Научная статья на тему 'AMIR SAYYID OLIMXONNING ROSSIYAGA KIRITGAN KAPITALLARI'

AMIR SAYYID OLIMXONNING ROSSIYAGA KIRITGAN KAPITALLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
423
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Amir Sayyid Olimxon / investitsiya / ishlab chiqarish / amirlik / temir yo’llar / Buxoro banki. / Amir Sayyid Alimkhan / investment / production / emirate / railways / Bukhara bank.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Bobur Toshpoyonovich Tojiyev

Amir Sayyid Olimxonning hayot-faoliyati va taqdiri har jihatdan Rossiya bilan bo’liq bo’ldi. U 13 yoshga to’lgach, otasining istagi bilan Sankt-Petrburgda uch yil (1894-1897) harbiy bilim yurtida o’qidi. Rus tilini o’rgandi. Maxsus tuzilgan dastur asosida davlatni boshqarish va harbiy bilimdan ta’lim oldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AMIR SAYYID ALIMKHAN'S INVESTMENT IN RUSSIA

The life and destiny of Amir Sayyid Alimkhan were closely connected with Russia. At the age of 13, at the request of his father, he studied at a military academy in St. Petersburg for three years (1894-1897). Learned Russian. He studied public administration and military education on the basis of a special program.

Текст научной работы на тему «AMIR SAYYID OLIMXONNING ROSSIYAGA KIRITGAN KAPITALLARI»

AMIR SAYYID OLIMXONNING ROSSIYAGA KIRITGAN KAPITALLARI

Bobur Toshpoyonovich Tojiyev

O'zbekiston Milliy universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Amir Sayyid Olimxonning hayot-faoliyati va taqdiri har jihatdan Rossiya bilan bo'liq bo'ldi. U 13 yoshga to'lgach, otasining istagi bilan Sankt-Petrburgda uch yil (1894-1897) harbiy bilim yurtida o'qidi. Rus tilini o'rgandi. Maxsus tuzilgan dastur asosida davlatni boshqarish va harbiy bilimdan ta'lim oldi.

Kalit so'zlar: Amir Sayyid Olimxon, investitsiya, ishlab chiqarish, amirlik, temir yo'llar, Buxoro banki.

AMIR SAYYID ALIMKHAN'S INVESTMENT IN RUSSIA

Bobur Toshpoyonovich Tojiev

Master's degree from the National University of Uzbekistan

ABSTRACT

The life and destiny of Amir Sayyid Alimkhan were closely connected with Russia. At the age of 13, at the request of his father, he studied at a military academy in St. Petersburg for three years (1894-1897). Learned Russian. He studied public administration and military education on the basis of a special program.

Keywords: Amir Sayyid Alimkhan, investment, production, emirate, railways, Bukhara bank.

KIRISH

Vassal Buxoro amirligi taxtiga 1910-yilda o'tirgan amir Sayyid Olimxonning davlatni boshqaruvi, xalqaro siyosiy va iqtisodiy ahvoli Rossiyaga tabelikda kechdi. Bu esa o'z-o'zidan amirlik xazinasi va iqtisodiyoti Rossiya imperiyasi bilan bog'lanishga olib keldi. Amir, bir tomondan, Rossiya ishlab chiqarishiga ma'lum maqsadda katta miqdorda investitsiya kiritib, uning evaziga xazinani yanada boyitishga biroz muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi tomondan esa, Rossiyaga har yili katta-katta miqdorda o'lponlar to'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Amirlik xazinasiga oid xujjatlar va ma'lumotlarga suyangan holda amir Sayyid Olimxonning Rossiyaga kiritgan sarmoyalarini mazmuniga ko'ra to'rt xil turga bo'lish

mumkun: 1) Rossiyadagi qurilishlar, ishlab chiqarish va manufakturalarga sarflangan sarmoya investitsiyalar; 2) Rus podshosi va amaldorlari yubileylari hamda boshqa munosabatlar bilan ularga berilgan qimmatbaho sovg'a-salomlar; 3) Rossiyaga urush olib borish va boshqa shu kabi favqulodda holatlar davrida oltin hisobida berilgan yordam mablag'lari; 4) Rossiya bilan savdo-sotiq ishlariga sarflangan mablag'lar.

Ma'lum bo'lishicha, amir Sayyid Olimxon iqtisodiyot-biznes sohasida ham o'zining muayyan siyosatiga ega bo'lgan. U taniqli rus ishbilarmonlari, savdo va qurilish hamda moliya sohalarining tshkilotchilari A.A Neratov va Ivan Staxeev kabi kishilar bilan shaxsan yaqindan hamkorlikda bo'lgan. Ular bilan ikki tomonlama manfaatdorlikka asoslangan moliyaviy hamkorlikni amalga oshirib, kattagina muvafaqqiyatlarni qo'lga kiritgan. Bunga esa, Rossiyada amirlik xazinasidan foydalanishga katta iqtisodiy ehtiyoj borligi sabab bo'lgan.

Rossiyada ishlab chiqarish va sanoat hamda savdo rivojlanishida amirlik xazinasing xissasi katta bo'lgan. Rossiyada o'nlab yirik temir yo'llar qurilishi, manifakturalarning ishga tushirilishi hamda banklarning faoliyat yuritishiga amir Sayyid Olimxon kattadan-katta investitsiyalar kiritgan. Bular Neva va Staro-Gorkin manifaktiralari, Staxeev firmasi, Shuya va Shibanov korxonalari, Volga-Bogulma va Rus-Buxoro temir yo'llari, Rus-Osiyo, Rus-Buxoro banklari va boshqalardan iborat bo'lgan.

1928-yil 17-martda VKP(b) Markaziy Qo'mitasining berilgan 0251-raqamli hamda unga oradan uch kundan keyin 20-martda qo'shimcha qilib yuborilgan 02256-ma'lumotnomalarda quyidagilar bayon etiladi: "Sayyid Olimxon o'z boyligini Rossiyadagi katta tadbirkorlarga berib, oltin va boshqa qimmatbaho toshlardan iborat maxsus fond tashkil etadi, hatto Gollandiyada qimmatbaho toshlar savdosini yo'lga qo'yadi. Inqilobdan oldin Rossiyada uning boyligidan foydalanuvchi katta bir fond ham paydo bo'ladi. Bunga taxminan 1914-yilda Rossiya Tashqi ishlar vaziri do'stining akasi oxirgi yillarda Rossiya moliya sarmoyasi rivojlanishiga katta xissa qo'shgan taniqli tadbirkor arbob A.A Neratov vositachilk qiladi. U orqali Buxoro amir Sayyid Olimxo o'zining shaxsiy boyligini hissadorlik asosida Staxeevning firmasi korxonalariga uch bosqichda o'tkazgan. 1917-yilga kelib, Rossiyaga Buxoro amiri kiritgan sarmoyaning umumiy miqdori oltin hisobida 42.5 mln. so'mga yetgan. Staxeev esa amirdan olgan pullarga Rossiya to'qimachilik sanoatining bir necha yirik korxonalarini sotib olgan. Bularning qatorida gigant Neva manufakturasi ham bo'lgan. Amir bilan Staxeevning oldi-berdi muomalasi Rus-Osiyo banki hamda Birlashgan bank orqali amalga oshirilgan. Rus-Osiyo banki boyligining katta bir qismi, butun o'z boshqarmasi bilan birga Staxeevning tasarrufida bo'lgan".1

Bu yirik rus korchaloni korxonalarining Markaziy boshqarmasi Parij shahrida

1 Xolboyev S. "Buxoro amirligining oltin xazinasi" "Fan" nashryoti, 2008, 108-bet.

bo'lgan ekan. Yuqoridagi xujjatda qayd etilishicha, amir Sayyid Olimxon tomonidan Rossiyaga kiritilgan sarmoyalardan tushgan foydaning ma'lum bir katta qismi Parijdagi bankka ham oqib o'tib turgan. Shuni ham aytib o'tish kerakki, Rossiya banklari amirning sarmoyasini muomalaga kiritib katta foyda olganlar.

Katta tadbirkor A.A. Neratov Volga-Bogulma temir yo'li qurilishi boshqarmasi raisi bo'lgan. U biznesmen sifatida Buxoroda bir necha marta bo'lib, amir bilan yaqindan aloqa bog'lagan. Bevosita uning vositachiligida amir Rus-Osiyo savdo banki orqali Rossiyaning Katta Rus qog'oz ishlab chiqarish fabrikasiga 33 mln., Rus-Buxoro banki tashkil topishiga 2.5 mln., Rus-Buxoro hissadorlik jamiyatiga ham 2.5 mln., Buxoro temir yo'li qurilishiga esa 3.5 mln oltin hisobida sarmoya o'tkazgani xujjatlarda qayd etilgan.

Ikkinchi katta korchalon Staxeev amir Sayyid Olimxondan 8 foiz hisobida kredit olgan 25 mln. oltin pulni Neva, Sheva, Shibanov va Staro-Gorkin manufakturalariga sarflab, ularni oyoqqa turg'azadi. Bular esa, o'z o'rnida yaxshi faoliyat ko'rsatib Rossiyaga milliardlab foyda keltirgani, shu bilan birga uning iqtisodiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo'shgani ham aniq ko'rinib turibdi. Boshqacha qilib aytganda, amirlik xazinasi Rossiyada kapitalizm rivojiga sezilarli darajada madad bergan. Bu esa hozirgi kundagi O'zbekiston-Rossiya iqtisodiy hamkorligining tarixiy ildizlaridan biridir.

MUHOKAMA

F. Xo'jayevning guvohlik berishicha, "Amir million-million so'mlik mablag'larni savdo sohasida, temir yo'l kompaniyalarida, rus va chet el firmalarining sanoat korxonalarida ishga solgan"2. Shuningdek, u keltirgan Rossiya podsho hukumatining Buxorodagi vakolatli amaldori P. Vvedenskiy tomonidan 1920-yil 26-fevralda amir hukumatining talabi bilan yozilgan amir va rus hukumati iqtisodiy aloqalariga oid to'la bo'lmagan hisobatda ham e'tiborga molik ma'lumotlar uchraydi.

Ushbu hisobotda ko'rsatilishicha, amirga Buxoro banki va Buxoro temir yo'liga qo'yilgan sarmoyalardan belgilangan shartlar asosida foyda to'lanishi shart bo'lgan. Shuningdek, Ip yigiruv korxonasiga qo'yilgan sarmoyadan amirga 7 foiz kafolatl angan foyda berilgan. Yana shu hisobotda ko'rsatilishicha, yuqoridagidan tashqari 1910-1917-yillarda Buxoro hukumatidan Rossiyaning Buxorodagi rezidentiga ham mablag'lar kelib turgan.

Buxoro amirligi eng boy mamlakat bo'lib, Rossiyaga salkam yarim asrlik vassalligi davrida behad ko'p miqdorda mablag' sarfladi. Bu haqda Fayzulla Xo'jayev shunday deb yozgan: "Juda katta miqdordagi million-million so'mlar amir tomonidan rus sanoati korxonalari, temir yo'llari komponiyalari va savdosiga hamda chet el

2 Hasaniy Majid. "Yurt bo'ynidagi qilich yoki istilo. -T.: Adolat, 1997. 62-bet.

firmalariga sarflangan3.

Amir Sayyid Olimxonning Rossiyaga muruvvati Germaniya urush e'lon qilgan kuniyoq boshlangan edi. Bunga misol. "Туркестанские ведомости" gazetasining 1914-yil 2-avgust sonida "Благой почин" (Muruvvatli tashabbus) degan sarlavha ostida quyidagicha xabar bosiladi: "Buxoro amiri Hazrati oliylari sahiylik bilan "Qizil xoch"ga yuz ming oltin hisobida pul o'tkazib katta tshabbus ko'rsatdi. Bu tashabbus o'zidan so'ng bir necha katta miqdordagi ionalarga yo'l ochib berdi4.

Nikolay II amir Sayyid Olimxonning bu himmatlarini yuqori baholab, unga 1915-yil 30-dekabrda general-leytenant harbiy unvoning beradi. Amir haqiqatdan ham Rossiyaning urushda g'alaba qozonishiga katta yordam berdi. U 1914,1915, va 1916 -yillarda Rossiyaga har yili bir milliondan jami 3 mln. oltin hisobida sarmoya beradi. Bulardan tashqari amir Nikolay II talabiga ko'ra, 1914-yilning o'zida Rossiyaga 10 dona to'p, 500 ta beshotar miltiq, 1500 ta chopqir ot va boshqa urush uchun kerakli narsalarni in'om etgani ham ma'lum5.

NATIJA

Bizga ma'lumki, Buxoro amirligi qadim-qadimdan tashqi mamlakatlar bilan tilla, kumush, qorako'l teri, zargarlik va gilamlar savdosini foyda asosida to'g'ri yo'lga qo'ygan mamlakat bo'lgan. Amir Syyid Olimxonning padari buzrukvori amir Abdulahadxon katta savdogar bo'lib, hatto uning o'zi ham xorjga karvonboshi sifatida savdo bilan chiqqani tarixda ma'lum. Bu ota kasb faqat amir Olimxon uchungina emas, balki barcha amirlar uchun ham begona bo'lmagan. Amir Olomxon otadan farqli o'laroq, karvonboshi bo'lib xorij savdosiga chiqmasa-da, o'zining bir necha karvonboshlariga ega edi. Ular amirniki yoki aniqrog'i, amirlikniki bilan birga o'zlarining ham mollarini xorijga olib chiqqanlar.

Mana shuning uchun ham amir Sayyid Olimxonning asosiy boylik orttirish va xazinani to'ldirish sohasidagi faoliyati faqat xalqqa soliq solish va zulm qilish emas, balki tashqi va ichki savdoni hamda xalqaro iqtisodiy aloqa va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'lganiga tarixning o'zi guvoh.

XULOSA

Umuman olganda, qadimdan savdogar boylar ko'p bo'lgani ham aniq. Buxoro jadidlarining paydo bo'lishi ham bevosita mana shu savdogarlar bilan bog'liq bo'lgan edi. Shuning uchun ham ularni sovet tarixchilarikommunistik mafkura nuqtai nazaridan "savdo burjuaziyasi ideologlari" deb ko'rsatganlari bejiz bo'lmagan. GPUning «Товар»

3 Ходжаев Ф. Избранные труды. Том 1. -Т.: Фан, 1970. 210-бет.

4 Березиков Е. Красная Бухара. Роман. -Т.: Фан, 1970. 493-бет.

5 Majid Xasaniy. Yurt bo'ynidagi qilich yoki istilo. -T.: Fan, 1970. 72-bet.

va «Правители» deb nomlangan xujjatlar to'plami va boshqa yozma manbalarning ko'rsatishicha, amir Sayyid Olimxon savdo va boshqa iqtisodiy aloqa yo'llari bilan chet el mamlakatlari banklariga foyda olish uchun juda katta miqdorda sarmoya qo'ygan hamda savdo va ishlab chiqarish uchun xorijga oltin hisobida sarmoyalar kiritgan. Masalan, Fransiya, Angliya, Hindiston, Pokiston va Rossiya banklariga o'tkazilgan boyliklar shular jumlasidandir. Amirning bu tadbirlarini tasdiqlagan holda, uning o'g'li Sayyid Mansur shunday dedi: "amir Olimxon o'ziga qolgan barcha mulklarni, millionmillion dollarlarni xorij banklariga qo'ydi6 .

REFERENCES

1. Abdulg'anievich, S. (2020). BÎLMEDÎGÎMÎZ HOKAND HANI: Çahruh Han îbn Muhammed Ali Han'in Hükümranligi Sorusu Üzerine. Itobiad: Journal of the Human & Social Science Researches, 9.

2. Zaripov, J. G., & Akhmadjon, A. A. (2020). THE ROLE OF AFGHANISTAN IN DIPLOMACY OF BUKHARA EMIRATE (XVIII-XIX CENTURIES). Scientific reports of Bukhara State University, 3(2), 226-230.

3. Louw, M. (2017). Moral Exemplars and Ordinary Ethics. Constructing the Uzbek State, 195.

4. USMONOV, Q., & Sodiqov, M. (2008). O 'ZBEKISTON TARIXI.

6 Sayyid Mansur Olimiy. Buxoro-Turkiston beshigi. Buxoro, "Buxoro nashryoti", 2004, 122-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.