Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISON – YANGI QO’SHNICHILIK: O’ZBEKISTON – XITOY DAVLATLARI QO’SHNICHILIK ALOQALARINING ISTIQBOLLARI'

YANGI O’ZBEKISON – YANGI QO’SHNICHILIK: O’ZBEKISTON – XITOY DAVLATLARI QO’SHNICHILIK ALOQALARINING ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
256
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
do’stona munosabat / hamkorlik / tarix / taraqqiyot / jahon / islohotlar / iqtisodiyot / investitsiya / import / eksport / tashqi iqtisodiy faoliyat / tashqi savdo. / friendly relations / cooperation / history / development / world / reforms / economy / investment / import / export / foreign economic activity / foreign trade.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nodira Asqarali Qizi Abduqodirova

O‘zbekiston hayotida so‘nggi yillarda olamshumul, keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. “Yangi O‘zbekiston”, “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi” degan nomlar bilan Vatanimiz tarixida, jahon hamjamiyati bilan munosabatlarimiz silsilasida g‘oyat muhim o‘rin egallab kelmoqda. Bu o’zgarishlar – O‘zbekistonni, jamiyatimiz hayotidagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarni butunlay o‘zgartirgan, mamlakatimizni yangi demokratik qiyofada jumlai jahonga tanitmoqda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NEW UZBEKISTAN NEW NEIGHBORHOOD: PROSPECTS OF NEIGHBORHOOD RELATIONS BETWEEN UZBEKISTAN AND CHINA

In recent years, the life of Uzbekistan has undergone global changes. Under the name "New Uzbekistan", "New stage of development of Uzbekistan", it plays a very important role in the history of our country, in our relations with the world community. These changes have completely changed Uzbekistan, the political, social and economic relations in the life of our society, and introduced our country to the world in a new democratic image. The Republic of Uzbekistan pursues an open, mutually beneficial and constructive foreign policy based on its national interests. The modern foreign policy course of the republic is based on the rapidly changing situation in the world and in the region, as well as large-scale changes within the country.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISON – YANGI QO’SHNICHILIK: O’ZBEKISTON – XITOY DAVLATLARI QO’SHNICHILIK ALOQALARINING ISTIQBOLLARI»

YANGI O'ZBEKISON - YANGI QO'SHNICHILIK: O'ZBEKISTON - XITOY

DAVLATLARI QO'SHNICHILIK ALOQALARINING ISTIQBOLLARI

Nodira Asqarali qizi Abduqodirova

Talaba, Toshkent kimyo-texnologiya instituti abduqodirova022@bk.ru

ANNOTATSIYA

O'zbekiston hayotida so'nggi yillarda olamshumul, keng ko'lamli o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. "Yangi O'zbekiston", "O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi" degan nomlar bilan Vatanimiz tarixida, jahon hamjamiyati bilan munosabatlarimiz silsilasida g'oyat muhim o'rin egallab kelmoqda. Bu o'zgarishlar -O'zbekistonni, jamiyatimiz hayotidagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarni butunlay o'zgartirgan, mamlakatimizni yangi demokratik qiyofada jumlai jahonga tanitmoqda. O'zbekiston Respublikasi o'z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o'zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o'zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko'lamli o'zgarishlarga asoslanib shakllanadi.

Kalit so'zlar: do'stona munosabat, hamkorlik, tarix, taraqqiyot, jahon, islohotlar, iqtisodiyot, investitsiya, import, eksport, tashqi iqtisodiy faoliyat, tashqi savdo.

NEW UZBEKISTAN - NEW NEIGHBORHOOD: PROSPECTS OF NEIGHBORHOOD RELATIONS BETWEEN UZBEKISTAN AND CHINA

ABSTRACT

In recent years, the life of Uzbekistan has undergone global changes. Under the name "New Uzbekistan", "New stage of development of Uzbekistan", it plays a very important role in the history of our country, in our relations with the world community. These changes have completely changed Uzbekistan, the political, social and economic relations in the life of our society, and introduced our country to the world in a new democratic image. The Republic of Uzbekistan pursues an open, mutually beneficial and constructive foreign policy based on its national interests. The modern foreign policy course of the republic is based on the rapidly changing situation in the world and in the region, as well as large-scale changes within the country.

Kalit so'zlar: friendly relations, cooperation, history, development, world, reforms, economy, investment, import, export, foreign economic activity, foreign trade.

KIRISH

"So 'nggi to 'rt yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida turli sohalarda qisqa, o 'rta va uzoq muddatli istiqbolga mo 'ljallangan ko 'plab strategiyalar, konsepsiyalar va chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo'lib, ular mamlakatning ulkan salohiyatini ochib berdi.Biz mamlakatda jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning guvohi bo'lmoqdamiz, tashqi dunyoga ochiqlik oshmoqda, O'zbekistonning mintaqadagi va umuman dunyodagi o'rni va mavqei sezilarli darajada mustahkamlanmoqda.Ta'kidlash joiz, so'nggi yillarda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning strategik rahnamoligi ostida Xitoy -O 'zbekiston munosabatlari jadal rivojlanmoqda."

Szyan YaN, Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi

Favqulodda va muxtor elchisi

O'zbekiston - Xitoy hamkorlik munosabatlari keng ko'lam kasb etib, strategik sheriklik aloqalari yuksak darajaga ko'tarilmoqda. Mamlakatlarimizning milliy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, jahondagi nufuzi yuksalishiga xizmat qiladigan bu aloqalar O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlab bergan o'zaro do'stlik, mustahkam ishonchga asoslangan hamkorlik negizida taraqqiy etmoqda. Xitoy O'zbekistonning hayot sinovidan o'tgan ishonchli hamkoridir. Ikki davlat xalqalari o'rtasidagi munosabatlar Buyuk ipak yo'li tarixi bilan chambarchas bog'langan bo'lib, milliy qadriyat va an'analarimiz jahon madaniyatini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shgan, savdo aloqalarimiz dunyo ahliga o'z davrining noyob buyumlarini taqdim etgan. Bugun insoniyatning kundalik ehtiyojlariga aylangan choy, paxta, ipak, qog'oz kabi mahsulotlar ularning bir qismi hisoblanadi, xolos. Xitoy O'zbekiston iqtisodiyotiga eng ko'p investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Xitoy Xalq Respublikasi O'zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish bo'yicha dasturlarni amalga oshirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va sanoatning eksport salohiyatini yuksaltirishda faol ishtirok etmoqda. XXRning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o'zaro manfaatli aloqalarni, birinchi navbatda, yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Neft-gaz va telekommunikatsiya tarmoqlarida, transport, to'qimachilik, kimyo sanoati va boshqa yo'nalishlarda qo'shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xitoy Xalq Respublikasi O'zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan olgan. 1992-yil 2-yanvarda diplomatik munosabatlar o'rnatilgan.

Ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarning barcha jabhalarini qamrab olgan bo'lib, har tomonlama strategik xarakterga ega. Ikki davlat rahbarlari o'rtasida o'rnatilgan o'zaro ishonchli aloqalar hamkorlikning asosini tashkil etadi. O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni olib borishda tomonlarning terrorizm,

ekstremizm, separatizm, narkotrafik, noqonuniy qurol savdosi va xavfsizlikning boshqa tahdidlari bo'yicha qarashlarning mushtarakligi va yaqingligi muhim o'rin egallaydi.

Doimiy tarzda ikki davlat rahbarlarining tashriflari va uchrashuvlari o'tkazilib kelinmoqda. Ushbu davr mobaynida ikki mamlakat rahbarlarining 19 ta uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Xitoy Xalq Respublikasi Raislari Szyan Szemin, Xu Szintao, Si Szinpin O'zbekistonga tashrif buyurishgan.

2020-yil may oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o'rtasida telefon orqali suhbat bo'lib o'tdi va uning davomida mamlakat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikka doir va xalqaro ahamiyatga molik, jumladan, koronavirus infeksiyasiga qarshi davom etayotgan kurashish dolzarb masalalarni ko'rib chiqdilar.

2004-2018-yillar oralig'ida Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 16 ta davrasi va ShHT doirasida hamkorlik bo'yicha uchrashuvlar o'tkazildi.

2020-yil 18-iyun kuni 26 davlat tashqi siyosat idoralari, JSST va BMT Taraqqiyot dasturi rahbarlari ishtirokida "Bir makon, bir yo'l" tashabbusi doirasida tashkil etilgan navbatdan tashqari yuqori darajadagi videokonferensiyada O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri ishtirok etdi.

2020-yil 16-iyul kuni XXR raisligida 6 mamlakatning tashqi ishlar idoralarining rahbarlari ishtirokida "Markaziy Osiyo - Xitoy" birinchi vazirlar uchrashuvida qatnashdi.

1992-yil imzolangan Savdo-iqtisodiy bitimga ko'ra ikki davlat o'rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng ko'p qulaylik yaratish tartibi o'rnatilgan. Xitoy O'zbekistonning savdo sheriklari orasida eng yuqori o'rinlardan birini egallaydi.

MUHOKAMA

Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod kompaniya va korxona faoliyat ko'rsatmoqda. O'tgan yillar davomida xitoylik sarmoyadorlar O'zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 8 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritgan. Xitoy bozorida O'zbekistonda ishlab chiqarilgan to'qimachilik mahsulotlari, plastmassa buyumlar, qishloq xo'jaligi va boshqa tovarlarga talab katta. XXRning yetakchi sanoat kompaniyalari bilan uzoq muddatli va o'zaro manfaatli aloqalarni, birinchi navbatda, yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Neft-gaz va telekommunikatsiya tarmoqlarida, transport, to'qimachilik, kimyo sanoati va boshqa yo'nalishlarda qo'shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Xitoy biznes subyektlari O'zbekistondagi ko'plab yangi sanoat korxonalari, jumladan, Dehqonobod kaliyli o'g'itlar, Qo'ng'irot soda zavodlari qurilishida ishtirok etdi. XXR tadbirkorlari ko'magida mamlakatimizda elektr texnikasi mahsulotlari, mobil telefonlar, qurilish texnikasi ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. "Huawei" kompaniyasi tomonidan Toshkent shahri va O'zbekiston mintaqalarining

telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha 20 loyiha amalga oshirildi. ZTE korporatsiyasi bilan hamkorlikda chiqarilayotgan modem, smartfon hamda boshqa uskunalarga ichki va xorij bozorlarida talab yuqori. Markaziy Osiyo - Xitoy gaz quvurining barcha to'rt tarmog'i O'zbekiston hududidan o'tgan. XXR Milliy neft-gaz korporatsiyasi mamlakatimizda istiqbolli uglevodorod konlarini qidirish va qazish ishlarida faol qatnashmoqda. Muborak gaz-kimyo majmuasida tabiiy gazni chuqur qayta ishlash bo'yicha hamkorlik qilib kelinmoqda. Ikki davlat o'rtasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida Toshkent -Shanxay, Navoi - Chjuchjou (Xunan provinsiyasi), Samarqand-Sian (Shensi provinsiyasi) Buxoro - Loyan (Henan provinsiyasi), Jizzax va Yanchjou (Szyansu provinsiyasi) shaharlari, Toshkent - Xunan, Samarqand viloyati va Shensi provinsiyasi, Sirdaryo viloyati va Chjetsyan provinsiyalari o'rtasida birodarlik munosabatlari o'rnatilgan.

NATIJALAR

Xitoy Xalq Respublikasi O'zbekistonning eng yirik iqtisodiy sherklaridan biri hisoblanadi. 2020 yilning yakuniy natijalari boyicha ikki hamkor mamlakat o'rtasida tashqi savdo aylanmasi 6432,2 mln. AQSH dollariga teng bo'lib shundan import -4501,3 mln. AQSH dollar, eksport - 1930,9 mln. AQSH dollariga teng.

Quyidagi jadvalda O'zbekiston-Xitoy mamlakatlarining tashqi savdo aylanmasini dinamikasini ko'rishimiz mumkin:

O'zbekiston-Xitoy o'rtasida tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (yanvar-dekabr, mln. AQSH dollari)

Ko'rsatkichlar 2017 2018 2019 2020

Tashqi savdo aylanmasi 4 754,2 6 433,5 7 620,9 6 432,2

Eksport 2 025,5 2 875,4 2 519,0 1 930,9

Import 2 728,7 3 558,1 5 101,9 4 501,3

Saldo -703,2 -682,7 -2 582,9 -2 570,4

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, pandemiya oqibatida 2020 yilda iqtisodiy ko'rstkichlar biroz pasaygan. Ammo avvalgi yillarda sezilarli natijada o'sib brogan.

XULOSA

Bugun O'zbekiston va Xitoy turli loyihalar, avvalambor, yuqori texnologiyalar sohasidagi loyihalarni hayotga tatbiq etish borasidagi hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Shu jumladan O'zbekiston XXR rahbariyati tomonidan ilgari surilgan Xitoy kompaniyalari ishtirokidagi O'zbekiston - Xitoy yuqori texnologiyalar sanoat parkini tashkil etish to'g'risidagi tashabbusini qo'llab-quvvatlagan. O'zbekiston

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2021

ISSN: 2181-1601

"O'zbekiston-Xitoy" gaz quvuri va "Xitoy - Qirg'iziston - O'zbekiston" temir yo'li qurilishini qo'llab-quvvatlaydi. Respublikamizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 1702 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 116 tasi 100 foiz Xitoy sarmoyasi asosida tashkil etilgan. Mamlakatimizda Xitoyning 73 kompaniyasi vakolatxonalari ishlab turibdi. Ta'lim sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda, idoralararo aloqalar doirasida talaba va amaliyotchilar almashinuvi keng yo'lga qo'yilgan. O'zbekiston Xitoy bilan bundan keyin ham amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor va bu borada yildan yilga yangi loyihalar amalga oshirilmoqda. Ikki mamlakat o'rtasidagi epidemiyaga qarshi hamkorlik aloqalari yuksak darajada ekanini yana bir bor namoyish etdi. Hamkorlar bir biriga ma'naviy va gumanitar yordam ko'rsatdi. Bir guruh xitoylik tibbiyot xodimlari O'zbekistonga tashrif buyurdi. Mingga yaqin xitoylik mutaxassis qo'shma loyihalarni amalga oshirish va mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga ko'maklashish uchun charter reyslarda O'zbekistonga keldi. Vabo bilan yonma-yon turib kurashayotgan xalqlar har qanday qiyinchiliklarni albatta yengib, yakuniy g'alabani qo'lga kiritishiga va do'stona munosabatlar mamlakatlar va xalqlar farovonligi uchun yanada mazmunli va chuqurroq bo'lishiga umid bog'langan.

REFERENCES

1. SH.M.Mirziyoyev-Erkin va farovon demokratik o'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz

2. "Zamonaviy dunyoda O'zbekiston tashqi siyosatining kun tartibi", 27 avgust 2020 y., https://uza.uz/uz/posts/zamonaviy-dunyeda-zbekiston-tash-i-siyesatining-kun-tartibi-27-08-2020

3. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. "O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosati", https://mfa.uz/uz/pages/vneshnaya-politika

4. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi. "O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2020 yildagi faoliyati haqida hisobot"

5. www.wikipedia.uz

6. www.stat.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.