INDUSTRIALIZATION IN UZBEKISTAN

In the 20s and 30s of the last century, as a result of the Bolshevik policy, the wealth of our country was plundered. As a result, the standard of living of our people has deteriorated. For an objective study of any period, it is necessary to refer to the original source. In this regard, this article, through periodicals, reveals the policy of the Bolsheviks in Uzbekistan and the issue of industrialization.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA INDUSTRLASHTIRISH MASALALARINING DAVRIY MATBUOTDAGI TALQINI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTONDA INDUSTRLASHTIRISH MASALALARINING DAVRIY MATBUOTDAGI TALQINI

A. Mingnorov

Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti O'zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi

O'tgan asrning 20-30 yillarida bolsheviklar siyosati oqibati tufayli yurtimiz boyliklari talon-taroj etildi. Natijada xalqimizning turmish darajasi esa yomonlashdi. Har qanday davrni xolisona o'rganish uchun birlamchi manbaga murojat etish zarur. Shu nuqtai nazardan ushbu maqolada davriy matbuot materiallari orqali bolsheviklarning O'zbekistonda olib borgan siyosati va industrlashtirish masalasi ochib berildi.

Kalit so'zlar: Milliy chegaralanish, kooperativ, artel, mayda hunarmandlar, shirkat, qora moy, industrlashtirish, Sho 'r suv, Xovdog.

В 20-е и 30-е годы прошлого века в результате большевистской политики были разграблены богатства нашей страны. В результате уровень жизни нашего народа ухудшился. Для объективного изучения любого периода необходимо обратиться к первоисточнику. В связи с этим в данной статье посредством периодических изданий раскрывается политика большевиков в Узбекистане и вопрос индустриализации.

Ключевые слова: Государственная граница, Кооператив, Кооператив, Мелкие ремесленники, Компания, Мазут, Индустриализация, Соленая вода, Ховдог.

In the 20s and 30s of the last century, as a result of the Bolshevik policy, the wealth of our country was plundered. As a result, the standard of living of our people has deteriorated. For an objective study of any period, it is necessary to refer to the original source. In this regard, this article, through periodicals, reveals the policy of the Bolsheviks in Uzbekistan and the issue of industrialization.

Keywords: State border, Cooperative, Cooperative, Small artisans, Company, Fuel oil, Industrialization, Salt water, Khovdog.

Yangi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish iqtisodiyotning aksariyat sohalarida

ijobiy o'zgarishlarga olib keldi. O'zbekiston sanoatida ham muayyan

607

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

muvaffaqiyatlarga erishildi. 1925 yil dekabr oyida VKP(b) XIV s'ezdi "sotsialistik industrlashtirish" yo'lini e'lon qiladi. O'zbekistonda ham sanoat qurilishini keng sur'atlarda jadallashtirish ilgari surildi. Chunki respublikamiz ham dunyo mamlakatlari orasida SSSRning iqtisodiy jihatdan agrar xususiyatga ega respublika bo'lgan bo'lsa, ikkinchi jihatdan, ittifoq ma'muriyati mana shunday holatlarni anglagan holda va rivojlangan mamlakatlarni quvib yetish maqsadida O'zbekistonda ham industrlashtirishga e'tiborni qaratdilar. Shuning uchun O'zbekistonda 1925 -1930 yillar oralig'ida sanoatning asosiy ishlab chiqarish fonlari, neft qazib chiqarish, metall ishlab chiqarish, yengil sanoat sohalari rivojlandi. O'z navbatida, sanoatni rivojlantirish uchun albatta respublikaning energetika bazasini kengaytirish talab qilinar edi. Shuning uchun Farg'ona, Samarqand, Toshkent viloyatlarida yangi elektr stansiyalari quriladi. 1924 - 1925 yilda davlat sanoati (paxta sanoatidan boshqa)27 mln so'mlik mol ishlab chiqargan, mahalliy sanoat 10 mln so'mlik, mayda sanoat esa 96 mln so'mlik mahsulot ishlab chiqargan. Milliy chegaralarga bo'lingan vaqtda O'zbekistonda kooperativlarga jalb qilingan mayda hunarmandlar 175 ta bo'lib, ular 15 ta artelga uyushgan edilar.

1925 yilning 1 may oyigacha kooperativga kirgan mayda hunarmandlar soni 5 901 taga yetdi. 1926 yilning 1 mayida 13 407 ta bo'ldi. Mayda kooperativlarga kirganlarning soni kundan-kun ortib bordi. Ammo keyingi vaqtda mayda xunarmandlarni kooperativga olish to'xtatiladi. Chunki, bir tomondan, mavjud bo'lgan kooperativlarni mustahkamlash zarur bo'lsa, ikkinchi tomondan, mayda hunarmandlarning xom ashyolariga bo'lgan ehtiyojlarini to'la qanoatlantirish mumkin emasligidir"1. Umumiy davlat sanoati O'zbekistonda dastlab 8 ta katta shirkat trest shaklida qurilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Umuman, inqilobgacha bo'lgan sanoatning ko'pi mayda korxonalardan iborat edi. Misol uchun paxta zavodlari sonlari:

1913 yilda - 199ta

1923 - 1924 yillarda - 24ta

1924 - 1925 yillarda - 40ta

1926 - 1927 yillarda - 41ta bo'lgan.

Birinchi jahon urushiga qadar butun paxta zavodlari 33mln pud xom paxta ishlash quvvatiga ega bo'lgan bo'lsa, 30 - yillarga kelib 41ta zavodning ishlab

1 Y36eKHCTOHga Manga caHoaT // y36eKHCTOH. - 1926. - № 111 (426).

608

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

chiqarish kuchi 30 mln.ga yaqinlashadi. Demak, paxta zavodlarimiz son jihatidan 23% tiklangan bo'lsa, xom ashyo ishlab chiqarish jihatidan 90% kuchga egadir.

1914 yilda 38ta yog' zavod 19 mln pud yog' ishlab chiqargan bo'lsa, 1926 -1927 yillarda 8ta yog' zavodi 16 mln pud yog' ishlab chiqarish kuchiga ega bo'lgan. O'rta hisob bilan avval har bir zavod 518 ming pud chigit chiqarsa, hozir har bir zavod 2 mln pud chigit chiqara boshladi. 1913 yilda har bir zavod o'rta hisobda 171 000 pud paxta chiqargan bo'lsa, 1926 - 1927 yilda o'rta hisobda 600 000 pudga yaqin paxta chiqargan.

Qora moy (neft) sanoatini kengaytirish, uning umumiy mahsulotini 1930 - 1931 yillarda 7 300 000 pudga yetkazish mo'ljallandi. O'zbekistonda neft sanoati ustida qilinayotgan ishlar xususida to'xtalib o'tamiz. 1926 - 1927 yillarda Qo'qondan 33 chaqirim uzoqlikda "Sho'r suv" degan joyda yangi qora moy koni topildi. "Xo'ja Nazar" degan joyda yangi (skvajina) moy quduqlari topilgan. Shunday qilib, moy konlari 4ta bo'ldi.

O'zbekistonda industrlashtirish ikki yo'l bilan ketishi kerak. Bir tomondan -ko'mir, neft va shunga o'xshagan og'ir sanoatni yuksaltirish bo'lsa, ikkinchi tomondan - bu sanoatning hosilini ishlab chiqarish ishini yuksaltirishimiz kerak. Chunki bu, bir tomondan, O'zbekistonni industrlashtirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, butun ittifoqni industrlashtirishga yordam qildi. O'zbekiston hammadan oldin ittifoq sanoatini yuksaltirishi, ittifoq sanoatini qishloq ro'zg'oridan chiqadigan xom ashyoga bo'lgan ehtiyojni yetarli ravishda ta'min qilish uchun xom ashyoni ko'proq chiqarishi kerak! Mana shuni ko'zda tutib ittifoqimizning tillasi Amerika va boshqa kapitalist mamlakatlarga ketib qolmasligi uchun paxta, jun va xom terini mumkin qadar ko'proq chiqarishga harakat qilish, qorako'l, ipak va shunga o'xshash qishloq ro'zg'or xom ashyosini ko'paytirib, ittifoqning bularga bo'lgan ehtiyojini ko'ngildagidek ta'min qilish choralarini ko'rish lozim"2, - ekanligi ta'kidlangan. "Paxta - ittifoq uchun muhim, edi. Shu maqsadda paxtaning ko'p qismini Farg'ona viloyati berar edi. Farg'ona viloyatida 11ta paxta zavodi, 36ta paxta olib turadigan mayda konturalar ishtirok etgan. 1924 yilda butun Farg'ona viloyatidan 3 814 vagon toza paxta markazga yuborilgan. 1925 yilning o'zida butun Farg'ona viloyatidan 4 444 vagon toza paxta markazga yuborilgan. Paxta tozalash kompaniyasida 26 ta zavod, 52 ta Amerika usulida qurilgan jin batariya, 278 ta oddiy jin va 20 900 ta jin arra ishlagan"3.

2Икромов А. "Индустрлаштириш сиёсатимиз" // Коммунист. - 1928. - №3. - Б.2-10.

3.Фаргонада пахта ишлари // Кизил Узбекистан. - 1926. - №23.

609

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Yuqoridagi manbadan sovet hukmron tizimi o'zining paxta mustaqilligiga O'zbekiston aholisining og'ir mehnati tufayli erishganligini ko'rish mumkin. Biroq respublika aholisining turmush darajasi og'irligicha qolaverdi.

F.Xo'jayev Toshkent viloyat sho'rolarining 2 - qurultoyida neft va ko'mir ishlab chiqarish bo'yicha shunday degan edi: "Toshkent, Samarqand va boshqa viloyatlarda ko'p zavodlarni yo'lga qo'ydik. Toshkentda katta qand zavodi ishlay boshladi. Yaqinda semint zavodi ishga tushiriladi, kelgusi yil boshida Farg'ona, Samarqandda ipak fabrikalari ochiladi. 1923 - 1924 yilda 954 ming pud qoramoy (neft) chiqarganmiz. 1924 - 1925 yilda qoramoy 1 mln 150 000 pud chiqarilgan. 1925 - 1926 yilda 1,5 mln pud qoramoy chiqarildi. Ko'mir sanoatiga kelsak, 1923 -1924 yilda 1 mln 450 000 pud chiqarilgan. 1924 - 1925 yilda 1 mln 900 000 pud chiqarilgan. 1925 - 1926 yilda 4 mln pud chiqarilgan"4ligi to'g'risida ma'lumot bergan edi.

Chimyon va Sho'rsuv neft konlari qaytadan qurildi va kengaytirildi. O'zbekiston og'ir sanoatining asosiy fondi urushgacha bo'lgan davr bilan solishtirilganda 14 marta, 1927 - 1928 yillarga qaraganda 4 marta ortdi. Sement zavodlarining mahsuloti 19 205 tonnadan 65 677 tonnagacha, metall ishlov sanoatning mahsuloti 6 320 000 so'mdan 14 415 000 so'mgacha ortdi. Agar bularni 1927 - 1928 yillar bilan solishtirganda birinchi besh yillikda elektr quvvat ishlab chiqarish 4 marta, neft ishlab chiqarish 2,5 marta, sement ishlab chiqarish 3,5 marta, metall ishlab chiqarish sanoati 6 marta oshdi. Shu davr ichida davlat sanoatining umumiy mahsuloti 224,2 dan 501,1 mln so'mgacha o'sdi. Industrlashtirishning tez o'sishi O'zbekiston iqtisodiy yuzini o'zgartirdi"5.

Akmal Ikromov O'zbekiston Kompartiyasi Markazqo'mining 5 plenumidagi ma'ruzasida sanoatlashtirish to'g'risida shunday ma'lumotlarni bergan edi: "Og'ir sanoat tezlik bilan o'smoqda. 1928 yilda sanoatga 1 mln so'm qo'yilgan bo'lsa, 1932 yilda 6 mln 315 ming so'm qo'yildi. Birinchi besh yillikning to'rtinchi yili ichida Farg'onadagi Katta moy zavodi, Selmash zavodi, bir nechta pillakashlik fabrikalari, Quvasoy sement zavodi, Farg'ona to'qima va momiq fabrikasi qurildi. Qodiriya elektr stansiyasi tomomlanmoqda. Hozir Chirchiqstroy, Tekstilstroylarni qurishga kirishdik. Bularning hammasi O'zbekistonni sanoatlash sohasidagi buyuk siljishlarni, sanoat bilan qishloq xo'jalik o'rtasidagi nisbatning o'zgarishini ko'rsatadi. Sanoatning tutgan o'rni ortmoqda"6.

4.TomKeHT bh^OST 2 ^ypyOTOHuga ®.Xy^aeB xyKyMaT ^HCO6HHH 6epgu // Krora Y36eKHCTOH. - 1926. - №120.

5 Xy^aeB M. "Y36eKHCTOHHHHr caHoaraam co^acu // KoMMyHHCT. - 1933. - №12. - E.27-32.

6 HKPOMOB AY36eKHCTOH MagaHHH KypHflHmHHHHr acocuH Macamrapu // Xygocro^ap. - 1932. - №9-10. - E.3-21.

610

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekistonda neft ishlab chiqarish xususida davriy matbuotda yana shunday ma'lumotni uchratish mumkin: "Trest O'rta Osiyoda milliy jumhuriyatlar tashkil qilingandan keyin 1925 yil 1 yanvarda tuziladi. Chimyon koni Farg'ona uezdida temir yo'l stansiyasidan janubga tomon 16 chaqirim joyda. Bu kondan 1904 yildan biri neft chiqarila boshlagan. Unda 71 ta neft qudug'i bo'lib, hozirgi kunda 30 ta quduqdan neft chiqarilmoqda. Quduqlarning o'rtacha chuqurligi 150 sarjin hisoblanadi. Yiliga 300 000 pud neft chiqariladi. Chimyon konida ishlovchi ishchi va xizmatchilar soni 350 kishi. Undan 70 foizi yerli xalq vakillari"7 hisoblanadi.

O'tgan asrning 30 - yillarida neft sanoati ham sezilarli darajada o'sdi. "1926 yilda Qo'qondan 30 km uzoqlikdagi masofada bo'lgan Sho'rsuv neft kon i topiladi. 1927 - 1928 yillarda undan 11 ming tonna neft olindi. Chimyonda ikkinchi besh yillikning boshigacha mahsulot 10 ming tonnaga yetmas edi. O'zbekiston neft sanoatining yuksalish davrini 1933 yildan hisoblasa bo'ladi. Bu paytda Chimyon neft maydonida yangi neft manbalari topildi. Farg'ona vodiysining shimoli-g'arbiy burchagi: Qo'qon va Namangan orasida Chust-Pop rayonida neft manbalari paydo bo'ldi. 1934 yilning fevralida O'zbekistonning janubida Jarqo'rg'on temir yo'l stansiyasidan 10km uzoqlikda Xovdog degan joyda kuchli neft bulog'i topiladi. Bu yangi neft manbaning hajmini Sho'rsuvniki bilan taqqoslasak, Sho'rsuvning maydoni 30 gektar bo'lsa, Xovdogniki 600 gektarligi taxmin qilindi. Buni ko'rgan O'rta Osiyo neft trest rahbariyati barcha e'tiborni ushbu rayonga qaratdi. Natijada Xovdog rayonida yana 4ta neft maydoni paydo bo'ldi. Xovdog bilan temir yo'l o'rtasida neft quvuri o'tkazildi. 1935 yilning may oyidan boshlab Xovdog neft berishni boshladi. Bu manba iyun oyida 6 ming tonna neft berdi. Bu vaqtda Chimyon bilan Sho'rsuv konlarining bergan nefti 5 ming tonnagacha edi. 1935 yilda O'zbekistonda 143 ming tonna neft olindi. (1933 yilda 34 ming tonna, 1934 yilda esa 43 ming tonna neft olingan edi.) O'zbekistonda 1927 yilda 10 ming tonna neft chiqarib olingan bo'lsa, 1937 yilda buning miqdori 1 mln tonnadan oshdi"8.

O'zbekistondagi sanoatning turli yo'nalishlaridagi ijobiy o'sish sur'atini quyidagi manbalardan ham ko'rish mumkin.

Ming so'm hisobida

Korxonalar 1935 yil 1936 yil O'sish % hisobida

Og'ir sanoat 31400 465451 45,0

(jumladan) Energetika 9723 11396,1 17,2

7 . Узбекистоннинг ер ости бойликлари. // Ер юзи. - 1926. - №1-3. - Б.3.

8 Загорский К. Узбекистонда нефть саноати // Гулистон. - 1935. - №6. - Б. 45.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Pillachilik fabrikasi 19043 22539 32

To'qimachilik 10714 23891 123,0

Junli sanoat korxonalari 364200 497903,3 37,8

Oziq ovqat sanoati 123800 163187,0 31,8

Konserva zavodlari 11612,1 10874,1 79,8

Go'sht ishlab chiqarish korxonalari 13361,7 18078,2 35,3

Poyabzal korxonalari 20362 29746 46,5

Aroq-vino zavodlari 18394 23675,4 44,49

"O'zbekiston sanoati 1936 yilgi topshiriqlarni 6,3 foizga oshirib bajardi. O'zbekiston sanoati planga muvofiq 1 mlrd 125 mln so'mlik mahsulot o'rniga 1 mlrd 195 mln so'mlik mahsulot berdi. O'zbekiston sanoati mamlakatga 1935 yilga nisbatan 40 % dan ortiq berdi. Neft sanoati 1937 yilda berishi lozim bo'lgan mahsulotni 1936 yilda oshirib bajardi. Metall ishlab chiqarish sanoati va sanoat kooperatsiyasiga qarashli sanoat pragrammalari ham oshirib bajarildi. Ipakchilik sohasida ham 1937 yilda 1932 yilda yig'ilgan pilladan ikki martaba ortiq bajarildi. Toshkentdagi F.Xo'jaev nomli oyoq kiyim fabrikasi 1936 yilda 1 mln 826 ming juft oyoq kiyim chiqargan bo'lsa, 1937 yilda esa 2 mln 955 ming juft mahsulot chiqardi 1937 yilda O'zbekistonning butun xalq daromadi 1 mlrd 937 mln so'mga yetib, 1936 yilga qaraganda 19,2 foizdan ortiq bajargan"10.

Akmal Ikromov O'zbekiston K(b)P Markazqo'mida bergan hisobotida sanoat tarmoqlari xususida shunday deydi: "Sanoat mahsuloti 1913 yilda 120 mln so'mga borgan bo'lsa. hozir uning mahsuloti 417 mln so'mga yetib, to'rt barabar o'sdi. Og'ir sanoat 6 barabar o'sdi. Energitika (birinchi besh yillikda) 3,5 barobar o'sdi. Paxta mahsuloti 1928 yilda 518 ming tonna edi, endi 815 ming tonnaga yetdi. Ipak mahsuloti 20 foiz o'sdi. 1930 yilda O'zbekistonda dehqon xo'jaliklarining 34,4 foizi kollektivlashib, kolxozlar paxta mahsulotlarining 24 foizini berar edi. Endi esa qishloq xo'jaliklarining 77,5 foizi kolxozlarga uyushib, bu kolxozlar paxta mahsulotining 86 foizini bermoqda. O'zbekiston byudjeti 1930 yilda 131 mln so'm bo'lgan bo'lsa, 1933 yilda yarim mlrd so'mga bajarib, 4 barabar o'sdi. RSFSR ning davlat byudjeti 1930 - 1933 yil orasida 1,7 foiz o'sgan bo'lsa, O'zbekiston SSRning byudjeti 117 foiz o'sdi. Energetika sanoati mahsuloti 3 barobar, neft chiqarish sanoati mahsuloti 2,5 barobar, metall ishlaydigan sanoat mahsuloti 6 barobar, sement sanoat mahsuloti 3,5 barobar, g'isht sanoat mahsuloti 3 barobar, ohak sanoat mahsuloti 8

9 Конангисар. 1936 йилда Узбекистан саноати // Коммунист. - 1937. - №1. - Б. 69-73.

10 Моор. УзССР нинг 1937 йилги халк хужалик плани // Коммунист. - 1937. - №2. - Б. 106-115.

612

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

barobar o'sdi. 13 ming kilovatt quvvatga ega bo'lgan Qadriya elektrostansiyasi, 13,3 ming kilovatt quvvatga ega bo'lgan Farg'ona elektrostansiyasi, 53 mln so'mlik mahsulot chiqarish quvvatiga ega bo'lgan Tashselmash zavodi qurildi.430 ming kubmetr kislorod chiqaradigan Toshkent kislorod zavodi, 720 ming bochka sement ishlab chiqaradigan Quvasoy sement zavodi, 420 ming tonna ohak ishlab chiqaradigan Quvasoy ohak zavodi, 20 ming tonna ohak chiqaradigan Jizzax ohak zavodi, har qaysisi 10 ming donadan g'isht chiqaradigan (Toshkentda) 9 ta g'isht zavodi, bir yilda 250 ming dona katta teri tayyorlaydigan Toshkentdagi Run (RON) to'rtinchi ko'n zavodi, 19 900 urchuqli va 960 to'qish dastgohi bo'lgan Farg'ona to'qimachilik fabrikasi, bir yilda 2,5 ming tonna qog'oz chiqaradigan Toshkent qog'oz fabrikasi quriladi"11.

XULOSA

Fayzulla Xo'jayev O'zbekiston sovetlarining V qurultoyidagi ma'ruzasida industrlashtirish sohasidagi asosiy yutuqlarni shunday tasvirlaydi: "Biz to'qimachilik, ipakchilik, tikuvchilik, binokorlik, energitika, kimyo va yoquv ashyolari sanoatlarini qurishda katta muvaffaqiyatlarga egamiz. Neft korxonalarining mahsulotlarini orttirishda zo'r yutuqlar qo'lga kiritildi. Juda yirik elektr kimyo kombinati Chirchiqstroy qurilishi, Stalin nomidagi to'qimachilik kombina- tining 1-navbatdagi korxonalarining ishga tushishi O'zbekistondagi sanoat qurilish yutuqlarining yaqqol namunasidir"12, degan edi. Yuqoridagi ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, o'tgan asrning 20-30 yillarida bolsheviklar dunyoning rivojlangan davlatlaridan sanoat va qishloq xo'jalik mahsulotlari bo'yicha ortda ekanligini hisobga olib, nafaqat markaziy shaharlarda, balki milliy respublikalardan biri hisoblangan O'zbekistonda ham ushbu mahsulotlarni ko'paytirganliklarini ko'rsatmoqda.

REFERENCES

1. Икромов А. Узбекистан К(б)П.Марказкумининиг хдсоботи // Китоб ва инкилоб. - 1934. - № 1. - Б. 11-53.

2. Хужаев Ф. Социалистик Узбекистон ривожланаяжак ва гуллаяжак. Маданий инкилоб. - 1935. - №4.

3. Конангисар. 1936 йилда Узбекистон саноати // Коммунист. - 1937. - №1. -Б. 69-73.

4. Моор. УзССР нинг 1937 йилги халк хужалик плани // Коммунист. - 1937. -№2. - Б.106-115.

11 Икромов А. Узбекистон К(б)П.Марказкумининиг ^исоботи // Китоб ва инкилоб. - 1934. - № 1. - Б.11-53.

12.Хужаев Ф. Социалистик Узбекистон ривожланаяжак ва гуллаяжак. Маданий инкилоб. - 1935. - №4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.