Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING KO‘MIR SANOATI TARIXIGA DOIR (1940-1970 YILLAR)'

O‘ZBEKISTONNING KO‘MIR SANOATI TARIXIGA DOIR (1940-1970 YILLAR) Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
279
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sovet hukumati / ko’mir sanoati / tabiiy boyliklar / geologic qidiruvlar / “O‘zbekugol” kombinati / Sovet government / coal industry / natural resources / geological prospecting / Uzbekugol plant

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Haydarov, I.M.

Mazkur maqolada Sovet hokimiyati yillarida O‘zbekiston xalq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishlari, qabul qilingan rasmiy hujjatlarga muvofiq, respublikaning umumittifoq mehnat taqsimotidagi roli va ahamiyatini oshirish, uning tabiiy boyliklari, mehnat resurslari va mavjud ishlab chiqarish vositalaridan yanada to‘laroq foydalanish negizida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirishni ko‘zda tutgan omillar o’zaro tahlil qilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE HISTORY OF THE COAL INDUSTRY OF UZBEKISTAN (1940-1970)

This article discusses the directions of development of the national economy of Uzbekistan during the Soviet era, the role and importance of the republic in the all-Union division of labor, the fuller use of its natural resources, labor resources and existing means of production. factors that have been suggested to increase production efficiency have been cross-analyzed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING KO‘MIR SANOATI TARIXIGA DOIR (1940-1970 YILLAR)»

O'ZBEKISTONNING KO'MIR SANOATI TARIXIGA DOIR (1940-1970

YILLAR)

I.M. Haydarov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi" kafedrasi dotsenti, tarix fanlari doktori.

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Sovet hokimiyati yillarida O'zbekiston xalq xojaligini rivojlantirish yo 'nalishlari, qabul qilingan rasmiy hujjatlarga muvofiq, respublikaning umumittifoq mehnat taqsimotidagi roli va ahamiyatini oshirish, uning tabiiy boyliklari, mehnat resurslari va mavjud ishlab chiqarish vositalaridan yanada to 'laroq foydalanish negizida ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirishni ko 'zda tutgan omillar o'zaro tahlil qilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Sovet hukumati, ko'mir sanoati, tabiiy boyliklar, geologic qidiruvlar, "O 'zbekugol " kombinati.

ABSTRACT

This article discusses the directions of development of the national economy of Uzbekistan during the Soviet era, the role and importance of the republic in the allUnion division of labor, the fuller use of its natural resources, labor resources and existing means of production. factors that have been suggested to increase production efficiency have been cross-analyzed.

Keywords: Sovet government, coal industry, natural resources, geological prospecting, Uzbekugolplant.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается развитие народного хозяйства Узбекистана в советское время, роль и значение республики в общесоюзном разделении труда, более полное использование ее природных ресурсов, трудовых ресурсов и имеющихся средств производства. Факторы предложенные для повышения эффективности производства были подвергнуты перекрестному анализу.

Ключевые слова: Государственное управление Советов, угольная промышленность, природные ресурсы, геологоразведочные работы, комбинат «Узбекуголь».

KIRISH

Respublika xo'jaligining ishlab chiqarish ixtisoslashuvi sho'ro davlati uchun muhim strategik ahamiyatga ega bo'lgan, boy tabiiy resurslardan foydalanish evaziga

barpo etiladigan rangli metallurgiya va nodir metallar kompleksida o'z aksini topgan bo'lsa, umumittifoq ahamiyatiga ega bo'lgan yana bir kompleks - ko'mir sanoati hisoblanardi. Bu vazifani amalda yechish, respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish masalasi, asosan, paxtachilik kompleksiga berilgan ustuvor e'tibor orqali hal etilishi mo'ljallandi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, sovet hokimiyati o'rnatilgan dastlabki yillaridanoq Turkiston zaminidagi tabiiy boyliklar rejali ravishda o'rganila va o'zlashtirila boshlangan. Agar ilgari tadqiqotlar ayrim olimlar tomonidan yakka tartibda olib borilgan bo'lsa, keyinchalik, foydali qazilmalarni qidirib topish va samarali o'rganish borasida kompleks ishlarni amalga oshiradigan maxsus yirik ilmiy, ilmiy-ishlab chiqarish muassasalari tashkil etildi va ular muntazam moliyalashtirib borildi.

Jumladan, O'zbekistonda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va geologiya-qidiruv ishlarining hajmi yildan-yilga kengayib bordi. Respublika tabiiy boyliklarini qidirish sohasida olib borilgan tashkiliy ishlar bu boyliklarni o'rganish hamda o'zlashtirish sohasida katta natijalarga erishishga imkon yaratdi. Natijada, O'zbekistonda ilgari faraz ham qilinmagan qimmatbaho foydali qazilmalarning ko'pgina konlari ochilib, "bitmas va tuganmas"dek tuyulgan respublika boyliklaridan sotsialistik xo'jalikning moddiy xom ashyo bazasi sifatida uzoq yillar ayovsiz foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shu davr ichida sovet hokimiyatining beg'arazdek ko'ringan yordami va respublikaga safarbar etilgan ko'plab geologiya-qidiruv otryadlarining chuqur o'rganuvi natijasida respublikada sanoatning rangli metallurgiya, neft, gaz, ayniqsa qazib olish sohasi sezilarli rivojlandi. Zero, sobiq Markaz rahbariyati respublika hududida tabiiy ko'mir zaxiralari ham g'oyat katta ekanini bilib olgan, bu boyliklar Toshkent viloyati va Surxondaryo viloyatlarida joylashgan edi.

Ko'mir sanoati respublika iqtisodiyotining muhim bo'g'inlaridan biri edi. VKP (b) XVI s'ezdida (1930 y.) mahalliy yoqilg'ini maksimal darajada ko'paytirish mumkin bo'lgan hamma joyda uzoqdan keltiriladigan yoqilg'i o'rniga mahalliy yoqilg'idan foydalanish va buning uchun geologiya-qidiruv ishlarida qat'iy burilish yasash vazifasini qo'yilgan edi.

Kompartiyaning ko'rsatmalariga amal qilib O'zbekiston hududida ham yoqilg'i zaxiralarini aniqlash uchun geologiya-qidiruv ishlari avj oldirib yuborildi. O'sha vaqtdayoq Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida katta ko'mir konlari borligi aniqlangan edi. Ayniqsa Ohangaron va Sharg'unda topilgan ko'mir konlari katta sanoat ahamiyatiga ega edi.

Angren ko'mir koni Toshkentdan 120 kilometr narida, Ohangaron daryosining Chotqol va Qurama tog'lari etagida joylashgan bo'lib, zahirasi jihatdan O'rta Osiyoda eng katta ko'mir konlaridan hisoblanib, ko'mir konning umumiy maydoni 70 kv.km. tashkil etardi.1 Sharg'un ko'mir koni esa Surxondaryo viloyatining Sariosiyo rayonida joylashgan edi.

O'zbekistonda ko'mir dastavval 1940 yildan boshlab Angren ko'mir konida chiqarila boshlandi.

1945 yil 15 sentyabrdagi O'zbekiston SSR Xalq Xo'jaligi Kengashining qarori bilan Angren ko'mir koni qurilishi "Toshkent - Stalinugol" deb nomlangan bo'lsa, keyinchalik ko'mir konini nazorat va ekspluatatsiya qilish uchun "O'zbekugol" teresti tashkl etilib, u 1957 yildan "O'zbekugol" kombinati deb atala boshladi.

Ohangaron koni faqat ko'mirgina emas, shu bilan birga chinni gil, o'tga chidamli gil, ohak boshqa minerallarga ham boy edi. Shuning uchun Ohangaron havzasining o'zlashtirilishi bu yerda faqat ko'mir sanoatini yaratish bilan cheklanmasdan, shu bilan birga qurilish materiallari sanoati va boshqa bir necha xil sanoat tarmoqlarini vujudga keltirish uchun ham imkon yaratgan edi.

Urush yillarida Ohangaron ko'mir konini o'zlashtirish uchun 90 mln so'm miqdorida mablag' ajratilgan edi. Ohangaronda ishga tushirilgan ko'mir shaxtalaridan urush yillarida 281321 tonna ko'mir qazib olinib, mamlakat mudofaa sanoatining yoqilg'iga bo'lgan eng zarur talablari qondirildi.

Ohangaron ko'mir konini o'zlashtirilayotgan bir vaqtda Sharg'un konida ham ko'mir qazib chiqaruvchi korxonalar qurila boshlagan edi. Biroq u yerdagi ko'mir zaxirasi to'laligicha aniqlanmaganligi bois Sharg'un ko'mir konini egallash uchun qilinayotgan ishlarga ham vaqtincha to'xtatildi. Sharg'un ko'mir konini o'zlashtirish ishlari urushdan keyingi yillarda yana davom ettirildi. 1947 yilda kon ishlariga 2,6 mln (ajratilgan 4,3 mln so'mdan) so'm ishlatilgan bo'lsa, 1948 yilning to'rt oyida 1,1 mln (o'zlashtirilishi kerak bo'lgan 4,0 mln so'mdan) so'm mablag' sarflandi.2 Bundan tashqari kon ishlarini yanada jadallashtirish uchun harbiy asirlar mehnatidan ham keng foydalanildi.3 Shu bilan Sharg'unda ko'mir qazib chiqaruvchi birinchi korxona 1958 yilda ishga tushirildi. Bu yerda ko'mirni tashish uchun ittifoqda eng yirik bo'lgan osma kanat yo'l tashkil qilindi, keyinchalik yiliga 160 ming tonna briket chiqarish quvvatiga ega bo'lgan briket fabrikasi ishga tushurildi, issiqlik elektr

1 Y3P n^,À. 58-$OHg, 276-pyftxaT, 689-HHFMa 31-Baparç.

2 Y3P n^,À. 58-$OHg, 163-pyftxaT, 24-HHFMa 236-Baparç.

3 Y3P n^,À. 58-$OHg, 214-pyftxaT, 24-HHFMa 1-Bapa^.

480

stansiyasi qurildi. Shu bilan bir qatorda Sharg'un ko'miri O'zbekistonning ko'pgina viloyatlari va boshqa respublikalarga yetkazib turildi.

Beshinchi besh yillikda O'zbekistonda ko'mir qazib chiqarishning o'sishi O'rta Osiyo respublikalariga nisbatan ancha yuqori bo'ldi. Bunda Ohangaron 1 -ochiq koni muhim rol o'ynadi. U O'rta Osiyoda qazib chiqarilgan jami ko'mirning 30 foizini bergan edi.

Beshinchi besh yillik davrida "Sredazugolgeologiya" tresti ko'mirni ochiq usulda qazib olishning yangi maydonlarini belgilash sohasida ancha ishlar qilib, ko'mir razrezining loyiha quvvatini uch marta oshirish uchun uni rekonstruksiya qilishga imkon yaratdi.

Ohangarondagi 9-shaxta ham rekonstruksiya qilinib, uning ko'mir qazib chiqarish quvvati yiliga 700-900 ming tonnagacha oshirildi. Bu vazifa shaxtadagi barcha ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va shaxtalarning ko'mir chiqarib berish quvvatini oshirish yo'li bilan amalga oshirildi. Ko'mir konlarida yangi kuchli ekskvatorlar ishga tushirildi. Agar 1945 yilda 176,128 tonna qo'mir qazib chiqarilgan bo'lsa,4 1950 yilda 1,475 ming tonna,5 1955 yilda esa 2 mln 600 ming tonna qo'mir qazib chiqarilgan edi. 6 Qisqasi, agar 1941 yildan to 1945 yilgacha bo'lgan davr ichida respublikadan atiga 281 ming tonna ko'mir qazib chiqrilgan bo'lsa, 1946-1950 yillar ichida - 3551 ming tonna, 1951-1955 yillar davomida - 10113 ming tonna ko'mir qazib olindi.7

Oltinchi besh yillikda Ohangaron ko'miri bilan ishlovchi, umumiy quvvati 600 ming kilovvat-soatga ega bo'lgan rayon issiqlik elektrostansiyasi qurildi. Bu elektrostansiya respublikaning eng kuchli va arzon energiya beruvchi issiqlik elektrostansiyalaridan biri edi.

SSSR xalq xo'jaligini rivojlantirishning 1959-1965 yillarga mo'ljallangan yetti yillik rejasiga asosan O'zbekistonda neft va gaz chiqarish ancha tez rivojlantirilishiga qaramasdan Ohangaron ko'mir sanoatini yanada rivojlantirishga ancha ko'p mablag' sarflandi. Shu bilan birga Ohangaron daryosining oqimi kon ustidan boshqa tomonga ko'chirilidi. Ko'mir ustki qatlamlaridan tuproqni olish va ko'mirning yuqori qatlami hamda qalin qalamlarida ishlash borasida takomillashtirilgan tog' transporti uskunalari ishga tushirilgan edi. Natijada Ohangaron ko'mir konini rekanstruksiyalash tugallanib, uning yillik ko'mir qazib olish quvvati 1,5 mln tonnadan 4,5 mln tonnaga yetkazildi. Umuman O'zbekistonda ko'mir qazib

4 УзР ПДА. 58-фонд, 22-руйхат, 480-йигма жилд, 11-варак.

5 Узбекистан саноати структурасидаги прогрессив силжишлар. - Тошкент: Фан, 1974, 46-бет.

6 Акромов З. Узбекистон халк хужалиги олтинчи беш йилликда. - Тошкент, 1974, 16-бет.

7 УзР ПДА. 58-фонд, 276-руйхат, 689-йигма жилд, 41-варак.

481

Scientific Journal Impact Factor

R

chiqarishning umumiy hajmi 1958 yildagi 2587 ming tonnadan 1965 yilda 4,534 ming tonnaga ko'paydi,8 bu esa 1958 yildan 1965 yilgacha O'zbekistondan qo'mir qazib chiqarish 128 foizga o'sganidan dalolat berardi.9

Sakkizinchi besh yillikda Sharg'un ko'mir konida ishlab chiqarish protsesslarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sohasida katta ishlar qilindi va bu yerda ko'mir qazib chiqarish 1965 yildagi 160 ming tonnadan 1970 yilda 206 ming tonnaga ko'paytirildi.

O'zbekiston hudidan ko'mir qazib olishni ko'paytirish uchun jadal olib borilgan harakatlar natijasida 1940 yilga nisbatan 1960 yilda 939 marta, 1965 yilda 1320 marta, 1967 yilda esa 1353 marta ko'p ko'mir qazib oliingan edi.10

Sakkizinchi besh yillikda respublikaning ko'mir qazib chiqarish rejasi bajarilgan bo'lsada, 1970 yilda ko'mir qazib chiqarishni 5,8 mln tonnaga yetkazish vazifasi bajarilmadi. 1970 yilda O'zbekistonda jami 3,747 ming tonna ko'mir qazib chiqarildi. Bu 1969 yilda qazib olingan ko'mirdan 465 ming tonnaga kamligini anglatardi.

1966-1970 yillarda shaxta ko'mir zaxirasi fondlarining tugashi natijasida Qirg'iziston va Tojikistonda qazib chiqarilayotgan ko'mirning ham umumiy hajmi ancha pasayib ketgan edi. Shuning uchun O'rta Osiyo iqtisodiy rayoni va O'zbekiston xalq xo'jaligining ko'mirga nisbatan o'sib borayotgan talabini "O'zbekiston Donbassi" deb atalgan Angren qo'ng'ir ko'mir konini to'liq quvvat bilan ishga tushirish asosida ta'minlash mumkin edi.

Angren ko'mir koni O'zbekiston iqtisodiyotidagina emas, balki Qozog'iston iqtisodiyotida ham katta rol o'ynardi. Angren ko'miridan foydalanish negizida Angren GRES, Qozog'iston SSRda Qizilo'rda va Kentov TESlari hamda Olmaliq TESi barpo etilgan edi. Bundan tashqari Toshkentdagi ayrim sanoat korxonalari, Achchisoy kombinati va Jambul superfosfat zavodi, Qirg'iziston va Turkmanistondagi ko'pgina korxonalar Angren ko'miri bilan ishlardi.

Keyingi yillarda O'rta Osiyo iqtisodiy rayoni va O'zbekiston xalq xo'jaligini ko'mir ta'minlash uchun ko'mir qazib chiqarish kuchaytirilishi natijasida 1975 yilda 5263 ming tonna, 1976 yilda esa 5412 ming tonna ko'mir qazib chiqarildi.11

8 Kax^opoB A. Узбекистан ё^илги caroara 30 йил ичидa. - Тошкент: Узбекистан, i972, 20-бет.

9 Узбекистан 3a 7 лет (1959-1965гг.). Kpa™™ cтaтичеcкий сборник. - Тaшкент: Фaн, i966, стр-26.

10 Нaродное хозяйство Узбекиской ССР в 1967 г. Статический ежигодник. - Тaшкент: Узбекиcтaн, 1968. стр. 36.

11 Фaйзиев М, Родимкин Е. Ишлaб чивдрувчи кyчлaрни ривожлaнтириш вa жойлaштириш. - Тошкент: Узбекистон, i978, 6-бет.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

XULOSA

Xulosa qilib aytganda O'zbekiston tabiiy boyliklardan, xususan yoqilg'i sanoati muhim hisoblangan neft, gaz va ko'mirdan yanada to'laroq va samarali foydalanish respublikaning ishlab chiqarish ixtisosi doirasini ancha kengaytirishga, butun xalq xo'jalik kompleksini rivojlantirishga, kommunizm qurish yo'lida mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishda uning umumittifoq mehnat taqsimotidagi hissasini oshirishga imkon yaratdi. Lekin, uzoq vaqt davomida xo'jalikni rejalashtirish va boshqa organlar tomonidan tabiiy resurslardan to'g'ri va rasional ravishda foydalanish masalalariga yetarli e'tibor berilmay kelindi. Buning ustiga ular tabiatga undan har qancha foydali mahsulot olsa ham bo'laveradigan bitmas-tuganmas bir manba deb qarab, tabiatdan faqat iloji boricha tezroq va ko'proq mahsulot olishga intilib keldilar. Natijada, respublikaning ko'p joylarida ayrim tabiiy resurslari qayta tiklab bo'lmaydigan darajada yemirilib ketdi.

Xulosa qilib aytganda, sovet hukumati O'zbekistoni yoqilg'i sanoatini kengayishi ittifoqning sharqiy rayonlari va markazdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar kompleksida respublikani muhim ahamiyat kasb etishiga imkoniyat yaratgan bo'lsa-da, bundan asosiy foydani respublikadan ko'ra ko'proq ittifoq g'aznasi ko'rdi.

REFERENCES

1. Fayziev M, Rodimkin Ye. Ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish va joylashtirish. - Toshkent: O'zbekiston, 1978

2. Kahhorov A. O'zbekiston yoqilg'i sanoati 30 yil ichida. - Toshkent: O'zbekiston,

3. Akromov Z. O'zbekiston xalq xo'jaligi oltinchi besh yillikda. - Toshkent,

4. O'zR PDA. 58-fond, 276-ro'yxat, 689-yig'ma jild, 31-varaq

1972

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.