Научная статья на тему 'COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XITOY XALQ RESPUBLIKASI VA KOREYA RESPUBLIKASI BILAN ALOQALARI'

COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XITOY XALQ RESPUBLIKASI VA KOREYA RESPUBLIKASI BILAN ALOQALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
347
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Covid-19 Pandemiyasi / Xitoy / Koreya Respublikasi / eksport / investitsiya / import / diplomatik / hamkorlik / turizm / gumanitar yordam. vaksina / the Covid-19 Pandemic / China / Republic of Korea / export / investment / import / diplomatic / cooperation / tourism / humanitarian aid / vaccine.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdusalomov, Raximjon

Ilmiy maqolada Covid-19 pandemiyasi davrida O’zbekistonning asosiy hamkor davlatlaridan bo’lgan Xitoy va Koreya Respublikasi bilan aloqalari statistik va ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan va pandemiyaning ushbu mamlakatlar bilan munosabatlardagi salbiy va ijobiy jihatlari qiyosiy tahlil asosida yoritib berilgan. O’zbekiston Respublikasining Xitoy va Koreya Respublikasi bilan iqtisodiy-siyosiy va diplomatik munosabatlari Pandemiya boshlanishidan avvalgi bir necha yilda hamda Pandemiya davrida qanday darajada rivojlangani, Pandemiyaning o’zaro savdo-iqtisodiy aloqalarga ta’siri tahlil etilgan. Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasi O’zbekistonning eng asosiy iqtisodiy-siyosiy va diplomatik sheriklaridan bo’lib, Pandemiyaning o’zaro aloqalarga ta’sirini o’rganish Pandemiyaning ta’sirini kamaytirishga, Iqtisodiy inqirozni birgalikda yengib o’tishga, turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RELATIONS BETWEEN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THE PEOPLE'S REPUBLIC OF CHINA AND THE REPUBLIC OF KOREA DURING THE COVID-19 PANDEMY

The scientific article analyzes Uzbekistan’s relations with China and the Republic of Korea, two of its main partners during the Covid-19 pandemic on the basis of statistical and scientific sources, and compares the pros and cons of the pandemic on relations with these countries. The development of economic, political and diplomatic relations of the Republic of Uzbekistan with China and the Republic of Korea were analyzed in the years before and during the pandemic, as well as the impact of the pandemic on trade and economic relations. The People’s Republic of China and the Republic of Korea are among the most important economic, polititical and diplomatic partners of Uzbekistan, the studying of impact of the pandemic on relations with these countries helps to reduce the impact of the pandemic, to overcome the economic crisis together, to further develop cooperation in various fields.

Текст научной работы на тему «COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XITOY XALQ RESPUBLIKASI VA KOREYA RESPUBLIKASI BILAN ALOQALARI»

Scientific Journal Impact Factor

COVID-19 PANDEMIYASI DAVRIDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XITOY XALQ RESPUBLIKASI VA KOREYA RESPUBLIKASI BILAN ALOQALARI

Abdusalomov Raximjon

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti Jahon tarixi kafedrasi 2-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: PhD Bahrom Xaynazarov

Ilmiy maqolada Covid-19 pandemiyasi davrida O 'zbekistonning asosiy hamkor davlatlaridan bo 'lgan Xitoy va Koreya Respublikasi bilan aloqalari statistik va ilmiy manbalar asosida tahlil etilgan va pandemiyaning ushbu mamlakatlar bilan munosabatlardagi salbiy va ijobiy jihatlari qiyosiy tahlil asosida yoritib berilgan. O 'zbekiston Respublikasining Xitoy va Koreya Respublikasi bilan iqtisodiy-siyosiy va diplomatik munosabatlari Pandemiya boshlanishidan avvalgi bir necha yilda hamda Pandemiya davrida qanday darajada rivojlangani, Pandemiyaning o'zaro savdo-iqtisodiy aloqalarga ta 'siri tahlil etilgan.

Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasi O'zbekistonning eng asosiy iqtisodiy-siyosiy va diplomatik sheriklaridan bo 'lib, Pandemiyaning o 'zaro aloqalarga ta'sirini o'rganish Pandemiyaning ta'sirini kamaytirishga, Iqtisodiy inqirozni birgalikda yengib o 'tishga, turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: Covid-19 Pandemiyasi, Xitoy, Koreya Respublikasi, eksport, investitsiya, import, diplomatik, hamkorlik, turizm, gumanitar yordam. vaksina

The scientific article analyzes Uzbekistan's relations with China and the Republic of Korea, two of its main partners during the Covid-19 pandemic on the basis of statistical and scientific sources, and compares the pros and cons of the pandemic on relations with these countries. The development of economic, political and diplomatic relations of the Republic of Uzbekistan with China and the Republic of Korea were analyzed in the years before and during the pandemic, as well as the impact of the pandemic on trade and economic relations.

The People's Republic of China and the Republic of Korea are among the most important economic, polititical and diplomatic partners of Uzbekistan, the studying of impact of the pandemic on relations with these countries helps to reduce the

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Scientific Journal Impact Factor

impact of the pandemic, to overcome the economic crisis together, to further develop cooperation in various fields.

Keywords: the Covid-19 Pandemic, China, Republic of Korea, export, investment, import, diplomatic, cooperation, tourism, humanitarian aid, vaccine.

В научной статье на основе статистических и научных источников анализируются отношения Узбекистана с Китаем и Республикой Корея, двумя его основными партнерами во время пандемии Covid-19, и сравниваются плюсы и минусы пандемии в отношениях с этими странами. . Было проанализировано развитие экономических, политических и дипломатических отношений Республики Узбекистан с Китаем и Республикой Корея в годы до и во время пандемии, а также влияние пандемии на торгово-экономические отношения.

Китайская Народная Республика и Республика Корея являются одними из важнейших экономических, политических и дипломатических партнеров Узбекистана, изучение влияния пандемии на отношения с этими странами помогает снизить влияние пандемии, преодолеть экономический кризис. вместе для дальнейшего развития сотрудничества в различных сферах.

Ключевые слова: пандемия Covid-19, Китай, Республика Корея, экспорт, инвестиции, импорт, дипломатия, сотрудничество, туризм, гуманитарная помощь, вакцина.

2019-yilning dekabrida Xitoyning Uxan shahrida boshlangan va 2020-yil 11-martda Jahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti tomonidan Pandemiya deb belgilangan Covid-19 nafaqat insonlarning kundalik hayot tarziga, balki butun dunyo davlatlari o'rtasidagi iqtisodiy, siyosiy diplomatik va boshqa aloqalarga katta ta'sir ko'rsatdi. Bir tomondan Covid-19 Pandemiyasi juda ko'plab sohalarga zarar yetkazgan, davlatlar o'rtasidagi savdo-iqdisodiy aloqalarning pasayishiga, chegaralarning yopilishiga sabab bo'lgan bo'lsa, boshqa tomondan Pandemiya davlatlarning Pandemiya va uning oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiy inqirozdan chiqish borasida hamkorlikni kuchaytirishiga sabab bo'ldi. Bu O'zbekiston Respublikasining asosiy savdo-iqtisodiy va siyosiy hamkorlaridan bo'lgan Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasi bilan aloqalarida yaqqol sezildi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

O'zbekiston Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlar matbuotida Covid-19

pandemiyasining turli davlatlar o'rtasidagi iqtisodiy-siyosiy, diplomatik aloqalarga,

246

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

global iqtisodiyot, turizm va boshqa sohalarga ta'siri to'g'risida turli ilmiy maqolalar va tadqiqotlar bo'yicha ma'lumotlar berib borilmoqda. Bundan tashqari juda ko'plab internet saytlari, axborot agentliklari O'zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Rspublikasi bilan turli sohalardagi aloqalari haqidagi yangiliklarni muntazam yoritib bormoqda. Ammo shu paytgacha Pandemiya davrida O'zbekiston va ushbu hamkor mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarga bag'ishlangan umumlashtiruvchi tadqiqotlar e'lon qilingani yo'q.

Shunga qaramasdan mavzu bo'yicha ekspertlar tomonidan bir qancha tadqiqotlar e'lon qilinganligini ta'kidlash joiz. Xususan ekspert Oleg Limanovning "Uzbekistan -China Relations During the Covid-19 Pandemic" analitik maqolasida asosan Pandemiyagacha bo'lgan umumiy sohalardagi hamkorlik tahlil etilgan hamda Pandemiyaning O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarga ta'siri yoritilgan.

Bundan tashqari i.f.d., prof. Raximova Dilfuzaning "Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga va O'zbekistonning iqtisodiy hamkor mamlakatlariga ta'siri" maqolasida koronavirus pandemiyasigacha bo'lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish va Pandemiyaning O'zbekiston va asosiy hamkor mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta'siri tahlil etilgan. Lekin shuni aytish kerakki ushbu maqola ko'proq iqtisodiy ahamiyatga egadir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Birinchi navbatda Pandemiya O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga katta zarar yetkazdi. Bu birinchi navbatda mintaqaning balki butun dunyoning eng katta bozoriga aylanib borayotgan Xitoy Xalq Respublikasida sanoat ishlab chiqaruvining pasayishi oqibatida turli xomashyoga talabning kamayib ketishi natijasida sodir bo'ldi. Davlat statistika qo'mitasi tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra 2019-yilda O'zbekistonning umumiy tashqi savdosi 41 mlrd 751 mln AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, 2020-yilda pandemiya ta'sirida 36 mlrd 299 mln 300 ming AQSh dollarigacha kamaydi. Shundan eksport 17 mlrd 458 mln 700 ming AQSh dollaridan 15 mlrd 127 mln 700 ming dollargacha tushib ketdi. Import hajmi esa 24 mlrd 292 mln 300 ming AQSh dollaridan 21 mlrd 171 mln 500 ming dollargacha kamaydi. Xitoy Xalq Respublikasiga eksport hajmi 2019-yilda 2 mlrd 528 mln 749 ming AQSh dollarini tashkil etgan bo'lsa, 2020-yilda 1 mlrd 937 mln 53 ming dollarga kamaydi. Koreya Respublikasiga eksport hajmi ikki baravarga kamayib, 2019-yildagi 102 mln 891 ming dollardan 2020-yil 51 mln 337 ming dollarga tushdi. Xitoy Xalq Respublikasidan import hajmi mos ravishda 5 mlrd 108 mln 629 ming dollardan 4 mlrd 501 mln 121 ming dollargacha tushdi. Koreya Respublikasidan

247

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

import hajmi 2019-yilgi 2 mlrd 664 mln 820 ming dollardan 2020-yilda 2 mlrd 99 mln 371 ming dollarga pasaydi [1]

O'zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi (mln dollar hisobida)[2]

Davlatlar 2018-y 2019-y 2020-y

Xitoy Xalq Respublikasi 6 433,5 7 637,4 6 432,2

Koreya Respublikasi 2 159,1 2 767,7 2 142,4

Lekin shuni aytish kerakki o'tgan 3 yil davomida Xitoy Xalq Respublikasi O'zbekistonning eng katta savdo sherigi maqomini saqlab qoldi.Pandemiyadan oldin ikkitomonlama savdo hajmi bir yilda o;rtacha 30-40 foizga o'sdi. 2020-yilda Covid-19 kelib chiqishi natijasida esa o'zaro savdoda kichik pasayish yuz berdi. Bundan tashqari Xitoy O'zbekiston uchun eng katta bozor bo'lib turibdi. O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra 2020-yil Xitoy bilan savdo O'zbekiston tashqi savdosining 12,8 foizini tashkil etdi.[3]

Yaqin vaqtgacha Strategik materiallar qatoriga kiruvchi deb qaraladigan tovarlar (tabiiy gaz, mis, uran, paxta tolasi, mineral o'g'itlar ) savdosi O'zbekiston va Xitoy iqtisodiy hamkorligining eng daromadli yo'nalishi bo'lib qolmoqda edi. Ushbu turdagi tovarlar savdosi O'zbekiston eksportining 50 foizidan ko'proq qismini tashkil etadi. Xitoy uchun bu tovarlarning ichida eng muhimi tabiy gaz bo'lib 2011-yildagi ikki davlat o'rtasidagi o'zaro shartnomaga ko'ra 25 yilga yetkazib berish mo'ljallangan. Shuningdek Szin Pinning 2013-yil sentyabrda O'zbekistonga davlat tashrif davomida tomonlar O'zbekiston-Xitoy gaz quvurini qurish bo'yicha Protokol imzolangan bo'lib bu quvur 25 mlrd kub metr gaz o'tkazish quvvatiga ega bo'lishi mo'ljallangan edi va bu Markaziy Osiyo_XXR o'rtasidagi sig'imi bo'yicha to'rtinchi gaz quvuri hisoblanadi. Bularning barchasi Xitoyning mintaqaviy gaz tranportirovka sohasida siyosatida O'zbekistonning roli oshayotganini ko'rsatmoqda.[4]

Bundan tashqari Koronavirus pandemiyasining tashqi bozorlarga ta'siri sababli O'zbekistonda olinadigan tabiiy gazning Xitoyga eksporti 3 baravarga qisqardi. 2019-yilgacha har yili Xitoyning TAPLINE CNPC va O'zbekneftgaz orasida Turkmaniston-O'zbekiston-Qozog'iston-Xitoy gazotransport tizimi orqali 35-38 mlrd kubometr gaz transportirovka qilinadi. 2020 yilga gaz yetkazib berish bo'yicha shartnomalarga ko'ra, Xitoyga 2-6 mlrd kubometr atrofida gaz eksport qilish rejalashtirilgan edi.[5]

Scientific Journal Impact Factor

2020-yil 1-fevraldan boshlab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig'i bilan Xitoy bilan avialoqa to'xtatildi. Topshiriqqa ko'ra Xitoyda tarqalgan koronavirus O'zbekistonga kirib kelishining oldini olish va epidemiya tarqalgan hududdan fuqarolarni vatanga qaytarish bo'yicha hukumat komissiyasi tuzilgan bo'lib, topshiriqqa muvofiq barcha turdagi parvozlar to'xtatilgan. 2020-yil 15- martda O'zbekistonda dastlabki koronavirus bilan kasallangan bemor aniqlangandan so'ng Koreya Respublikasi va boshqa davlatlar bilan ham aviaparvozlar to'xtatildi va O'zbekiston chegaralari sayyohlar uchun yopildi. Shubhasiz Pandemiyaning jadal rivojlanib borayotgan turizm sohasiga ham jiddiy ta'siri kuzatildi. Xususan 2018-yil birinchi choragida Xitoydan 6,1 ming, Koreya Respublikasidan 5,1 ming sayyoh tashrif buyurgan bo'lsa 2019-yilning shu davrida bu raqamlar o'sib Xitoylik sayyohlar soni 9,4 ming koreyalik sayyohlar soni 6, 8 ming kishiga ko'paygandi. Lekin Pandemiya ta'sirida bu raqamlar kamayib 2020-yilning birinchi choragida Xitoylik sayyohlar 3,7 ming Koreya Respublikasidan tashrif buyurganlar 5,2 ming kishini tashkil etdi. Umuman olganda 2016-yilda O'zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlar 2 mln bo'lgan bo'lsa, 2019-yil ularning soni 3,3 barobarga ko'payib, 6,7 millionga yetdi. Lekin Pandemiya ta'sirida O'zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni 1,5 millionga tushib ketdi.

Pandemiya O'zbekiston Respublikasining Xitoy va Koreya Respublikasi bilan tibbiyot sohasidagi hamkorligi rivojlanishiga ijobiy ta'sir qildi. Bu nafaqat O'zbekiston Respublikasining ushbu mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy hamkorligi rivojlanayotganidan balki bu mamlakatlat bilan diplomatik aloqalrning mustahkamlanayotganidan darak beradi. Chunki ko'plab olimlar ta'kidlaganidek Pandemiyani yengishda, insonlarning kundalik hayot tarzlari va iqtisodiyotning tiklanishi samarador vaksinalarning yaratilishi va aholini emlash jarayonig a bog'liq bo'lib qoldi. Bundan tashqari Pandemiya sharoitida yaratilgan samarador vaksinalarning katta zaxirasi boy va rivojlangan davlatlar tomonidan egallab olinishi jarayoni kuzatilib O'zbekiston kabi rivojlanayotgan davlat uchun sifatli vaksinani imtiyozli narxlarda olish muhim ahamiyat kasb etardi.Xususan O'zbekiston Respublikasining Xitoydagi elchisi Baxtiyor Saidov va "Sinopharm Group" boshqaruv raisi Lyu Szinchen o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida Xitoy koronavirusga qarshi vaksinani sinash jarayonida O'zbekiston bilan hamkorlikka tayyorligi ma'lum qilindi.

Sinopharm Group" rahbari bilan uchrashuv chog'ida Covid-19 pandemiyasi sharoitida farmasevtika sohasida, dorivor o'simliklar xomashyosini qayta ishlash va

Scientific Journal Impact Factor

O'zbekiston hududida dori-darmon vositalari ishlab chiqarish bo'yicha loyihalarni hayotga tadbiq etish borasidagi o'zaro hamkorlikning istiqbollari muhokama etildi.[6]

2020-yil 7-may sanasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda ikki tomonlama hamkorlikka doir va xalqaro ahamiyatga molik masalalar ko'rib chiqildi. Davlat rahbarlari koronavirus infeksiyasiga qarshi davom etayotgan kurashning eng murakkab davrida ko'rsatilgan o'zaro ko'mak va gumanitar yordamni katta mamnuniyat va minnatdorlik bilan qayd etdilar.

Aprel oyining ikkinchi yarmida ushbu xavfli virus bilan kasallanganlarni aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish sohasida Xitoyning ulkan amaliy tajribaga ega yetakchi vrachlari guruhi mamlakatimizda bo'ldi.

O'zbekiston Prezidenti xitoylik mutaxassislar yuksak professional mahorat namoyish etganliklari, ularning mamlakatimiz hududlaridagi mashaqqatli mehnatini alohida ta'kidladi.[7]

Ikki mamlakat sog'liqni saqlash va saniatriya-epidemiologiya nazorati sohasidagi idorali o'rtasida faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Shuningdek siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliya, energetika,qishloq xo'jaligi, ransport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa muhim yo'nalishladagi hamkorlikning holati va uni kengaytirish istiqbollari batafsil muhokama qilindi.

Bungacha Koronavirus tarqalishining dastlabki jarayonida 2020-yil 12-fevral kuni O'zbekiston tomoni Xitoy Xalq Respublikasiga Covid-19 tarqalishiga qarshi shaxsiy himoya vositalaridan iborat gumanitar yordam jo'natgan edi. Shu yilning 3 -mart sanasida ikkinchi insonparvarlik yordami Urumchi shahriga yetkazib berildi.

O'zbekiston Respublikasi hududida Covid-19 epidemiyasi aniqlangach Xitoy Xalq Respublikasi ham bir necha bor insonparvarlik yordamlarini jo'natdi. Jumladan 2020-yil 29-martida Xitoyning "Norinko", "Viyek Tochmash", "Xaytera", "Poli Texnoloji" va boshqa mudofaa sanoati kompaniyalari O'zbekistonga 20 tonna tibbiy buyumlarni insonparvarlik yordami sifatida yubordi.[8] Bundan tashqari 2020-yil 29-aprel va 13-may sanalarida Xitoy ikki marta insonparvarlik yordamlarini jo'natdi.

Shuningdek Koreya Respublikasi 2020-yil 26- aprel sanasida umumiy qiymati 900 ming dollarga yaqin 6,2 tonna og'irlikdagi yuqori texnologik tibbiy uskunalar, Avtomat mexanizmli tibbiy karovatlar va dignostika test tizimlari joy olgan insonparvarlik yordamini yetkazib berdi. Insonparvarlik yordami umumiy 34 tonnaga yaqin bo'lib, 192-ming dollarlik ikkinchi partiyasi 2020-yilning 10-may kuni

Scientific Journal Impact Factor

Toshkentga yetib keldi. Bundan tashqari 23-may sanasida 2020-yilning oktyabr oylarida ham Koreya Respublikasidan gumanitar yordamlar jo'natildi. Gumanitar yordamlar uchun mablag'larni jalb qilishda, yuklarni yetkazib berishni tashkillashtirishda O'zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasidagi elchixonasi va turli hamkor kompaniyalar, Koreya Respublikasida tehsil oluvchi talabalar va mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchi O'zbekistonlik migrantlar ham faol ishtirok etdilar.

O'zaro insonparvarlik yordamlarining almashinuvi O'zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasi bilan do'stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim o'rin tutadi. Birinchidan bu gumanitar yordamlar koronavirus epidemiyasining oldini olishda muhim rol o'ynagan bo'lsa ikkinchidan o'zaro munosabatlar faqatgina iqtisodiy manfaatdorlikka asoslanmaganiga isbot bo'lib xizmat qildi.

O'zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi munosabatlarda O'zbekiston hududida yashovchi ko'p sonli koreys diasporasining o'rni beqiyos bo'lib Pandemiya davrida ham bu muhim rol o'ynadi. O'zbekiston hududida koreys millati vakillarining 31 ta milliy madaniy markazi faoliyat olib bormoqda.[9]

Keyinchalik 2020-yilning noyabr oyida O'zbekiston Respublikasi Innovatsiya vazirligi Xitoy tomoni bilan Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinaning klinik sinovlarining 3-bosqichi O'zbekistonda ham 5ming nafar ko'ngillida o'tkazilishi haqida kelishib olingani haqida ma'lumot tarqatdi. Unga ko'ra sinovlar muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda O'zbekiston vaksinani imtiyozli narxlarda sotib olish huquqiga ega bo'lishi va vaksina Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga O'zbekiston orqali tarqatilishiga kelishib olindi.[10] Keyinchalikushbu sinov jarayonlari O'zbekistonda muvaffaqiyatli o'tkazildi va O'zbekiston ushbu vaksinaning hammuallifiga aylandi. 2021-yil 27- mart sanasida Xitoydan 1 million dozada Xitoy-O'zbekiston hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi yetkazib berildi.

Pandemiya ta'sirida turli xalqaro sammitlar, davlat rahbarlari, hukumat vakillari va turli idoralar o'rtasidagi uchrashuvlar ham masofadan turib o'tkazila boshlandi. Masalan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In taklifiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 30-oktabrda Shimoliy Iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etib masofadan turib nutq so'zladi.[11] Shavkat Mirziyoyev ushbu forum ishini yuqori baholab pandemiyaga qarshi kurashish borasida quyidagi takliflarni berib o'tdi:

Scientific Journal Impact Factor

-Koreya kompaniyalari bilan birgalikta tashkil etilayotgan farmasevtika klasteri negizida samarali vaksina va zardoblar, kasalliklarni tez va aniq taqsimlash tizimlarini ishlab chiqish;

-Zamonaviy labarotoriyalar tashkil etish va chegaralarimizdagi sanitariya nazorat punktlarini modernizatsiya qilish;

-Koreya Respublikasining yetakchi oliy ta'lim muassasalari ishtirokida epidemiolog va virusolog vrachlarni tayyorlash;

-tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish korxonalarini tashkil etish; -mintaqada epidimiologik vaziyatni monitoring qilish va barvaqt prognozlashtirishning integratsiyalashgan tizimini joriy etish;

Bundan tashqari 2020-yilning 13-aprel sanasida va 6-oktyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan telefon orqali muloqot qildi. 6- oktyabrdagi muloqot chog'ida Koronavirusning global miqyosda tarqalishining keng ko'lamli O'zbekiston-Koreya aloqalari uchun oqibatlarini kamaytirish maqsadida turli darajalarda faol hamkorlik va muntazam samarali muloqotni davom ettirish muhim ekanligi ta'kidlandi.

Xususan Prezidentlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, o'zaro Tovar ayirboshlashni kengaytirish va hamkorlikni kuchaytirish uchun qulay shart-sharoitni shakllantirish, shu jumladan, zarur huquqiy bazani mustahkamlash va ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surishga ko'maklashish masalalarini ko'rib chiqdilar.[12]

2021-yil 28-yanvarda esa Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o'tkazdi. Ta'kidlash kerakki Pandemiya davrida bunday videoanjumanlar, va telefon suhbatlari soni ortib bordi.

Koreya Respublikasi va O'zbekiston iqtisodiy hamkorligining muhim jihatlaridan yana biri bu mehnat migrantlari masalasidir. Ma'lumki jadal rivojlanayotgan Koreys iqtisodiyoti mehnat resurslariga ehtiyoj sezib kelmoqda. O'z navbatida O'zbekiston uchun fuqarolarini yuqori daromadli, huquqiy himoyasi ta'minlangan ish o'rinlari bilan ta'minlash muhim o'rin tutadi. . 2011 -yil 23-avgust sanasida ikki mamlakat hukumatlari o'rtasida bu masalaga oid bitim imzolanib mehnat migrantlarining huquqiy himoyasi mustahkamlab qo'yilgan edi. Birgina 2019-yil 4058 nafar O'zbekiston fuqarosi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasidagi turli korxona va firmalarga ishga joylashtirilgan bo'lsa 2020-yil Covid-19 pandemiyasi tufayli bu ko'rsatkich 242 kishini tashkil qilgan.[13]

So'ngi 10 yillikda O'zbekistonning Xitoy va Koreya Respublikasi bilan iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligining rivojlanib borishi va o'zaro savdoning

Scientific Journal Impact Factor

barqaror o'sishiga qaramasdan O'zbekiston uchun bir nechta salbiy jihatlar ham ko'rinmoqda. Bular orasida o'zaro ikkitomonlama savdoning Xitoy foydasiga salbiy saldoda o'sishini hamda O'zbekiston iqtisodiyotining ba'zi sohalarida (telekommunikatsiya, bank va qishloq xo'jaligi) Xitoy texnologiyalarining ulushi ortishini ko'rish mumkin.[14]

Xitoyning 1992-yildan beri O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan to'g'ridan-to'g'ri sarmoyasi allaqchon 9 mlrd AQSh dollardan oshgan bo'lishiga qaramay, bu raqamlar Qozog'izton, Rossiya Federatsiyasi va ba'zi boshqa MDH davlatlaridagi raqamlardan ancha kam. Xuddi shuningdek mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan Janubiy Koreya investitsiyalarining umumiy hajmi 7 mlrd AQSh dollaridan oshgan. Lekin bu sarmoyalarni yanada ko'paytirish imkoniyatlari mavjud bo'lib Pandemiya sarmoyalarni jalb etish va uni o'zlashtirish jarayonlarini ham qiyinlashtirdi.

Covid-19 pandemiyasi davrida kiritilgan cheklovlar O'zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasi bilan savdo-iqtisodiy, turizm va boshqa sohalardagi hamkorligiga ma'lum darajada salbiy ta'sir ko'rsatgan, so'ngi uch-to'rt yilda jadal o'sayotgan savdo-investitsiyaviy hamkorlikni sekinlashishiga sabab bo'ldi. O'zbekiston va hamkor mamlakatlar hukumatlari Pandemiyaning salbiy ta'sirini kamaytirishga bo'yicha jiddiy harakatlarni amaalga oshirdilar. Bu ko'proq o'zaro savdoning keskin tushib ketishini oldini olish, rejalashtirilgan qo'shma loyihalarni davom ettirishga harakat qilishda ko'rindi. Bundan tashqari Pandemiya O'zbekiston uchun iqtisodiy sohadagi rivojlanish yo'nalishlarini qayta ko'rib chiqish, tashqi bozorga bog'liqlikni kamaytirish, xomashyo eksportini qisqartirib tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish kabi masalalarni qayta ko'rib chiqishga undadi. Lekin boshqa tomondan Pandemiya davrida O'zbekistonning Xitoy va Koreya Respublikasi bilan tibbiyot va ijtimoiy gumanitar sohadagi hamkorligi kuchayganini kuzatish mumkin. Buni ayniqsa koronavirusga qarshi vaksina yaratish va uni sinovdan o'tkazish, aholini emlash va o'zaro gumanitar yordamlar almashinuvida ko'rish mumkin.

REFERENCES

1. Saidov Bakhtiyor: Uzbekistan and China: new facets of cooperation and development. www.isrs.uz.

2. Uzbekistan- China Relations during COVID-19 Pandemic. www.cabar.asia.

3. Xaynazarov Bahrom. O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda diasporalarning o'rni. O'tmishga nazar jurnali. 2019. 384-b

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.