Научная статья на тему 'Процветание промышленности и финансовое развитие в период второй империи во Франции'

Процветание промышленности и финансовое развитие в период второй империи во Франции Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
185
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
кризис промышленности / капитализм / Новая Европа / вторая империя / металлургическая промышленность / industrial revolution / capitalism / new Europe / second empire / metallurgy

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Олим Ортиков

В данной статье рассматриваются изменения в промышленности и финансовых сфере второй империи Франции в конце 19 века. Также рассмотрено переворот промышленности и его влияние на политическое положение Франции в Европе. Одно из основных положений указанных в статье, это связанность кризиса промышленности с политическим кризисом французского государства.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Industrial growth and financial development in France during the Second Empire

This article examines the changes in the industry and financial sphere of the second Empire of France at the end of the 19th century. The industrial revolution and its impact on the political position of France in Europe are also considered. One of the main provisions mentioned in the article is the connection of the industrial crisis with the political crisis of the French state.

Текст научной работы на тему «Процветание промышленности и финансовое развитие в период второй империи во Франции»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Industrial growth and financial development in France during the Second Empire

Mokhichekhra BOLTAYEVA1, Olim ORTIKOV2

Jizzakh branch of National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2021 Received in revised form 15 September 2021 Accepted 20 October 2021 Available online 15 November 2021

Keywords: industrial revolution, capitalism, new Europe, second empire, metallurgy.

This article examines the changes in the industry and financial sphere of the second Empire of France at the end of the 19th century. The industrial revolution and its impact on the political position of France in Europe are also considered. One of the main provisions mentioned in the article is the connection of the industrial crisis with the political crisis of the French state.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp480-487 This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Fransiyada ikkinchi imperiya davrida sanoatning ko'tarilishi va moliyaviy rivojlanish

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar: sanoat inqilobi, kapitalizm, Yangi Yevropa, ikkinchi imperiya, metallurgiya sanoati.

Maqolada XIX-asrning ikkinchi yarmida Fransiyada ikkinchi imperiyaning sanoat o'zgarishlari va moliyaviy o'zgarishlar haqida so'z boradi. Bu davrning asosiy voqealari sifatida Yevropada yuz bergan sanoat to'ntarishlari va ularning davlatlarning siyosiy hayotga ta'siri kabi voqealarni olish mumkin. Maqolada asosiy ko'rsatilgan yangiliklardan biri bu Fransiya sanoat inqilobining siyosiy inqilob bilan birgalikdagi uzviy bog'liqligidir.

1 senior lecturer at the Department of Social Sciences of the Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek. Jizzakh, Uzbekistan.

2 senior lecturer at the Department of Social Sciences of the Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek. Jizzakh, Uzbekistan.

Процветание промышленности и финансовое развитие в период второй империи во Франции

АННОТАЦИЯ_

В данной статье рассматриваются изменения в промышленности и финансовых сфере второй империи Франции в конце 19 века. Также рассмотрено переворот промышленности и его влияние на политическое положение Франции в Европе. Одно из основных положений указанных в статье, - это связанность кризиса промышленности с политическим кризисом французского государства.

XIX-asrning bu paytigacha Fransiya davlat boshqaruvida bir necha almashinuvlarni, inqiloblarni va keskin o'zgarishlarni boshidan kechirgan edi. Umumyevropa doirasida sodir bo'lgan 1847-1848-yillardagi inqirozdan keyin barcha Yevropa davlatlarida sanoatning tez o'sish davri boshlandi. Boshqa Yevropa davlatlari qatorida Fransiyada ham XIX-asrning o'rtalariga kelib sanoatning o'sishi shiddat bilan borayotgan edi. Sanoatning barcha asosiy tarmoqlarida texnikaning keng qo'llanilishi boshlandi. Metallurgiya zavodlari yog'och yoqilg'ilardan mineral yoqilg'iga o'tdi. Po'lat eritishning ko'rsatkichlari oshdi. 1851-yilda ko'rgazmada namoyish etilgan 2 ming kg miqdordagi po'lat o'sha davr uchun katta yutuq edi. Bunday iqtisodiy o'sish nimalarning xisobiga yuz berdi? Xashamatli Parijning qurilishi kimlarning xalokati evaziga erishildi? Ushbu savollarning javobini izlash maqsadida sirli Fransiya tarixi zarvaraklariga nazar tashlaymiz.

Fransiyada bu davrda 1852-yilda Lui Napeleon III tomonidan asos solingan ikkinchi imperiya xukm surayotgan edi. Bu davrda Fransiya nafaqat siyosiy jixatdan, balki iqtisodiy jixatdan xam Yevropada Buyuk Britaniya bilan bir qatorda edi. Ikkinchi imperiya o'zining 19 yillik faoliyati davomida tovar ishlab chiqarish xajmi ikki barobar, tashqi savdo esa uch barobar o'sdi. Napeleon ShShSh boshqa frantsuz xukmdorlaridan farqli o'laroq iqtisodiy o'sish xukmronligining asosiy tayanchi ekanligini tushunar edi. Shuning uchun xam u o'zining atrofiga M.Shevale, aka-uka Emil va Isaak Pereyri va Ferdinad de Lesseps kabi mashxur iqtisodchilar va sanoatchilarni yig'adi. Aynan Ikkinchi imperiya davri Fransiyada sanoat inqilobi yakunlandi. Fabrikalar mamlakatning barcha iqtisodiy soxalarida paydo bo'ldi. Sanoatdagi keskin o'zgarishlar asosan mashinasozlikda yuz berdi.Yirik mashinasozlik zavodlari mamlakatning turli burchaklarida paydo bo'lgandi. Bug' mashinalarining soni teplovoz va bug' paroxodlari sonini xisobga olmaganda, 4 marotaba ortdi; shuningdek ularning quvvati ham shuncha marotaba ortdi. Bu misollarning qiska izoxini quyidagi jadvalda ko'rish mumkin.

Yillar Bug' mashinalarining soni Ot kuchiga teng quvvati miqdori

1852 6080 75518

1869 26221 320447

Bug' mashinalarining sanoatdagi korxonalarga qo'llanilishi uch marotaba ortdi. Bu faktni raqamlarda ko'radigan bo'lsak, 1852-yil ularning soni 6543 ta bo'lgan bo'lsa, 1870-yilga kelib 22851 taga yetdi.

Ключевые слова:

кризис промышленности,

капитализм,

Новая Европа,

вторая империя,

металлургическая

промышленность.

Frantsuz og'ir sanoatidagi aylanma mablag'lar Iyul monarxiyasi(1830-1848) davriga nisbatan salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi. Ikkinchi imperiya davrida og'ir sanoatning o'sishi engil sanoatning bir qator muhim tarmoqlariga ta'sir qildi. Jumladan,paxtani qayta ishlash tarmog'ini misol keltirish mumkin. Buni quyidagi jadvaldagi raqamlar orqali ko'rish mumkin.

Yillar Toshko'mir va kulrang ko'mir qazib olish (tonnada) Cho'yan ishlab chiqarish (tonnada) Temir ishlab chiqarish (tonnada) Po'lat ishlab chiqarish (tonnada) Paxta istemoli (tonnada)

1851-yil 4485033 (100%) 445808 (100%) 254167 (100%) 14040 (100%) 58484 (100%)

1869-yil 13509745 (301.2%) 1380965 (309%) 903179 (365%) 110225 (790%) 124331 (213%)

Fransiyada sanoatning bunday o'sishi uning Evropadagi boshqa davlatlarga nisbatan solishtirganda ancha oldinda edi. Misol uchun,1860-yilda ham Fransiya Germaniyadan ko'proq cho'yan ishlab chiqarar edi. Ikkinchi imperiya davrida Ko'proq etibor temiryo'l qurilishi soxasiga qaratildi. 1842-yilda temiryo'llar Fransiyada deyarli yo'q edi. 1851 yilda temiryo'llarning uzunligi bor yo'g'i 2100 milya( 1 milya 1,609 km ga teng) edi. 1851-1869-yillarda temiryo'llarning uzunligi 3.7 ming kmdan 18 ming kmgacha uzaydi. Bu demakdir,temir yo'l tarmoqlarining uzunligi shu davr mobaynida besh marotaba ortdi. Temiryo'l relslarini ishlab chiqarish 1851-yilda 27 mingtadan 1869-yilga kelib 271 mingtaga, lokomotivlar soni besh marotaba(1850-yilda 973 tonnadan 1869-yilda 4822 tonnaga) ortdi.

Sanoatning markazlashuvi va sanoatning o'sishi Fransiyada ishchilar sonining ortishiga ham sabab bo'ldi. Ikkinchi imperiyaning so'nggi kunlarida Shnayderdagi Krezo metallurgiya zavodida 10,5 mingdan ortiq ishchi ishlar edi. Zavodda parovoz, temiryo'l relslari,lokomotiv,kema va barcha turdagi mashinalar ishlab chiqarar edi. Zavodning tovarlari nafaqat Fransiyaning o'zida, balki Evropaning boshqa davlatlariga eksport qilinar edi. Frantsuz tarixchisi Tyurgen malumotlariga ko'ra, zavodning yillik daromadi 60-yillarning o'rtalarida 30 mln frankni tashkil qilgan. Temir mahsulotlari ishlab chiqaruvchi aka-uka Japi va Bokure zavodida (yuqori Reyn bo'yida) 5.5 mingdan ortiq ishchilar ishlar edi. 60-yillarning o'rtalariga kelib bu korxonaning sanoat uskunalarining quvvati mingta ot kuchiga teng kelar edi. Shu jumladan, yirik korxonalar sirasiga Elzasdagi ko'plab tekstil fabrikalari, 1765-yilda asos solingan Bakkaradagi billur zavod va boshqa shu kabi korxonalar sanoatning yirik korxonalari sirasiga kirar edi. Bundan tashqari, mayda sanoat korxonalarida 1 nafardan 10 nafargacha ishchilari mavjud edi. Frantsuz sanoatining 3 mlndan oshiq ishchilarining yarmidan ko'pi xuddi shunday mayda sanoat korxonalari ishchilari edi. Yozma malumotlarga ko'ra, Parijda 62 mingdan ortiq mulkdorlar yollanma mehnatdan yoki bitta ishchiga ega bo'lgan sanoat korxonasining egasi bo'lsa, 31 mingdan ortiq mulkdorlar 2 nafardan 10 nafargacha ishchilari bor mayda sanoat korxonalarining egasi edi. Faqatgina 7500 dan ortiq korxona egalari 10 nafardan ortiq ishchilari mavjud edi. Ayrim mutaxassislar fikricha, Fransiya sanoati bu davrda mayda burjuaziya (dehqonlar,do'kondorlar va mayda kosiblar) ustunligi bilan ajralib turardi. 1869 yilga kelib 15.2 mln tashabbuskor xalqdan 7.2 mlnni xalq xo'jaligi soxasida, 4.7 mlnni sanoat soxasida, 1 mln qismi savdo soxasida va 1.3 mln qismi uy xo'jaligida band edi. Mamlakatdagi sanoatning yirik o'sishiga karamasdan 50-60- yillarda xam frantsuz sanoati

mayda va urta korxonalar bilan cheklanib kolmokda edi. Yozma manbalarga karaganda 1866 yilda xam 2938153 ta yollangan ishchi va 1661584 ta korxona egalari mavjud edi. Ular sanoatda quyidagi obrazda bo'lingan edi.

№ Sanoatning etakchi soxalari Umumiy band ishchilar soni Korxonalarning egalarining soni

1. Tukimachilik 825829 178117

2. Kiyim va kiyimning boshka turlari 700754 427961

3. Qurilish 480388 341991

4. Ozik-ovkat 159393 410204

5. Metall maxsulotlari 145846 49198

6. Kon sanoati 121824 25949

7. Keramik maxsulotlar 71801 18599

8. Xashamga doir maxsulotlar 63084 11984

9. Sanat va fanga xizmat kiluvchi maxsulotlar 59594 8150

10. Metallurgiya 49675 2291

11. Yogochga ishlov berish 48937 56637

12. Mebelsozlik 48684 15185

13. Teri maxsulotlari 34000 8955

14. Xarbiy soxa 22441 272

15. Kimyo maxsulotlari 21841 4733

16. Yoruglik maxsulotlari 13509 6098

17. Boshka soxalar 9839 3239

Jami: 2938153 1661584

Lekin sanoatning rivojlanishi ishchilarning moliyaviy ahvolini o'zgartirmadi. Fransiyada erkaklar mehnati va juda kam ish haqi to'lanadigan ayollar va bolalar mehnatidan foydalanish, ish kunining uzunligi va kam to'lanadigan ish haqi ishchilarning doimiy yo'ldoshi edi. Birgina Parij shaxridagi ishchilarning 25 % i ayollar va 7 % i voyaga etmagan bolalar edi. Sanoatchilar ishchilarni turli jarimalarga tortishar, mahsulotlarni baland narxlarda o'z do'konlaridan sotib olishga majbur qilishar edi. Ish kunining uzunligi 11-13 soat xatto bazi joylarda 17-18 soat edi. Oziq-ovqat mahsulotlarining narxi XIX-asrning 50-60-yillarida juda tez oshdi.masalan, 1 kg go'sht narxi Ikkinchi imperiya davrida 1.5 barobar oshgan bo'lsa, 1 kg moy narxi 2 barobar ortdi.

Fransiyada bu davrga kelib engil sanoatning rivojlanib, o'sib borishi davom etayotgan edi. Frantsuz engil sanoati o'zining tayyor ko'ylaklari, Lion barxati,ipak,zargarlik mahsulotlari, mebellar va boshqa mahsulotlari jahonga mashxur edi. Ushbu mahsulotlar o'zining betakrorligi va yuqori did bilan ishlanganligi bilan ajralib turardi. Jahonning eng boy insonlari Fransiyaning nozik ipak matolari, yuqori sifatdagi gazlamalari, parfyumeriya mahsulotlari va uzum vinolarining talabgorlari edi. Umuman Fransiya azal-azaldan modaning vatani edi. Bundan tashqari Ikkinchi Jaxonning eng guzal kiyimlari,jaxon ayollarining muxabbatiga sazovor bo'lgan liboslarning vatani Fransiya edi. Jumladan 1858-yil Fransiyada yukori moda asoschisi ingliz Charlz Vort Parijda uzining tikish ustaxonasini ochdi. Xashamatli okshom liboslarining tayorlashi bilan u butun dunyoga mashxur edi. Uning mijozlari orasida imperator ayoli Evgeniya xam bor edi.

Ikkinchi imperiya davrida iqtisodiyotning bunday suratdagi ko'tarilishi mamlakatda chakana savdoning rivojlanishiga turtki bo'ldi. Parijda Evropa shaxarlarida keng urf bo'layotgan universal do'konlar ochiladi.1852-yil ilk bora yirik frantsuz kapitalsti Aristid Busiko tomonidan "Au Bon Marche" nomli universal do'kon ochiladi. Keyingi yillar

davomida Fransiyaning deyarli barcha yirik shaxarlarida universal magazinlar paydo bo'ldi. 1855-yilda "Luvr",1856-yilda "Bel Jardiner",1865-yilda "Printemps" va 1870-yilda "Samaritaine" universal do'konlari ochiladi. Universal do'konlar bilan raqobatga qaramasdan "Au Bon Marche"universal do'koni birinchi jahon urushigacha Fransiyadagi eng yirik universal do'kon bo'lib qolaveradi. Bunday yirik universal do'konlarning ochilishi va viloyatlarda xam tarkay boshlashi mayda va o'rta do'konlarning inkiroziga olib keldi.

Iqtisodiyotdagi bunday keskin o'zgarishlar Fransiyada qurilish ishlari uchun xam turtki bo'ldi. XIX asrning o'rtalarigacha Parij o'rta asrlar shaxarlaridek tor ko'chalar va kichik kichik bir-biriga tutashib ketgan uylardan iborat edi.Suvoqova sistemasi o'tajo'n, yoritish sistemasi va havo tozaligi esa ancha xarob xolatda edi.1853-yil yanvar oyida Sena departemantining prefekti etib baron Jorj Osmann (1809-1891) etib tayinlandi. Osmonnning o'zi shaxarning loyihasining qayta tuzib chiqilishidan asosiy maqsad xalq qo'zg'olonlari vaqtida barrikadalarning oldini olish uchun edi. Keng ko'chalarda barrikaddalar uyushtirib bo'lmas edi. Imperator Napeleon III ning o'zininig bu qurilish ishlaridan ko'zlangan maqsadi xam shu edi. Chunki 1830, 1848-yillardagi inqiloblar paytida tor shaxar daxalari barrikada va mushtlashuvlar uyushtirish uchun qulay ekanligini isbotlagan edi. Qayta qurish paytida Sevastopol xiyoboni shaxarga qo'shinlarning kirib kelishini qulay qilish maqsadida buzib tashlandi. Zamonaviy Parij shaxrining xozirgi qiyofasi oddiy parijliklarga ancha qimmatga tushdi. Parijliklarning ishchi xalqi bu qurilish yillarida anchagina katta zarar ko'rdi. O'n minglab odamlar markaziy kvartallardagi buzilgan uylardan shaxar chetiga xaydaldi Bu malumotni raqamlar bilan oydinilik kiritadigan bo'lsak qayta qurish yillarida Parijda 57 ta ko'cha, 2227 ta uy vayron qilindi. 25 mingdan ortiq axoli o'z uyidan ayrildi. Bularning deyarli eng katta qismi oddiy ishchilar edi. Burjuaziya publitsisti Lazar bu haqida quyidagi so'zlarni yozadi:"Parij shaxridagi bunday sanatning mo'jizalari,xashamatning Napeloen III dan Parij shaxrining rekonstruksiya qilish to'g'risidagi farmonni oldi. Osmann tez va qatiy xarakat boshladi. Shaxarda keng xiyobonlar,parklar,skverlar ,jamoat binolari, cherkov, teatr, bozorlar paydo bo'ldi. Tez orada Parij Napelon imperiyasining ramzi va zamonaviy dunyoning barcha talablariga javob beradigan shaxarga aylandi". Bundan tashqari aynan shu yillarda Lill, Lion, Bordo va Marsel o'zining ahamiyati va maydoniga qarab tamirlandi.

Qishloq xo'jaligida ham o'sish jarayonini boshdan kechiradi. Ekin maydonlari kengaydi,tropik ekish ko'paydi va chorvachilik yuqori darajada rivojlandi. Mashinalar qishloq xo'jaligiga tatbiq qilina boshladi.(yanchish mashinasi, o'roq mashinasi,seyalka va xokazolar).Albatta barcha xolatlarda mashinalarni qo'llab bo'lmasdi. Barcha er egalari erga ishlov berishda mashinalarni qo'llash uchun katta mablag' talab etardi. Qishloqlarda katta er egalari erlarini chek erlarga bo'lib,ijarachi dehqonlarga berardi. Napeleon III o'z davlatining muxim kismi sifatida dexkonlarni bilardi. Shuning uchun xam agrar soxaga katta etibor karatdi. Bu soxadagi isloxotlar uzining natijasini bermay kolmadi. 1848-yildan to 1869-yilgacha urtacha yillik xosil mikdori 50% ga o'sdi.

Ikkinchi imperiyaning yagona imperatori bo'lgan Napelon III ning iqtisod borasidagi siyosati burjuaziya xarakteriga ega edi. Umuman olganda Napelon III erkin savdoni qo'llab quvvatladi.Xatto imperiya ayrim mamlakatlar bilan savdo sotiq qilishda bojsiz savdo qilish yoki bojning pasaytirilishi, kabi yengilliklar berildi. 1860 yilda Fransiya tashki savdosida katta axamiyatga ega bo'lgan Angliya bilan savdo shartnomasi imzolandi. Ushbu shartnoma Fransiyaning import va eksport saloxiyatining o'sishiga aloxida ahamiyat kasb etdi. Imperiyaning daromadi 1851-yildagi 82 mlrd frankdan 1869 yilga kelib 162 mlrdga

ko'paydi. Shartnoma tufayli Angliya Fransiya tashki iqtisodiyotida birinchi urinni egalladi.Shartnoma shartiga kura Angliya Fransiyaning 42 dan ortik asosiy frantsuz eksport maxsulotlariga nisbatan import bojini bekor kilish majburiyatini oldi. Bu maxsulotlar sirasiga ipak,vino,tayor ko'ylaklar, "Parij shoyisi", oliy turdagi jun matolar, gulkogoz kabilar kirardi. Bundan tashqari ushbu shartnomaning xalq ommasi uchun ahamiyati katta bo'ldi. Savdo shartnomasi sanoatchilar tomodian qattiqa tanqid ostiga olingan bo'lsa-da, kambag'al aholining eng kerakli birlamchi mahsulotlarning narhini arzonlashuviga sabab bo'ldi. Shartnoma Lille, Ruane, Elbefe, Rube, Turkuane shaxarlaridagi ko'plab tekstil fabrikalari egalarining qiziqishiga sabab bo'ldi. Frantsuz va inliz sanoatidagi raqobat tufayli frantsuz korxonalaridagi eskirib qolgan uskunalarni yangilashga extiyoj paydo bo'ldi. Xukumat bu masalaga 1860 yil 1-may kuni 40 mlndan ortiq subsidiya ajratish bilan bir vaqtda tekstil xomashyosiga nisbatan import bojini, suv yo'llari orqali keladigan yuklarning kiymatini pasaytirdi. Prussiya bosh kansleri Bismark 1862 yil Fransiya bilan iqtisodiy shartnoma tuzdi. Ushbu shartnoma nafaqat Frantsiayga balki Prussiya uchun ham manfaatli savdo shartnomasi edi. Ushbu Shartnoma orqali Prussiya kansleri Bismark o'ziga dushman bo'lgan Avstriyaning Fransiya bilan yaqinlashuvini barataraf etadi. Bundan tashkari Fransiya 1861-yil Belgiya, 1863-yil Italiya, 1864-yil Shvetsariya, 1865-yil Shvetsiya, Norvegiya, Ispaniya, Gollandiya, 1866-yil Portugaliya va Avstriya davlatlari bilan shartnoma imzoladi. Bu shartnomalarning barchasi 10 yil muddatga imzolangandi. Bu shartnomalarga kura xam frantsuz tovarlariga nisbatan sezilarli darajada boj to'lovi pasaytirildi. Ushbu faktni rakamlar asosida yoritadigan bo'lsak Belgiyada vinoga nisbatan boj tulovi gektalitrga 35 frankdan 23 frankkacha,Germaniyada 45 frankdan 30 frankka, Shvetsiyada 47 frankdan 23 frankka tushirdi. Asosiy eksporti markazlaridan vino Bordo, Nantda,ipak Lionda,tayor buyumlar va xashamat buyumlari Parijda,tikilgan chit va gulkogozlar Elzas shaxarlarida yuborilar edi.

Fransiyada ikkinchi imperiya davrida iqtisodiyotning asosi bo'lgan banklarning yiriklashuvi va ko'payishi sodir bo'ldi. Frantsuz bankining mablag' aylanmasidagi amaliyotlari 1851-1869 yillar oralig'ida 5 barobar ortgan bo'lsa, uning filliallari soni 30 tadan 61 taga yetdi.Bundan tashqari, 1852 yil "Maqsadli kredit jamiyati", "Yer ishlari bo'yicha kredit jamiyati", 1854 yilda "Milliy idora", 1863-yilda "Lion kredit uyushmasi", 1864-yilda "Marsel sanoat krediti va jamg'armasi jamiyati" bankining ochilishi bank ishlari bo'yicha yangi bosqichga asos soldi.Keyingi 12 yil davomida esa "Credit Industriel et Commercial", "Credit Lyonnais" va "Societe generale" kabi yirik banklar ochildi. Ushbu banklarning xar biri iqtisodiyotning malum soxalariga mablag kiritdi. Banklar Fransiyaning iqtisodiyotidagi barkarorligi va gullab yashnashida muhim o'rin egalladi. Bunday kredit uyushmalarini ko'payishini xukumat xam qo'llab quvvatlaydi. Shunday kredit uyushmalaridan biri xo'jalik va siyosiy soxada asosiy rolni o'ynagan "Societe generale" kredit uyushmasini ochgan iqtisodchi aka-uka Pereyralarni shaxsan imperator Napeleon 3 xomiyligi ostida bo'lgan. Hukumat o'zining ko'p sonli korxonalariga mablag' topish uchun davlat qarzini ko'paytirib borgan bo'lsa-da, o'zining qimmatli qog'ozlarini joylashtirishda xech qanday qiyinchiliklarga uchramadi. 1868-yilda 400 mln frank miqdorida qarz kerak bo'ldi. Bu qarzga 830 mingdan ortiq odam rozi bo'ldi,ular birgalikda 15 mlrd frank mablag' taklif qilishdi. Aynan 1852-1870-yillarda yig'ilib borgan boyliklar Fransiyani Prussiya bilan bo'lgan urushdan ko'rgan Talofotlaridan tez o'nglanib olishiga yordam berdi.

Frantsuz kapitalistlari bu davrda chetga kapital chiqarish bo'yicha Evropada ilg'or o'rinlarda edi. Kapitalistlarning chetga chiqarayotgan mablag'lari misli ko'rilmagan darajada foyda olib kelar edi. Kapitalistlar o'z mablag'larini sanoat va qishloq xo'jaligi soxalariga qo'yar edi. Bunday mablag' aylanmasi kafolatlangan foyda edi. Krim urushidan keyin Rossiyaning mag'lubiyati Fransiya kapitalistlari uchun Osiyoga yo'l ochdi.

Birjadagi spekulyatsiya misli ko'rilmagan darajaga olib keldi. Aynan shu omil ikkinchi imoeriya davrida Parij birjaisni dunyoning mashxur birjalarida biriga aylantirdi. Bank egalari, iqtisodchilar, yirik sanoatchilar bunday spekulyatsiya orqali katta boylikka ega bo'ldi. Aynan birja spekulyatsiyasi va kredit tashkilotlari sanoat va savdodan ko'ra ko'proq foyda keltiradi. Birja spekulyatsiyasi butun Yevropa masshtabidagi pul bozoriga aylandi. Bu haqida o'sha davrning mashxur jurnallaridan biri "Journal des economists"ning 1868 yil yanvar oyidagi sonida quyidagicha fikr bildiradi: "Xazrati oliylari Napeleon III hukmronligining dastlabki yillaridan birja speklyutsiyasi chegarasiz ravishda kengayib bormoqda". Frantsuz kapitali kiritilgan eng omadli loyihalardan biri bu Suvaysh kanalining qurilishi haqidagi konsetsiya edi. Ferdinand Lesseps "Suvaysh kanali umumiy kompaniya" nomli aksionerlik jamiyatiga asos soldi. Aksiyalarning umumiy summasi 200 mln frankni tashkil qilgan bo'lsa, 44 % ni Misr to'lagan edi. Kanalning qurilishi 10 yil davom etdi. 1869-yil 10-noyabr kuni kanalning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Ushbu marosimda Fransiya imperatorining oilasidan imperiyada kuchli siyosiy ta'sirga ega bo'lgan Napeleon III ning ayoli Yevgeniya qatnashdi. Kanal qurilishida Misr bepul yer va ishchi kuchi bilan taminladi. 20 mingdan ortiq misrlik falloh(Misr va suriyada dehqonlarga nisbatan falloh so'zi ishlatilgan)lar kanal qurilishida xalok bo'ldi. Lekin kanaldan keladigan asosi foydani 85 yil davomida frantsuz kapitalistlar olishdi.

Agarda Ikkinchi imperiyaga iqtisodiy nuktayi nazardan karaydigan bo'lsak,u xalk tomonidan ijobiy baxolangan. Aynan shu yillardagi iqtisodiy yuksalish yillari Fransiyani Yevropadagi mavqeini yana bir marotaba mustaxkamladi. Shunga qaramay Ikkinchi imperiya ikki marotaba inqirozni boshdan kechirdi. Birinchi inqiroz 1857-1858-yillardagi pul inqirozidan kelib chiqdi. 1857-yil mart aprel oylarida pulning qadri tushib ketdi. 1857-yilning oxiriga kelib kredit operatsiyalari xam keskin tushib ketdi. Parijning shoyi va boshqa tekstil maxsulotlariga nibatan amerikaliklarning buyurtmasi kamyishi ushbu soxaning xam inqiroziga olib kildi. Yirik sanoat markazlari bo'lgan Parij, Lion, Ruan, Lille, Rube, Sent-Etenne, Myuluze shaxarlarining omborxonalrida maxsulotlar to'lib qola boshladi. Ishchilarning ko'pi ishdan bo'shatildi yoki aksincha ish xaqi pasaya boshladi. Inqiroz toshko'mir va metallurgiya sanoatiga xam katta tasir ko'rsatdi.Cho'yan ishlab chiqarish keskin kamayib,temir yo'l qurilishi qisqarib ketdi.Inqiroz 1858- yilgacha davom etdi. Ushbu inqiroz Ikkinchi imperiyada yangi bosqichni ochib berdi. Aynan shu inqiroz yillarida bonapartistlarga qarshi chiquvchilar soni keskin ortdi.

Ikkinchi inqiroz 1866-1867-yillarda bo'ldi. Bu inqiroz jaxon miqyosida yuz berdi. U AQShda boshlanib,so'ngra Angliya,undan o'tib Fransiyaga etib bordi. Inqiroz ishlab chiqarish va istemolning kamayishi,savdo va birjadagi axvolning og'irlashuvi va ish xaqining kamayishida namoyon bo'ldi. 1867-yilning ikkinchi yarmida inqiroz o'zining cho'qqisiga etdi. Fransiyaning ekonomik organlarining yirik burjuaziya xarakterdagi jurnali 1867-yil dekabr oyidagi sonida inqiroz xaqida quyidagicha malumot beradi. "Bir necha oydirki, sanoat shiddatli inqirozni boshdan kechirmoqda. Inqiroz oldingilaridan umumiy xarakterligi ekanligi bilan farqlanadi". Eng daxshatlisi 1867-yil xosilsiz yil bo'ladi. Sanoatning barcha soxalariga inqiroz keskin tasir ko'rsatadi. Birgina paxtaga talab

1866-yilga nisbatan 25,3% ga qisqarib ketadi. Tashqi savdo xam 1866-yilga nisbatan 10,2 % ga qisqaradi. Aynan 1867-1868-yillardagi inqiroz Fransiyada ikkinchi imperiyaning xalokatiga olib keldi Bu davrda 1860-yildagi Buyuk Britaniya bilan tuzilgan savdo shartnomasidan norozilar soni ortib bordi. Yuqori burjuaziya doiralar aynan shu shartnoma tufayli inqiroz yillarida o'zining ko'p miqdordagi boyliklarini boy berishgan edi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Fransiya 50-60-yillarnig oxirigacha bo'lgan davr mobaynida iqtisodiyotning o'sishi butun XIX asr davomidagi eng yuqori ko'rsatkichga erishildi. Lekin ikkinchi imperiya iqtisodiyoti o'z boshidan ikki marotaba inqirozni boshdan kechirishiga qaramay dunyodagi kuchli sanoat davlatlaridan biriga aylana oldi. Juda ko'plab davlatlar bilan urushlarga kirishganiga, qaramay 50-60-yillarda to'planga boyliklar mamlakatning tez tiklanishiga, o'z ozodligini saqlab qolishga yordam berdi. Ikkinchi imperiya mavjud bo'lgan davrda sanoat inqilobi Fransiyada yakunlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Люблинская A^. Прицкер Д.П, Кузминь M.R Очерки истории Франции. ЛЕНИН™Д. 1957.

2. A.3. Maнфpeд. ВЖ Далин. В.В. Загладин. С.Н. Павлова. С.Д. Сказкин. Истории Франции. 2-том. «Наука» Mocквa. - 1973.

3. Люблинская A^. Прицкер Д.П, Кузминь M.R Очерки истории Франции. ЛЕНИН™Д. 1957.

4. Уильям Стирнс Дэвис.История Франции. С древнейших времен до Версальского договора. Центрполиграф; Mocквa; 2016.

5. Литтлвуд, Йен. История Франции I Йен Литтлвуд; пер. сангл. A.A. Бряндинской. - M.: ACT: Acтpeль, 2008.

6. Желубовская ЭА Крушение второй империии и возникновение третьей республики во Франции. M.: изд-во AН СССР. 1956.

7. Э. Бриггс, П. Клэвин. Европа нового и новейшего времени с 1789 года и до наших дней. ВЕСЬ MИР.ИЗДAТЕЛЬСТВО Mocквa. - 2006.

8. Кареев Н.И. Политическая истории Франции. "Броукгауз-Ефрон". 1902.

9. Чубарьян A^. Васильев В.И. Всемирная история. Mиp в XIX веке: на пути индустриальной цивилизации.5-томМосква Наука 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.